Asosiy mazmunga o‘tish

40 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    Sur rangli qo‘ylarni turli variantlarda juftlashdan olingan avlodlarda teri qalinligi ko‘rsatkichlarining shakllanishi

    B. MAMATOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada sur rangli qorako‘l qo‘ylarini turli rangbaranglik (kumushsimon, olmos, tillasimon) guruhlari bo‘yicha variantli juftlashdan olingan avlodlarning teri qalinligi ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ota-onalik shakllarini tanlab juftlash avlodlarning teri qoplamining yupqa, qalinlashgan va qalin guruhlarga taqsimlanishiga differensial ta‘sir ko‘rsatishi aniqlangan. Xususan, olmos rangbarangligiga mansub qo‘chqor va sovliqlarni o‘zaro gomogen juftlash variantida eng yuqori yupqa terilik ko‘rsatkichi (75,0%) qayd etilganligi statistik tahlillar yordamida isbotlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    O‘zbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan meva kuyalariga qarshi zamonaviy integratsiyalashgan kurash choralari

    B. XAMIDOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada O‘zbekistonning janubiy hududlari, xususan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida meva bog‘larida uchraydigan meva kuyalarining zararliligini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy integratsiyalashgan himoya tizimi yoritilgan. Meva kuyalari, ayniqsa Yponomeutidae oilasi vakillari, meva daraxtlarining barg apparatiga zarar yetkazib, fotosintetik faollikni susaytirishi hamda hosildorlik va meva sifatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Zamonaviy yondashuvda zararkunandalarga qarshi kurash agrotexnik, mexanik, biologik, biotexnik va zarurat tug‘ilganda selektiv kimyoviy usullarni yagona tizimga birlashtirishga asoslanadi. Maqolada feromon monitoringi, fenologik kuzatuv, iqtisodiy zarar mezonlari, tabiiy kushandalarni muhofaza qilish, entomopatogen mikroorganizmlardan foydalanish va raqamli monitoringning istiqbollari tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    Topinambur o‘simligi Fayz-baraka navining unib chiqish darajasi va ko‘chat qalinligiga mineral o‘g‘itlar shakllari va me‘yorlarining ta‘siri

    N. AKBAROVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Fayz-baraka navli topinambur nihollarining unib chiqish darajasi va ko‘chat qalinligiga azotli o‘g‘itlar shakllari (ammoniy sulfat, karbamid, ammoniy nitrat) va me‘yorlarining (P₉₀K₉₀ fonida N₆₀–N₁₅₀) ta‘siri o‘rganilgan. 2025-yilgi dala tajribasida barcha variantlarda ko‘chat qalinligi kuzatuv muddatlari bo‘yicha ortib borgan, eng jadal o‘sish 12.04–17.04 oralig‘ida (o‘rtacha 22–24 ming tup/ga) qayd etilgan. Ammoniy nitrat eng yuqori samaradorlik ko‘rsatgan: N₁₂₀P₉₀K₉₀ me‘yorida ko‘chat qalinligi yaganadan keyin 94,1 ming tup/ga, amal davri oxirida 92,9 ming tup/ga ni tashkil etgan. Barcha o‘g‘it shakllari uchun N₁₂₀P₉₀K₉₀ optimal me‘yor bo‘lib, uni N₁₅₀ gacha oshirish ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib kelgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    Synthesis of polyether monomer-based demulsifiers and their efficiency in breaking up oil emulsions

    D. BOBOYEV, M. KARIMOV, F. ISMAILOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada gidroksi polietilenglikol (HPEG) asosida yuqori samarali polimer xossalariga ega demulgatorlarni sintez qilish usullari bo‘yicha tajribalar o‘tkazilgan. Sintez qilingan demulgatorning neft-suv emulsiyalarini parchalashdagi samaradorligi o‘rganilgan. Bugungi kunda neftni qazib olish va qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan emulsiyalarni parchalash juda murakkab jarayon hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot doirasida HPEG ning gidrofil zanjirlarini bir qator gidrofob komponentlar bilan modifikatsiyalash orqali sirt-faol moddalar sintez qilingan. Sintez qilingan demulgator neft namunasiga qo‘llanilib, uning neftdan suvni ajratishdagi samaradorligi o‘rganilgan. Bundan tashqari, demulgatorning kimyoviy tarkibi va molekulyar tuzilishi IQ-spektroskopiya hamda SEM tahlil usullari yordamida o‘rganilib, tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    Study of the motion of seeds around a spherical element fixed to the inner surface of a seed-coating drum

