Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

OLIY TA‘LIMDA MA‘NAN YETUK MUTAXASSIS KARDLARNI TAYYORLASH VA UNING MUHIM JIHATLARI

Kayumova Lobar Zayniddin qiziO‘zMU Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 113–118

Annotatsiya

Mazkur maqolada oliy ta‘lim tizimida yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar va uning istiqbollari haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПОДГОТОВКА ДУХОВНО ЗРЕЛЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ-КАДРОВ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ И ЕЕ ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ

В данной статье представлено мнение о реформах, обновлениях и ее перспективах в системе высшего образования в части подготовки передовых специалистов.

inglizchaTHE TRAINING OF SPIRITUALLY MATURE SPECIALIST PERSONNEL IN HIGHER EDUCATION AND ITS IMPORTANT ASPECTS

This article presents reflections on the reforms and innovations being implemented in the higher education system in the training of mature specialist personnel, and on their prospects.

Kalit so‘zlar

  • oliy ta‘lim
  • kadr
  • pedagog kadr
  • islohot
  • ta‘lim sifati

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OLIY TA’LIMDA MA’NAN YETUK MUTAXASSIS KARDLARNI TAYYORLASH VA UNING MUHIM JIHATLARI Kayumova Lobar Zayniddin qizi O‘zMU Milliy g‘oya, manaviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.18770989 Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar va uning istiqbollari haqida fikrmulohazalar yuritilgan. Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, kadr, pedagog kadr, islohot, ta’lim sifati

ПОДГОТОВКА ПСИХИЧЕСКИ ЗРЕЛЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ И ЕЕ ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ Каюмова Лобар Зайниддин кизи Национальный университет Узбекистана (УзМУ), студентка 2‑го курса направления «Национальная идея, основы духовности и правовое образование» Аннотация: В данной статье представлено мнение о реформах, обновлениях и ее перспективах в системе высшего образования в части подготовки передовых специалистов. Ключевые слова: высшее образование, кадры, профессорско-преподавательский состав, реформа, качество образования

PREPARATION OF MENTALLY MATURE SPECIALISTS IN HIGHER EDUCATION AND ITS IMPORTANT ASPECTS Kayumova Lobar Zayniddin qizi National University of Uzbekistan, 2nd-year student (major: National Idea, Fundamentals of Spirituality and Legal Education) Abstract: This article discusses the reforms, innovations, and prospects for training highly qualified specialists in the higher education system. Keywords: higher education, personnel, teaching staff, reform, quality of education

KIRISH Bugungi kunda dars mashg‘ulotlarini yangi pedagogik texnologiya va innovatsion usullar bilan o‘tkazish davr talabi hisoblanadi. Bugungi zamon o’quvchilarining bilim olishi uchun avvalgi an’anaviy dars mashg‘ulotlari yangilik emas. Hozirgi texnika va texnologiyalar davrida an’anaviy dars mashg‘ulotlari tinglovchining e’tiborini tortmaydi. Rivojlanib borayotgan jamiyatimizga ayniqsa, ta’lim sohasiga zamon bilan uyg’unlashgan davr talablariga “labbay” deb javob bera oladigan pedagogik kadrlar kerak. Ta’limdagi rivojlanish va taraqqiyotning asosi sifatida Prezidentimizning ta’limga oid bir qancha Qaror va Farmonlarini ko‘rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 yildagi PQ-289-sonli qarori “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonun misolida ko‘rishimiz mumkin. Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg’or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg’unligini ta’minlash qonunning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to’g’risida” 2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, ko’nikmalari va mahoratini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirishning bevosita hamda kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir birini to‘ldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy etishni ta’minlashdan iborat. Ta’lim jarayonida talabalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to’g’risida” O’RQ-637 sonli Qarorining 13-moddasida: Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo’nalishlar bo’yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo’shimcha kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847- sonli Farmonida, O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadlari ilgari surildi. Dars shakliga innovatsiyaning kirib kelishini standart, nostandart, virtual dars shakllari misolida ko‘rishimiz mumkin. O’qitish turlaridagi innovatsiyani quyidagi turlari mavjud: muammoli ta’lim, evristik ta’lim, darajalangan ta’lim, integratsiyalangan ta’lim, interfaol ta’lim, informal ta’lim, rasmiy ta’lim, norasmiy ta’lim. E.Denison tadqiqotlariga koʼra, ishchi kuchining sifatini oshirishga taʼsir koʼrsatuvchi asosiy omil taʼlim tizimining rivojlanishi sanalsa, P.Drakerning fikricha, hozirgi kunda “bilimlar kapital va ishchi kuchini chetga surib, ishlab chiqarishning yetakchi omiliga aylanmoqda”. Iqtisodchi olimlar M.V.Boguslavskiy va Y.V. Neborskiyning fikricha, taʼlimning globallashuvi, siyosiy risklar, resurslar muammosi, markaz va chekka hududlar oʼrtasidagi nomutanosiblik, byurokratiya va samarali boshqaruvning yoʼqligi kabi eng muhim muammolarni hisobga olmay turib, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasini tuzib boʼlmaydi. L.Vlaskin va L.Grinbergning ilmiy izlanishlarida oliy taʼlimning sifati koʼp qirrali, koʼp darajali hamda dinamik tushuncha boʼlib, u taʼlim modelining mazmuniy birligiga, muassasaning missiya va vazifalariga hamda oʼziga xos maʼlum standartlarga bogʼliqdir deb taʼkidlanadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizning ham siyosiy, ham ijtimoiyiqtisodiy sohalarida, shuningdek taʼlim tizimi, jumladan oliy taʼlim tizimida tub islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Taʼlim sohasini rivojlantirish, uni jahon andozalariga mos ravishda isloh qilish, bilim, malaka va koʼnikmalarga ega zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash taʼlim siyosatining ustuvor yoʼnalishi sifatida belgilab olindi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–60-son “2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida” farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot

strategiyasining 4-bobi “Аdolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish”ga qaratilgan boʼlib, unda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, oliy taʼlim muassasalariga qamrov darajasini oshirish, oliy taʼlim muassasalarini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishi uchun tegishli choratadbirlarni amalga oshirish, har bir hududda nodavlat oliy taʼlim muassasalari sonini kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratilgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “...birinchi navbatda, eʼtiborni Yangi Oʼzbekiston uchun eng katta investitsiya boʼlgan taʼlimni qoʼllab-quvvatlashga qaratamiz. “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Shu jihatdan, oʼzgarayotgan Oʼzbekistonda taʼlim tizimini rivojlantirish muhim va kechiktirib boʼlmaydigan vazifa hisoblanadi. Jumladan, BMTning 2030-yilgacha Barqaror Rivojlanish Maqsadlarida taʼkidlanganidek, oliy taʼlim jahonda barqaror iqtisodiy oʼsishning yetakchi omiliga aylanmoqda. Shu tufayli keyingi yillarda yuqori malakali kadrlar tayyorlash surʼati jahonda saqlanib, 2030-yilga borib, oliy oʼquv yurtlari talabalarining prognoz soni 414 million kishiga yetadi va u 2000 yilga nisbatan 4,2 barobarga koʼpdir. Bu esa oʼz navbatida taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, shu bilan birga taʼlim xizmatlarini koʼrsatish sifatini oshirish va bu orqali kadrlar tayyorlash sifatiga jiddiy eʼtibor qaratishni taqozo etmoqda. Oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirish, uzluksiz taʼlim tizimini va taʼlim xizmatlari bozorini rivojlantirish, oliy taʼlim menejmenti boʼyicha iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan oʼzlarining ilmiy-tadqiqotlarida turli qarashlar va fikrlar keltirib oʼtilgan. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Tadqiqotda ilmiy tahlilning tizimli, tarkibiy-funktsional, statistik, qiyosiy va sotsiologik usullaridan foydalanilgan holda tahlillar asosida ochib berishga harakat qilindi. NATIJALAR Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 8-oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida” PF–5847-son farmoni imzolangan boʼlib, unga asosan Oliy taʼlim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʼyicha yoʼl xaritasi tasdiqlandi. Konseptsiyaga muvofiq oliy taʼlim tizimini rivojlantirish boʼyicha quyidagi yoʼnalishlar belgilandi. Jumladan: oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish, maʼnaviymaʼrifiy va tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish, oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash, oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish, oliy taʼlim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini taʼminlash. MUHOKAMA Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida 2024-yilda qabul qilingan va ta'lim sifatini ko'tarishga qaratilgan "Oliy ta'lim sifatini oshirish va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish to'g'risida"gi qaror qabul qilindi. Uning asosiy jihatlarini yangi universitetlar ochilishida masalan, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Toshkentda Amerika Texnologiyalar Universiteti ochilishi, bu

universitetda muhandislik, arxitektura, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanadi. Bitiruvchilarga xalqaro darajadagi diplomlar berilishini misol qilsak bo’ladi. Yana bir muhim jihat ta'lim sifati va xalqaro hamkorlik bo’lib, unda xalqaro o‘quv dasturlarini tatbiq etish va O‘zbekistonda xorijiy tajribani joriy qilish bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda. Yangi ta'lim dasturlari orqali talabalarning amaliyotga yo'naltirilgan bilim olishi ta'minlanadi. Oliy ta’lim tizimida islohotlarni jadallashtirish uchun ishlab chiqilgan yana bir muhim hujjatlardan biri — "Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish to'g'risida" qaror bo’lib, 2024-yil 20-yanvarda qabul qilingan. Ushbu qaror talabalar va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bo'lib, madaniy meros obyektlariga turistik tashriflar va boshqa faolliklarni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan . “Oliy ta'lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida" qarori O'zbekiston Prezidentining 2024-yilda qabul qilgan muhim farmonlaridan biridir. Ushbu qarorning asosiy maqsadi O'zbekiston oliy ta'lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali ta'lim sifatini oshirishdir. Qarorning asosiy jihatlari xalqaro hamkorlikni barqarorlashtirish, ta'lim sifatini oshirish hamda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qo'shimcha moliyalashtirish va qo'llab-quvvatlash yo'lga qo‘yilgan. 2023/2024-oʼquv yilidan boshlab, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti boʼyicha tasdiqlanishi belgilandi. Toʼlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari boʼysunuvi boʼyicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Barcha taʼlim shakllari boʼyicha oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga kirish uchun ariza topshirish raqamlashtirildi va abiturientlardan qoʼshimcha hujjatlar talab etish amaliyoti bekor qilindi. Bakalavriat abiturientlariga bir vaqtning oʼzida 5 tagacha taʼlim shaklida hamda taʼlim yoʼnalishini tanlash imkoniyati berildi. Davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali oʼrtacha koʼrsatkichi asosida amalga oshirilishi hamda qoʼshimcha imtihon oʼtkazilmasligi, qabul bir yilda ikki marta - avgust va yanvar oylarida tashkil etilishi belgilandi. Oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʼlgan olis, chekka va togʼli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun maqsadli qabul koʼrsatkichlari belgilandi. Chet el fuqarolarini oliy taʼlim muassasasi tomonidan oʼtkaziladigan suhbat natijasiga koʼra oʼqishga qabul qilish joriy etildi. Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasining tavsiyanomasini olgan, oliy maʼlumotga ega boʼlmagan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʼyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qoʼshimcha 2000 ta davlat granti ajratilishi yoʼlga qoʼyildi. Davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, toʼlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning toʼlov-kontrakt miqdori davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan qoplanishi belgilandi. Oliy ta'limdagi islohotlar bo'yicha O'zbekistonda bir qator yangi qaror va farmonlar qabul qilindi. Ular oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, talabalarni qabul qilish jarayonini takomillashtirish va davlat tomonidan moliyalashtirilgan grantlarni tabaqalashtirilgan tartibda taqsimlash kabi sohalarni qamrab oladi. “Oliy ta’lim tashkilotlariga o’qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida davlat buyurtmasi va maqsadli qabul kvotalari haqida gap boradi. Bunda

