O‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Salixova Gulsora XasanovnaO‘zDJTSU dotsenti, p.f.b.f.d.(PhD)2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 6Sahifa 210–215
Annotatsiya
Ushbu maqolada respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolar yoritilgan. Unda aholining, ayniqsa, bolalar va o‘smirlarni sportga jalb qilish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun olib boriladigan tizimli ishlarga e‘tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada katta sportda yosh sportchilarning uslubiy, texnik, taktik, psixologik va doping muammolari hamda ularni samarali hal etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaСОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И СПОРТА В УЗБЕКИСТАНЕ
В данной статье освещаются проблемы сферы физической культуры и спорта в нашей республике. Особое внимание уделено вопросам привлечения населения, прежде всего детей и подростков, к занятиям спортом, а также организации системной работы, направленной на обеспечение их регулярных занятий физической культурой и спортом. Кроме того, в статье рассматриваются методические, технические, тактические, психологические и допинговые проблемы молодых спортсменов в спорте высших достижений, а также предлагаются эффективные пути их решения.
inglizchaMODERN CHALLENGES OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS IN UZBEKISTAN
This article examines the current challenges facing the field of physical education and sports in the Republic of Uzbekistan. Particular attention is given to increasing public participation in sports, especially among children and adolescents, as well as to establishing a systematic framework that ensures their regular engagement in physical education and sporting activities. In addition, the article discusses the methodological, technical, tactical, psychological, and doping-related issues encountered by young athletes in elite sports and proposes effective approaches to addressing these challenges.
Kalit so‘zlar
- Jismoniy tarbiya
- sport
- aholi
- bolalar
- o‘smirlar
- muammo
- maktab
- sport maktabi
- doping
- malakali kadr
- ta‘lim
- tarbiya
- uslub
- jismoniy tayyorgarlik
- texnika
- taktika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OʻZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI Salixova Gulsora Xasanovna OʻzDJTSU dotsenti, p.f.b.f.d.(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.21722775 Annotatsiya. Ushbu maqolada respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi muammolar yoritilgan. Unda aholining, ayniqsa, bolalar va oʻsmirlarni sportga jalb qilish, ularning sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun olib boriladigan tizimli ishlarga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada katta sportda yosh sportchilarning uslubiy, texnik, taktik, psixologik va doping muammolari hamda ularni samarali hal etish yoʻllari koʻrsatib oʻtilgan. Kalit soʻzlar. Jismoniy tarbiya, sport, aholi, bolalar, oʻsmirlar, muammo, maktab, sport maktabi, doping, malakali kadr, ta’lim, tarbiya, uslub, jismoniy tayyorgarlik, texnika, taktika.
СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И СПОРТА В УЗБЕКИСТАНЕ Салихова Гулсора Хасановна доцент УзГУФКС, PhD Аннотация. В данной статье освещаются проблемы сферы физической культуры и спорта в нашей республике. Особое внимание уделено вопросам привлечения населения, прежде всего детей и подростков, к занятиям спортом, а также организации системной работы, направленной на обеспечение их регулярных занятий физической культурой и спортом. Кроме того, в статье рассматриваются методические, технические, тактические, психологические и допинговые проблемы молодых спортсменов в спорте высших достижений, а также предлагаются эффективные пути их решения. Ключевые слова. физическая культура, спорт, население, дети, подростки, проблема, школа, спортивная школа, допинг, квалифицированные кадры, образование, воспитание, методика, физическая подготовленность, техника, тактика.
MODERN CHALLENGES OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS IN UZBEKISTAN Gulsara Khasanovna Salikhova Associate Professor, PhD, Uzbek State University of Physical Culture and Sports (UzSUPCS) Abstract. This article examines the current challenges facing the field of physical education and sports in the Republic of Uzbekistan. Particular attention is given to increasing public participation in sports, especially among children and adolescents, as well as to establishing a systematic framework that ensures their regular engagement in physical education and sporting activities. In addition, the article discusses the methodological, technical, tactical, psychological, and doping-related issues encountered by young athletes in elite sports and proposes effective approaches to addressing these challenges. Keywords. physical education, sport, population, children, adolescents, challenges, school, sports school, doping, qualified personnel, education, upbringing, methodology, physical fitness, technique, tactics.