    A. TUKHTAKUZIEV, A. KHUDAYBERDIEV, A. ROZABOEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada qobiqlash qurilmasining barabanini ichki sirtiga sferik element mahkamlanib, uning ichida harakatlanayotgan urug‘larga ta‘sir etadigan kuchlar hamda ularni sferik element atrofidagi harakatini nazariy tadqiq etish natijalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar keltirilgan. Nazariy tadqiqotlarning natijasi shuni ko‘rsatdiki, urug‘ uchish masofasining maksimal qiymatini sin 2α=1, ya‘ni α=(π/4) ga teng bo‘lganda zabt etadi. Shuning uchun sferik elementga kelib urilgan bir nechta urug‘ qatlami ham ularga tekkandan keyin, ma‘lum burchak ostida aylanma harakatlanishga majbur bo‘ladi. Sferik elementlar shaxmat shaklida joylashganligi sababli, urug‘lar birinchi sferik elementga urilgandan ktyin aylanma harakat qilib, keyingisiga uriladi va yana aylanadi va haqazo takrorlanadi. Bu holat urug‘larni samarali va to‘liq bulanishi hamda texnologik jarayonga ketadigan vaqtni qisqarishiga olib keladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    Determination of the vertical installation angles of the leveling soil pushers

    G. JALOLDINOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu tadqiqotda tokzorlar qator oralariga ishlov berishga mo‘ljallangan diskli yumshatkich-tekislagichning ish ko‘rsatkichlariga harakat yo‘nalishiga nisbatan o‘lchanadigan tuproq surgich ishchi organlarining o‘rnatilish burchagi ta‘siri eksperimental ravishda o‘rganildi. Tajribalar davomida o‘rnatilish burchagi 25° dan 40° gacha 5° qadam bilan o‘zgartirildi. Agregatning ish samaradorligi dala yuzasidagi notekisliklarning o‘rtacha kvadratik chetlanishi, tuproqning uvoqlanish darajasi va solishtirma tortish qarshiligi kabi asosiy ko‘rsatkichlar orqali baholandi. Eksperimental tadqiqot natijalari tuproq surgich ishchi organlarining holati tuproqqa ishlov berish sifati va energiya samaradorligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Eng maqbul natijalar tuproq surgich ishchi organlari harakat yo‘nalishiga nisbatan taxminan 30–35° burchak ostida o‘rnatilganda olindi. Ushbu oraliqda dala yuzasini tekislash sifati yaxshilandi, agregatning tortish qarshiligi esa kamaydi, natijada ish jarayonining samaradorligi oshdi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, tekislagich tuproq taqsimlagichi vertikalga nisbatan kamida 40° burchak ostida o‘rnatilishi lozim. Bunday joylashuv tuproqni yanada samarali qayta taqsimlashga hamda ish jarayonida dala yuzasidagi notekisliklarni yaxshiroq bartaraf etishga imkon beradi. Olingan natijalar tokzorlarning qator oralariga ishlov berishda qo‘llaniladigan diskli yumshatkich-tekislagichlarning konstruktiv va ekspluatatsion parametrlarini optimallashtirish uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ishchi organlarning o‘rnatilish burchaklarini to‘g‘ri tanlash dala yuzasini tekislash sifatini yaxshilash, energiya sarfini kamaytirish va tuproqqa ishlov berish jarayonining umumiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    O‘zbekistonning janubiy hududlarida meva kuyalari faunasi

    B. XAMIDOV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlari, xususan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida mevali bog‘lar hamda anorzorlarda tarqalgan asosiy meva kuyalarining faunasi, sistematik holati, tarqalish xususiyatlari, ozuqa o‘simliklari, bioekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati tahlil qilingan. Janubiy hududlarning issiq va quruq iqlimi, uzoq vegetatsiya davri hamda mevachilik va anorchilikning rivojlanganligi ayrim kuya turlarining populyatsiyalari shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tadqiqotlar va adabiyot ma‘lumotlari tahlili asosida olma mevaxo‘ri — Cydia pomonella (Linnaeus, 1758), sharq mevaxo‘ri — Grapholita molesta (Busck, 1916) hamda anor mevaxo‘ri — Euzophera punicaella Mooze kabi turlarning janubiy agroekotizimlardagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda Tortricidae oilasi bo‘yicha so‘nggi tadqiqotlarda aniqlangan turlar tarkibi va ularning janubiy hududlarda uchrashi masalasi qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada meva kuyalarining tarqalishini monitoring qilish, fenologik rivojlanishini kuzatish va integral himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    Qoraqalpog‘istonning ekstremal iqlim zonalarida mahalliy ipak qurti zotlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari

    G. UMBETBAEVA, G. ABDRIMOVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada pilla hosildorligi yuqori bo‘lgan zot va duragaylarini yaratish dolzarb muammolardan ekanligini hisobga olinib, Ekstremal iqlim sharoitiga mos yangi shtammlarni yaratishni maqsad qilgan holda, Qoraqalpog‘istonning keskin kontinental iqlimli tumanida mahalliy va Toshkent Ipakchilik Ilimiy Tadqiqot Institutida yaratilgan ipak qurti zotlar sinab ko‘rildi. Zot va duragaylarning jonlanish, biologik va texnologik ko‘rsatgichlari aniqlanib muhokama qilinadi. Raqamli natija va xulosa yzishim kk

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    Technology for cultivating Oriental arborvitae (Platycladus orientalis L.) seedlings under the conditions of the southern districts of the Republic of Karakalpakstan

    S. QURBANIYAZOVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur tadqiqotda Janubiy Qoraqalpog‘istonning tuproq-iqlim sharoitida Sharq biotasi (Platycladus orientalis L.) ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasi o‘rganilgan. Tadqiqotda urug‘dan ko‘paytirish, bir yillik ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tqazish va yashil qalamchalar orqali ko‘paytirish usullari turli substratlarda sinovdan o‘tkazildi. Natijalar ko‘chatlarning o‘sishi va ko‘paytirish samaradorligi yetishtirish usuli hamda substrat turiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Torf urug‘dan ko‘paytirishda, torf va qumloq tuproq esa ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tqazishda yaxshi natija berdi. Olingan natijalar P. orientalis turidan ko‘chatchilik, o‘rmon barpo etish va ekologik tiklash ishlarida foydalanish istiqbollarini tasdiqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    Tuproq unumdorligini oshirish va ekin maydonlarini yaxshilashda yer tuzish tadbirlarining ahamiyati

    F. HAMRAEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada yer va suv resurslari tobora tanqis bo‘lib borayotgan sharoitda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, bu yer turlaridan samarali foydalanish, yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha yer tuzish tadbirlarining ahamiyati yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    Suv tanqisligiga moyil hududlarda tritikale urug‘larini ekish muddat va me‘yorlarining o‘simliklarning o‘sishi va hosildorligiga ta‘siri

    F. HAMRAEV · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Navoiy viloyatining tuproq-iqlim sharoitida kuzgi tritikalening “Svat” hamda “Tit” navlarini ekish muddatlari, me‘yorlari va yetishtirish agrotexnikasi, ya‘ni o‘simliklarning o‘sishi-rivojlanishi, yashovchanligi, hosildorligi, mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari, shuningdek, kuzgi tritikale urug‘larini ekish muddat va me‘yorlari bo‘yicha olingan ma‘lumotlar to‘liq tahlil qilib berilgan. Tritikale ekini bug‘doy va javdar duragayi bo‘lgani uchun bu o‘simlik bug‘doy va javdarga nisbatan ancha moslashuvchan ekin turi bo‘lib, donining tarkibida oqsil miqdori 12–13 foiz, pichanining tarkibida 10–12 foiz bo‘ladi. Somoni chorva mollari uchun ozuqa, doni non va yem tayyorlashda foydalaniladi. Non mahsuloti tayyorlashda sifati bug‘doy mahsulotidan pastdir. Tuproq-iqlim sharoitiga qarab don hosili 45–65 s/ga, ko‘k massa hisobida 340–450 s/ga ni tashkil etadi. Ammo bunday yuqori hosil olish uchun albatta dala maydoni begona o‘tlardan va turli kasalliklardan toza bo‘lishi va mineral o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida belgilangan me‘yorlarda oziqlantirish lozim.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    Morfologik belgilarning mosh navlari va F1 duragay kombinatsiyalarida irsiylanish xususiyatlari

