Asosiy mazmunga o‘tish

43 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    DETERMINATION OF TOTAL PROTEIN CONTENT IN THE AERIAL PART OF PHLOMOIDES KIRGHISORUM USING THE KJELDAHL METHOD

    M. Abdulhakimova, D. Haydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu tadqiqotda Phlomoides kirghisorum o‘simligining yer ustki qismida umumiy oqsil miqdori Kjeldal usuli yordamida aniqlandi. Tadqiqot obyekti sifatida vegetatsiya davrida yig‘ilgan va quritilgan o‘simlik xomashyosi tanlandi. Tahlil jarayonida namunadagi umumiy azot miqdori aniqlanib, oqsilga aylantirish koeffitsienti (6,38) yordamida umumiy oqsil miqdori hisoblab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simlik tarkibidagi umumiy azot miqdori 2,44 % ni, umumiy oqsil miqdori esa 15,57 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar Phlomoides kirghisorum turining oqsil moddalarga nisbatan boy ekanligini ko‘rsatdi. Aniqlangan oqsil miqdori ushbu o‘simlikning biologik va farmakologik qiymatini baholashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Tadqiqot natijalari dorivor o‘simliklar tarkibini kompleks o‘rganish hamda ularni farmatsevtika va fitoterapiya amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini ilmiy asoslash uchun xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    FLAVONOID PROFILE OF “AS-INFUSUM” AND ITS BIOLOGICAL ACTIVITY

    I. Askarov, S. Abdullaev, E. Khaydarov, Q. Xasanbayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada “As-Infusum” o‘simlik damlamasi tarkibidagi flavonoidlar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) usuli yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, rutin (39,12 mg/g) asosiy komponent sifatida aniqlanib, damlamaning antioksidant va kardioprotektiv xususiyatlarini belgilashi ilmiy asoslandi. Shuningdek dihidrokversetin, rozavin, kversetin va salidrozid kabi flavonoidlar aniqlanib, damlamaning biologik faolligi hamda farmakologik va nutrasevtik salohiyatini oshirishi ko‘rsatildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    PAXTA LINTI ASOSIDA BIOPARCHALANUVCHI CHOKLANGAN POLIMER GIDROGELLARNI SINTEZ QILISH, XOSSALARINI O‘RGANISH VA QISHLOQ XO‘JALIGIDA QO‘LLASH

    Eshbo‘riyev Tursunali Nasrullayevich, Shirinov Shavkat Davlatovich, Djalilov Abdulahat turobovich, Azimov Abdug‘ani Mutalovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Suv tanqisligi va sug‘orish rejimining beqarorligi, ayniqsa qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishini cheklovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda paxta linti asosida bioparchalanuvchi gidrogellar qisman neytrallangan akril kislota asosida erkin radikal mexanizm orqali choklangan polimer gidrogel sifatida sintez qilindi. Initsiator sifatida ammoniy persulfat, ko‘ndalang bog‘lovchi modda sifatida esa N,N‘-metilenbisakrilamid qo‘llanilib, uch o‘lchamli polimer tarmoq hosil qilindi. Sintez qilingan gidrogellarning fizik-kimyoviy xossalari kompleks tarzda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari gidrogellarning distillangan suvda 450–800 g/g, sho‘r muhitda esa 120–250 g/g gacha suv yutish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Gel fraksiyasi va ko‘ndalang bog‘lanish darajasi barqaror polimer tarmoq hosil bo‘lganligini tasdiqladi. Tuproq sharoitida olib borilgan bioparchalanish sinovlari natijasida gidrogellarning 180 kun davomida 70–85 % gacha parchalanishi aniqlandi. Qishloq xo‘jaligi sharoitida o‘tkazilgan vegetatsion tajribalar gidrogellarni tuproqqa 1,0– 2,0 g/kg miqdorda qo‘llash tuproq namligini saqlash darajasini sezilarli oshirishini va sug‘orish kamaytirilgan sharoitda o‘simlik biomassa hosil bo‘lishini 25–30 % ga yaxshilashini ko‘rsatdi. Olingan natijalar paxta linti asosidagi bioparchalanuvchi gidrogellar suvdan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish uchun ekologik xavfsiz, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va istiqbolli material ekanligini tasdiqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    AS–UBS SHIFOBAXSH CHOYINING ORGANIK KISLOTALAR TARKIBI

