Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

SUV OMBORLARIDA REKONSTRUKSIYA VA MODERNIZATSIYA ISHLARI: ANDIJON SUV OMBORI MISOLIDA

Sa‘diy SHUKUROV2024

Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 6Son 4Sahifa 125–135

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021­yil10 dekabrdagi PQ­44­sonli Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida “suv ombori faoliyatining xavfsizligini bosqichma­bosqich oshirish” doirasida amalga oshirilgan ishlarAndijon suv ombori misolida tahlil qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaРАБОТЫ ПО РЕКОНСТРУКЦИИ И МОДЕРНИЗАЦИИ ВОДОХРАНИЛИЩ НА ПРИМЕРЕ АНДИЖАНСКОГО ВОДОХРАНИЛИЩА

В статье представлен анализработ, проведенных в рамках «поэтапногоповышения безопасности деятельности водохранилища» на примере Андижанского водохранилища в целях обеспечения исполненияПостановления Президента РеспубликиУзбекистан № ПП­44 от 10 декабря 2021 года

inglizchaWORK ON RECONSTRUCTION AND MODERNIZATION OF WATER RESERVOIRS ON THE EXAMPLE OF THE ANDIJAN WATER RESERVOIR

The article analyzes the workcarried out within the framework of “stage­bystage improvement of the safety of the reservoir‘soperation” using the example of the Andijanreservoir to ensure the implementation of theResolution of the President of the Republic ofUzbekistan No. PP­44 dated December 10, 2021

Kalit so‘zlar

  • Gidroenergetika
  • suv ombori
  • ekspluatatsiya
  • xavfsizlik
  • qo‘riqlash
  • video­kuzatuv
  • nazorat­tashxis
  • lokal xabar berish
  • kirishni nazorat qilish
  • avtomatlashtirilgan tizim
  • fltratsiya
  • to‘g‘on
  • seysmik xavfsizlik
  • boshqaruv samaradorligi
  • modernizatsiya
  • rekonstruksiya

To‘liq matn

To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15044874

SUV OMBORLARIDA REKONSTRUKSIYA VA MODERNIZATSIYA ISHLARI: ANDIJON SUV OMBORI MISOLIDA

Sa’diy SHUKUROV “Gidroqurilish buyurtmachi xizmati” MChJ bosh mutaxassisi

Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10 dekabr­dagi PQ-44-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “suv ombori faoliyati­ ning xavfsizligini bosqichma-bosqich oshirish” doirasida amalga oshirilgan ishlar Andijon suv ombori misolida tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: Gidroenergetika, suv ombori, ekspluatatsiya, xavfsizlik, qo‘riq­ lash, video-kuzatuv, nazorat-tashxis, lokal xabar berish, kirishni nazorat qilish, avtomatlashtirilgan tizim, filtratsiya, to‘g‘on, seysmik xavfsizlik, boshqaruv samaradorligi,

РАБОТЫ ПО РЕКОНСТРУКЦИИ И МОДЕРНИЗАЦИИ ВОДОХРАНИЛИЩ НА ПРИМЕРЕ АНДИЖАНСКОГО ВОДОХРАНИЛИЩА

Саъдий ШУКУРОВ Главный специалист ООО «Гидрокурилиш буюртмачи хизмати»

Аннотация: В статье представлен анализ работ, проведенных в рамках «поэтапного повышения безопасности деятельности водо­- х­ранилища» на примере Андижанского водох­ранилища в целях обеспечения исполнения Постановления Президента Республики Узбекистан № ПП-44 от 10 декабря 2021 года. Ключевые слова: Гидроэнергетика, водох­ ранилище, эксплуатация, безопасность, охрана, видеонаблюдение, контроль-диагностика, локальное оповещение, контроль доступа, авто­ матизированная система, фильтрация, плотина, сейсмическая безопасность, эффективность управления, модернизация, реконструкция.