KIRISH Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri sport mashgʻulotlarini mamlakatimizda haqiqatan ham ommaviy qilishdir. Bunga erishish uchun jismoniy mashqlar va sportga qiziqish oilada, maktabda, oliy ta’lim muassasalarida uygʻotilishi, hovli va maydonlar sport makonlariga aylantirilishi, har bir ta’lim muassasasida bola va oʻsmirlarning jismoniy tarbiyasiga ustuvor e’tibor berilishi zarur. Oʻzbekistonda davlatning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi asosiy maqsadi millatni sogʻlomlashtirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sogʻlom, jismonan baquvvat avlodni uygʻun rivojlantirish, shuningdek, sportchilarning yirik xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etishidir. Dunyo hamjamiyati taraqqiyot sur’ati tezlashgan sari inson salomatligi masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Chunki tabiatning inson ta’siri natijasida tobora ishdan chiqib borishi inson mavjudligini ta’minlovchi vazifalarini yoʻqolib borishiga olib kelmoqda. Natijada, inson oʻz fiziologik imkoniyatlarini rivojlantirish bilan birga oʻz salomatligiga gʻamxoʻrlik qilishga majbur boʻlmoqda. Bunday jarayon oʻz navbatida inson salomatligini oʻrganishga qaratilgan fan va sohalarni yanada rivojlantirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Xususan, jismoniy tarbiya va sport sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish darajasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish negizida malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash ishlarini rivojlantirish soha taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, boshqa bir mamlakatning ilmiytadqiqot ishlari tizimi bilan oʻzaro taqqoslash, yutuq va kamchiliklarni aniqlash hamda sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash zarur hisoblanadi. Mazkur muammolarni bartaraf etishga qaratilgan, malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3775-sonli qarori hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PQ-3031-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 maydagi “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 331-sonli qarorlari yaqqol misol boʻla oladi. Tadqiqotning maqsadi respublikamizdagi aholi, ayniqsa, bolalar va oʻsmirlar sportidagi muammolarni oʻrganish. Tadqiqotning vazifalari 1.Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan islohotlarni tadqiq qilish. 2. Oʻrganilgan muammolarning yechimini ishlab chiqish va amaliyotga tatqiq qilish.
ASOIY QISM Bizga ma’lumki, jamiyatimizda aholining jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan munosabatini oʻrganishda hamda ularni jalb qilishda faqatgina jismoniy tarbiya va sportning oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirish orqali erishib boʻlmaydi. Balki bugungi kunda malakali pedagog kadrlarning oʻrni va ahamiyati ham muhim hisoblanadi. Shu jihatdan, sohada ilmiypedagogik kadrlarni tayyorlashga zamonaviy talablar asosida yondoshish malakali kadrlarni tayyorlashning garovi boʻlib hisoblanadi. Albatta, yosh avlodni sogʻlom qilib tarbiyalash masalasi jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan e’tiborning yanada oshishiga xizmat qiladi. Shu jihatdan jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish, bu soha uchun yetuk kadrlar tayyorlash, ularning malakalarini zamon talablari asosida oshirib borish asosiy muammolardan biridir. Mazkur muammolarni bartaraf etishda jismoniy tarbiya va sportga tarbiya vositalaridan biri sifatida yondoshish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimizning quyidagi fikrlari tahsinga loyiqdir: “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega boʻlib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayotmamot masalasiga aylanib bormoqda. Tarbiya qancha mukammal boʻlsa, xalq shuncha baxtli yashaydi. Tarbiya mukammal boʻlishi uchun esa bu masalada boʻshliq paydo boʻlishiga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi”. Ya’ni, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi doimo davlatimiz va jamiyatimizning diqqat markazida boʻlib qoladi. Aynan tarbiya, milliy gʻurur, Vatan uchun faxrlanmoq, or-nomus, yurt sha’ni kabi tuygʻular shakllanishining asosi sanaladi. Sport mashgʻulotlari jarayonida gʻoyaviy tarbiyalash, oʻqish, mashq qilish, musobaqalarda ishtirok etish axloqiy me’yorlarga rioya qilish orqali amalga oshiriladi. Oʻquv-sport mashgʻulotlarida, sport musobaqalarida sportchilar katta ruhiy va jismoniy zoʻriqishlarni boshidan kechiradilar. Bu zoʻriqishlar ularning irodasini mustahkamlaydi, dadillik, oʻzini qoʻlga olish, qat’iylik, oʻz kuchiga ishonch, chidamlilik va intizomga oʻrgatadi. Sport musobaqalarida gʻolib boʻlish sport jamoasining har bir a’zosini oʻz qiziqishlarini jamoa manfaatlariga boʻysundiradi, jamoaning bir qismiga aylanib, unda oʻz oʻrnini topishga yoʻnaltiradi. Umumiy maqsadni amalga oshirish, gʻalaba uchun jamoaning har bir a’zosi kuchlarini birlashtirib, muvofiqlashtirib, jon-jahdi bilan gʻalaba sari undaydi. Gʻalabaga boʻlgan ishonch va intilish jarayoni kuchli sport jamoasini shakllantiradi va uning manfaatlariga sodiqlikni tarbiyalaydi. Sport gʻalabasiga boʻlgan kurash jarayonida shugʻullanuvchilarda yaxshilik qilish, raqibni hurmat qilish, halollik, halol sport kurashini olib borish, toʻgʻrilik kabi ijobiy fazilatlarni vujudga keltiradi. Umuman olganda, jismoniy mashgʻulotlar jarayoni shaxsni intizomlilik, halollik, haqgoʻylik, oʻzaro hurmat, odamlarga qiyin va zarur sharoitda yordam berishga tayyor turish, mehnatsyevarlik, vatanparvarlik va boshqa asosiy insoniy fazilatlar shakllanib borishiga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sportning tarbiyaviy xususiyatlarini inobatga olib jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning salohiyati, pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish, yuqori malakali raqobatbardosh treneroʻqituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini tubdan takomillashtirish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur hisoblandi: – jismoniy tarbiya va sport sohasining nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish; – jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, xalqaro va mahalliy ilmiy va amaliy grant loyihalarini jalb etish; – yuqori malakali sportchilarning oʻquv mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish davrida kompleks ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va innovatsion
texnologiyalarni keng qoʻllash yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish; – sport turlari boʻyicha terma jamoalarning xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan koʻmaklashish; – ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar va koʻrgazmali materiallarni ishlab chiqish; – sport psixologiyasi, diyetologiyasi, reabilitatsiyasi va tibbiyoti boʻyicha ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, oʻquv qoʻllanmalar, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish; – aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali ilmiy asoslangan vositalar va uslublarni ishlab chiqish; – sportchilarni funksional, biokimyoviy, psixodiagnostika, biomexanik va ish qobiliyatini diagnostika qilish va korreksiyalash; – seleksiya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida trenerseleksioner va mutaxassislarga metodik yordam berish; – aholi jismoniy tayyorgarligi holati natijalarini monitoring qilish va korreksiyalash boʻyicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar berish; sport ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik ta’minlash, shu jumladan, sport turlari boʻyicha oʻquvmetodik qoʻllanmalar va namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish; – respublikadagi ta’limning barcha turlari (maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy ta’lim, shuningdek, maktabdan tashqari va sport ta’limi hamda kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash) uchun jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha ta’lim standartlari va fan dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar, shu jumladan, audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar (internet sahifa) va boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni tayyorlash. Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. MUHOKAMA Shuningdek, doping ham bugungi kunnning eng dolzarb muammolaridan biridir. Doping— bu sportchi organizmga tabiiy yoki sun’iy yoʻl bilan kiritiladigan moddalar yoki usullar boʻlib, ular jismoniy yoki ruhiy qobiliyatni sun’iy ravishda oshirish uchun qoʻllaniladi. Bunday moddalarni ishlatish sport etikasiga zid boʻlib, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) va Jahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan qat’iy taqiqlangan. Doping muammosining asosiy sabablari: 1. Yuqori natijaga erishish bosimi- sportchilar va murabbiylar gʻalaba uchun har qanday yoʻlni tanlashga moyil boʻladi. 2. Moliyaviy manfaatlar- sovrinlar, shartnomalar va reklama daromadlari natijaga bogʻliq. 3. Nazoratning sustligi — ayrim mamlakatlarda antidoping tizimi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. 4. Bilim yetishmasligi — sportchilar ba’zan taqiqlangan moddalarni bilmagan holda qabul qiladilar (masalan, dorilar orqali). Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda ham doping bilan bogʻliq holatlar kuzatilgan. Bunga bir nechta misollar mavjud: Ayrim ogʻir atletika va kurash sportchilari xalqaro musobaqalarda doping testidan oʻta olmagan holatlar qayd etildi.
Bu sababli Oʻzbekiston ayrim musobaqalarda ishtirok etish huquqidan vaqtincha mahrum boʻlgan (masalan, ogʻir atletika federatsiyasi 2018–2020 yillarda WADA nazoratida boʻlgan). Hozirgi kunda antidoping siyosati kuchaytirilgan: Oʻzbekiston antidoping agentligi (UzNADA) tashkil etilgan, sportchilar uchun ma’lumot va oʻquv dasturlari yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar asosida yosh sportchilarning tayyorgarligidagi asosiy muammolar quyidagilarda ekanligini oʻrganib chiqdik: 1. Uslubiy muammolar: a)notoʻgʻri yoki bir xil usullardan foydalanish. Koʻp hollarda murabbiylar bir xil mashqlarni takrorlash bilan cheklanadilar, natijada yosh sportchida harakat stereotipi shakllanib, vaziyatga mos ravishda qaror qabul qilish qobiliyati susayadi. b)yosh xususiyatlariga mos kelmaydigan yuklamalar. Jismoniy va psixofiziologik rivojlanish darajasi hisobga olinmagan holda jadal tayyorgarlik berish tez charchash, jarohatlanish yoki sportdan sovib qolishga olib keladi. 2. Psixologik muammolar: a)taktik fikrlashni shakllantirishda yetishmovchilik. Koʻp yosh sportchilar harakatni avtomatlashtirishga urgʻu berishadi, ammo taktik vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish malakasi yaxshi rivojlanmaydi. b)musobaqa sharoitida stress va hayajon. Psixologik barqarorlik yetishmagani tufayli sportchi musobaqada oʻzining texnik-taktik salohiyatini toʻliq namoyon qila olmaydi. 3. Pedagogik muammolar: a)individual yondashuvning yetishmasligi. Har bir yosh sportchining qobiliyati, xarakter xususiyatlari va oʻquv darajasi turlicha boʻlgani holda, umumiy yondashuv natijani pasaytiradi. b)murabbiy va sportchi oʻrtasidagi muloqot kamligi. Hamkorlik muhiti yoʻqligi sportchida motivatsiyaning pasayishiga va texnika-taktika rivojlanishining sustlashishiga olib keladi. 4. Texnik tayyorgarlikdagi muammolar: a)asosiy texnika elementlarining notoʻgʻri bajarilishi. Bu keyinchalik notoʻgʻri harakat koʻnikmasini mustahkamlab qoʻyadi va keyin uni toʻgʻrilash juda qiyin boʻladi. b)koordinatsiya va harakat hissining pastligi. Yosh sportchilarda harakat nazorati (biomexanik hissiyot) hali toʻliq rivojlanmagan boʻladi, shu bois texnikadagi aniqlik past boʻladi. 5. Taktik tayyorgarlikdagi muammolar: a)vaziyatli fikrlashning rivojlanmaganligi. Yosh sportchi raqibning harakatlarini tez tahlil qilish va mos taktik qaror qabul qilishda qiynaladi. b)taktik kombinatsiyalarning chuqur anglanmasligi. Mashgʻulotlarda kombinatsiyalar mexanik ravishda oʻrganiladi, ularning maqsadi va sharoiti anglanilmagan boʻladi. 6. Tashkiliy va resurs muammolari: a)inventar va jihozlar yetishmovchiligi. Zamonaviy trenajyorlar va video-tahlil vositalari boʻlmagani uchun texnika tahlili va tuzatish imkoniyati cheklangan. b)murabbiylarning malaka darajasi. Ayrim murabbiylar zamonaviy sport metodikasidan yetarli darajada xabardor emaslar, ayniqsa pedagogik psixologiya va taktik fikrlash sohasida. XULOSA Muammolarni bartaraf etish yoʻllari: 1. Yoshga mos individual tayyorgarlik dasturlarini ishlab chiqish. 2. Video-tahlil va biomexanik tahlil texnologiyalarini joriy etish.
3. Murabbiylar malakasini oshirish (psixologiya, pedagogika, sport analitikasi boʻyicha). 4. Psixologik tayyorgarlik mashgʻulotlarini tizimli yoʻlga qoʻyish. 5. Taktik fikrlashni oʻyinli va modelli mashqlar orqali rivojlantirish.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar2 ta adabiyot
- Oʻzbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport toʻgrisidagi Qonuni. 25.03.2026.
- Salixova G.X. Yosh sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi. Monografiya. 2026. 204 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013521
- Nashr sanasi
- 2026-07-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i6.2407
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 210–215
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06