    Ibrokhim Rakhimjonovich Askarov, Shavkat Vokhidovich Abdullaev, Eldorbek Rakhimjon o‘g‘li Khaydarov · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada Olmurut (Pyrus spp.) novdalari va Yapon saforasi (Styphnolobium japonicum) gulli kurtaklari asosida tayyorlangan AS–UBS shifobaxsh choyining organik kislotalar tarkibi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) usuli yordamida o‘rganildi. Tadqiqot natijasida choy tarkibida shavel, limon, vino va yantar kislotalari aniqlanib, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari belgilandi. Olingan natijalar AS–UBS shifobaxsh choyining antioksidantlik, metabolik jarayonlarni faollashtiruvchi va biologik faol xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi hamda uni funksional ichimlik sifatida tavsiflash imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    THEORETICAL STUDY OF THE ELECTRONIC STRUCTURE AND SPECTRAL PROPERTIES OF THE 2,5-DIPHENYLOXAZOLE (PPO) MOLECULE USING QUANTUM CHEMICAL METHODS

    X.Z.Botirov, U.J. Turdiyev, T.Y. Murodov, I.A. Raxmatullayev, P. Xong · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu nazariy tadqiqot yuqori energiyali nurlanish detektorlarida birlamchi organik stsintillyator sifatida keng qo‘llaniladigan 2,5-difeniloksazol (PPO) molekulasining geometrik, elektron va spektral xossalarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda kvant-kimyoviy usullar, xususan gibrid B3LYP funksionali va 3-21+G* bazisidan foydalangan holda zichlik funksionali nazariyasi (DFT) qo‘llanildi. Hisoblashlar Gaussian 09 dasturiy paketi yordamida bajarilib, natijada molekulaning optimal geometriyasi va global minimal energiyasi (-704,379679 Xartri yoki -19167,1473 eV) aniqlandi. Natijalar PPO molekulasi yuqori barqarorlikka ega ekanini ko‘rsatadi, buni 4,18 eV (yoki 0,15362 Xartri) ni tashkil etuvchi HOMO-LUMO energetik tirqishi tasdiqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    ИЗУЧЕНИЕ ХИМИЧЕСКОГО СОСТАВА ЭФИРНОГО МАСЛА НАДЗЕМНОЙ ЧАСТИ РАСТЕНИЯ RANUNCULUS BALDSHUANICUS

    Дехканов Рахматилла Султанович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Namangan viloyatida o‘sadigan Ranunculus Baldshuanicus o‘simligining yer ustki qismlaridan gidrodistillatsiya usulida efir moyi ajratib olindi. Olingan efir moyining tarkibi gaz xromatografiya–mass-spektrometriya (GX-MS) usuli bilan tahlil qilindi. Natijada 16 ta komponent aniqlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    TURLI TABIIY MANBALARDAN AJRATIB OLINGAN POLISAXARIDLARNING ДИСПЕРСЛИК ДАРАЖАСИНИ АНИҚЛАШ

    Dexkonov Raxmatilla Sultonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu tadqiqot ishida turli tabiiy manbalardan olingan kraxmal namunalarining disperslik darajasini baholash maqsadida, ular suspenziyalarining sedimentatsion tahlili amalga oshirildi. Sedimentatsion tahlil suspenziyaning dispers fazasini tashkil qilgan kraxmal moddasiga nisbatan o‘tkazildi. Tajriba natijalariga asoslanib, sedimentatsion egri chiziqlari qurildi va zarrachalarning taqsimlanishi aniqlandi. Suspenziyalarning har bir fraksiyasining nisbiy miqdori zarrachalarning o‘lchamlari bo‘yicha taqsimoti differensial taqsimot egri chiziqlari yordamida tahlil qilindi. Shuningdek suspenziya namunalarida zarrachalarning maaksimal, minimal va o‘rtacha o‘lchamlari hisoblab topildi, bu esa muhim texnologik ko‘rsatkich hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIDAN MASALALAR YECHISHNING O‘ZIGA XOSLIGI