WORK ON RECONSTRUCTION AND MODERNIZATION OF WATER RESERVOIRS ON THE EXAMPLE OF THE ANDIJAN WATER RESERVOIR

Sadiy SHUKUROV Chief Specialist LLC “Gidroqurilish buyurtmachi xizmati”

Abctract: The article analyzes the work carried out within the framework of “stage-bystage improvement of the safety of the reservoir‘s operation” using the example of the Andijan reservoir to ensure the implementation of the Resolution of the President of the Republic of Uzbekistan No. PP-44 dated December 10, 2021. Keywords: Hydropower, reservoir, operation, safety, protection, video surveillance, control and diagnostics, local warning, access control, automated system, filtration, dam, seismic safety, management efficiency, modernization, reconstruction.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidro­ energetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘­ risida”gi PQ-44-sonli Qarori 3-ilovasiga asosan ishlab chiqilgan dastur ijrosini bosqichma-bosqich ta‘minlash maqsadida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu Qarorning 3-ilovasi V-bandida belgilangan “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi suv omborlarining faoliyati xavfsizligini bosqichma-bosqich oshirish loyihasi asosida Jamiyat tizimida 2021-yilda “Suv omborlaridan samarali va xavfsiz foydalanishni tashkil etish boshqarmasi” tuzildi hamda “Suv omborlarini qurish

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

ЭКСПЛУАТАЦИЯ И БЕЗОПАСНОСТЬ EXPLOITATION AND SAFETY

va modernizatsiya qilish loyiha ofisi” MChJ (keyingi o‘rinlarda – “Loyiha ofisi”) ta‘sis etildi. Qisqa davr ichida Loyiha ofisi tomonidan 6 ta suv omborining faoliyat xavfsizligini oshirish maqsadida tasdiqlangan manzilli dasturlar asosida umumiy 58 ta loyiha ishlab chiqildi, shulardan 37 ta loyiha to‘liq tugatilib, foydalanishga topshirildi hamda 21 ta loyihada qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. Ushbu maqolada Andijon suv ombori misolida olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bilan yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin. Ma‘lumki, Andijon suv ombori qo‘shni davlat chegarasiga yaqin joylashgan va qurilganligiga 50 yildan oshgan muhim strategik obyekt hisoblanadi. Aynan shu sababdan, birinchi navbatda, ushbu suv omborida obyekt xavfsizligini baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini olib borish dolzarb hisoblanadi. Andijon suv omborining faoliyati xavfsizligini oshirish maqsadida umumiy 7 ta loyiha ishlab chiqilib, loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlari to‘liq tugatildi va foydalanishga topshirildi. Quyida suv omborining faoliyati xavfsizligini oshirish doirasida bajarilgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot keltiriladi:

1. Andijon suv ombori hududida lokal darajadagi favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lishi to‘g‘risida aholini ogohlantirish va xabar berish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish (LSO):

Loyihaning maqsadi: Suv ombori xavfsizligini ta‘minlash maqsadida, favqulodda holatlardan ogohlantirish tizimlarini zamonaviy talablar asosida amalga oshirish. “Andijon suv ombori” qoshidagi avtomatlashtirilgan xabar berish va ma’lu­ mot yetkazish tizimi, hududiy ogohlantirish tizimi tarkibiga kiradi. Uning yorda­ mida potensial xavf yuzasidan obyekt rahbariyati va xodimlarini, yaqin atrofda yashovchi aholi, davlat favqulodda vaziyatlar xizmati organlarini, dispetcherlik xizmatlari, obyektdan 8 km radiusda joylashgan tashkilot va muassasalarni xabardor qilish amalga oshiriladi. Hozirda dastur-apparat ogohlantirish vositalari majmuasi “MARS-ARSENAL” ishlab chiqilgan, bu ixtisoslashtirilgan yechim bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 126 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024

- amaliy dasturiy ta’minot bilan boshqaruv panellari; - sirena va sirena-ovozli uskunalar; - radio-, tele- va videosignallarni jamlash uskunalari; - telefon abonentlari uchun ogohlantirish tizimlari; uchinchi tomon ogohlantirish tizimlari va uskunalari bilan bog‘lanish uchun qurilmalar; - suv sathi, atrof-muhitning radiatsiyaviy-kimyoviy holatini kuzatish va turli sensorlar monitoringi uchun stansiyalar. Xabar berish postlarining 8 km masofada joylashgan manzillari: - 1-xabar berish posti “Andijon suv ombori” to‘g‘oni hududidagi bino tomida (Akustik xabarlash bloki (AXB)-2400); - 2-xabar berish posti (AXB-600) “Kampirravot” mahallasidagi gidrouzelda maxsus o‘rnatilgan minorada; - 3-xabar berish posti (AXB-600) Xonobod shahri “Andijon suv ombori” yo‘li (eski AYOQSH yonida) maxsus o‘rnatilgan minorada; - 4-xabar berish posti (AXB-2400) “Andijon suv ombori”dan Xonobod shahri yo‘lidagi T-simon chorraha yonida maxsus o‘rnatilgan minorada; - 5-xabar berish posti (AXB-2400) “Sultonobod” aholi punkti markazida maxsus o‘rnatilgan minorada.

