Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

O‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Salixova G.XO‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 6Sahifa 199–203

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasining zamonaviy muammolari tahlil qilinadi. Xususan, sohada malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, davlat siyosati va me‘yoriy-huquqiy asoslar, dopingga qarshi kurash muammolari hamda yosh sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligidagi uslubiy, psixologik, pedagogik, texnik, taktik va tashkiliy-resurs muammolari ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etishning amaliy yo‘llari taklif etiladi.

Boshqa tillarda

ruschaСОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И СПОРТА В УЗБЕКИСТАНЕ

В данной статье анализируются современные проблемы физического воспитания и спорта в Узбекистане. В частности, рассматриваются вопросы подготовки квалифицированных научно-педагогических кадров в отрасли, государственная политика и нормативно-правовая база, проблемы борьбы с допингом, а также методические, психологические, педагогические, технические, тактические и организационно-ресурсные проблемы технико-тактической подготовки юных спортсменов. Автором предложены практические пути устранения выявленных проблем.

inglizchaCONTEMPORARY PROBLEMS OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORT IN UZBEKISTAN

This article analyzes contemporary problems of physical education and sport in Uzbekistan. In particular, it examines the training of qualified scientific and pedagogical personnel in the field, state policy and the regulatory framework, anti-doping challenges, and the methodological, psychological, pedagogical, technical, tactical, and organizational-resource problems in the technical-tactical training of young athletes. The author proposes practical ways to address the identified problems.

Kalit so‘zlar

  • jismoniy tarbiya
  • sport
  • sport pedagogikasi
  • doping
  • yosh sportchilar
  • texniktaktik tayyorgarlik
  • ilmiy-pedagogik kadrlar
  • O‘zbekiston

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OʻZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI Salixova G.X. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.21722651 Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasining zamonaviy muammolari tahlil qilinadi. Xususan, sohada malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, davlat siyosati va me’yoriy-huquqiy asoslar, dopingga qarshi kurash muammolari hamda yosh sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligidagi uslubiy, psixologik, pedagogik, texnik, taktik va tashkiliy-resurs muammolari koʻrib chiqiladi. Muallif tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etishning amaliy yoʻllari taklif etiladi. Kalit soʻzlar: jismoniy tarbiya, sport, sport pedagogikasi, doping, yosh sportchilar, texniktaktik tayyorgarlik, ilmiy-pedagogik kadrlar, Oʻzbekiston.

СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И СПОРТА В УЗБЕКИСТАНЕ Салихова Г.Х. доцент Узбекского государственного университета физической культуры и спорта, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам Аннотация: В данной статье анализируются современные проблемы физического воспитания и спорта в Узбекистане. В частности, рассматриваются вопросы подготовки квалифицированных научно-педагогических кадров в отрасли, государственная политика и нормативно-правовая база, проблемы борьбы с допингом, а также методические, психологические, педагогические, технические, тактические и организационно-ресурсные проблемы технико-тактической подготовки юных спортсменов. Автором предложены практические пути устранения выявленных проблем. Ключевые слова: физическое воспитание, спорт, спортивная педагогика, допинг, юные спортсмены, технико-тактическая подготовка, научно-педагогические кадры, Узбекистан.

CONTEMPORARY PROBLEMS OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORT IN UZBEKISTAN Salikhova G.Kh. Associate Professor, Uzbekistan State University of Physical Education and Sport, PhD in Pedagogical Sciences Abstract: This article analyzes contemporary problems of physical education and sport in Uzbekistan. In particular, it examines the training of qualified scientific and pedagogical personnel in the field, state policy and the regulatory framework, anti-doping challenges, and the methodological, psychological, pedagogical, technical, tactical, and organizational-resource problems in the technical-tactical training of young athletes. The author proposes practical ways to address the identified problems. Keywords: physical education, sport, sport pedagogy, doping, young athletes, technicaltactical training, scientific-pedagogical personnel, Uzbekistan.