    Dexkonov Raxmatilla Sultonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fanidan masalalar yechishning ahamiyati va roli tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, masalalar yechish nafaqat talabalar bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, balki ularning mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini ham oshiradi. Shuningdek, maqolada yuqori molekulyar birikmalar kimyosi fanidan misol tariqasida masalalar keltirilgan va ularni yechish usullari bayon qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    PHLOMOIDES SPECIOSA O‘SIMLIGIDA IRIDOID VA AUKUBIN MIQDORINI ANIQLASH

    M.M.Mexmonxonov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur tadqiqotda Phlomoides speciosa o‘simligidan ajratib olingan iridoid glikozidlar, jumladan aukubin miqdori kolorimetrik usul yordamida aniqlangan. O‘simlik xomashyosi 50% etanol bilan ekstraksiya qilindi, lipofil moddalar petroleum efir yordamida ajratib olindi va neytral alyuminiy oksid adsorbenti orqali tozalandi. Iridoidlarni aniqlashda Trim-Xill reaktivi ishlatilib, hosil bo‘lgan ko‘k rangli kompleks 570 nm da fotometrik usul bilan baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Phlomoides speciosa tarkibida aukubin miqdori 0,03 % ni tashkil etdi. Olingan ma‘lumotlar mazkur o‘simlikning farmakologik ahamiyatini tasdiqlaydi va uni dorivor preparatlar ishlab chiqishda istiqbolli manba sifatida ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    PHLOMOIDES BRACHYSTEGIYA O‘SIMLIGINING UCHUVCHAN COMPONENT TARKIBI

    Maxkamov.I., Abdullayeva Sh.Q., Yo‘lbarsova M.A., Xaydarova D.R., Siddiqov G‘.U., Abdullayev SH.V · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu tadqiqotda Phlomoides brachystegia o‘simligining uchuvchan komponentlar tarkibi o‘rganildi. Namangan viloyatida o‘sadigan Phlomoides turkumiga mansub o‘simlik namunalaridan efir moylari gidrodistillyatsiya usulida ajratib olindi va GC-MS usulida tahlil qilindi. Tahlil natijasida efir moyi tarkibida 2-Hexadecene, 3,7,11,15-tetramethyl (14,28%), Phenethyl alcohol (5,62%) va Methyl nicotinate (5,36%) kabi biofaol komponentlar aniqlangan. Umumiy kimyoviy spektr alifat uglevodorodlar (30,2%), aromatik birikmalar (25,6%), terpenoidlar va izoprenoidlar (18,7%) kabi sinflarga ajratildi. Aniqlangan komponentlarning farmatsevtika, kosmetika va oziq-ovqat sanoatidagi amaliy ahamiyati tahlil qilindi. O‘simlikning boy efir moyi tarkibi uni dorivor manba sifatida tadqiq etish zarurligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    BIOPARCHALANUVCHI GIDROGELLARNING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

    Eshbo‘riyev Tursunali Nasrullayevich, Shirinov Shavkat Davlatovich, Djalilov Abdulahat Turobovich, Azimov Abdug‘ani Mutalovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida bioparchalanuvchi gidrogellardan foydalanish istiqbollari o‘rganilgan. Bioparchalanuvchi gidrogellar haqida umumiy ma‘lumotlar keltirilib, sellyuloza hamda GIPAN (gidrolizlangan poliakrilonitril) asosidagi gidrogellarning xususiyatlari tahlil qilingan. Gidrogellarning suv yutish qobiliyati, tuproqda bioparchalanishi va agronomik samaradorligi yuzasidan ilmiy manbalar asosida ma‘lumotlar keltirilgan. Lalmi yerlar (sug‘orilmaydigan hududlar), tomchilatib sug‘orish tizimlari va bog‘dorchilikda gidrogellardan foydalanish misollari ko‘rib chiqilib, ularning suvni tejash, hosildorlikni oshirish va tuproq sifatini yaxshilashga ijobiy ta‘siri ko‘rsatilgan. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bioparchalanuvchi gidrogellar tuproq namligini saqlash va ekinlar hosildorligini oshirishda samarali bo‘lib, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qishloq xo‘jaligining barqarorligini ta‘minlashga xizmat qilishi mumkin.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    INHIBITORY EFFECTS OF ASPHALTENES AND RESINOUS COMPONENTS IN CRUDE OIL PROCESSING AND METHODS FOR THEIR NEUTRALIZATION.