Loyihaning natijasi: Bugungi kunda suv omborida favqulodda holatlarda foydalanuvchi tashkilot rahbariyati va xodimlarini, yaqin atrofda yashovchi aholi, davlat favqulodda vaziyatlar xizmati organlarini, dispetcherlik xizmatlari, obyektdan 8 km radiusda joylashgan tashkilot va muassasalarni xabardor qilish amalga oshiriladi.

2. Andijon suv omboridagi ko‘priksimon kranlarini hamda barcha xizmat va favqulodda vaziyatlarda foydalaniladigan zinapoyalarini rekonstruksiya qilish

Bajarilgan ishlar: - 661 metr zinapoyalarni yangilash ishlari; - 1186 metr uzunlikdagi to‘siqlarni almashtirish ishlari;

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

ЭКСПЛУАТАЦИЯ И БЕЗОПАСНОСТЬ EXPLOITATION AND SAFETY

- 225 m2 maydonchalarni yangilash ishlari; - 1280 m2 kranlarning tom qismini almashtirish ishlari to‘liq amalga oshirildi.

Loyihaning maqsadi va natijasi: Andijon suv ombori to‘g‘oni 817-belgisidagi 16- va 21- seksiyalaridagi 2 dona 30 tonna hamda 845-belgidagi 11, 13, 14, 16, 18, 19, 20, 21-seksiyalarida joylashgan 8 dona 50/10 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘priksimon kranlar hamda favqulodda va xizmat zinalari 1976-yilda qurilgan bo‘lib, namlik kuchli bo‘lgan sharoitda korroziyaga uchrab, yaroqsiz holga kelgan edi. Yuqoridagi rekonstruksiya ishlari bajarilgandan so‘ng, suv omboridagi ko‘priksimon kranlarni hamda barcha xizmat va favqulodda holatlarda foyda­ laniladigan zinapoyalarning uzoq yillar xavfsiz ishlashi kafolatlandi.

3. Andijon suv ombori to‘g‘onidagi filtratsiya suvlarini chiqarib tashlash (qaytarish) uchun drenaj nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish

Loyihaning maqsadi: Yangi, energiya-tejamkor, zamonaviy nasos agre­ gatlariga almashtirish natijasida, to‘g‘on ichki qismiga sizib chiquvchi filtratsiya suvlarini uzoq muddat davomida uzluksiz chiqarib tashlashni tashkil etish.

Andijon suv ombori to‘g‘onining 812-belgisida joylashgan filtratsiya suvlarini chiqarib tashlashga mo‘ljallangan drenaj nasos stansiyasida to‘g‘on ichki qismiga sizib chiquvchi filtratsiya suvlarini avankamera orqali to‘g‘on tashqarisiga chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan soatiga 600 m3 suv chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan 14 dona 20A rusumli nasos agregatlari o‘rnatilgan edi. Ularning elektr dvigatellari 75 kVt bo‘lib, qurilish davridagi texnik suvlarni ham chiqarib tashlashga mo‘ljallangan. Nasos uskunalarining ekspluatatsiya davri – 45 yil. Yangi loyihada 6 dona VMF 7B turidagi nasoslar o‘rnatildi. 1. Nasos tavsifi: • Hisobiy suv sarfi 600 m3/soat; • Nasosning umumiy bosimi: 26,22 m; • Ishchi g‘ildiragi diametri: 351 mm; • Ishchi g‘ildirak turi: 2-KANALLI

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 128 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024

2. Elektr yuritma (dvigatel) tavsifi: • Quvvat iste’moli – R1: 75 kVt; • Nominal quvvat – R2: 68 kVt; • Tarmoq chastotasi: 50 Gs; • Nominal kuchlanish: 3x400/690 V; • Ruxsat etilgan kuchlanishining o‘chirilishi: +10/-10 %; • Maksimal ulanishlar soni – soatiga 15 martagacha; • Nominal tok: 123/72 A; • Maksimal tok iste’moli: 123 kVt/soat; • yuklamada yuritma samaradorligi: 95%; • 1/2 yuklamada yuritma samaradorligi: 94%; • Qutblar soni: 4; • Himoya darajasi (IEC 34-5): IP68. 6 dona SK-712/SS-1-75 tipidagi yum­ shoq starterli quvvatni boshqarish kabinasi (Silovoy shkaf upravleniya s ustroystvom plavnogo puska). 3. 1 ta komplekt 10 tonna yuk ko‘taruvchi kozlovoy kran; 4. 2 ta markazdan qochma ventilyatorlar o‘rnatildi; 5. 2 ta markazdan qochma nasos ESV-12 o‘rnatish va boshqa ishlar bajarildi.

Loyihaning natijasi: Yangi, energiya-tejamkor, zamonaviy nasos agregat­ lariga almashtirish natijasida, to‘g‘on ichki qismiga sizib o‘tuvchi filtratsiya suvlarini avtomatik hamda uzoq muddat davomida uzluksiz chiqarib tashlash ta’minlandi.

4. “Andijon suv omborini texnik qo‘riqlash vositalari majmuasi (KTSO), qo‘riqlash televideniyasi (SOT), signal chaqirish signalizatsiyasi (TVS), kirishni nazorat qilish va boshqarish (SKUD), qo‘riqlash yong‘in signalizatsiyasi (OPS) va dinamik aloqa (GGS) tizimlari bilan jihozlash”

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

ЭКСПЛУАТАЦИЯ И БЕЗОПАСНОСТЬ EXPLOITATION AND SAFETY

Loyihaning maqsadi: Qo‘riqlash perimetri bo‘ylab videokuzatuv monitoringini olib borish va yozib borish, qoidabuzar tomonidan perimetr zonasini yengib o‘tish faktini (urinishlarini) darhol aniqlash va signal berish, kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimi orqali xodimlarning shaxsini aniqlash va hududga kirib-chiqishini qayd etib borish.

Obyektning asosiy inshootlari: - Texnik qo‘riqlash vositalari majmuasi (KTSO); - Qo‘riqlash televideniyasi (SOT); - Signal chaqirish qurilmasi (TVS); - Kirishni nazorat qilish va boshqarish (SKUD); - Qo‘riqlash yong‘in signalizatsiyasi (OPS); - Dinamik aloqa tizimlari (GGS).

Perimetr xavfsizlik tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi: • qoidabuzar tomonidan perimetr zonasini yengib o‘tish faktini (urinishlarini) darhol aniqlash; • xavfsizlik zonalarining hozirgi holati to‘g‘risida ma’lumot olish (ochiq, yopiq, qo‘riqlashda, ogohlantirishda); • navbatchining buyrug‘i bilan alohida zonalar yoki zonalar guruhlarini qo‘riqlash; • qo‘riqlash kuchlari postining boshqaruv pultiga tashqi qo‘riqlash panjarasini buzib o‘tish holati haqida xabar (signal) berish; • ichki va tashqi hududlardagi vaziyatni uzluksiz vizual monitoring qilish; • bir vaqtning o‘zida ulangan kameralar tasvirlarini monitor ekranlariga chiqarish; • deteksiya bo‘yicha yozib olish; • video-ma’lumotni yozib olish bilan parallel ravishda ko‘rish, ma’lu­ motlarni qayta ishlash va lokal tarmoq orqali uzatish imkoniyati; • video-ma’lumotlarini ko‘rsatish va avtomatik ravishda yozib olish; • arxiv yaratish; • xavfsizlik xizmati xodimlarini xavotir-chaqirish signalizatsiya quril­ malarining ishlab ketganligi haqida xabardor qilish; • vaqti va joyi bo‘yicha xavotir xabarini qayd etish; • qo‘riqlash xodimlari faoliyatini nazorat qilish; • patrul xodimining oldindan belgilangan yo‘nalish bo‘ylab o‘tishini nazorat qilish; • yong‘in paydo bo‘lishi, ruxsatsiz hududga kirish holatlarini aniqlash, qo‘riqlash posti navbatchi xodimlariga xavf signalini yetkazish va ijro etuvchi uskunalarini ishga tushirish uchun mo‘ljallangan.

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 130 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024

Loyihaning natijasi: Qo‘riqlash perimetri bo‘ylab video-kuzatuv monito­ ringi olib boriladi va yozib boriladi, qoidabuzar tomonidan perimetr zonasini yengib o‘tish faktini (urinishlarini) darhol aniqlab signal beradi, kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimi orqali xodimlarning shaxsini aniqlash va hududga kirib-chiqishi qayd etib boriladi.

5. “Andijon suv omborining ta’qiqlangan hududi perimetri bo‘ylab muhandislik qo‘riqlash vositalari (ikki qator to‘siq, yoritish, naryad va mutaxassislar yurishi yo‘lagi) ni o‘rnatish”

Loyihaning maqsadi: Suv omborining ta’qiqlangan perimetri bo‘ylab qo‘riqlash vositalari (ikki qator to‘siq, yoritish, naryad va mutaxassislar yurishi yo‘lagi) ni o‘rnatish.

Obyekt bo‘yicha texnik me’moriy-qurilish yechimlari quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi: - to‘g‘onning o‘ng tomoni (bort) bo‘ylab va GES hududi atrofıda qurilishi rejalashtirilgan panjarali to‘siqning umumiy uzunligi – 5 960 metrni tashkil etadi. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘rnatiladigan panjarali to‘siq (3D Gitter h=4metr) ning uzunligi – 1 200 metr, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘rnatiladigan panjarali to‘siq (3D Gitter h=2,5metr) ning uzunligi – 2 200 metr, tik qiyalikdagi panjara (Ryabitsa setka h=4metr) ning uzunligi – 260 metr, tik qiyalikdagi panjara (Ryabitsa setka h=2,5metr) ning uzunligi – 600 metr. Bundan tashqari, loyihaga umumiy uzunligi 1 700 metr bo‘lgan tikonli simlarni tosh devorlar ustiga o‘rnatish ishlari kiritilgan. Elektr ta’minoti. Loyihada elektr ta’minoti bo‘yicha quvvati oshmagan, lekin ta’mirlash ishlari nazarda tutilgan bo‘lib, undan tashqari avtomatika tizimlari ham ta’minlangan. Panjarali to‘siq yoritkichlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash mavjud transformatorlar orqali, 0,4 kV shinali joyidagi avtomatik ajratgich yordamida amalga oshiriladi. Chiroqlarning elektr ta’minoti va boshqarish loyihada tashqi

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

ЭКСПЛУАТАЦИЯ И БЕЗОПАСНОСТЬ EXPLOITATION AND SAFETY

yoritkichlarni boshqarish shkafi orqali bajariladi. To‘siqni yoritish ishlari 220 Vt va 150 Vt bo‘lgan yorug‘lik diodli chiroqlar bilan amalga oshiriladi.

Loyihaning natijasi: Suv omborining ta’qiqlangan perimetri bo‘ylab qo‘riqlash vositalari, ya’ni ikki qator to‘siq, yoritish uskunalari hamda naryad va mutaxassislar yurishi yo‘lagi o‘rnatildi.

6. “Andijon GESlar kaskadi” filiali obyektlarida markazlashtirilgan video-kuzatuv tizimini joriy etish”

Loyihaning maqsadi: Belgilangan kuzatuvdagi zonalar holatini kecha-yu kunduz monitoringini ta’minlash, xodimlar tomonidan xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, nazorat qilinadigan hududlarda favqulodda vaziyatlar, shuningdek, operativ xodimlarning harakatlari haqidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hujjatlashtirish, obyekt xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan beqarorlashtiruvchi omillar mavjudligi (bo‘lishini) nazorat qilish, obyekt hududiga kirishiga ruxsat etilmagan shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlarini aniqlash va ular haqida GES xavfsizlik xodimlari hamda rahbariyatga zudlik bilan xabar berish.

