METHODS FOR DETERMINING THE PHYSICAL DEVELOPMENT OF YOUNG FOOTBALL PLAYERS
Niyozmatov Elbek RustamaliyevichNamangan davlat Texnika unverseteti Jismoniy madaniyat va sport katta uktuvchi2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 11Sahifa 142–148
Annotatsiya
Futbol sport turi bilan shug‘ullanishda, barcha jismoniy sifatlarni rivojlanishi kuzatiladi. Organizmni turli organ va tizimlari faoliyati futbol sport turi bilan shug‘ullanishda yaxshilanadi va rivojlanadi. Shuning uchunyurtimiz aholisini sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, futbol sport turi hozirgi kunda asosiy omillardan hisoblanadi. Bundan tashqari, futbol bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, amaliy va nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishdagi asosiy hisoblanadi.
Boshqa tillarda
inglizchaMETHODS FOR DETERMINING THE PHYSICAL DEVELOPMENT OF YOUNG FOOTBALL PLAYERS
When engaging in football, the development of all physical qualities is observed. The activity of the various organs and systems of the body improves and develops when engaging in football. For this reason football is today one of the main factors in shaping a healthy lifestyle among the population of our country. In addition, it is fundamental in training highly qualified specialists in football and in imparting practical and theoretical knowledge, skills and abilities.
o‘zbekYOSH FUTBOLCHILLARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI ANIQLASH USULLARI
Futbol sport turi bilan shug‘ullanishda, barcha jismoniy sifatlarni rivojlanishi kuzatiladi. Organizmni turli organ va tizimlari faoliyati futbol sport turi bilan shug‘ullanishda yaxshilanadi va rivojlanadi. Shuning uchunyurtimiz aholisini sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, futbol sport turi hozirgi kunda asosiy omillardan hisoblanadi. Bundan tashqari, futbol bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, amaliy va nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishdagi asosiy hisoblanadi.
ruschaМЕТОДЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ФИЗИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ЮНЫХ ФУТБОЛИСТОВ
При игре в футбол развиваются все физические качества. При игре в футбол улучшается и развивается деятельность различных органов и систем организма. Поэтому футбол является одним из главных факторов формирования здорового образа жизни жителей нашей страны. Кроме того, это главный фактор подготовки высококвалифицированных футбольных специалистов, привития практических и теоретических знаний, навыков и квалификации.
Kalit so‘zlar
- Age
- football
- forward
- playmaker
- libero
- body length
- body weight
- forward bend
- right leg strength
- left leg strength
- vertical jump
- long jump
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
YOSH FUTBOLCHILLARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI ANIQLASH USULLARI Niyozmatov Elbek Rustamaliyevich Namangan davlat Texnika unverseteti Jismoniy madaniyat va sport katta uktuvchi E-mail: niyozmatovelbek7744@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17649610 Annotatsiya: Futbol sport turi bilan shug‘ullanishda, barcha jismoniy sifatlarni rivojlanishi kuzatiladi. Organizmni turli organ va tizimlari faoliyati futbol sport turi bilan shug‘ullanishda yaxshilanadi va rivojlanadi. Shuning uchunyurtimiz aholisini sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, futbol sport turi hozirgi kunda asosiy omillardan hisoblanadi. Bundan tashqari, futbol bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, amaliy va nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishdagi asosiy hisoblanadi. Kalit sо‘zlar: Yosh, futbol, hujumchi, to‘p uzatuvchi, libero, tana uzunligi, tana og‘irligi, oldinga egilish, o’ng oyoqkuchi, chap oyoq kuchi, yuqoriga sakrash, uzunlikka sakrash.
МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ФИЗИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ЮНЫХ ФУТБОЛИСТОВ Ниёзматов Эльбек Рустамалиевич Наманганский государственный технический университет, старший преподаватель кафедры физической культуры и спорта E-mail: niyozmatovelbek7744@gmail.com Аннотация: При игре в футбол развиваются все физические качества. При игре в футбол улучшается и развивается деятельность различных органов и систем организма. Поэтому футбол является одним из главных факторов формирования здорового образа жизни жителей нашей страны. Кроме того, это главный фактор подготовки высококвалифицированных футбольных специалистов, привития практических и теоретических знаний, навыков и квалификации. Ключевые слова: Возраст, футбол, нападающий, распасовщик, либеро, длина тела, вес тела, наклон вперед, сила правой ноги, сила левой ноги, прыжки в высоту, прыжки в длину.
METHODS OF DETERMINING THE PHYSICAL DEVELOPMENT OF YOUNG FOOTBALL PLAYERS Niyozmatov Elbek Rustamalievich Namangan State Technical University, Senior Lecturer in Physical Culture and Sports E-mail: niyozmatovelbek7744@gmail.com Abstract: When playing football, all physical qualities are developed. The activity of various organs and systems of the body improves and develops when playing football. Therefore, football is one of the main factors in the formation of a healthy lifestyle for the people of our country. In addition, it is the main factor in the training of highly qualified football specialists, in imparting practical and theoretical knowledge, skills and qualifications.
Keywords: Age, football, striker, passer, libero, body length,body weight, forward bend, right leg power, left leg power, high jump, long jump.
KIRISH Sog‘lom avlodni kamolga etkazish va tarbiyalashning turli yo‘l-yo‘riqlari, o‘ziga xos usullari mavjud. Ayniqsa bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish, badan tarbiyasi va sport bilan shug‘ullantirish, turli milliy harakatli o‘yinlarni o‘rgatish ota-ona, yo‘qriqchilar va murabbiylar oldida muhim vazifa hisobolanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 16-martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3610-son qarori, 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabr, futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida PF-5368-sonli farmon., O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2023 yildagi PQ-115-son qarori ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning va aholining barcha qatlamlarida ommalashtirish hamda yoshlarni sog‘ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga oid masalalarga e’tibor qaratilgan. ADABIYOTLAR TAHLIL VA METODLAR Johon amaliyotidan ma‘lumki zamonaviy futbolda uchta asosiy o‘yin amplualari farqlanadi: hujumchi, to‘p uzatuvchi, libero A.A. Artikov, S.I.Alimjanov, Sh.T. Shukurovalarning (2014) оlib bоrilgan bir qatоr tadqiqоtlarda “Hujumchi”ning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi: hujum zarbasi, to‘siq qo‘yish va to‘pni o‘yinga kiritish. Yordamchi vazifalar: to‘pni qabul qilish, hujum zarbasini qabul qilish (himoyada o‘yin), sherigini “straxovka” qilish va ikkinchi uzatish. “To‘p uzatuvchi” asosiy vazifasi hujum zarbasi ijro qilish uchun ikkinchi uzatishni aniq zonalarga uzatishni bajarish (hujumchini to‘p bilan ta’minlash), raqibdan keladigan to‘pga to‘siq qo‘yish, sherigini himoya qilish va to‘pni o‘yinga kiritish. Yordamchi vazifalar: to‘pni raqib maydoni tomonga o‘yinga kiritish, hujum zarbalarini qabul qilish. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, sport o‘yinlarida o‘yin faoliyati, ampluasi muammolari ancha ilgari davrlardan asosiy bo‘lib turadi. Oxirgi yillarda ko‘pgina tadqiqot ishlar shu muammoga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi. Jismoniy tayyorgarlik darajasi va uning ko‘rsatkichlarining tahlili turli o‘yin ampluasidagi 10-13 yoshli futbolchilarda amalga oshirildi. NATIJALARI VA MUXOKAMASI Yosh futbolchilarni iqtidorlilarini saralab olishda yosh davrini tanlovi shunga bog‘liqki, 10-11 yoshli har-xil o‘yin ampluasidagi futbolchilar jismoniy tayyorgarlikni juda ko‘p ko‘rsatkichlari bo‘yicha deyarli farq qilmasligini ko‘zga tashlanadi. Asosan 12-13 yoshdagina tayyorgarlikni ba’zi-bir ko‘rsatkichlarida farqlanishni ko‘rish mumkin. Shulardan kelib chiqib, biz turli o‘yin ampluadagi 10-13 yoshdagi futbolchilarni jismoniy tayyorgarligi va funksional holat ko‘rsatkichlarining ayrim holatlarda farqlanishi tahlil qilib ko‘rdik. Shu maqsadda barcha sportchilar o‘yin ampluasiga muvofiq, ya’ni “hujumchilar” (n=24), “to‘p uzatuvchi” (n=25) va “libero” (n=11) uch guruhga taqsimlandi. 1-jadvalda o‘yin ampluasi bo‘yicha yosh futbolchilarni jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik darajasi holati aks etgan. Jadvaldagi raqamlardan shuni ko‘rish mumkinki, “Hujumchi” futbolchilar jismoniy
rivojlanish darajasi bo‘yicha qolgan sportchilarning barchasidan ustunligini ko‘rish, ular tanasining kattaligi, uzunligi va og‘irligi hamda katta o‘pkaning tiriklik sig‘imiga ega ekanligi alohida ajralib turadi. Jadvaldagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha “To‘p uzatuvchilar” ham tanasining uzunligi, og‘irligi va qo‘llarini uzunligi bilan liberodan biroz ustun, “Libero” ampluasidagi futbolchilar esa harakatchanligi, koordinatsion qobilyatini yaxshi rivojlanish bilan ajralib turadi. Jadvallarda keltirilgan jismoniy tayyorgarlik parametrlariga kelsak, unchalik aniq tasvir kuzatilmaydi. “Hujumchilar”ning ustunlik tomoni tezkor-kuch imkoniyatlari qolgan ampluadagi o‘yinchilarga nisbatan yaxshi shakllangan. Kuch ko‘rsatkichlari “To‘p uzatuvchi” hamda “Hujumchilar”da yaxshi rivojlanganini ko‘rish mumkin. “Hujumchilar” ning ustunliga quydagi test natijalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tezkor chidamlilik uchun olingan (6x5m.ga mokisimon yugurish) test ko‘rsatkichlari bo‘yicha boshqa amplua sportchilarga qaraganda ancha ustunligi ko‘rindi. “Libero” o‘yinchilar qolgan ampluadagi o‘yinchilardan koordinatsion qobiliyatlarini harakatlanayotgan obyektga reaksiya, harakat reaksiya vaqti aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunligi ko‘zga tashlanadi. (P<0,05). 1-jadvalda turli o‘yin ampluasidagi yosh futbolchilarni jismoniy ishchanlik qobiliyatlari ko‘rsatkichlari va vegetativ tizimlarni ayrim ko‘rsatkichlarining o‘rtacha kattaliklari keltirilgan. Bundan tashqari, “libero” sportchilar ancha yaxshi tezkorlik ko‘rsatkichlariga (“Archa yugurish”) ega. Tezkorlik imkoniyatlarini aks ettiruvchi (9 metrga yugurish) testlarida natijalar uchta guruhda ham farqlanmaydi. 1-jadval. Yosh futbolchilarning jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari (x±δ) O’yin ixtisosligi Ishonchli farqlanish Hujum Liber To‘p chi o Ko‘rsatkichlar uzatuvchi I I I (n=24) (n=11 (n=25) -II -III I-III ) 𝑋̅ 𝑋̅ 𝑋̅ Tana uzunligi, 1 1 1 1 1 1 > > < (sm) 31,32 8,82 34,72 6,61 22,24 6,32 0,05 0,05 0,05 5 6 4 5 4 5 > > < Tana og‘irligi, kg 3,2 ,22 9,06 ,44 8,23 ,36 0,05 0,05 0,05 Oldinga egilish, 2 0 3 0 3 0 < < < (sm) ,93 ,38 ,27 ,40 ,53 ,43 0,05 0,05 0,01 O’ng oyoqkuchi, 2 2 1 1 1 1 > > > (kg) 0,3 ,01 8,94 ,76 8,8 ,71 0,05 0,05 0,05 Chap oyoqkuchi, 1 1 1 1 1 1 > > < (kg) 6,8 ,82 5,59 ,59 3,71 ,39 0,05 0,05 0,001 To‘ldima to‘pni 4 0 7 0 4 0 > > > uloqtirish, (m) ,92 ,89 ,57 ,92 ,33 ,77 0,05 0,05 0,05 Yuqoriga 2 2 2 2 1 2 > > < sakrash, (sm) 4,5 ,92 2,55 ,53 9,72 ,21 0,05 0,05 0,001
Uzunlikka 1 1 1 1 1 1 < < < sakrash, (sm) 79,79 5,72 67,26 3,56 63 3,23 0,05 0,05 0,01 “Archasimon” 2 3 2 2 2 2 > > < yugurish, (s) 7,69 ,25 5,47 ,85 3,39 ,61 0,05 0,05 0,01 9 m.ga yugurish, 2 0 2 0 3 0 > > < (s) ,84 ,21 ,99 ,21 ,13 ,22 0,05 0,05 0,01 6x5 m.ga 1 1 1 1 1 1 > > < mokisimon yugurish, (s) 2,33 ,06 3,09 ,06 3,26 ,07 0,05 0,05 0,05 Harakat reaksiya 0 0 0 0 0 0 < < < vaqti, (s) ,22 ,02 ,201 ,020 ,186 ,019 0,05 0,05 0,001 Harakatlanayotga 3 0 2 0 2 0 > > < n obyektga reaksiya, (s) ,03 ,31 ,82 ,28 ,53 ,23 0,05 0,05 0,001 Ma’lum darajada koordinatsion qobiliyatlarini (HOR, HRV) aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar “libero” ampluasidagi sportchilarda yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi (P<0,05). Bundan tashqari, “libero” sportchilar ancha yaxshi tezkorlik ko‘rsatkichlariga (“Archasimon” yugurish) ega. Tezkorlik imkoniyatlarini aks ettiruvchi (9 metrga yugurish) testlarida natijalar uchta guruhda ham farqlanmaydi. Jismoniy ishchanlik qobiliyatlari va aerob mahsuldorlik darajasi turli ampluadagi sportchilarda statistik ishonchli farqlanishga ega emas, biroq nisbatan ancha yuqori raqamlar “hujumchi”larda, ancha past – “libero” o‘yinchilarda aniqlandi. Tinch holatda yurak qisqarish chastotasi biroz kam bo‘lishiga qaramay, nafasni ushlab turish vaqti “hujumchilarda” va “to‘p uzatuvchilarda” ancha davomiyligi kuzatildi. 1-rasmda turli o‘yin ampluasidagi yosh futbolchilarni maxsus tayyorgarlik testi natijalari taqdim etilgan. Maxsus testlarda liderlar yetarli darajada aniq ajratib olindi. “IU 3-4” testida “to‘p uzatuvchi” va “libero” yaxshi natija ko‘rsatdilar, “TO‘K 1-6-5” testida “hujumchilar” yaxshi natijalarga erishgani kuzatildi, “TQ-6-3” testida esa “libero” yetakchilik qildi. Aynan shu testning o‘zida “hujumchilar” ham nisbatan yuqori natijalarni ko‘rsatdilar. Maxsus test natijalaridagi farqlanish ehtimol, futbolchilarni o‘yindagi odatiy funksional majburiyatiga asoslangandir. Yosh futbolchilarni korrelyatsion tahlilidan shuni ko‘rish mumkinki, turli o‘yin ampluadagi yosh futbolchilar jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy ishchanlik qobiliyati va vegetativ funksiyalar ko‘rsatkichlari katta farqlanishga ega.
Izoh: “TQ 6-3” –o‘yinga kiritilgan to‘pni 6-zonadan uzatish va 3-zonada to‘pni qabul qilish; “IU 3-4” – 3-zonadan 4-zonaga ikkinchi uzatish; “TO‘K 1-6-5” – 1-6-5-zonalarga to‘pni o‘yinga kiritish. 1-rasm. Turli o‘yin ampluasidagi futbolchilarni maxsus tayyorgarlik ko‘rsatkichlari
1-rasmda “hujumchilarda” o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarni statistik ahamiyatli o‘zaro bog‘liqligi taqdim etilgan. Avvalo, ko‘rish mumkinki “Hujumchi” futbolchilarda juda ko‘p ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘langanligini aytib o‘tish mumkin. “Hujumchi”ning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik va vegetativ funksiyalarni ko‘pchilik parametrlari bilan o‘zaro ishonchli bog‘langan. Jismoniy ishchanlik qobiliyatlari ko‘rsatkichlarida esa ancha kam miqdorda ishonchli bog‘lanish kuzatildi. Kuch, tezkor-kuch imkoniyatlari va tezkorlik sifatlari ko‘rsatkichlarida ham o‘zaro, ham organizmni vegetativ vazifalari ko‘rsatkichlari bilan ishonchli bog‘lanishlar soni ancha katta bo‘ldi. Bundan tashqari, “hujumchilarda” jismoniy tayyorgarlikning ko‘pchilik ko‘rsatkichlarini “TO‘K 1-6-5” maxsus test natijalari bilan o‘zaro bog‘liqligi ancha aniq kuzatildi (2-rasmga qarang). 0.8
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 -0.2
-0.4 3-4 I U 1-6-5 ZTO'K -0.6 ТO'К 6-3 2-rasm. Yosh “hujumchi” futbolchilarda texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi “To‘p uzatuvchi” futbolchilarda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqlik tuzilmasi “hujumchilarni” aynan shu ko‘rsatkichlaridan biroz farqlanadi. Avvalo, “to‘p uzatuvchi”larning jismoniy tayyorgarlikni barcha komponentlari orasida ishonchli o‘zaro bog‘lanishlar biroz kam. “Hujumchilar”dagi kabi jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari va kuch, tezkor-kuch imkoniyatlari va tezkorlik ko‘rsatkichlari orasida ko‘p sonli ishonchli o‘zaro bog‘lanishlar kuzatildi. Bunda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini vegetativ funksiyalar parametrlari bilan nisbatan ko‘p sonli statistik ahamiyatli bog‘lanishlar saqlanib qolgan. Shuni ham ta’kidlash joizki, bizning nazarimizda “to‘p uzatuvchi”ning “hujumchidan” ahamiyatli farqi bittagina. Ularda jismoniy tayyorgarlikni “TQ 6-3” maxsus testi natijalari bilan ko‘p sonli ishonchli o‘zaro bog‘lanishlar. Va nihoyat, “Libero” futbolchilar guruhida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘lanish tuzilmasida mutlaq boshqacha vaziyat kuzatildi. O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar soni va zichligi “hujumchilar” va “to‘p uzatuvchi”ga nisbatan katta darajada kamaygan Birinchi navbatda, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari orasida ishonchli bog‘lanishlar ahamiyatli darajada kamayganligi kuzatildi. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari va vegetativ funksiyalar parametrlar orasida statistik ahamiyatga ega bog‘lanishlar soni kamaygan(3-rasmga qarang).
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 -0.2
-0.6 3-4 I U 1-6-5 ZTO'K -0.8 ТO'К 6-3 3-rasm. “Libero” futbolchilarda maxsus-texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi Jismoniy ishchanlik qobiliyatlari ko‘rsatkichlarini boshqa o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi deyarli yo‘q, “TQ 6-3” testi natijalari bundan mustasno (3-rasmga qarang). Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, “Libero” futbolchilarni maxsus test natijalarida boshqa ko‘rsatkichlar bilan sanoqligina ishonchli bog‘lanishga ega. XULOSA Turli o‘yin ampluasidagi yosh futbolchilarda turli jismoniy sifatlarni rivojlanish darajasini aks ettirgan ko‘rsatkichlarni o‘sishi tahlili (1-diagrammaga qarang), har bir o‘yin ampluasi uchun aynan “yetakchi” jismoniy harakat sifatlarini ancha yuqori o‘sishni aniqladi. Yosh futbolchilarni maxsus ishlab chiqilgan dasturga muvofiq tajriba mashg‘ulotlarida zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga urg‘u berildi. Shu bilan bir qatorda boshqa amplua sportchilaridan farqli o‘laroq, “hujumchi” futbolchilarda asosiy urg‘u tezkor-chidamlilikni rivojlantirishga, “to‘p uzatuvchi” futbolchilarda - egiluvchanlikni rivojlantirishga, “libero” sportchilarda esa – koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga berildi. Natijada ampluaga muvofiq bundan tabaqalashtirilgan ta’sir aynan o‘sha jismoniy sifatlarni rivojlanish darajasini ahamiyatli o‘sishiga olib keldi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 - yil
- 16-martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3610-son / WWW. Lех.uz.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi / WWW. Lех.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabr, futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida PF-5368-sonli farmonini / WWW. Lех.uz.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2023 yildagi PQ-115-son qarori ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning va aholining barcha qatlamlarida ommalashtirish hamda yoshlarni sog‘ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish qarоri / WWW. Lех.uz
- Artikov A.A. Alimjanov S.I. Shukurova Sh.T. Futbolchilarning mashg‘ulot jarayonida pedagogik nazorat. Uslubiy qo'llanma Toshkent. 2014 y. 62 b.
- Bekturov O.Yo. Yosh futbolchilarning nazariy bilimlarni oshirish. Uslubiy qo'llanma. Toshkent. 2013y. 35 bet.
- Davletmuradov S.R. Futboichilarni tayyorlashda pedagogoik nazorat. Uslubiy qo'llanma Toshkent 2014 y.26 bet
- Talipdjanov A.I. Yuqori malakali futbolchilar tayyorlashning zamonaviy tizimi. O'quv qo'llanma. Т., O'zDJTI. 2012 у. 164 b
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013161
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- inglizcha
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 11
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i11.1845
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 142–148
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06