YUZ-JAG‘ TRAVMALARIDAN KEYINGI ASORATLAR: TISH, JAG‘ NEKROZI VA PERIODONTAL JAROHLATLAR TAHLILI
Yusupjanova Nigora Davrbek qizi1, Maxkamov Shohboz Rustamjon o‘g‘li22026
- 1Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti assistenti
- 2Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Travmatologiya va ortopediya bo‘limi, travmatolog-ortoped shifokori
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 266–273
Annotatsiya
Yuz-jag‘ sohasi travmalari zamonaviy tibbiyotda dolzarb muammolardan biri bo‘lib, ularning oqibatida yuzaga keladigan asoratlar stomatologiya va jag‘-yuz jarrohligi amaliyotida murakkab patologik jarayonlarni shakllantiradi. Ushbu ilmiy maqolada yuz-jag‘ travmalaridan keyin rivojlanadigan tish va jag‘ suyaklari nekrozi, periodontal to‘qimalar shikastlanishi hamda ularning anatomik va patofiziologik asoslari tahlil qilinadi. Travmatik omillar ta‘sirida yuz-jag‘ sohasini qon bilan ta‘minlanishi buzilishi, suyak va yumshoq to‘qimalarda trofik yetishmovchilik yuzaga kelishi nekrotik jarayonlarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Periodontal to‘qimalarda yallig‘lanish, mikrotsirkulyatsiya izdan chiqishi va harorat o‘zgarishlari patologik jarayonning chuqurlashuviga olib keladi. Maqolada yuz-jag‘ travmalarining turlari, sinish mexanizmlari, davolash jarayonida uchraydigan asoratlar va ularning statistik dolzarbligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Ushbu tahliliy ish yuz-jag‘ travmalarining uzoq muddatli oqibatlarini tushunishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘lar: yuz-jag‘ travmasi, jag‘ nekrozi, periodontal jarohat, sinish, mikrotsirkulyatsiya, yallig‘lanish, harorat, osteonekroz, travmatik omil, qon ta‘minoti, suyak rezobsiyasi. COMPLICATIONS AFTER MAXILLOFACIAL TRAUMA: ANALYSIS OF TOOTH, JAW NECROSIS AND PERIODONTAL INJURIES
Boshqa tillarda
ruschaОСЛОЖНЕНИЯ ПОСЛЕ ЧЕЛЮСТНО-ЛИЦЕВОЙ ТРАВМЫ: АНАЛИЗ НЕКРОЗА ЗУБОВ, ЧЕЛЮСТИ И ПАРОДОНТА
Челюстно-лицевая травма является одной из актуальных проблем современной медицины, а возникающие в результате нее осложнения формируют сложные патологические процессы в практике стоматологии и челюстно-лицевой хирургии. В данной научной статье анализируются некроз зубов и челюстных костей, повреждение пародонтальных тканей и их анатомические и патофизиологические основы после челюстно-лицевой травмы. Под воздействием травматических факторов нарушение кровоснабжения челюстно-лицевой области, трофическая недостаточность костной и мягкой ткани создают основу для развития некротических процессов. Воспаление, нарушение микроциркуляции и температурные изменения в пародонтальных тканях приводят к углублению патологического процесса. В статье рассматриваются виды челюстно-лицевой травмы, механизмы переломов, осложнения при лечении и их статистическая значимость на основе научных источников. Данная аналитическая работа служит теоретической основой для понимания долгосрочных последствий челюстно-лицевой травмы.
inglizchaCOMPLICATIONS AFTER MAXILLOFACIAL TRAUMA: AN ANALYSIS OF TOOTH AND JAW NECROSIS AND PERIODONTAL INJURIES
Trauma of the maxillofacial region is one of the pressing problems of modern medicine, and the complications arising from it form complex pathological processes in the practice of dentistry and maxillofacial surgery. This scientific article analyses the necrosis of the teeth and jaw bones and the damage to the periodontal tissues that develop after maxillofacial trauma, together with their anatomical and pathophysiological foundations. Under the influence of traumatic factors, the disruption of the blood supply to the maxillofacial region and the emergence of trophic insufficiency in bone and soft tissues create the basis for the development of necrotic processes. Inflammation of the periodontal tissues, disturbance of microcirculation and temperature changes lead to the deepening of the pathological process. The article describes, on the basis of scientific sources, the types of maxillofacial trauma, the mechanisms of fractures, the complications encountered during treatment and their statistical relevance. This analytical work serves as a theoretical foundation for understanding the long-term consequences of maxillofacial trauma.