talabalarni maqsadli qabul qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi. Hududlardagi ehtiyojga qarab, abituriyentlar tanlov asosida qabul qilinadi va maqsadli qabul kvotalari ajratiladi. Bu tizimda talaba, hokimiyat, oliy ta'lim muassasasi va boshqa tashkilotlar o‘rtasida shartnoma tuziladi, bunda talabaning o‘qishni tugatgach, belgilangan hududda ishlashi majburiy monitoring qilinadi . Grantlar va kontrakt tizimiga keladigan bo’lsak, grant va kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish ballari belgilanadi, va grantlarni qayta taqsimlash tizimi kiritildi. Birinchi kursda davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq grantlar taqsimlanadi, keyingi kurslarda esa faqat yuqori ko‘rsatkichlarga ega talabalar grant olish huquqiga ega bo‘ladi. Imtihon va qabul tizimida 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta'limga kirish imtihonlari yangi tizim asosida amalga oshiriladi. Abituriyentlar dastlab test sinovida qatnashib, so‘ngra o‘z ballariga ko‘ra ta'lim muassasasini tanlashadi. Bu jarayonda kasbiy va ijodiy imtihonlar ham mavjud bo'lishi belgilandi. Ta'lim sifatini oshirishda esa oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, oliy ta'lim sohasini raqamlashtirish va xalqaro darajaga moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Yetakchi oliy ta'lim muassasalari xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilish orqali xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Bu islohotlar O'zbekistonda oliy ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, yoshlarning oliy ma'lumot olish imkoniyatlarini kengaytirishga va ta'lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qiladi. XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O‘zbekistonda oliy ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar va uning istiqbollari quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. Birinchidan, universitetlar sonining ortishi: Yangi xususiy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari ochilmoqda, ta’limga kirish imkoniyatlari kengaymoqda. Ikkinchidan, ta'lim sifatining oshishi: Xalqaro standartlarga mos dasturlar, reyting tizimlari joriy qilinmoqda, o‘qituvchilar malakasi oshirilmoqda. Uchunchidan, masofaviy ta'lim rivoji: Pandemiyadan keyin onlayn ta'lim tizimi keng qo‘llanilmoqda, bu chekka hududlar uchun qulay. To’rtinchidan, amaliyot va ta'lim integratsiyasi: Talabalarning amaliyoti kengaytirilmoqda, sanoat bilan hamkorlik rivojlanmoqda. Beshinchidan, ilm-fan va innovatsiyalar: Ilmiy-texnologik markazlar ochilmoqda, grantlar va ilmiy tadqiqotlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Oltinchidan, qabul tizimi shaffoflashmoqda: Test jarayonlari oshkoraligi ta’minlanmoqda, texnologiyalar joriy qilinmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan ishlarning barchasida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlarning istiqbollarini ko‘rishimiz mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar15 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli Qarori
  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to’g’risida”gi PF-5789-son Farmoni
  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to’g’risida” O’RQ- 637-sonli Qarori
  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabr “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847- sonli Farmoni
  5. X.M.Eshpo’latova “Ta’limda innovatsion texnologiyalarning turlari va ahamiyati” maqola 2022, 31-bet
  6. Дракер П. Посткапиталистическое общество // Ж. Экономика XXI века. – М., 1999, № 11. – С. 3-4
  7. Богуславский, М.В. Перспективы развития системы Высшего образования в России / М.В. Богуславский, Е.В. Неборский [Электронный ресурс] // Интернетжурнал «Науковедение». - 2015. - Т.7. - №3. - С. 139. - Режим доступа: http://naukovedenie.ru/PDF /111PVN315.pdf.
  8. Lazar Vlasceanu, Laura Griinberg, and Dan Parlea. (2004). Quality Assurance and Accreditation: A Glossary of Basic Terms and Definitions. Bucharest: UNESCO [ISBN 92- 9069-178-6].
  9. Каримов А.А., Перегудов Л.В. Основы системы мониторинга и управления качеством высшего образования. – Т., 2003. Стр. 46.; Саидов М. Олий таълим менежменти ва иқтисодиёти. – Т.: 2002. Б. 51
  10. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис ва Ўзбекистон халқига мурожаатномаси. 2022 йил 20 декабрь
  11. Marshall A. Principles of Economics. London: Macmillan. 1890.
  12. "Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish to'g'risida" qaror, 20.01.2024
  13. "Oliy ta'lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida" Prezident qarori
  14. “Oliy ta’lim tashkilotlariga o’qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 25.05.2024
  15. https://president.uz/oz/lists/view/7256

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013332
Nashr sanasi
2026-03-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v5i2.2026
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
113–118
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06