KIRISH Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri sport mashgʻulotlarini mamlakatimizda haqiqatan ham ommaviy qilishdir. Bunga erishish uchun jismoniy mashqlar va sportga qiziqish oilada, maktabda, oliy ta’lim muassasalarida uygʻotilishi, hovli va maydonlar sport makonlariga aylantirilishi, har bir ta’lim muassasasida bola va oʻsmirlarning jismoniy tarbiyasiga ustuvor e’tibor berilishi zarur. Oʻzbekistonda davlatning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi asosiy maqsadi millatni sogʻlomlashtirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sogʻlom, jismonan baquvvat avlodni uygʻun rivojlantirish, shuningdek, sportchilarning yirik xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etishidir. Dunyo hamjamiyati taraqqiyot sur’ati tezlashgan sari inson salomatligi masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Chunki tabiatning inson ta’siri natijasida tobora ishdan chiqib borishi inson mavjudligini ta’minlovchi vazifalarini yoʻqolib borishiga olib kelmoqda. Natijada inson oʻz fiziologik imkoniyatlarini rivojlantirish bilan birga oʻz salomatligiga gʻamxoʻrlik qilishga majbur boʻlmoqda. Bunday jarayon oʻz navbatida inson salomatligini oʻrganishga qaratilgan fan va sohalarni yanada rivojlantirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Xususan, jismoniy tarbiya va sport sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish darajasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish negizida malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash ishlarini rivojlantirish soha taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, boshqa bir mamlakatning ilmiytadqiqot ishlari tizimi bilan oʻzaro taqqoslash, yutuq va kamchiliklarni aniqlash hamda sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash zarur hisoblanadi. Mazkur muammolarni bartaraf etishga qaratilgan, malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3775-sonli qarori hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PQ-3031-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 maydagi “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 331-sonli qarorlari yaqqol misol boʻla oladi. ASOSIY QISM Bizga ma’lumki, jamiyatimizda aholining jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan munosabatini oʻrganishda hamda ularni jalb qilishda faqatgina jismoniy tarbiya va sportning oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirish orqali erishib boʻlmaydi. Balki bugungi kunda malakali pedagog kadrlarning oʻrni va ahamiyati ham muhim hisoblanadi. Shu jihatdan, sohada ilmiypedagogik kadrlarni tayyorlashga zamonaviy talablar asosida yondoshish malakali kadrlarni

tayyorlashning garovi boʻlib hisoblanadi. Albatta, yosh avlodni sogʻlom qilib tarbiyalash masalasi jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan e’tiborning yanada oshishiga xizmat qiladi. Shu jihatdan jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish, bu soha uchun yetuk kadrlar tayyorlash, ularning malakalarini zamon talablari asosida oshirib borish asosiy muammolardan biridir. Mazkur muammolarni bartaraf etishda jismoniy tarbiya va sportga tarbiya vositalaridan biri sifatida yondoshish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimizning quyidagi fikrlari tahsinga loyiqdir: “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega boʻlib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayotmamot masalasiga aylanib bormoqda. Tarbiya qancha mukammal boʻlsa, xalq shuncha baxtli yashaydi. Tarbiya mukammal boʻlishi uchun esa bu masalada boʻshliq paydo boʻlishiga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi”. Ya’ni, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi doimo davlatimiz va jamiyatimizning diqqat markazida boʻlib qoladi. Aynan tarbiya, milliy gʻurur, Vatan uchun faxrlanmoq, or-nomus, yurt sha’ni kabi tuygʻular shakllanishining asosi sanaladi. Sport mashgʻulotlari jarayonida gʻoyaviy tarbiyalash, oʻqish, mashq qilish, musobaqalarda ishtirok etish axloqiy me’yorlarga rioya qilish orqali amalga oshiriladi. Oʻquv-sport mashgʻulotlarida, sport musobaqalarida sportchilar katta ruhiy va jismoniy zoʻriqishlarni boshidan kechiradilar. Bu zoʻriqishlar ularning irodasini mustahkamlaydi, dadillik, oʻzini qoʻlga olish, qat’iylik, oʻz kuchiga ishonch, chidamlilik va intizomga oʻrgatadi. Sport musobaqalarida gʻolib boʻlish sport jamoasining har bir a’zosini oʻz qiziqishlarini jamoa manfaatlariga boʻysundiradi, jamoaning bir qismiga aylanib, unda oʻz oʻrnini topishga yoʻnaltiradi. Umumiy maqsadni amalga oshirish, gʻalaba uchun jamoaning har bir a’zosi kuchlarini birlashtirib, muvofiqlashtirib, jon-jahdi bilan gʻalaba sari undaydi. Gʻalabaga boʻlgan ishonch va intilish jarayoni kuchli sport jamoasini shakllantiradi va uning manfaatlariga sodiqlikni tarbiyalaydi. Sport gʻalabasiga boʻlgan kurash jarayonida shugʻullanuvchilarda yaxshilik qilish, raqibni hurmat qilish, halollik, halol sport kurashini olib borish, toʻgʻrilik kabi ijobiy fazilatlarni vujudga keltiradi. Umuman olganda, jismoniy mashgʻulotlar jarayoni shaxsni intizomlilik, halollik, haqgoʻylik, oʻzaro hurmat, odamlarga qiyin va zarur sharoitda yordam berishga tayyor turish, mehnatsyevarlik, vatanparvarlik va boshqa asosiy insoniy fazilatlar shakllanib borishiga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sportning tarbiyaviy xususiyatlarini inobatga olib jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning salohiyati, pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish, yuqori malakali raqobatbardosh treneroʻqituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini tubdan takomillashtirish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur hisoblandi: – jismoniy tarbiya va sport sohasining nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish; – jismoniy tarbiya va sport sohasida fundamental ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, xalqaro va mahalliy ilmiy va amaliy grant loyihalarini jalb etish; – yuqori malakali sportchilarning oʻquv mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish davrida kompleks ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va innovatsion texnologiyalarni keng qoʻllash yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish; – sport turlari boʻyicha terma jamoalarning xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan koʻmaklashish; – ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar va koʻrgazmali materiallarni ishlab chiqish; – sport psixologiyasi, diyetologiyasi, reabilitatsiyasi va tibbiyoti boʻyicha ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, oʻquv qoʻllanmalar, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish; – aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida

yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali ilmiy asoslangan vositalar va uslublarni ishlab chiqish; – sportchilarni funksional, biokimyoviy, psixodiagnostika, biomexanik va ish qobiliyatini diagnostika qilish va korreksiyalash; – seleksiya ishlarini samarali tashkil etish maqsadida trenerseleksioner va mutaxassislarga metodik yordam berish; – aholi jismoniy tayyorgarligi holati natijalarini monitoring qilish va korreksiyalash boʻyicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar berish; sport ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik ta’minlash, shu jumladan, sport turlari boʻyicha oʻquvmetodik qoʻllanmalar va namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish; – respublikadagi ta’limning barcha turlari (maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy ta’lim, shuningdek, maktabdan tashqari va sport ta’limi hamda kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash) uchun jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha ta’lim standartlari va fan dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar, shu jumladan, audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar (internet sahifa) va boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni tayyorlash. Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. MUHOKAMA Shuningdek, doping ham bugungi kunnning eng dolzarb muammolaridan biridir. Doping— bu sportchi organizmga tabiiy yoki sun’iy yoʻl bilan kiritiladigan moddalar yoki usullar boʻlib, ular jismoniy yoki ruhiy qobiliyatni sun’iy ravishda oshirish uchun qoʻllaniladi. Bunday moddalarni ishlatish sport etikasiga zid boʻlib, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) va Jahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan qat’iy taqiqlangan. Doping muammosining asosiy sabablari: 1. Yuqori natijaga erishish bosimi- sportchilar va murabbiylar gʻalaba uchun har qanday yoʻlni tanlashga moyil boʻladi. 2. Moliyaviy manfaatlar- sovrinlar, shartnomalar va reklama daromadlari natijaga bogʻliq. 3. Nazoratning sustligi — ayrim mamlakatlarda antidoping tizimi yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. 4. Bilim yetishmasligi — sportchilar ba’zan taqiqlangan moddalarni bilmagan holda qabul qiladilar (masalan, dorilar orqali). Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda ham doping bilan bogʻliq holatlar kuzatilgan. Bunga bir nechta misollar mavjud: Ayrim ogʻir atletika va kurash sportchilari xalqaro musobaqalarda doping testidan oʻta olmagan holatlar qayd etildi. Bu sababli Oʻzbekiston ayrim musobaqalarda ishtirok etish huquqidan vaqtincha mahrum boʻlgan (masalan, ogʻir atletika federatsiyasi 2018–2020 yillarda WADA nazoratida boʻlgan). Hozirgi kunda antidoping siyosati kuchaytirilgan: Oʻzbekiston antidoping agentligi (UzNADA) tashkil etilgan, sportchilar uchun ma’lumot va oʻquv dasturlari yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar asosida yosh sportchilarning tayyorgarligidagi asosiy muammolar quyidagilarda ekanligini oʻrganib chiqdik: 1. Uslubiy muammolar:

a)notoʻgʻri yoki bir xil usullardan foydalanish. Koʻp hollarda murabbiylar bir xil mashqlarni takrorlash bilan cheklanadilar, natijada yosh sportchida harakat stereotipi shakllanib, vaziyatga mos ravishda qaror qabul qilish qobiliyati susayadi. b)yosh xususiyatlariga mos kelmaydigan yuklamalar. Jismoniy va psixofiziologik rivojlanish darajasi hisobga olinmagan holda jadal tayyorgarlik berish tez charchash, jarohatlanish yoki sportdan sovib qolishga olib keladi. 2. Psixologik muammolar: a)taktik fikrlashni shakllantirishda yetishmovchilik. Koʻp yosh sportchilar harakatni avtomatlashtirishga urgʻu berishadi, ammo taktik vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish malakasi yaxshi rivojlanmaydi. b)musobaqa sharoitida stress va hayajon. Psixologik barqarorlik yetishmagani tufayli sportchi musobaqada oʻzining texnik-taktik salohiyatini toʻliq namoyon qila olmaydi. 3. Pedagogik muammolar: a)individual yondashuvning yetishmasligi. Har bir yosh sportchining qobiliyati, xarakter xususiyatlari va oʻquv darajasi turlicha boʻlgani holda, umumiy yondashuv natijani pasaytiradi. b)murabbiy va sportchi oʻrtasidagi muloqot kamligi. Hamkorlik muhiti yoʻqligi sportchida motivatsiyaning pasayishiga va texnika-taktika rivojlanishining sustlashishiga olib keladi. 4. Texnik tayyorgarlikdagi muammolar: a)asosiy texnika elementlarining notoʻgʻri bajarilishi. Bu keyinchalik notoʻgʻri harakat koʻnikmasini mustahkamlab qoʻyadi va keyin uni toʻgʻrilash juda qiyin boʻladi. b)koordinatsiya va harakat hissining pastligi. Yosh sportchilarda harakat nazorati (biomexanik hissiyot) hali toʻliq rivojlanmagan boʻladi, shu bois texnikadagi aniqlik past boʻladi. 5. Taktik tayyorgarlikdagi muammolar: a)vaziyatli fikrlashning rivojlanmaganligi. Yosh sportchi raqibning harakatlarini tez tahlil qilish va mos taktik qaror qabul qilishda qiynaladi. b)taktik kombinatsiyalarning chuqur anglanmasligi. Mashgʻulotlarda kombinatsiyalar mexanik ravishda oʻrganiladi, ularning maqsadi va sharoiti anglanilmagan boʻladi. 6. Tashkiliy va resurs muammolari: a)inventar va jihozlar yetishmovchiligi. Zamonaviy trenajyorlar va video-tahlil vositalari boʻlmagani uchun texnika tahlili va tuzatish imkoniyati cheklangan. b)murabbiylarning malaka darajasi. Ayrim murabbiylar zamonaviy sport metodikasidan yetarli darajada xabardor emaslar, ayniqsa pedagogik psixologiya va taktik fikrlash sohasida. XULOSA Muammolarni bartaraf etish yoʻllari: 1. Yoshga mos individual tayyorgarlik dasturlarini ishlab chiqish. 2. Video-tahlil va biomexanik tahlil texnologiyalarini joriy etish. 3. Murabbiylar malakasini oshirish (psixologiya, pedagogika, sport analitikasi boʻyicha). 4. Psixologik tayyorgarlik mashgʻulotlarini tizimli yoʻlga qoʻyish. 5. Taktik fikrlashni oʻyinli va modelli mashqlar orqali rivojlantirish.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar2 ta adabiyot

  1. Oʻzbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport toʻgrisidagi Qonuni. 25.03.2026.
  2. Salixova G.X. Yosh sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi. Monografiya. 2026. 204 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013519
Nashr sanasi
2026-07-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
6
DOI
10.66073/researchfocus.v5i6.2405
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
199–203
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06