    A. DJARASOV, T. ALLAMBERGENOV, S. JAŃABAEVA · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada mosh navlari va ulardan olingan F1 duragaylarda morfologik belgilari va irsiylanish xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqotlarda moshning 2 ta mahalliy hamda 2 ta xorijiy tizmalari o‘rtasida diallel chatishtirish ishlari olib borilgan hamda duragay kombinatsiyalar olingan. Ota-ona shakllaridan olingan F1 duragaylarda o‘simlik bo‘yi, hosil shoxlari hamda dukkak uzinligi kabi morfologik belgilarida fenologik farqlanishlar o‘rganilgan. F1 duragaylarning ota-ona nav va tizmalariga nisbatan ijobiy yoki salbiy geterozis hosil qilishi S. Wright formulasi yordamida aniqlandi. Tadqiqot na‘tijalariga asoslanib har bir morfologik belgilari bo‘yicha ota-ona namunlariga nisbatan yuqori ko‘rsatkishga ega bo‘lgan duragay kombinatsiyalari istiqbolli namunalar sipatida keyingi selektsiya tadqiqotlari ushun tanlab olingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    G‘O‘ZANING QO‘SHQATOR “SHINJON” VA YAKKA QATOR EKISH SXEMALARIDA OZIQLANTIRISH SAMARADORLIGI

    X. Zaripov, D. Namozov, S. Sharipov · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada g‘o‘zaning qo‘shqator “shinjon” hamda yakka qator ekish sxemalarida mineral o‘g‘itlar qo‘llash samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida hosildorlik, o‘sish-rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi. Aniqlanishicha, qo‘shqator ekish sxemasi o‘simliklarning oziqlanish maydonini yaxshilab, o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasida 76 sm sxemada yakka qator usulida ekilgan g‘o‘za o‘simliklarida o‘rtacha bo‘yi 83 sm, ko‘saklar soni 15–18 donani tashkil etdi. Ushbu variantda o‘simliklar zichligi yuqori bo‘lgani sababli, ayrim hollarda vegetativ organlarning rivojlanishi nisbatan sustlashgani kuzatildi. Qo‘shqator (76 × 10 sm) “shinjon” usulida ekilgan variantda o‘simliklar yorug‘lik va oziqa moddalari bilan yaxshiroq ta‘minlandi. Natijada o‘simlik bo‘yi 90 sm ga yetdi, ko‘saklar soni 10–12 donani tashkil etdi. Ushbu variantda hosildorlik nazorat variantiga nisbatan 23 s/ga yuqori bo‘ldi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    DEVELOPMENT AND BIOCHEMICAL SCREENING OF F COTTON HYBRIDS TOLERANT TO VERTICILLIUM DAHLIAE KLEBHAN AS A STRATEGY FOR CLIMATE-RESILIENT AGRICULTURE

    V. Avtonomov, Z. Alimova, A. Ravshanov, D. Rashidova, U. Kayumov, M. Yakubov, N. Mamedov · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada biokimyoviy va dala baholash usullaridan foydalangan holda Verticillium dahliae Kleb. patogeniga chidamli g‘o‘za navlari va duragaylarini aniqlashga qaratilgan laboratoriya hamda dala tadqiqotlari tahlili keltirilgan. Tadqiqotda duragaylash uchun boshlang‘ich material sifatida G. hirsutum turining turli genetik kelib chiqishga ega SB-6, S-6541, Namangan-34, S-6545 va Namangan-77 navlari ishlatilgan. Ushbu navlar va ularning F1 duragaylari laboratoriya hamda dala sharoitida V. dahliae ga chidamliligi bo‘yicha baholandi. Qiyosiy tahlil natijalari ikkala usul — biokimyoviy va dala baholash — amalda bir xil ma‘lumot berishini ko‘rsatdi, bu esa ularning ishonchliligini tasdiqlaydi va dala baholash natijalarini qayta tekshirishga zarurat yo‘qligini bildiradi. Baholash natijalariga ko‘ra, V. dahliae ga eng chidamli navlar sifatida Namangan-34, Namangan-77 va S-6541 aniqlandi. Shuningdek, o‘rganilgan F1 duragaylari orasida quyidagi chatishtirish kombinatsiyalari istiqbolli chidamlilik namoyon etdi: Namangan-77 × S-6541, Namangan-34 × SB-6, S-6541 × SB-6, S-6541 × S-6545, S-6545 × S6541 va SB-6 × S-6541. Olingan natijalar biokimyoviy va dala tadqiqotlarini birgalikda qo‘llash chidamli genotiplarni aniqlashning ishonchli yondashuvi ekanligini, aniqlangan chidamli nav va duragaylar esa V. dahliae ga chidamliligi yuqori g‘o‘za yaratishda qimmatli seleksiya materiali bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    FIELD GERMINATION OF ULTRA-EARLY MATURING WINTER WHEAT VARIETIES “ULTRA” AND “FLESH”

    N. Durdiyev, Z. Gopporova · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada 2024–2025 yillarda ultratezpishar kuzgi bug‘doyning Flesh, Ultra va Chillaki navlarining dala unuvchanligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Flesh va Ultra navlari har ikki yilda ham nazorat naviga nisbatan yuqori unuvchanlik ko‘rsatdi. Eng yuqori dala unuvchanligi Flesh navida qayd etilib, uning istiqbolli nav ekanligi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    JANUBIY OROL MINTAQASIDA 2000–2025-YILLARDAGI SUV RESURSLARI DINAMIKASINI SONLI TAHLIL QILISH

    P. Djengisbaevna, K. Adilbaevna, B. Tleubergenovna, B. Tleubergenovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqola Orol dengizi mintaqasining, asosan, janubiy qismida 2000– 2025-yillardagi suv resurslari dinamikasini global modellar va masofadan zondlash ma‘lumotlari bilan ishlash metodikasiga tayangan holda raqamli tahlil qilishga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    KUZGI BUG‘DOYNING “ULTRA” VA “FLESH” NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI

    N. Durdiyev, Z. G‘opporova · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada 2024–2025-yillarda dala sharoitida olib borilgan tajribalar asosida kuzgi bug‘doyda ko‘chat qalinligining shakllanishi hamda o‘simliklarning qishki sovuqlarga chidamliligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida qishdan oldingi va erta bahordagi ko‘chat qalinligi hamda qishda sovuqdan nobud bo‘lgan o‘simliklar ulushi aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, qishdan oldingi ko‘chat qalinligi 451,4–471,4 ming dona/m² oralig‘ida, bahorgi ko‘rsatkich esa 401,4–455,8 ming dona/m² diapazonda qayd etildi. O‘simliklarning sovuqdan nobud bo‘lish darajasi variantlar va yillar kesimida 8,8–52,7 % oralig‘ida o‘zgarishi aniqlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    O‘TLOQI-BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA G‘O‘ZANING “S-01” NAVI HOSILDORLIGIGA MINERAL O‘G‘ITNING TA‘SIRI

    H. Xidirovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Navoiy viloyatining paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za o‘stirishda kaliyli o‘g‘itni 120 kg/ga (K2O) hisobida N-250, P-175 kg/ga fonida qo‘llash g‘o‘zaning “S-01” navining o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay oziqlanish muhitini yaratib, ko‘rsatib o‘tilgan sharoitda g‘o‘za navidan mo‘l va sifatli paxta hosili yetishtirish imkoniyati mavjudligi yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    G‘O‘ZANING O‘SISH VA RIVOJLANISHIGA “TANDEM” STIMULYATORINING TA‘SIRI

    X. qizi, T. Mardanakulovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga “Tandem” stimulyatorining ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, stimulyator qo‘llanilganda o‘simlikning vegetativ va generativ organlarining rivojlanishi tezlashishi, hosildorlikning oshishi va stress omillarga chidamlilikning kuchayishi aniqlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish