JISMONIY MASHQLARNING TALABALAR VA YOSH AVLOD ORGANIZMIGA TA‘SIRI
Xojimirzayev Shuxratjon DedamirzayevichNamangan davlat universiteti jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi dotsenti v.v.b.2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 11Sahifa 166–170
Annotatsiya
Maqola, Jismoniy mashqlarning inson organizmiga ta‘siri, bugungi kunda talabalarni har tomonlama kamol topishi, mustaqil fikrlay olishi, qolaversa yurtimizda o‘tkazilayotgan isloxotlarning samarasi, o‘sib kelayotgan yosh avlodning salomatligiga bag‘ishlangan.
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ ФИЗИЧЕСКИХ УПРАЖНЕНИЙ НА ОРГАНИЗМ СТУДЕНТОВ И МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ
Статья посвящена влиянию физических упражнений на организм человека, всестороннему развитию современных школьников, их способности к самостоятельному мышлению, а также результатам проводимых в нашей стране реформ и здоровью подрастающего поколения.
inglizchaTHE EFFECT OF PHYSICAL EXERCISES ON THE BODY OF STUDENTS AND THE YOUNGER GENERATION
The article is devoted to the effect of physical exercise on the human body, to the all-round development of today‘s students and their ability to think independently, and also to the effectiveness of the reforms being carried out in our country and the health of the growing young generation.
Kalit so‘zlar
- Sog‘lom turmush tarzi
- ta‘lim-tarbiya
- uzluksiz ta‘lim tizimi
- qad-qomatni shakllantirish
- maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
JISMONIY MASHQLARNING TALABALAR VA YOSH AVLOD ORGANIZMIGA TA’SIRI Xojimirzayev Shuxratjon Dedamirzayevich Namangan davlat universiteti jismoniy tarbiya va amaliy sport turlari kafedrasi v.v.b. dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17895750 Annotatsiya: Maqola, Jismoniy mashqlarning inson organizmiga ta’siri, bugungi kunda talabalarni har tomonlama kamol topishi, mustaqil fikrlay olishi, qolaversa yurtimizda o’tkazilayotgan isloxotlarning samarasi, o’sib kelayotgan yosh avlodning salomatligiga bag’ishlangan. Kalit so’zlar: Sog’lom turmush tarzi, ta’lim-tarbiya, uzluksiz ta’lim tizimi, qad-qomatni shakllantirish, maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish.
ВЛИЯНИЕ ФИЗИЧЕСКИХ УПРАЖНЕНИЙ НА ОРГАНИЗМ СТУДЕНТОВ И МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ Хожимирзаев Шухратжон Дедамирзаевич Наманганский государственный университет, кафедра физического воспитания и прикладных видов спорта,Доцент Аннотация: Статья посвящена влиянию физических упражнений на организм человека, всестороннему развитию современных школьников, их способности к самостоятельному мышлению, а также результатам проводимых в нашей стране реформ и здоровью подрастающего поколения. Ключевые слова: Здоровый образ жизни, образование, система непрерывного образования, формирование фигуры, развитие специальных физических качеств.
THE IMPACT OF PHYSICAL EXERCISE ON THE ORGANISM OF STUDENTS AND THE YOUNG GENERATION Khojimirzayev Shukhratjon Dedamirzayevich Namangan State University, Department of Physical Education and Applied Sports Associate Professor Abstract: The article is dedicated to the impact of physical exercise on the human body, the comprehensive development of today's students, their ability to think independently, as well as the results of the reforms being carried out in our country, and the health of the growing younger generation. Keywords: Healthy lifestyle, education, continuing education system, shaping the figure, developing special physical qualities.
KIRISH Jismoniy mashqlar har taraflama jismoniy rivojlanish va insonning harakat qobiliyatlarini takomillashtirishni ta’minlab, uni mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlaydi. Ayniqsa, talabalar va o‘sib borayotgan yosh avlodning jismoniy takomillashuvida jismoniy mashqlarning ahamiyati kattadir. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish boshlang‘ich jismoniy tarbiya masalalarini yanada muvaffaqiyatli hal qiladi, jismoniy qobiliyatlar rivojlanishi uchun mustahkam asos soladi, kelishgan gavda va qad-qomatni shakllantiradi, yurak, qon-tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish a’zolari va inson organizmining boshqa tizimlari bir maromda va tartibda ishlashiga
imkon yaratadi. Jismoniy mashqlarning alohida ahamiyati uning ilm va tarbiya olish imkoniyatlarini o‘z ichiga olganligidadir. Odam gavdasi harakatlarining tahlili va xulosasini egallab olish, o’rganilayotgan harakat mashqlarini sekin asta murakkablashtirib borish, Jismoniy mashqlarning cheksiz ko’rinishlari (ulaming shakli, tuzilishi, bajarish ketma-ketligi) dan foydalanish, jismoniy nashqlar bilan shug‘ullanuvchilarning tasavvurlarini ko’rgazmali kengaytirish, ularning umumiy qonuniyatlarini bilib olish va shunday qilib, aqliy bilim va jismoniy tarbiya o’rtasida amaliy aloqa o’rnatish imkonini beradi. Jismoniy mashqlarning pedagogik ahamiyati kattadir. Ayniqsa gimnastik mashqlarning organizmga ta’siri kuchli hisoblanadi. Inson faoliyatining mehnat, jangovar va maishiy amaliyoti (yurish, yugurish, to’siqlarni yengib o‘tish va h.k.) dan o£zlashtirib olingan mashqlar bilan bir qatorda, gimnastika vositalari xazinasida inson tanasining barcha bo’lishi mumkin bo’lgan anatomik harakatlarga mos keluvchi, maxsus yaratilgan jismoniy mashqlarning anchasi to’plangan. ASOSIY QISM Umumrivojlantiruvchi mashqlardan har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, organizmning funktsional imkoniyatlarini rivojlantirish, qad-qomatni to’g’ri ushlashni shakllantirish maqsadlarida foydalaniladi. Ular asosiy gimnastika harakatlari maktabini yaratishga imkon beradi, harakat ko‘nikmalari va mahoratini egallashni yengillashtiradi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar gavdaning ayrim qismlari bilan buyumsiz va buyum bilan, shuningdek, turli gimnastika anjomlari bilan bajariladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarning alohida ahamiyati uning ayrim muskullar, muskullar guruhlari, gavda qismlari va odamning butun tayanch harakat tizimiga turlicha ta’sir ko’rsatish imkoniyati mavjudligidadir. Umumrivojlantiruvchi mashqlarning yozilishi. Ayrim harakatni yozishda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1. Harakat boshlanadigan dastlabki holat (d.h.). 2. Harakatning nomi (egilish, burilish, siltanish, cho’kkalash, tashlanish va hokazo). 3. Harakat yo’nalish (o’ngga, orqaga va hokazo). 4. Oxirgi holat (zarurat bo’lsa). Bir vaqtda bajariladigan bir nechta harakatni yozishda ham ayrim harakatni yozishda nimalar ko’rsatilsa, shularni ko’rsatish qabul qilingan, lekin bunda oldin asosiy harakat (odatda, gavda yoki oyoqlar harakati), keyin boshqa harakatlar ko’rsatiladi. Amaliy jismoniy mashqlar harakatning tabiiy turlari (yurish, yugurish, sakrash, irg’itish, tirmashish, oshib o’tish, to’siqlami yengib o’tish, yuk tashish, muvozanat) dan iborat. Ular har tomonlama jismoniy rivojlanishda yaxshi vosita bo’lib xizmat qiladi, hayot uchun zarur asosiy harakat ko’nikmalarni egallash imkonini beradi, odamning jismoniy sifatlari (kuch, tezlik, chidamlilik, epchillik) ni takomillashtiradi. Amaliy mashqlar harakat tuzilishining oddiyligi shug'ullanuvchilarning har qanday kontingenti uchun qulaydir. Bu mashqlarning anchagina qismi qator jismoniy to’g’rilash vositasi hisoblanadi va o’quvchi yoshlar jismoniy tarbiya amaliyotida keng foydalaniladi. Yuqorida ko’rsatilgan mashqlardan tashqari, gimnastika mashg’ulotlarida irg’itish, sakrash, tirmashish, oshib o’tish, muvozanatdagi mashqlar, tashish va ko’pgina boshqa mashqlarni o‘z ichiga olgan ochiq havodagi sport o’yinlari va estafetalardan keng foydalaniladi. Ochiq havodagi sport o’yinlari va estafetalar jamoatchilik, tashabbus, tirishqoqlik, epchillik, faollik va ongli intizomni his qilishni tarbiyalashga imkon beradi. Ular gimnastika darslariga his-hayajon tusini beradi, shug‘ullanuvchilarni tetiklantiradi, ularning kayfiyatini ko’taradi. Asosiy gimnastika vositalarining xosligi, shug‘ullanuvchilar faoliyatining qat’iy belgilanishi, tarixan yuzaga kelgan
an’analar ma’lum darajada gimnastikaning uslubiy xususiyatlarini shakllantirib, ular ichidan eng o’ziga xoslari quyidagilar hisoblanadi. Odamga har tomonlama ta’sir. U gavdasining deyarli barcha anatomik lozim bo’lgan harakatiaridan foydalanib, ular yordamida organizm va tayanch-harakat tizimi vazifalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishda foydalanishga imkon beradi. Bundan tashqari, gimnastika mashqlari odamning barcha asosiy harakat ko’nikmalari va mahoratini shakllantiradi va takomillashtiradi. Ular shakli, tuzilishi, mazmuni va bajarish uchun zarur bo’lgan kuchlanish jadalligi turli xil jismoniy mashqlarning keng doirasini qamrab oladi. Shug’ullanuvchilar organizmining turli tizim va tayanch - harakat a’zoiariga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy mashqlarning o’ziga xos uslubiy xususiyatlaridan biri shug’ullanuvchilarning ayrim muskullari, muskul guruhlari, gavda qismlarining a’zolari va umuman aytganda, butun tayanch-harakat a’zolariga nisbatan turlicha ta’sir ko’rsatish imkoniyati hisoblanadi. Mashqlarning maxsus tanlanishi, dastlabki oraliq va oxirgi holatlarni o‘zgartirish imkoniyati, ularni bajarishdagi usullarning o’zaro bogliqligining o’zi shug’ullanuvchilar organizmiga maqsadga muvofiq tarzda ta’sir ko’rsatish uchun qulay sharoitlar yaratadi, ularda kerakli harakat mahorati va ko’nikmalarini muvaffaqiyatli shakllantirish, jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish, gimnastik harakatlar tafsilotlari va texnikasini takomillashtirishga imkon beradi1. Xar bir murabbiy yoshlarning ma'naviy va axlokiy sifatlarini rivojlantirish, idroki va aql-zakovatini baxolash, ularning kobiliyatlari va odamiylik sifatlarini ustirish, etuk mutaxassis bo'lib etishishiga jismonan va ruxan tayyorlashga e'tiborini kuchaytirishi lozim. Murabbiylarimiz oldida bitta maqsad bo'ladiki, u xam bo'lsa faqat g'alaba qozonish. Buning uchun bugungi kunda yurtimizda yaratilgan shart - sharoitlardan, imkoniyatlardan to'liq va samarali foydalanish, xorijiy tajribalarni o'rganish darkor. Shug'ullanuvchilarning mashq qildirishdan yana bir maksad – sport ustasi, sport ustaligiga nomzod va boshqa shu kabi razryadli normativlarni uzlashtirishdan iborat. Shug'ullanuvchilarning sport tayyorgarligiga oid vazifalar umum - lashtirilganda, quyidagilardan iboratdir: 1. Shug'ullanuvchilar organizmining tashqi shakllari va funktsiyalarini xar tomonlama barkamol rivojlantirish. 2. Shug'ullanuvchilarning jismoniy sifatlari: kuchi, egiluvchanligi, koordinasiyasi, sakrovchanligi, tezkorligi, muvozanatni tuta bilishi va chidamliligini mutanosib rivojlantirish. 3. Jismoniy mashqlarni muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bulgan maxsus bilim va ko'nikmalar tizimini shakllantirish. 4. Ma'naviy, irodaga oid, ahlokiy-estetik xususiyatlarni tarbiyalash. 5. Maxsus estetik sifatlar: mashq xarakatlarini xis eta bilish, ifodalilik va artistizmni rivojlantirish. Ijro yoki ijro maxorati kuyidagi komponentlarni uz ichiga oladi: a) texnik komponentlar - texnikaning samarasi, elementlar,birikmalar va butun kompozisiya kanchalik anik, engil, mukammal va oson bajarilishi bilan bon lik jihatlar; b) jismoniy komponeitlar - gimnastikachilar karakatlarining jismoniy xususiyatlari: amplitudaviylik, dinamiklik, shiddati bilan boglik buladi. Bunda karakatlarda yanada kuprok amplituda, baland va uzokka sakrashlar, tezkorlik kuzatilishi kerak. v) estetik komponentlar yaxshi statik va dinamik komat, karakatlarning yukori madaniyati - nafosatli, nazokatli, plastik va yaxlit ijroni kuzda tutadi;
g) ijro makoratining musikiy-ifodali komponentlari karakatlarning musikaga, uning xususiyatiga, maromiga mos bulishi va ijroning emotsional jikatdan boy bulishini nazarda tutadi. Jismoniy mаshqlаrining tеrminlаri. Оdimlаsh – jоydаn-jоygа ko’chishning хilmа-хil turlаri. Оdimlаshning оddiy оdimlаsh, kеskin оdimlаsh, оyoq uchigа ko’tаrilishdаn bоshlаb оdimlаsh, оyoqlаr uchidа оdimlаsh, kеskin оdimlаsh, tаshlаnib-tаshlаnib оdimlаsh, lo’killаb оdimlаsh, аlmаshlаb оdimlаsh, pоlkа qаdаmi bilаn оdimlаsh vа хоkаzо turlаri bоr. Yugurish – хаr biridа uchish fаzаsi bo’lgаn оdimlаsh. Yugurishdаgi nоmlаr, оdimlаshdаgi nоmlаrgа o’хshаsh. Burilish – gаvdаning vеrtikаl yoki uzunаsigа o’q аtrоfidаgi аylаnmа хаrаkаti. Burilishning quyidаgi оyoqlаrni оlib-qo’yib burilish, оyoqlаr uchidа burilish, chаlishtirmа burilish, siltаnib burilish, burаmа burilish, burilish vа хоkаzо turlаri bоr. Sаkrаsh – оyoqlаrdа dеpsingаndаn kеyin erkin pаrvоz etish, хаrаkаt ko’lаmi vа gаvdаning хаvоdаgi хоlаtigа qаrаb sаkrаshning quyidаgi to’g’ri sаkrаsh, bukilib sаkrаsh, kеrishib sаkrаsh, оchiq sаkrаsh, yopiq sаkrаsh, оdimlаb sаkrаsh, sаpchib sаkrаsh, chаrхpаlаksimоn sаkrаsh, tаyanib sаkrаsh, tаshlаnib sаkrаsh yarim хаlqаsimоn sаkrаsh vа хоkаzо turlаri mаvjud. Qo’llаrni purijinаsimоn хаrаkаtlаntirish – bаrchа bo’g’inlаrni bаrаvаrigа bukib purijinаsimоn yaхlit хаrаkаt qilish.turli yqnаlishlаrdа bаjаrilаdi. To’lqinsimоn – do’ngsimоn yarim cho’qqаyishdаn bоshlаnаdigаn, bo’g’inlаrning kеtmаg’kеt biri yozilаdigаn biri bukilishdаn ibоrаt murаkkаb yaхlit хаrаkаt. To’lqinsimоn хаrаkаtning quyidаgi turlаri bоr оldingа qаrаb to’lqinsimоn, qng vа chаp tоmоngа to’lqinsimоn хаrаkаtlаr. Mаshqlаrni yozish qоidаlаri vа shаkllаri Jismoniy mashqlarning qisqа vа аniq yozilishi ulаrni tushunishdа kаttа аhаmiyatgа egаdir. Bеlgilаngаn mаqsаdgа qаrаb u yoki bu yozish shаkllаri qo’llаnilаdi: umumlаshmа, аniq (tеrminоlоgik), qisqаrtmа yoki chizmа shаkllаri. Jismoniy mаshqlаrni аtаmаlаr bo’yichа yozish mаvjud qоidаlаr (yuqоridа qаyd qilingаn vа bеlgilаngаn shаkllаr) bo’yichа оlib bоrilаdi. Yozish qоidаlаrigа quyidаgilаr kirаdi: Jismoniy mаshqlаrning аyrim guruhlаri uchun bеlgilаngаn yozish tаrtibi, yozishdа qo’llаnilаdigаn grаmmаtik tаrtib vа bеlgilаrgа riоya qilish. Quyidа mаzkur qоidаlаrni ko’rib chiqаmiz. Bir vаqtdа bаjаrilаdigаn bir nеchа hаrаkаtlаrni yozаyotgаndа аlоhidа hаrаkаtlаrni yozishdа ko’rsаtilgаnlаrni yozish qаbul qilingаn, lеkin оldin оdаtdа gаvdа yoki оyoqlаr bilаn bаjаrilаdigаn аsоsiy hаrаkаtni kеyin esа qоlgаn hаrаkаtlаrni yozish kеrаk bo’lаdi. Mаsаlаn, d.h. (dаstlаbki hоlаt)-оyoqlаrni kеrib tik turib, qo’llаr yеlkаdа, o’ng оyoqni bukib chаpgа engаshish, qo’llаr yuqоrigа. XULOSA Jismoniy mashqlarni bajarishda foydalaniladigan muvozanatning murakkabligi va qiyinligi turlichadir, chunki mazkur mashqlar qatoriga oddiy (masalan, bir oyoqda turib ikkinchisi oldida) hamda ancha murakkab, u bilan yonma-yon malaka va sifatlarni egallashni talab qiluvchi holatlarni kiritish mumkin. Jumladan, haddan ziyod rivojlangan faol egiluvchanlik, maxsus kuch, fazo-joydagi o’zgaruvchan mo’ljal olish sharoitidagi balansni xis qilish. Bunday misollarga turli vertical muvozanatlar kiradi. Shu sababdan, muvozanat holatlarini egallash jismoniy mashqlarni bajarishda universal rol o’ynaydi: u statika va dinamikadagi murakkab muvozanatni egallash uchun baza sifatida zarurdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Xjaev F., Usmonxjaev T.S. Boshlangich sinflarda zhismonium tarbiya darslari: 1-sinf uchun usullar qo'llanma. – T.: O’qituvchi, 1999. 173 b.
- Eshtaev A.K. Darsi gimnastikasi: qoqquv qoʻllanma. – T.: OʻzDZhTI, 2004. – 120 b.
- Kerimov F.A. Sport soxasidagi ilmiy tadkikotlar, T., 2004 y.
- Menxin Yu.V., Menxin A.V. Gimnastikani takomillashtirish: nazariya va metodologiya – Rostov-na-Donu: Feniks, 2002. – 384 p.
- Alekseeva L.M. Bolalarning umumiy rivojlanish gimnastikasi komplekslari. – Rostov-Don: Feniks, 2006. – 20 p.
- Maxkamjonov K.M., Nasriddinov F.N. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning zhismony rivozhlanishi va tayyorgarligini ta’minlash. – T., 1995. B. 23 – 24.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013166
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 11
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i11.1850
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 166–170
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06