    Raxmonqulova Marjona Baxtiyorovna, Arzimurodova Xonbuvi Jamol qizi, Kosimova Xurshida Rajabboyovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada asfaltenlar va smolasimon komponentlarning xom neftni qayta ishlashning turli bosqichlariga, jumladan distillash, katalitik kreking va quvur orqali tashishga ingibirlovchi ta‘siri o‘rganiladi. Ushbu yuqori molekulyar og‘irlikka ega qutbli birikmalar agregatlanishga moyil bo‘lib, bu qovushqoqlikning ortishiga, uskunalarning ifloslanishiga, katalizatorning faolsizlanishiga va oqimni ta‘minlash muammolariga olib keladi. Ularning kimyoviy murakkabligi va kuchli molekulalararo o‘zaro ta‘siri ularni an‘anaviy ajratish usullariga ayniqsa chidamli qiladi. Maqolada neytrallashning zamonaviy strategiyalari, jumladan kimyoviy dispergatorlar, sirt-faol moddalar va nanomateriallarga asoslangan yechimlar ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimchalar samaradorligi, o‘zaro ta‘sir kinetikasi va jarayonni optimallashtirish bo‘yicha eksperimental ma‘lumotlar ularning amaliy qo‘llanilishini baholash uchun taqdim etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    PHLOMOIDES NUDA O‘SIMLIGI TARKIBIDAN AJRATIB OLINGAN AYRIM MODDALARNING TARKIBI VA TUZILISHINI KVANT-KIMYOVIY HISOBLASH METODI YORDAMIDA TAQQOSLASH

    M.M.Mexmonxonov, F.Q. Abdullayeva, D.R.Xaydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu ilmiy maqolada Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘suvchi Phlomoides nuda o‘simligi tarkibidan ajratib olingan biologik faol birikmalar — ekdisteron, α-ekdizon, 8-O-asetilgarpagid, lamiid va pinitol molekulalarining strukturasi DFT/B3LYP/3-21G usuli asosida kvant-kimyoviy hisoblash dasturi Gaussian 98 orqali optimallashtirildi. Ularning infraqizil tebranish (IQ) spektrlari eksperimental va nazariy jihatdan qiyoslab tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, molekulalarning eksperimental spektrlari nazariy spektral cho‘qqilar bilan yuqori darajada mos keladi. Ayniqsa, deformasion va valent tebranishlarga oid tebranish modlari aniqligi molekulalardagi halqalar soni, C-O, C-H, C- C bog‘larining mavjudligini va tuzilmaning aniqligini tasdiqlaydi. Bu tahlil natijalari ajratilgan moddalarning kimyoviy strukturasi yuqorida keltirilgan formulalar asosida tasdiqlanishiga asos bo‘ldi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    SELECTIVE SEPARATION OF CALCIUM AND MAGNESIUM SALTS FROM DOLOMITE AND MODELING AND OPTIMIZATION OF PRECIPITATES FORMED WITH BICARBONATE IONS IN AQUEOUS MEDIA.

    Karshiyeva Madina Mitin kizi, Kholiyorova Sabina Farkhod kizi, Khusanov Eldor Safariddinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu tadqiqotda dolomitdan kalsiy va magniy ionlarini suvli ekstraksiya va cho‘ktirish usullari yordamida tanlab ajratish o‘rganiladi. Tadqiqot Ca²⁺ va Mg²⁺ ionlarining bikarbonat ionlari (NaHCO₃ va (NH₄)₂HCO₃) bilan reaksiyalariga qaratilgan bo‘lib, bu karbonat asosidagi cho‘kmalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Jarayonni optimallashtirish uchun harorat, pH va ionlar kuchi kabi eksperimental sharoitlar tahlil qilinadi. Suvli muhitda tizimning xatti-harakatini simulyatsiya qilish uchun matematik modellashtirish qo‘llaniladi. Olingan natijalar minerallarni qayta ishlash samaradorligini oshirishga, qattiq suvni yumshatishga va dolomit resurslaridan foydalanishning ekologik toza usullariga hissa qo‘shadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    CONSTRUCTIVIST PEDAGOGICAL MODELS FOR DEVELOPING SKILLS THROUGH CHROMATOGRAPHIC PROBLEM-SOLVING TASKS.