Kalit so‘zlar
- yuz-jag‘ travmasi
- jag‘ nekrozi
- periodontal jarohat
- sinish
- mikrotsirkulyatsiya
- yallig‘lanish
- harorat
- osteonekroz
- travmatik omil
- qon ta‘minoti
- suyak rezorbsiyasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘K: 616.716-001:616.314-002:616.314.18 YUZ-JAGʻTRAVMALARIDAN KEYINGI ASORATLAR: TISH, JAGʻNEKROZI VA PERIODONTAL JAROHLATLAR TAHLILI Yusupjanova Nigora Davrbek qizi Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universitet assistenti, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi 64 uy, Farg‘ona, O‘zbekiston, E-mail: info@camuf.uz E-mail: nigorausupzanova79@gmail.com Maxkamov Shohboz Rustamjon o‘g‘li Farg‘ona viloyat Ko‘p Tarmoqli Tibbiyot Markazi, Travmatologiya va Ortopediya bo‘limi, travmatolog-ortoped shifokori E-mail: Shahboz96@list.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.18213402 Annotatsiya: Yuz-jagʻsohasi travmalari zamonaviy tibbiyotda dolzarb muammolardan biri boʻlib, ularning oqibatida yuzaga keladigan asoratlar stomatologiya va jagʻ-yuz jarrohligi amaliyotida murakkab patologik jarayonlarni shakllantiradi. Ushbu ilmiy maqolada yuz-jagʻtravmalaridan keyin rivojlanadigan tish va jagʻsuyaklari nekrozi, periodontal toʻqimalar shikastlanishi hamda ularning anatomik va patofiziologik asoslari tahlil qilinadi. Travmatik omillar taʼsirida yuz-jagʻsohasini qon bilan taʼminlanishi buzilishi, suyak va yumshoq toʻqimalarda trofik yetishmovchilik yuzaga kelishi nekrotik jarayonlarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Periodontal toʻqimalarda yalligʻlanish, mikrotsirkulyatsiya izdan chiqishi va harorat oʻzgarishlari patologik jarayonning chuqurlashuviga olib keladi. Maqolada yuz-jagʻtravmalarining turlari, sinish mexanizmlari, davolash jarayonida uchraydigan asoratlar va ularning statistik dolzarbligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Ushbu tahliliy ish yuz-jagʻtravmalarining uzoq muddatli oqibatlarini tushunishda nazariy asos boʻlib xizmat qiladi. Kalit so‘lar: yuz-jagʻtravmasi, jagʻnekrozi, periodontal jarohat, sinish, mikrotsirkulyatsiya, yalligʻlanish, harorat, osteonekroz, travmatik omil, qon taʼminoti, suyak rezobsiyasi.
COMPLICATIONS AFTER MAXILLOFACIAL TRAUMA: ANALYSIS OF TOOTH, JAW NECROSIS AND PERIODONTAL INJURIES Abstract: Maxillofacial trauma is one of the urgent problems in modern medicine, and the complications arising from them form complex pathological processes in the practice of dentistry and maxillofacial surgery. This scientific article analyzes the necrosis of teeth and jaw bones, periodontal tissue damage, and their anatomical and pathophysiological basis after maxillofacial trauma. Under the influence of traumatic factors, impaired blood supply to the maxillofacial region, trophic insufficiency in bone and soft tissues create the basis for the development of necrotic processes. Inflammation, microcirculation disruption and temperature changes in periodontal tissues lead to a deepening of the pathological process. The article covers the types of maxillofacial trauma, fracture mechanisms, complications during treatment, and their statistical relevance based on scientific sources. This analytical work serves as a theoretical basis for understanding the long-term consequences of maxillofacial trauma. Keywords: maxillofacial trauma, jaw necrosis, periodontal injury, fracture, microcirculation, inflammation, temperature, osteonecrosis, traumatic factor, blood supply, bone resorption.
ОСЛОЖНЕНИЯ ПОСЛЕ ЧЕЛЮСТНО-ЛИЦЕВОЙ ТРАВМЫ: АНАЛИЗ НЕКРОЗА ЗУБОВ, ЧЕЛЮСТИ И ПАРОДОНТА Аннотация: Челюстно-лицевая травма является одной из актуальных проблем современной медицины, а возникающие в результате нее осложнения формируют сложные патологические процессы в практике стоматологии и челюстно-лицевой хирургии. В данной научной статье анализируются некроз зубов и челюстных костей, повреждение пародонтальных тканей и их анатомические и патофизиологические основы после челюстно-лицевой травмы. Под воздействием травматических факторов нарушение кровоснабжения челюстно-лицевой области, трофическая недостаточность костной и мягкой ткани создают основу для развития некротических процессов. Воспаление, нарушение микроциркуляции и температурные изменения в пародонтальных тканях приводят к углублению патологического процесса. В статье рассматриваются виды челюстно-лицевой травмы, механизмы переломов, осложнения при лечении и их статистическая значимость на основе научных источников. Данная аналитическая работа служит теоретической основой для понимания долгосрочных последствий челюстнолицевой травмы. Ключевые слова: челюстно-лицевая травма, некроз челюсти, повреждение пародонта, перелом, микроциркуляция, воспаление, температура, остеонекроз, травматический фактор, кровоснабжение, резорбция кости.
KIRISH Yuz-jagʻsohasi anatomik jihatdan murakkab va funksional jihatdan muhim a’zolar tizimi hisoblanadi. Ushbu soha nafaqat chaynash va nutq funksiyalarini taʼminlaydi, balki nafas olish, estetik ko‘rinishni va himoya vazifalarini ham bajarib beradi. Shu sababli yuz-jagʻtravmalari nafaqat lokal, balki butun organizm miqyosida jiddiy klinik va ijtimoiy ahamiyatga ega muammo sifatida baholanadi. Jahon miqyosidagi ilmiy tahlillar shuni koʻrsatadiki, yuz-jagʻtravmalari barcha travmatik shikastlanishlarning sezilarli qismini tashkil etadi va ularning asoratlari uzoq muddatli reabilitatsiyani talab qiladi. Travmatik jarohat omillari taʼsirida yuz-jagʻsuyaklari va periodontal toʻqimalarda yuzaga keladigan morfologik va funksional oʻzgarishlar koʻpincha kech aniqlanadi. Ayniqsa, jagʻsuyaklarining qon bilan taʼminlanishining buzilishi nekrotik jarayonlarning rivojlanishiga olib keladi. Jagʻnekrozi – bu suyak toʻqimasida trofik yetishmovchilik, infeksion jarayon va mexanik shikastlanishlar natijasida yuzaga keladigan murakkab patologik holatdir. Ushbu jarayon koʻpincha tish atrofidagi periodontal toʻqimalar bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Periodontal toʻqimalar - yuz-jagʻtravmalariga juda sezgir boʻlib, ularning mexanik shikastlanishi, mikrotsirkulyatsiya buzilishi va lokal harorat oʻzgarishlari yalligʻlanish jarayonlarini kuchaytiradi. Travmadan keyingi davrda periodontal boʻshliqlarda qon aylanishining izdan chiqishi, ligamentlarning degeneratsiyasi va alveolyar suyak rezorbsiyasi kuzatiladi. Ushbu jarayonlar uzoq muddat davom etib, tishlarning funksional barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, yuz-jagʻtravmalarining asosiy qismi yoʻl-transport hodisalari, maishiy va ishlab chiqarish jarayoni jarohatlari bilan bogʻliq. Soʻnggi yillarda urbanizatsiya va texnogen omillarning ortishi yuz-jagʻshikastlanishlari sonining oshishiga sabab boʻlmoqda. Bu esa travmalardan keyingi asoratlarni chuqur ilmiy oʻrganish va ularning oldini olish strategiyalarini ishlab chiqishni talab etadi.
Mazkur maqolaning maqsadi – yuz-jagʻtravmalaridan keyingi tish va jagʻnekrozi, periodontal jarohatlar va ular bilan bogʻliq patologik jarayonlarni anatomik, klinik-nazariy va statistik jihatdan tahlil qilishdir. MATERIAL VA METODIKA Ushbu ilmiy ish ikkilamchi tadqiqot usuliga asoslangan boʻlib, zamonaviy stomatologiya va jagʻ-yuz jarrohligi sohasidagi ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va nazariy ishlarga tayanadi. Tadqiqot jarayonida yuz-jagʻtravmalari, jagʻnekrozi va periodontal shikastlanishlarga oid ilmiy adabiyotlar tizimli ravishda tahlil qilindi. Materiallar sifatida xalqaro va milliy ilmiy bazalarda chop etilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar tanlab olindi. Metodik yondashuv doirasida travmalar etiologiyasi, patogenezi va morfologik oqibatlari boʻyicha nazariy modellardan foydalanildi. Yuz-jagʻsuyaklarining anatomik tuzilishi, qon tomir tarmogʻi va innervatsiyasi travmatik shikastlanishlar kontekstida baholandi. Periodontal toʻqimalarning fiziologik holati va ularning travmaga javob reaksiyasi ilmiy manbalarda keltirilgan eksperimental va klinik kuzatuvlar asosida umumlashtirildi. Statistik tahlil uchun turli ilmiy ishlar va sharh maqolalarda berilgan umumlashtirilgan epidemiologik koʻrsatkichlardan foydalanildi. Ushbu maʼlumotlar asosida yuz-jagʻtravmalarining kelib chiqish sabablari va asoratlar chastotasi nazariy jihatdan baholandi. Diagrammalar travmalarning tarqalishi va asoratlar strukturasi haqida umumiy ilmiy tasavvur berish maqsadida ishlab chiqildi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqot metodologiyasida individual bemorlar, klinik holatlar yoki retrospektiv tahlillar kiritilmadi. Barcha xulosalar umumlashtirilgan ilmiy-nazariy va statistik maʼlumotlarga asoslangan holda shakllantirildi.
1-Diagramma: Yuz-jagʻtravmalarining kelib chiqishiga koʻra taqsimoti. Diagrammada yuz-jagʻsohasidagi travmalarning asosiy etiologik omillari va ularning umumiy struktura ichidagi ulushi aks ettirilgan. Eng yuqori koʻrsatkich yoʻl-transport hodisalariga toʻgʻri keladi. NATIJALAR Ilmiy manbalar tahlili yuz-jagʻtravmalarining koʻp hollarda murakkab kombinatsiyalangan shikastlanishlar bilan kechishini koʻrsatadi. Travmatik taʼsir kuchiga qarab
jagʻsuyaklarida yoriqlar, toʻliq yoki qisman sinishlar, alveolyar oʻsimta shikastlanishlari kuzatiladi. Ushbu jarayonlar tish va periodontal toʻqimalarning anatomik yaxlitligini buzadi. Jagʻnekrozi rivojlanishida - asosiy omil sifatida qon bilan taʼminlanishning izdan chiqishi qayd etiladi. Travma natijasida tomirlar spazmi, tromboz va lokal ishemiya yuzaga keladi. Natijada osteotsitlar oziqlanishdan mahrum boʻlib, suyak toʻqimasida nekrotik oʻzgarishlar boshlanadi. Nekroz koʻpincha sekin kechib, klinik jihatdan kech aniqlanadigan patologiya hisoblanadi. Periodontal jarohatlar esa travmadan soʻng darhol yoki kechikkan shaklda rivojlanishi mumkin. Periodontal bogʻlamlar shikastlanishi tishlarning siljishi, alveolyar suyak rezorbsiyasi va yalligʻlanish jarayonlari bilan kechadi. Haroratning lokal koʻtarilishi metabolik jarayonlarning faollashuvi va yalligʻlanish mediatorlari ajralishi bilan bogʻliq. Statistik tahlillar yuz-jagʻtravmalaridan keyin periodontal shikastlanishlar eng koʻp uchraydigan asoratlardan biri ekanini koʻrsatadi. Jagʻnekrozi kamroq uchrasa-da, eng ogʻir oqibatlarga olib keluvchi patologiya sifatida baholanadi.
2-Diagramma: Yuz-jagʻtravmalaridan keyingi asosiy asoratlarning uchrashish darajasi. Diagrammada periodontal shikastlanishlar yetakchi oʻrinni egallashi, jagʻnekrozi esa kamroq uchrasa-da, klinik jihatdan muhim patologiya ekani koʻrsatilgan. MUHOKAMA Yuz-jagʻtravmalaridan keyin rivojlanadigan asoratlar stomatologiya va jagʻ-yuz jarrohligining eng murakkab muammolaridan biri hisoblanadi. Ilmiy manbalar tahlili shuni koʻrsatadiki, travmatik shikastlanishlar natijasida yuz-jagʻsohasida yuzaga keladigan patologik oʻzgarishlar bir vaqtning oʻzida bir nechta toʻqimalarni qamrab oladi. Suyak, periodontal, tomir va yumshoq toʻqimalarning oʻzaro funksional bogʻliqligi travmadan keyingi asoratlarning rivojlanish mexanizmini murakkablashtiradi. Jagʻnekrozi yuzaga kelishida asosiy patogen omil sifatida suyak toʻqimasining qon bilan taʼminlanishining buzilishi eʼtirof etiladi. Travmatik taʼsir natijasida tomirlar deformatsiyasi, spazmi va mikrotsirkulyator buzilishlar rivojlanadi. Ushbu jarayonlar suyak hujayralarining kislorod va ozuqa moddalar bilan taʼminlanishini keskin cheklaydi. Natijada osteotsitlarning hayotiy faoliyati izdan chiqib, nekrotik jarayonlar bosqichma-bosqich rivojlanadi. Ilmiy
nazariyalarga koʻra, nekroz koʻpincha yashirin kechadi va kech aniqlanadigan patologiya sifatida baholanadi. Periodontal toʻqimalar esa travmatik omillarga eng sezgir anatomik strukturalardan biridir. Travmadan keyin periodontal bogʻlamlarning mexanik shikastlanishi, alveolyar suyak plastinkalarining mikroyoʻqotilishi va ligament apparatining choʻzilishi kuzatiladi. Bu holatlar periodontal boʻshliqda yalligʻlanish jarayonining faollashuviga olib keladi. Yalligʻlanish mediatorlari ajralishi natijasida lokal harorat koʻtariladi, fermentativ jarayonlar tezlashadi va toʻqimalarning destruksiyasi kuchayadi.
1-Rasm: a) Travmadan oldingi yuz-jagʻsohasining yon proyeksiyadagi klinik ko‘rinishi, b) Jarrohlik va rekonstruktiv davolashdan keyingi yuz-jagʻprofilining tiklangan holati, c) Ko‘p bo‘lakli yuz-jagʻsinishlarida metall plastinalar yordamida osteosintez qilingan 3D KT tasviri, d) Pastki jagʻva oʻrta yuz sohasida bajarilgan osteosintezdan keyingi frontal proyeksiyadagi 3D rekonstruksiya, e) Pastki jagʻsinishlarida metall plastinalarning lateral joylashuvi aks etgan 3D KT tasviri, f) Yuz-jagʻsuyaklarining stabil fiksatsiyasidan keyingi yakuniy 3D rekonstruktiv holat. Muhokama qilingan ilmiy manbalar asosida aniqlanishicha, periodontal shikastlanishlar yuz-jagʻtravmalaridan keyingi eng koʻp uchraydigan asorat hisoblanadi. Buning asosiy sababi periodontal toʻqimalarning yuqori darajada innervatsiyalanganligi va qon tomirlar bilan boy taʼminlanganligidir. Travmatik omil ushbu tizimning muvozanatini tez buzadi va patologik jarayonni boshlaydi. Statistik tahlillar yuz-jagʻtravmalarining kelib chiqishida yoʻl-transport hodisalari yetakchi oʻrinda ekanini koʻrsatadi. Bu holat zamonaviy jamiyatda texnogen omillar va urbanizatsiyaning kuchayishi bilan izohlanadi. Maishiy va ishlab chiqarish jarohatlari ham muhim ulushga ega boʻlib, ular koʻpincha bevosita mexanik zarba bilan bogʻliq. Sport bilan bogʻliq travmalar nisbatan kamroq uchrasa-da, yuqori energiyali shikastlanishlar bilan kechishi sababli ogʻir asoratlar xavfi yuqori.
2-Rasm: (a) Operatsiyadan oldingi og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rinishi: pastki o‘ng jag‘sohasida suyakka tutashgan, yiringli oqindi bilan kechuvchi oqma aniqlandi, (b) Operatsiyadan oldingi OPG: o‘ng jag‘tanasida litik o‘choq kuzatildi, (c) Operatsiyadan oldingi KT (koronal kesim): alveolyar kanalni qamrab olgan litik shikastlanishning pastki tomonga kengayishi aniqlandi, (d) Jag‘ning stereolitografik modeli va CAD/CAM texnologiyasi asosida tayyorlangan individual rekonstruktsiya plastinkasi, (e) Nekrotik suyakni chekka rezeksiya qilish uchun virtual jarrohlik rejalashtirish (VSP), kesish yo‘riqnomasi va moslashtirilgan plastinka bilan fiksatsiya, (f) Ikki qismli kesish yo‘riqnomasini transbukkal usulda fiksatsiya qilish jarayonidagi operatsion ko‘rinishi, (g) Og‘iz ichi–transbukkal yondashuv orqali plastinka fiksatsiyasidan keyingi operatsion holat, (h) Operatsiyadan 1 yil o‘tib olingan og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rinishi: suyak ochilishi va yiringli ajralmalar aniqlanmadi, (i) Operatsiyadan 1 yil o‘tib olingan OPG: plastinkaning ideal moslashuvi va suyak remodelatsiyasi belgilari, (j) 1 yildan keyingi KT: plastinkaning barqarorligi va sinish belgilarining yo‘qligi. Jagʻnekrozi va periodontal jarohatlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik alohida eʼtiborga loyiq. Periodontal toʻqimalarda uzoq davom etuvchi yalligʻlanish jarayoni alveolyar suyakda rezorbsiyani kuchaytiradi va bu holat nekrotik oʻzgarishlarga qulay sharoit yaratadi. Shu bilan birga, nekroz rivojlangan holatlarda periodontal apparatning funksional barqarorligi butunlay izdan chiqadi. Shu nuqtai nazardan, yuz-jagʻtravmalarini faqat suyak shikastlanishi sifatida emas, balki murakkab ko‘p komponentli patologik jarayon sifatida baholash ilmiy jihatdan asoslangan yondashuv hisoblanadi. Ushbu muhokama natijalari travmadan keyingi asoratlarning oldini olish va ularni kamaytirish masalalarida nazariy asos vazifasini bajaradi.
3-Rasm: (a) Operatsiyadan oldingi og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rinishi: pastki o‘ng jag‘sohasida suyakka yetib borgan oqma aniqlandi, (b) Operatsiyadan oldingi OPG: o‘ng jag‘tanasida taxminan 30 mm hajmli litik o‘choq kuzatildi, (c) Operatsiyadan oldingi KT (koronal kesim): molyar sohada suyak sekvestri hamda jag‘kanali va ichki kortikal plastinkaga tarqalgan litik shikastlanish aniqlandi, (d) CAD/CAM texnologiyasi asosida rejalashtirilgan nekrotik suyakni chekka rezeksiya qilish va individual fiksatsiya plastinkasi, (e) Jag‘ning stereolitografik modeli va individual rekonstruktsiya plastinkasi, (f) Kesish yo‘riqnomasi o‘rnatilgandan so‘ng, osteonekroz aniqlangan operatsion maydon, (g) Individual rekonstruktsiya plastinkasi bilan ichki fiksatsiyadan keyingi holat, (h) Operatsiyadan 9 oy o‘tib olingan OPG: plastinkaning moslashuvi va suyak regeneratsiyasi belgilari, (i) Operatsiyadan keyingi og‘iz bo‘shlig‘i: suyak ochilishi va yiringli ajralmalar yo‘q, (j) 1 yildan keyingi KT: plastinkaning barqarorligi va sinish belgilarining yo‘qligi. XULOSA Yuz-jagʻtravmalaridan keyingi tish, jagʻnekrozi va periodontal jarohatlar murakkab patofiziologik mexanizmlar asosida rivojlanadi. Travmatik taʼsir natijasida yuzaga keladigan mikrotsirkulyator buzilishlar, yalligʻlanish jarayonlari va toʻqimalarning trofik yetishmovchiligi ushbu asoratlarning asosiy sababini tashkil etadi. Ilmiy-nazariy va statistik tahlillar periodontal shikastlanishlar eng koʻp uchraydigan asorat ekanini, jagʻnekrozi esa kamroq uchrasa-da, eng ogʻir va uzoq davom etuvchi patologiya ekanini koʻrsatadi. Ushbu maqolada keltirilgan xulosalar yuz-jagʻtravmalarini chuqurroq tushunishga, ularning oqibatlarini baholashga va kelajakdagi ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy poydevor yaratishga xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar22 ta adabiyot
- Bowen, W. H., & Koo, H. (2011). Biology of Streptococcus mutans‑derived glucosyltransferases: Role in extracellular matrix formation of cariogenic biofilms. Caries Research, 45(1), 69–86.
- Featherstone, J. D. B. (2004). The continuum of dental caries—Evidence for a dynamic disease process. Journal of Dental Research, 83(C), C39–C42.
- Zero, D. T. (1999). Dental caries process. Annals of the New York Academy of Sciences, 43(1), 219–229.
- Mujdeci, A., & Bağış, B. (2014). Effects of energy drinks on enamel erosion. Journal of Oral Science, 56(2), 85–91.
- Edgar, W. M., Higham, S. M., & Manning, R. (1998). The role of saliva in caries models. Caries Research, 32(3), 189–195.
- Harris, R., Nicoll, A. D., Adair, P. M., & Pine, C. M. (2004). Risk factors for dental caries in young children: A systematic review. Community Dentistry and Oral Epidemiology, 32(1), 3–
- Touger‑Decker, R., & van Loveren, C. (2003). Sugars and dental caries. American Journal of Clinical Nutrition, 78(4), 881S–892S.
- ten Cate, J. M. (2008). Cariology: The core and its niche. Caries Research, 42(4), 275–279.
- Tellez, M., & Gomez, J. (2012). The impact of tooth erosion and dental caries. Journal of the American Dental Association, 143(5), 540–545.
- Hara, A. T., & Zero, D. T. (2010). The potential of saliva in protecting against dental erosion. Monographs in Oral Science, 20, 197–205.
- Ergashev, B. (2025). Fabrication and rehabilitation of edentulous patients using removable dentures. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 4(2), 23–27.
- Ergashev, B. (2025). Bacterial inflammation of paradontal tissues, etiology and pathogenesis. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 4(2), 16–22.
- Ergashev, B. (2025). Dental caries. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 4(2), 37–43.
- Ergashev, B. J. (2025). Viral respiratory diseases of poultry: Diagnosis, prevention and control. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 4(2), 28–36.
- Ergashev, B. (2025). Application of individualized programs in non-removable orthodontic treatment for managing complex and irreversible malocclusions. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 4(7), 163–166.
- Ergashev, B. (2025). Application of metal-ceramic crowns in the preparation and grinding of hard dental tissues. Modern Science and Research, 4(5), 1873–1877.
- Ergashev, B. (2025). Modern methods of pulpitis treatment. Modern Science and Research, 4(5), 1878–1881.
- Ergashev, B. (2025). Modern pedagogical technologies in medical universities: The effectiveness of interactive teaching and simulation methods. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR), 5(5), 29–32.
- Ergashev, B. (2025). Etiology and pathogenesis of hypertrophic pulpitis. Modern Science and Research, 4(6), 5–10.
- Ergashev, B. (2025). Odontogenic tumors etiology, clinical features, pathogenesis, and treatment methods. Modern Science and Research, 4(6), 11–15.
- Ergashev, B., & Parpieva, O. (2025). New methods of treatment and prevention of periodontitis. Академические исследования в современной науке, 4(35), 182–187.
- Ergashev, B. J. O‘g‘li. (2025). Klinik endodontiyada irrigatsion eritmalar: Turlari, xususiyatlari va faollashtirish mexanizmlari. Research Focus, 4(5), 215–222.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013249
- Nashr sanasi
- 2026-01-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 12
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i12.1938
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 266–273
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11