СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ ЗАБОЛЕВАЕМОСТИ ДЕРМАТОВЕНЕРОЛОГИЧЕСКИМИ БОЛЕЗНЯМИ В УСЛОВИЯХ МИГРАЦИОННЫХ ПРОЦЕССОВ
Утаев Акбар Журакулович, Абдуллаев Хасан Давлатович · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Dolzarbligi. Dermatovenerologik kasalliklar bemorlarning hayot sifati va ijtimoiy moslashuviga sezilarli ta‘sir ko‘rsatuvchi eng keng tarqalgan patologiyalar guruhlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Migratsiya jarayonlarining kuchayishi sharoitida kasallanish tuzilmasi, klinik ko‘rinishlar va teri hamda tanosil kasalliklarini tashxislashning o‘z vaqtidaligi o‘zgaradi, bu esa asoratlangan shakllar xavfini oshiradi va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni tashkil etishni qiyinlashtiradi. Maqsad. Migratsiya sharoitida dermatovenerologik kasalliklar bilan kasallanishning zamonaviy tendensiyalari va tuzilmasini baholash, shuningdek, kech tashxislash va asoratlangan kechish bilan bog‘liq omillarni aniqlash. Materiallar va usullar. Retrospektiv va prospektiv komponentlarga ega observatsion analitik tadqiqot o‘tkazildi. Dermatologik va venerologik kasalliklari bo‘lgan 150 nafar bemor ma‘lumotlari tahlil qilindi, ulardan 30 nafari migrantlar guruhini, 120 nafari esa mintaqaning doimiy aholisi guruhini tashkil etdi. Kasallanish tuzilmasi, yuqumli va yuqumsiz dermatozlar hamda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar chastotasi, murojaat muddatlari, o‘z-o‘zini davolash va kech tashxislashning tarqalganligi baholandi. Tavsifiy va qiyosiy statistika usullaridan foydalanildi; farqlar p < 0,05 da ahamiyatli deb hisoblandi. Natijalar. Migratsion maqomga ega bemorlarda yuqumli dermatozlar va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar, jumladan qo‘shma va asoratlangan shakllar ishonchli darajada ko‘proq aniqlandi. Ushbu guruhda tibbiy yordamga kech murojaat qilish va o‘z-o‘zini davolash chastotasi yuqoriroq bo‘lib, bu atipik klinik kechish, kengaytirilgan laboratoriya tekshiruvi zarurati va terapiya davomiyligining ortishi bilan kechdi. Mintaqaning doimiy aholisida surunkali yuqumsiz yallig‘lanish dermatozlari ustunlik qildi. Xulosa. Migratsion maqom dermatovenerologik kasallanish tuzilmasi va tashxislashning o‘z vaqtidaligiga ta‘sir qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Olingan ma‘lumotlar aholining yuqori migratsion harakatchanligi sharoitida erta aniqlash, profilaktika va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning qulayligiga urg‘u bergan holda dermatovenerologik yordamni optimallashtirish zarurligini asoslaydi.