    Abduraximova Shahlo Azim qizi, Kosimova Xurshida Rajabboyovna · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada masalalarni yechish orqali ko‘nikmalarni shakllantirishga urg‘u bergan holda xromatografik tahlilni o‘qitishda konstruktivistik pedagogik modellarni qo‘llash o‘rganiladi. Tadqiqotda o‘quvchilarning real analitik muammolarni aks ettiruvchi amaliy xromatografik mashqlarni bajarish orqali bilimni faol ravishda qanday qurishi ta‘kidlanadi. Konstruktivistik nazariyaga asoslangan turli o‘qitish strategiyalari - tadqiqotga asoslangan ta‘lim, hamkorlikdagi tajribalar va refleksiv fikrlash - talabalarning analitik kompetensiyalarini oshirishdagi samaradorligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, xromatografik masalalarni yechishni kimyo o‘quv dasturiga integratsiya qilishning uslubiy asosi keltirilgan bo‘lib, bu yuqori darajadagi fikrlash ko‘nikmalari va ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Natijalar konstruktivistik yondashuvlar talabalarning xromatografik tahlil bo‘yicha konseptual tushunchasi, faolligi va amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    THE IMPACT OF INNOVATIVE FOOD SUPPLEMENTS BASED ON PHLOMOIDES NUDA ON HUMAN HEALTH

    I.I. Ibrohimova, M.M.Mexmonxonov, D.R. Haydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Zamonaviy tibbiyotda ekologik toza va tabiiy dorivor o‘simliklardan yaratilgan oziq-ovqat qo‘shimchalari salomatlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Makro- va mikroelementlar hamda biologik faol birikmalarga boy bo‘lgan Phlomoides nuda inson organizmiga foydali ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada gullash davrida yig‘ilgan Phlomoides nuda tarkibi asosida tayyorlangan oziq-ovqat qo‘shimchalarining salomatlikka ta‘siri va innovatsion salohiyati tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    ГИЛ АДСОРБЕНТЛАРИГА Cr6+ ИОНИНИНГ АДСОРБЦИЯЛАНИШИНИ ЎРГАНИШ

    Tohirbek Ibragimov Yegamshukurovich, Tursinali Eshbo‘riyev Nasrullayevich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу тадқиқот ишида модификацияланган янги адсорбентлар ёрдамида оқова сув таркибидаги Cr6+ ионларини адсорбсияланиш изотермалари Фрейндлих изотерма модели асосида ўрганилди. Адсорбентларга Cr6+ ионларини адсорбсияланиши модификация қилинган Ангрен каолинида 0.154 мг/г ни ташкил қилди.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    ХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ ПИВА И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ

    Мансурова Дилафруз Ахмаджоновна, Абдусаломова Эвелина · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Dunyodagi eng ommabop ichimliklardan biri pivodir. U chanqoqni qondira oladigan kam spirtli ichimlikdir. Pivoning o‘ziga xos jihatlari — xmel ta‘mi va hidi, shuningdek, qadahga quyilayotganda ko‘piklanish va yuzasida zich ko‘pik qatlamini uzoq vaqt ushlab turish qobiliyatidir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    ФИЗИКО-МЕХАНИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА КОМПОЗИТОВ ПП+АП РЕОЛОГИЧЕСКИЕ И ДЕФОРМАЦИОННО-ПРОЧНОСТНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ КОМПОЗИТОВ

    Д.Н.Гафуров, Г.Ш.Каримова, Н.Х.Бозорова · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yonuvchanlik polimerlar makromolekulalari tarkibiga kiruvchi uglerod va vodorodning yuqori miqdori bilan bog‘liq. Qizdirilganda makromolekulyar to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlar ekzotermik oksidlanish reaksiyalariga uchraydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    ИЗУЧЕНИЕ ВЛИЯНИЯ МОДИФИКАТОРОВ НА ФИЗИКО-МЕХАНИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПОЛИМЕРОВ.

    Д.Н.Гафуров, Г.Ш.Каримова, Н.Х.Бозорова · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Polimerlarga ularning xossalarini yaxshilash uchun turli to‘ldiruvchilar qo‘shiladi. O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda polimerlarga to‘ldiruvchilar qo‘shilishi hisobiga ularning xossalari yaxshilanishi ko‘rinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish