MIKRO GESLARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH USULLARI VA BAHOLASH (MARHAMAT MIKRO GES MISOLIDA)
O‘ktam SALOMOV, Sirojiddin ERGASHEV, Omadjon URISHEV2024
Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 6Son 4Sahifa 14–27
Annotatsiya
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan biri sifatida mikro GESmahalliy elektr energiya talabini qondirish uchun foydalaniladigan manba sifatidapaydo bo‘lmoqda. Shu bilan birga, gidroenergetika tizimining iqtisodiy afzalliginioshirishga qaratilgan metodologiyalarni taklif qilish katta ahamiyatga ega. Ushbumaqolada mikro GES uchun iqtisodiy samaradorlikni baholash va mikro GES o‘rnatishning maqsadga muvofqligini iqtisodiy tahlil qilish usullari keltirilgan. Marhamat mikroGES misolida amaliy ish sifatida elektr energiya ishlab chiqarishni hisobga olgan holdamikro GES loyihasining rentabelligi tekshirildi va o‘rnatishning maqsadga muvofqligitahlil qilindi.
Boshqa tillarda
ruschaМЕТОДЫ АНАЛИЗА И ОЦЕНКИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ МИКРОГЭС (НА ПРИМЕРЕ МИКРОГЭС «МАРХАМАТ»)
Микрогидроэнергетика,являясь одним из возобновляемыхисточников энергии, становитсяресурсом для удовлетворения местногоспроса на электроэнергию. При этомбольшое значение имеет предложениеметодологий, направленных наповышение экономической выгодыгидроэнергетической системы. Встатье представлены методы оценкиэкономической целесообразностистроительства микроГЭС и экономическийанализ целесообразности установкимикроГЭС. МикроГЭС Мaрхаматкак практический пример, с учетомпроизводства электроэнергии былапроверена рентабельность проектамикроГЭС и проанализированацелесообразность установки
inglizchaMETHODS OF ANALYSIS AND EVALUATION OF THE ECONOMIC EFFICIENCY OF MICRO HPP (USING THE EXAMPLE OF “MARKHAMAT” MICRO HPP)
As one of the renewable energysources, micro hydropower is emerging as aresource to meet local electricity demand. Atthe same time, it is of great importance topropose methodologies aimed at increasingthe economic advantage of the hydropowersystem. This article presents methods ofeconomic feasibility assessment for microhydroelectric power plants and economicanalysis of the feasibility of installing microhydroelectric power plants. As a practicalexample, the Markhamat MicroHydro PowerPlant (MicroHPP) was used to evaluatethe project‘s proftability and analyze thefeasibility of its installation, taking intoaccount electricity generation
Kalit so‘zlar
- Mikro GES
- suv energiyasi
- iqtisodiy samaradorlik
- SWOT tahlili
- FAST tahlili
To‘liq matn
To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15044630
MIKRO GESLARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH USULLARI VA BAHOLASH (MARHAMAT MIKRO GES MISOLIDA)
Farg›ona politexnika instituti rektori, t.f.d, professor Farg‘ona politexnika instituti “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi professori, t.f.d. Farg‘ona politexnika instituti “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi tayanch doktoranti
Annotatsiya. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan biri sifatida mikro GES mahalliy elektr energiya talabini qondirish uchun foydalaniladigan manba sifatida paydo boʻlmoqda. Shu bilan birga, gidroenergetika tizimining iqtisodiy afzalligini oshirishga qaratilgan metodologiyalarni taklif qilish katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada mikro GES uchun iqtisodiy samaradorlikni baholash va mikro GES o‘rnatish ning maqsadga muvofiqligini iqtisodiy tahlil qilish usullari keltirilgan. Marhamat mikro GES misolida amaliy ish sifatida elektr energiya ishlab chiqarishni hisobga olgan holda mikro GES loyihasining rentabelligi tekshirildi va o‘rnatishning maqsadga muvofiqligi tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar: Mikro GES, suv energiyasi, iqtisodiy samaradorlik, SWOT tahlili, FAST tahlili.
МЕТОДЫ АНАЛИЗА И ОЦЕНКИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ МИКРОГЭС (НА ПРИМЕРЕ МИКРОГЭС «МАРХАМАТ»)
Уктам САЛОМОВ Ректор Ферганского политехнического института, д.т.н., профессор
Сирожиддин ЭРГАШЕВ профессор кафедры «Электроника и приборостроение», Ферганского политехнического института, д.т.н.
Омаджон УРИШЕВ докторант кафедры «Электроника и приборостроение» Ферганского политехнического института
METHODS OF ANALYSIS AND EVALUATION OF THE ECONOMIC EFFICIENCY OF MICRO HPP (USING THE EXAMPLE OF “MARKHAMAT” MICRO HPP)
Uktam SALOMOV Rector of the Fergana Polytechnic Institute, DSc, Professor
Sirojiddin ERGASHEV Professor of the Department of Electronics and Instrumentation, Fergana Polytechnic Institute Doctor of Technical Sciences
Omdjon URISHEV Doctoral student of the Department of Electronics and Instrumentation Fergana Polytechnic Institute
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 14 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024
Аннотация. Микрогидроэнергетика, являясь одним из возобновляемых источников энергии, становится ресурсом для удовлетворения местного спроса на электроэнергию. При этом большое значение имеет предложение методологий, направленных на повышение экономической выгоды гидроэнергетической системы. В статье представлены методы оценки экономической целесообразности строительства микроГЭС и экономический анализ целесообразности установки микроГЭС. МикроГЭС Мaрхамат как практический пример, с учетом производства электроэнергии была проверена рентабельность проекта микроГЭС и проанализирована целесообразность установки.
Ключевые слова: МикроГЭС, водная энергетика, экономическая эффективность, SWOT-анализ, FAST-анализ.
Abstract: As one of the renewable energy sources, micro hydropower is emerging as a resource to meet local electricity demand. At the same time, it is of great importance to propose methodologies aimed at increasing the economic advantage of the hydropower system. This article presents methods of economic feasibility assessment for micro hydroelectric power plants and economic analysis of the feasibility of installing micro hydroelectric power plants. As a practical example, the Markhamat Micro-Hydro Power Plant (Micro-HPP) was used to evaluate the project’s profitability and analyze the feasibility of its installation, taking into account electricity generation. Keywords: Micro HPP, water energy, economic efficiency, SWOT analysis, FAST analysis.
KIRISH. Gidroelektr stansiya orqali olingan elektr energiyasi qayta tiklanadigan energiyaning eng samarali yo‘nalishlaridan biri boʻlib, jahondagi elektr energiyasining 16% dan ortigʻi yirik va kichik elektr stansiyalari orqali olinadi [1]. GESlarni turli parametrlar [2],[3] funksiyalari boʻyicha tasniflash mumkin: - Suv bosimiga ko‘ra: past (10 m dan kam), o‘rtacha (10 dan 50 m gacha), yuqori (50 m dan ortiq); - O‘rnatilgan quvvatiga ko‘ra: piko (P < 5 kVt, mikro (5 ≤ P < 100 kVt), kichik (100 ≤ P < 1 MW), o‘rta (1 ≤ P < 10 MVt), katta (10 MVt dan yuqori); - Turbinalar turiga ko‘ra: aktiv va reaktiv guruhlarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlashda mikro GESlar muhim rol o‘ynaydi. Kichik gidroenergetika boshqa an’anaviy elektr ener giyasi bilan solishtirganda elektr energiyasini ishlab chiqarishning eng tejamli va ekologik toza usuli hisoblanadi. Mikro GESlar (mikrogidroelektrik stansiyalar) nafaqat foydalanish bosqichida, balki qurilish jarayonida ham atrof-muhit va tabiiy landshaftni saqlash imkonini beradi [4]. Bundan tashqari mikro GESlar quyidagi sabablarga ko‘ra foydali hisoblanadi: Mikro GES qazib olinadigan yoqilg‘ini tejaydi va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ekologik toza suv energiyasidan foydalanadi [5]. Mikro GESlar markaziy elektr tarmog‘iga ulanmagan yoki mavjud bo‘lmagan hududlarni elektr energiyasi bilan ta‘minlaydi [6]. Katta gidroelektr to‘g‘onlari bilan solishtirganda mikro GES odatda ancha kichikroq atrof-muhit ta‘siriga ega [7].
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
O‘rnatilgandan keyin mikro GES doimiy suv ta’minoti mavjud bo‘lsa, barqaror va ishonchli elektr manbai hisoblanadi [8].
Mahalliy elektr energiyasini ishlab chiqarish orqali kichik korxonalar mus taqil elektr ta’minotiga ega bo‘ladi, bu esa elektr ta’minotidagi uzilishlarni kamaytiradi [9].
Umuman olganda, mikro GESlar barqarorlikni, energiya xavfsizligini ta’minlaydi va uning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Lekin mikro GESlarning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida gap ketganida, Respublikamizdagi yangi qurilayotgan mikro GESlar uchun turbina, generator va boshqa qismlarni tanlash va iqtisodiy samaradorligini hisoblash masalasi turibdi. Shu masalani yechish maqsadida quyida Marhamat mikro GES misolida yangi qurilayotgan mikro GES uchun iqtisodiy tahlil qilish usullari keltirilgan.
Mikro GES iqtisodiy samadorligini hisoblash va tahlil qilishning maqsadi resurslar samaradorligi va resurslarni tejash sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan texnologiyalarni loyihalash va yaratishdan iborat.
1-rasm. Marhamat mikro GESning to‘liq energetika majmuasi qismlari.
1-suv oqimi kirish quvuri, 2-darvoza, 3-diversion quvur, 4-tashlama kanal, 5-mahkamlagich, 6-turbina, 7-asosiy kanal (Janubiy Farg‘ona kanali), 8-generator, 9-AC-DC o‘zgartirgich, 10-invertor, 11-mikro GES binosi, 12-elektr tarmog‘i,13-elektr tarmog‘i uchun ustun.
Ko‘rib chiqilayotgan obyekt (1-rasm) 50 kVt quvvatga ega Marhamat mikro GES hisoblanadi. Mikro GES to‘liq energetika majmuasi bo‘lib, asosiy qism va yordamchi qismlardan tashkil topgan (1-rasm). Marhamat mikro GESni iqtisodiy tahlil qilishda bir qancha metodlardan foydalanildi. Quyida ushbu tahlillar keltiriladi.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 16 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024
FAST tahlili – (Function Analysis Systems Technique) Texnik tizimlarning funksional tahlili metodi.
FAST tahlili C. Bytheway (AQSh) tomonidan 1965-yilda ishlab chiqilgan va ushbu tahlil funksiyalarni tahlil qilish va tasniflash uchun eng samarali metodlardan biri hisoblanadi. FAST tahlilining maqsadi ko‘rib chiqilayotgan muammoni funksional shaklda ifodalash va obyektlarning mohiyatini funksional shaklda tushunishtirishdan iborat [10].
SWOT tahlili strategik rejalashtirish usuli bo‘lib, u tashkilotning ichki va tashqi muhiti omillarini aniqlash va ularni to‘rt toifaga bo‘lishdan iborat:
1. S (kuchli tomonlar) 2. W (zaif tomonlar) 3. O (imkoniyatlar) 4. T (tahdidlar)
Kuchli (S) va kuchsiz (W) tomonlar tahlil qilinayotgan obyekt ichki muhitining omillari, ya’ni obyektning o‘zi nimaga ta’sir qilishi mumkinligini anglatadi. Imkoniyatlar (O) va tahdidlar (T) atrof-muhit omillari, ya’ni obyektga tashqaridan ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan va obyekt tomonidan boshqarilmaydiganlar ta’sirini anglatadi.
Iqtisodiy tahlil – bu foyda va xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning imkoniyatlarini baholash jarayoni hisoblanadi. Marhamat mikro GES loyihasi investitsiya loyihasining amal qilish muddati davomida taqsimlangan har xil turdagi xarajatlar va daromadlarni o‘z ichiga oladi. Xarajatlar ikki turga bo‘linib, kapital va o‘zgaruvchan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Kapital xarajatlarga qurilish ishlari, elektr uzatish liniyasi, elektromexanik qismlar narxi va boshqalar kiradi. O‘zgaruvchan xarajatlar asbob-uskunalarni tuzatish va almashtirish, bundan tashqari, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Loyihaning daromadi faqat elektr energiyasini sotishga moslashgan.
1-jadval. Marhamat mikro GES xarajatlar byudjetini hisoblash.
Umumiy xarajatlardagi Xarajat turlari ulushi (foizda) Ish haqi fondi (Ish haqi xarajatlarining 16,2 umumiy xarajatlardagi Ijtimoiy to‘lov, 12% ish haqi 1,9 ulushi 20 % dan oshmasligi fondidan (korxona byudjet kerak) tashkiloti hisoblanmaydi) Asbob-uskunalar, invertor va texnikalar sotib olish xarajatlari 76,9 Sertifikatlashtirish va standarlashtirish to‘g‘risidagi hujjatlar, 0,7 klinik sinovlardan o‘tkazish hamda texnik iqtisodiy asos ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar Boshqa xarajatlar 4.3 Jami xarajatlar: 100
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Kapital xarajatlarini ikkita asosiy komponentga bo‘lish mumkin:
1. Marhamat mikro GESning qurilish ishlari, asbob-uskunalar, invertor va texnikalar sotib olish xarajatlari.
2. Qurilish ishlari quyidagi qismlardan iborat: diversion quvur va suv darvozasi, suv chiqish kanali, mikro GES binosi. Marhamat tumani Rohat MFY da suv bosimi 3.5 m [4] hisoblangan.
Qurilish ishlarining xarajat tenglamalari mikro GES loyihasining suv bosimi – H, va ishlab chiqarish quvvati – P bilan bog‘liq va quyidagicha ifodalanishi mumkin: [12]. Diversion kanal orqali bir kVt elektr energiyasi olish narxi (AQSh dollarida)
Mikro GES uchun bino qurishning bir kVt narxi (AQSh dollari)
Umumiy qurilish ishlarining xarajatlari bir kVt elektr energiyasi uchun bilan ifodalanadi:
Mikro GES loyihasi generator, turbina, invertor va boshqaruv tizimlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu xarajatlar qurilish xarajatlaridan farq qiladi, chunki ular mikro GES joylashgan hududning xususiyatlariga katta ta‘sir qilmaydi. Har bir qismning narxi quyidagi tenglamalar orqali hisoblanadi [14]. Turbina uchun: Kaplan.
CK – bir kVt elektr energiyasi uchun Kaplan turbinasi narxi (AQSh dollari) Fransis.
CF – bir kVt elektr energiyasi uchun Fransis turbinasi narxi (AQSh dollari) O‘zaro oqimli.
CK – bir kVt elektr energiyasi uchun o‘zaro oqimli narxi (AQSh dollari)
Pelton turbinasi bir kVt elektr energiyasi uchun o‘zaro oqimli turbina narxidan 2 barobar qimmat hisoblanadi [13]. Marhamat mikro GESi uchun Kaplan turbinasi tanlangan va keyingi hisob-kitoblar ushbu turbina uchun qilinadi. Generator narxi.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 18 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024
CG – bir kVt elektr energiyasi uchun generator narxi (AQSh dollari) Boshqaruv tizimini narxi.
CBT – bir kVt elektr energiyasi uchun boshqaruv tizimini narxi (AQSh dollari) Invertor narxi.
CI – bir kVt elektr energiyasi transformator yoki invertor narxi (AQSh dollari) Iqtisodiy tadqiqotlar va baholash sanoat loyihalarining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy baholashning asosiy keng tarqalgan usullariga quyidagilar kiradi: Sof hozirgi qiymat (NPV) usuli, foyda-xarajat nisbati usuli, qaytarish (Paybeck) usuli, investitsiyalarni qaytarish (ROI) usuli va ichki daromadlarni qaytarish (IRR) usuli kiradi [15]. Mikro GES loyihasiga investitsiyalarning rentabelligini tahlil qilish uchun NPV usuli qo‘llanildi. Bu usul pulning vaqt qiymatini hisobga olish bilan tavsiflanadi va investorlarga loyihalarni solishtirishga imkon beradi. NPV ni belgilangan davriy foiz stavkasi bilan foydalar va xarajatlar o‘rtasidagi farqni aniqlash mumkin. Mikro GES loyihalarida loyihaning ishlash muddati 20-30 yil oralig‘ida qabul qilingan.
Marhamat mikro GESi uchun FAST tahlili quyidagi bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqich. FAST tahlilining obyekti Marhamat mikro GES hisoblanadi.
2-bosqich. Mikro GES asosiy vazifasi Marhamat tumani hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanalida tumandagi aholini arzon va ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlashdan iborat.
2-jadval - O‘rganish obyekti sifatida mikro GES tomonidan bajariladigan funksiyalarning tasnifi
Funksiya darajasi Qismning Qismlar Funksiya bajarishi nomi soni Asosiy Yordamchi
Suv energiyasini mexanik Gidroturbina 1 energiyasiga aylantirishni X ta‘minlaydi. Mexanik energiyani elektr Generator 1 energiyasiga aylantirishni X ta‘minlaydi.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Mikro GES avtomatik boshqarish va mikro GES ishlab chiqarayotgan elektr energiyasini tarmoqqa Boshqaruv 1 qo‘shish kunlik elektr energiyasi X bloki ishlab chiqarish hisobotini tayyorlash hamda jo‘natishni ta‘minlaydi. DC tok oqimini AC tok oqimiga Invertor 1 X o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
3-bosqich. Obyekt tomonidan bajariladigan funksiyalarning ahamiyatini aniqlashda Blumberg V.A. va Glushchenko V.F. taklif qilgan [4402] funksiyalarning ahamiyatini baholash uchun ustuvorlik usulidan foydalanildi. Bu usul har bir funksiyaning ahamiyatini hisoblash va aniqlashga asoslangan.
Birinchi bosqichda funksiya qo‘shnilik matritsasini qurish kerak.
Funksiya 1 Funksiya 2 Funksiya 3 Funksiya 4
Bu yerda.“˂” – ahamiyati kamroq; “=” – ahamiyati jihatidan bir xil funksiyalar; “˃” muhimroq hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich qo‘shni matritsani funksiyalarning miqdoriy munosabatlari matritsasiga aylantirish orqali bog‘lanadi.
4-jadval – Funksiyalarning nisbiy ahamiyati Jami Funksiya 1 Funksiya 2 Funksiya 3 Funksiya 4 ahamiyati
Funksiya 1 1 1,5 1.5 1.5 5.5 0.343 Funksiya 2 0.5 1 1.5 1 4 0.25 Funksiya 3 0,5 0,5 1 1 3 0.187 Funksiya 4 0,5 1 1 1 3.5 0.218 ∑16 ∑1 0,5 da “˂”; 1,5 da “˃”; va “=” uchun 1 hisoblanadi. 4-bosqich. O‘rganilayotgan obyekt tomonidan bajariladigan funksiyalarning narxini tahlil qilish.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 20 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024
5-jadval – Funksiyalarning nisbiy narxi Asbob uskunalar Qismlar soni Qismlar ulushi Gidroturbina 1 0.31 Generator 1 0.28 Boshqaruv bloki 1 0.09 Invertor 1 0.01 Uskunalar va asboblar jami: 0.77 Jami: ∑1
2-rasm. Funksional xarajatlar diagrammasi.
Funksional xarajatlar diagrammasi orqali (2-rasm) mikro GES qismlarining har birining ahamiyati va narxi o‘rtasidagi bo‘g‘lanishini ko‘rishimiz mumkin. SWOT tahlili natijalari jadval shaklida keltirilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Marhamat mikro GES bo‘ladi.
6-jadval – Marhamat mikro GES uchun SWOT tahlili Kuchli tomonlari: Zaif tomonlari: Kichik qishloq aholisi elektr energiya Mikro GES suv kam bo‘lgan davrda ishlamaganda ehtiyojlarini ta‘minlash. aholi energiya ehtiyojlarini ta‘minlash uchun yordamchi elektr stansiyasi kerak bo‘ladi. Mikro GES uzoq xizmat qilish muddati. 50 kvt quvvatga ega mikro GES qurish uchun Suv energiyasi asosida ekologik jihatdan katta sarmoya kerakligi. toza elektr energiyasi ishlab chiqarish. Boshqaruv paneli strukturaviy sxemasining Mikro GES larning ishlashi paytida murakkabligi. shovqinning yo‘qligi. Mikro GESni tarmoqqa ulashdagi muammolar. Imkoniyatlari: Xavflari: Elektrlashtirilmagan hududlar uchun An‘anaviy elektr stansiyalarining suv resurslariga mikro GESdan foydalanish. bog‘liq bo‘lmagan holda doimiy ishonchli Mikro GES avtomatlashtirilgan ishlashi. boshqaruv tizimini joriy etish. Mikro GES uchun davlat sertifikati va soliq Mikro GES orqali elektr energiyasi tekshiruvlari doimiy bo‘lishi. narxini pasaytirish.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Marhamat mikro GES kapital xarajatlarini hisoblash uchun mikro GESning qurilish ishlari asbob-uskunalar, invertor va texnikalar sotib olish xarajatlari va qurilish ishlari uchun ketgan mablag‘lar va analog varianti bilan solishtrildi. Quyida xorijiy analog varianti bilan iqtisodiy hisob-kitoblar keltirilgan.
CAU – bir kVt elektr energiyasi uchun asbob-uskunalarning narxi (AQSh dollari) Boshqa bilvosita xarajatlar qurilish xarajatlarining ulushi sifatida qo‘shiladi va ular qurilish ishlari va asbob uskunalar qiymatining 13% miqdorida hisoblanadi [18]. Mikro GES loyihasining 1 kVt elektr energiyasi uchun umumiy qiymati, quyidagicha olinadi:
(AQSh dollari) O‘zgaruvchan xarajatlar Yillik ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari bir kVt uchun investitsiya xarajatlarining foizi sifatida aniqlanadi.Yirik GESlar uchun ular odatda o‘rtacha 2% dan 2,5% gacha, mikro GES uchun bu oraliq 1% dan 6% gacha hisoblanadi [18].
7-jadval. Marhamat tumanida qurilgan mikro GESning xorijiy analogi bilan 1 kvt elektr energiya ishlab chiqarishga ketadigan narxning iqtisodiy solishtirma jadvali.
Qurilish Asbob-uskunalar sotib olish ishlari O‘zgaruvchan xarajatlari Iqtisodiy (AQSh 2 xarajatlar (AQSh dollari) obyekt nomi dollari) Cd + Cb CK CG CBT CI CU 3%
Xorijiy analog 583 3486.3 439.8 224.2 107 5469.7 3% mikro GES Marhamat 108 510 466.8 155 113 1280 3% mikro GES
Past suv oqimi bosimida ishlovchi mikro GESlarning xorijiy firmalardagi narxlari tahlili quyidagicha: AQSh firmalari ishlab chiqarayotgan quvvati 1 kVtli mikro GESning o‘rnatib berilishi bilan o‘rtacha narxi 6 300 AQSh dollarida va xuddi shunday mikro GESlarning Fransiya va Germaniyadagi narxi 8 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Mikro GESlar ishlab chiqarish bilan Yevropoda asosan Italiya, Chexiya, Slovakiya va Polsha mamlakatlari firmalari shug‘illanadi.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 22 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024
3-rasm. Mikro GES uchun 1 kVt elektr energiya ishlab chiqarishga ketadigan narxning mahalliy va xorijdagi analogi bilan iqtisodiy solishtirmasi.
3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, umumiy hisobda har bir 1 kVt li mikro GES qurish uchun xorijiy analog mikro GES 5 469.7 AQSH dollarini va mahalliy Marhamat mikro GES esa 1 280 AQSH dollarini tashkil qildi.
Marhamat mikro GES loyihasiga sarflangan mablag‘ning o‘zini qoplash muddati.
NPV ning kamayishi turli loyihalarni tasniflash uchun ko‘rsatkich sifatida ishlatiladi. Ijobiy bo‘lmagan NPV bo‘lgan loyihalar rad etiladi, chunki bu loyihaning amal qilish muddati davomida chegirmali imtiyozlar loyihaning dastlabki xarajatlarini qoplay olmaydi. Loyihalar guruhini solishtirganda eng katta ijobiy NPVga ega bo‘lgan loyiha eng yaxshisi hisoblanadi. Ushbu chegirma stavkasi inflyatsiya darajasiga bog‘liq. Uning qiymati odatda 5% va 12% oralig‘ida bo‘ladi [15,16].
O‘zbekistonda elektr energiyasini xususiy ishlab chiqaruvchilar (mikro GES uchun ham) uchun 1 kVt/soat uchun 1000 so‘m miqdorida hisob-kitob qilinadi. Amalda esa mikro GES yiliga taxminan 4 500 dan 6 500 soatgacha ishlaydi [17]. Shunga asoslanib, elektr energiyasini sotishdan olinadigan yillik daromadni hisoblash mumkin. O‘zgaruvchan xarajatlar yiliga Cv-2 500 000 so‘mni [18] tashkil qiladi. Marhamat tumanidagi mikro GES ning bugungi kundagi yuqori quvvati soatiga 50 kVt/soat bo‘lib, bir kunda 1200 kVt/kun, bir yillik (9 oy davomida) quvvati 324 000 kVt/yil elektr energiyasini tashkil qiladi. 8-jadvalda elektr energiya narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyundagi 247-son qarori asosida hisob-kitob qilindi.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
8-jadval. Marhamat tumanidagi mikro GES ishlab chiqarish quvvati va narxi.
Mikro GES quvvati kVt/soat kVt/kun kVt/oy kVt/yil Yuqori ishlab chiqarish 50 1200 36 000 324 000 quvvati O‘rtacha ishlab chiqarish 25 750 18 000 162 000 quvvati Past ishlab chiqarish 10 240 7200 64 800 quvvati Mikro GES daromadi soat/so‘m kun/so‘m oy/so‘m yil/so‘m Yuqori daromad narxi 50 000 1 200 000 36 000 000 324 000 000 so‘mda O‘rtacha daromad narxi 25 000 600 000 18 000 000 162 000 000 so‘mda Past daromad narxi so‘mda 10 000 240 000 7 200 000 64 800 000
Marhamat mikro GES bundan keyin 3 turdagi ishlab chiqarish quvvatida hisob-kitob qilinadi. Bular yuqori (50 kVt), o‘rtacha (25 kVt), past (10 kVt) ishlab chiqarish quvvatlarida.
Chegirma stavkasini hisobga olmagan holda mikro GES qoplash muddatini hisoblash orqali - kapital qo‘yilma 1 000 000 000 so‘mni, D - yillik daromad, -yillik o‘zgaruvchan xarajat orqali hisoblanadi.
Loyihaning chegirma stavkasi inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda 2024-yil holatiga 8,6 % ( =0,086) [19] va xizmat muddati 20 yil deb hisoblab, sof joriy qiymatni hisoblaymiz.
Sof joriy qiymat (NPV) quyidagi bilan tavsiflanadi:
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 24 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024
usum- t = 0 vaqtdagi boshlang‘ich investitsiya qiymati, n- yillar uchun operatsion xarajatlar; - loyihaning chegirma stavkasining sof joriy qiymati (NPV) tenglama (12) bilan berilgan:
Hisoblangan NPV ≥ 0 bo‘lsa loyiha foydali bo‘ladi, agar NPV<0 bo‘lsa loyiha iqtisodiy jihatdan foydasiz hisoblanadi. Bizning holatda NPV>0 bo‘ldi, demak, loyiha foydali hisoblanadi.
Keyingi bosqichda mikro GES loyihasi investitsiyalarining rentabelligini hisoblaymiz. Rentabellik ko‘rsatkichlari loyihaga kiritilgan investitsiyalarning qaytarilishini (nisbiy) tavsiflaydi.
RIp, RIo, RIp uchtaholatda ham uchun RI>1 katta bo‘ldi va loyihaga investitsiya kiritish foydali hisoblanadi. Agar RI<1 bo‘lsa, investitsiya qilish foydasizdir, deb hisoblanadi.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
4-rasm. Marhamat mikro GES loyihasiga NPV asosida yillar bo‘yicha sarflangan mablag‘ning o‘zini qoplash muddati.
4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, yuqori daromad narx uchun NPV 3-4 yillar, o‘rtacha uchun 6-7 yillar va past daromad uchun 16-17 yillar oralig‘ida foyda holati qiymatiga o‘zgaradi.
XULOSA. Marhamat tumanida qurilgan mikro GESning hozirgi kundagi quvvati 50 kVt bo‘lib, o‘rtacha xorijiy analogi 1 kVt/s uchun qurish kapital xarajatlari narxi 5469.7 AQSh dollarida deb olganimizda, uning umumiy narxi 273 490 AQSh dollariga tushadi. Bu Marhamat mikroGES loyihasi uchun ajratilgan mablag‘dan 3.2 baravar ko‘p. Demak, Marhamat mikroGES loyihasi analoglaridan qariyb 3.2 barobarga arzon bo‘lib, uni Respublikamizning soy va kanallarida keng qo‘llash mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar18 ta adabiyot
- IEA, Key world energy statistics, https://www.iea.org/publications/ freepublications/publication/kwes.pdf/
- Majumder M., Ghosh S., Decision Making Algorithms for Hydro-Power Plant Location. SpringerBriefs in Energy, 2013, DOI: 10.1007/978-981-4451-63-5_2.10.1007/978-981-4451-63-5_2
- Energy recovery in existing infrastructures with small hydropower plants; http://www.esha.be/
- Yusupov F.A., Panjiyev Sh.B. O‘zbekiston energetikasida mikro GESning tutgan o‘rni va ularning rivojlanish bosqichlari // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor. Volume 1 | Issue 10. 2021. (611-620 p). O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 26 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА THEORY AND PRACTICE
- Kuchkarov A.A.,Urishev O.M. Methodology of technical and economic justification of micro HPP based on the study of the population demand for electricity // Journal of Engineering and Technology (JET). Vol. 14, Issue 1, Jun 2024, 33-44 page.
- Zema, D.A., Nicotra, A., Tamburino, V., & Zimbone, S.M. (2016). A simple method to evaluate the technical and economic feasibility of micro hydro power plants in existing irrigation systems // Renewable Energy, 85, 498–506. https://doi. org/10.1016/j.renene.2015.06.06610.1016/j.renene.2015.06.066
- Berrada, A., Bouhssine, Z., & Arechkik, A. (2019). Optimisation and economic modeling of micro hydropower plant integrated in water distribution system // Journal of Cleaner Production, 232, 877–887. https://doi.org/10.1016/j. jclepro.2019.06.03610.1016/j
- Gagliano, A., Tina, G.M., Nocera, F., & Patania, F. (2014). Technical and Economic Perspective for Repowering of Micro Hydro Power Plants: A Case Study of an Early XX Century Power Plant // Energy Procedia, 62, 512–521. https://doi. org/10.1016/j.egypro.2014.12.41310.1016/j.egypro.2014.12.413
- Nag, A.K., & Sarkar, S. (2021). Techno-economic analysis of a micro- hydropower plant consists of hydrokinetic turbines arranged in different array formations for rural power supply // Renewable Energy, 179, 475–487. https://doi. org/10.1016/j.renene.2021.07.06710.1016/j.renene.2021.07.067
- Торбина В.А. Методика функционального анализа технических систем. (Fast, Function Analysis System). Мордовский государственный университет им. Н.П. Огарева.
- Maysak O. FROM. SWOT-tahlil: obyekt, omillar, strategiyalar. Faktorlar o‘rtasidagi aloqalarni izlash muammosi // Kaspiy jurnali: Menejment va yuqori texnologiyalar. – 2013. – No 1 (21).
- S.K. Singal, R.P. Saini, C.S. Raghuvanshi, Analysis for cost estimation of low head run-of-river small hydro power schemes // Energy for Sustainable Development 14 (2010) 117-126.
- B. Ogayar, P.G. Vidal, Cost determination of the electro-mechanical equipment of a small hydro-power plant // Renew. Energy 34 (2009) 6-13.
- Central Electricity Authority (CEA), Guidelines for Development of Small Hydroelectric Scheme, Govt. of India, New Delhi, 2013.
- S. Singh, Techno-economic analysis of small hydro power project / Alternate Hydro Energy Centre Indian Institute of Technology Roorkee, India, 2016.
- European Small Hydro power Association (ESHA), Guide on How to Develop a Small Hydro Power Plant, (2004).
- International Renewable Energy Agency (IRENA), Renewable Power Generation Costs in 2017, International Renewable Energy Agency, Abu Dhabi, 2018.
- https://cbu.uz/uz/monetary-policy/annual-inflation/indicators/ PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA VOLUME 6 | ISSUE 4 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-014076
- Nashr sanasi
- 2024-01-01
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Jild
- 6
- Son
- 4
- DOI
- 10.5281/zenodo.15044630
- ISSN
- 3060-4672
- Nashriyot
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Sahifa
- 14–27
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Oxirgi yangilanish
- 2025-08-29