“Andijon GESlar kaskadi” filiali 3 ta GESni o‘z ichiga oladi.

Shundan loyihaning ushbu bosqichida “Andijon GES-2 va GES-1” va “Kudash GES”larida markazlashtirilgan video-kuzatuv tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Bunda, GES-2 binosining mashina zali, yerto‘la qismi, kompressor zallari, GES- 1 ning suv olish kanali, suv omborining avtoturargoh va omborxona binolarida markazlashtirilgan video-kuzatuv tizimini o‘rnatish va tasvirlarni maxsus jihozlangan kuzatuv xonasida o‘rnatilgan server orqali kuzatish punktiga uzluksiz uzatib borishni ta’minlovchi qurilmalarni o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 132 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024

Loyiha doirasida jami 46 dona kameralarni o‘rnatish ishlari, 4 117 metr turli kabellar tortish ishlari va 89 dona boshqa yordamchi uskuna-jihozlari o‘rnatildi, jumladan: Bosh bo‘g‘in (GES-1 va GES-2): • 32 dona videokamera; • 2 830 m kabellar; • 68 ta yordamchi uskuna-jihozlari. Kudash GES: • 14 dona videokamera; • 1 287 m kabellar; • 21 ta yordamchi uskuna-jihozlari.

Loyihaning natijasi: Belgilangan kuzatuvdagi zonalar holatini kecha-yu kunduz uzluksiz monitoringi ta’minlandi, obyekt xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan beqarorlashtiruvchi omillar mavjudligi (bo‘lishini) nazorat qilinadi hamda GES xavfsizlik xodimlari va rahbariyatga zudlik bilan xabar berish tizimi joriy etildi.

7. “Andijon suv omborining nazorat-o‘lchov qurilmalarini avtomatlashtirish” ishchi loyihasi

Loyihaning maqsadi: Andijon suv omborini yanada ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash, obyektda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi ehtimolini oldini olish uchun nazorat-o‘lchash qurilmalaridagi (NO‘Q) ma’lumotlarni “onlayn tarzda monitoring qilish” hamda avtomatlashtirilgan tashxis-nazorat tizimini yaratish.

Andijon suv omboridagi nazorat-o‘lchash qurilmalarini avtomatlashtirish natijasida obyektning to‘g‘ri ekspluatatsiyasi va boshqaruv samaradorligini oshirishga erishiladi hamda texnologik uskunalarning ishonchli ishlashi ta’minlanadi.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

ЭКСПЛУАТАЦИЯ И БЕЗОПАСНОСТЬ EXPLOITATION AND SAFETY

Avtomatlashtirish – bu avtomatik tizimlar va ularni tashkil etuvchi texnik vositalarni qurish tamoyillari va usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan fan va texnikaning bir tarmog‘idir.

Avtomatik boshqarish – insonning bevosita ishtirokisiz avtomatik boshqarish moslamasi tomonidan amalga oshiriladi. Agar boshqaruv ta’siri inson ishtirokida ishlab chiqarilsa, bunday boshqaruv yarim avtomatik, tegishli tizimlar esa avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari deb hisoblanadi. Avtomatik boshqaruv (tartibga solish) tizimi – boshqariladigan obyekt (agregat, nasos stansiyasi, stanok, gidromeliorativ tizim, ustaxona, zavod va boshqalar bo‘lishi mumkin) va boshqaruv moslamasi, ularning o‘zaro ta’siri obyektning о‘z funksiyalarini ma’lum bir qonunga muvofiq boshqarishni insonning bevosita aralashuvisiz bajarishini ta’minlaydi.

Avtomatlashtirilgan tashxis nazorati tizimi (ATNT) – inshootda o‘rnatilgan nazorat-o‘chash qurilmalaridan olingan natijalarni bir vaqtning o‘zida avtomatik ravishda so‘rov qilish, xavfsizlik mezonlari bilan taqqoslash, uning asosida tuzilmalarning holatini avtomatik ravishda diagnostika qilish tizimi joriy etildi.

Bundan tashqari, bosimli pyezometrlarni avtomatlashtirish – Andijon suv ombori tunnellarida jami 122 ta ishchi holatdagi bosimli pyezometrlar mavjud. Ushbu pyezometrlarga suv bosimini o‘lchash uchun tebranuvchan simli qurilmalar o‘rnatildi. Tebranuvchan simli suv bosimini o‘lchash qurilmasi undagi ma’lumotlarni (pyezometrlardagi bosim va o‘zgarishini) maxsus simlar (kabel) orqali elektron tarzda multiplekser qurilmasi orqali yoki mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri dataloggerga uzatadi. Datalogger ma’lumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi va tahlil markazi serveriga yuboradi. Tahlil markazi serveridagi ma’lumotlar kuzatuv monitorida aks ettirilishi hisobiga avtomatlashtiriladi.

Andijon suv ombori to‘g‘onida jami 122 ta bosimli pyezometrlar o‘matilgan. Shundan 10 tasi 804-belgidagi galereyada, 14 tasi to‘g‘onning o‘ng qirg‘og‘i 810/861 belgilarida, 77 tasi 793-belgidagi galereyada, 21 tasi to‘g‘onning chap qirg‘og‘i 885/798 belgilarida o‘rnatilgan. Sanab o‘tilgan pyezometrlarning barchasi avtomatlashtirildi.

Andijon suv omborida 122 dona bosimli pyezometrlar bosimni kuzatish, 120 dona bosimsiz pyezometrlar suv sathini kuzatish, 6 seksiyadagi jami 40 dona to‘g‘ri va teskari otveslar gorizontal siljishlari hamda seksiyalar harakatini kuzatish va o‘lchov ishlarini amalga oshirish, 845-belgidagi 51 dona nishonchalar (stvornie znaki v galereyax) gorizontal siljishlarini optik usulda o‘lchash, 44 dona yoriq o‘lchagichlar (shelemerlar) to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatni kuzatish, gidrostatik nivelirlar og‘ishni o‘lchash, beton to‘g‘onining suv omboridagi suv hajmi va sathini o‘lchash, gidropostdagi suv sarfini monitoring qilish, GESning suv chiqish inshooti suv sarfini monitoring qilish, suv ombori suv chiqarish inshooti darvozasining ochilishi va yopilishi hisobini yuritish usullari ma’nan eskirganligi, filtratsiya suvlarini o‘lchash (FSO‘) qurilma (vodosliv)lari va suv ombori suvining harorati uchun avtomatlashtirilgan raqamli datchiklar hamda ob-havo ma’lumotlarini aniqlovchi avtomatlashtirilgan qurilmalar o‘rnatilishi, suv o‘tkazgich (vodosliv) larni masofadan video-kuzatuv tizimini joriy qilish tatbiq qilindi.

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 134 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024

Bundan tashqari, Andijon suv ombori to‘g‘oni tizimini seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini avtomatlashtirish uchun suv ombori to‘g‘oniga avtomatlashtirilgan seysmik kuzatuv datchiklari o‘rnatildi.

Shuningdek, loyiha doirasida suv ombori ATNT binosi ham zamonaviy tarzda qayda ta’mirlanib jihozlandi.

Loyihaning natijasi: Andijon suv omboridagi nazorat-o‘lchash qurilmalarini avtomatlashtirish natijasida obyektning to‘g‘ri ekspluatatsiyasi va boshqaruv samaradorligini oshirishga erishildi hamda texnologik uskunalarning ishonchli ishlashi ta’minlandi.

Qisqacha qilib aytganda, Andijon suv omborining faoliyati xavfsizligini oshirish maqsadida kompleks yechimlar asosida tizimli ravishda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilib, mazkur inshootdan xavfsiz foydalanishga zamin yaratildi.

Shu bilan birga, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan To‘polang, Chorvoq, Ohangaron, Sardoba va Hisorak suv omborlarida ham xuddi shunga o‘xshash xavfsizlikka qaratilgan kompleks loyihalar ishlab chiqilib, amalga oshirilgan hamda hozirgi kunda foydalanishga topshirilgan.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar0 ta adabiyot

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-014088
Nashr sanasi
2024-01-01
Til
o‘zbek
Jurnal
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Jild
6
Son
4
DOI
10.5281/zenodo.15044874
ISSN
3060-4672
Nashriyot
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Sahifa
125–135
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Oxirgi yangilanish
2025-08-29