O‘ZBEK TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR
Mamatxonova Moxichexraxon Ubaydullo qizio‘qituvchi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 9Sahifa 60–64
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar va ularning samaradorligi tahlil etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning til kompetensiyasini shakllantirishda innovatsion metodlarning tutgan o‘rni, o‘zbek tilini o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tadqiq etilgan. Maqolada til o‘rganish jarayonida samaradorlikni oshirish, zamonaviy metodlarni amaliyotga keng joriy etish va ikkinchi til sifatida o‘zbek tilini o‘qitishda yangi yondashuvlarni qo‘llashning ilmiy asoslarini ochib berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaСОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ В ПРЕПОДАВАНИИ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА КАК ВТОРОГО ЯЗЫКА
В данной статье проанализированы современные методы, применяемые при преподавании узбекского языка как второго, и оценена их эффективность. Также исследована роль инновационных методов в формировании языковой компетенции учащихся, выявлены проблемы, возникающие в процессе освоения узбекского языка, и предложены пути их решения. В статье раскрыты научные основы повышения эффективности процесса изучения языка, широкого внедрения современных методов в практику и применения новых подходов в преподавании узбекского языка как второго.
inglizchaMODERN METHODS IN TEACHING UZBEK AS A SECOND LANGUAGE
This article analyses the modern methods applied in teaching Uzbek as a second language and their effectiveness. It also examines the role of innovative methods in forming learners‘ language competence, the problems arising in the process of mastering the Uzbek language and the ways of overcoming them. The article reveals the scientific foundations of increasing effectiveness in the language learning process, of widely introducing modern methods into practice, and of applying new approaches in teaching Uzbek as a second language.
Kalit so‘zlar
- o‘zbek tili
- ikkinchi til
- o‘zbek tilini o‘qitish
- ta‘lim metodlari
- o‘quv materiallari
- innovatsion texnologiya
- ta‘lim samaradorligi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
O‘ZBEK TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR Mamatxonova Moxichexraxon Ubaydullo qizi o‘qituvchi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17320036 Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlar va ularning samaradorligi tahlil etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning til kompetensiyasini shakllantirishda innovatsion metodlarning tutgan o‘rni, o‘zbek tilini o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tadqiq etilgan. Maqolada til o‘rganish jarayonida samaradorlikni oshirish, zamonaviy metodlarni amaliyotga keng joriy etish va ikkinchi til sifatida o‘zbek tilini o‘qitishda yangi yondashuvlarni qo‘llashning ilmiy asoslarini ochib berilgan. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, ikkinchi til, o‘zbek tilini o‘qitish, ta’lim metodlari, o‘quv materiallari, innovatsion texnologiya, ta’lim samaradorligi.
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ УЗБЕКИСТАНСКОГО ЯЗЫКА КАК ВТОРОГО Мамацонова Мохичехрахон Убайдулло кызы преподаватель Ферганского медицинского института общественного здравоохранения Аннотация: В данной статье проанализированы современные методы, применяемые при преподавании узбекского языка как второго, и оценена их эффективность. Также исследована роль инновационных методов в формировании языковой компетенции учащихся, выявлены проблемы, возникающие в процессе освоения узбекского языка, и предложены пути их решения. В статье раскрыты научные основы повышения эффективности процесса изучения языка, широкого внедрения современных методов в практику и применения новых подходов в преподавании узбекского языка как второго. Ключевые слова: узбекский язык, второй язык, преподавание узбекского языка, методы обучения, учебные материалы, инновационные технологии, эффективность обучения.
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ УЗБЕКИСТАНСКОГО ЯЗЫКА КАК ВТОРОГО Маматханова Мохичехрахон Убайдулло кызы, преподаватель, Ферганский медицинский институт общественного здравоохранения Abstract: This article analyzes the modern methods used in teaching Uzbek as a second language and evaluates their effectiveness. It also examines the role of innovative methods in developing learners’ language competence, identifies the challenges that arise in the process of learning Uzbek, and explores ways to overcome them. Furthermore, the article reveals the scientific foundations of enhancing efficiency in the language learning process, widely implementing modern methods in practice, and applying new approaches to teaching Uzbek as a second language. Keywords: Uzbek language, second language, teaching Uzbek, teaching methods, learning materials, innovative technology, educational efficiency.
KIRISH Bugungi globallashuv davrida milliy tillarning nufuzi va ularni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Xususan, o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish masalasi respublikamizda ham, xorijiy mamlakatlarda ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbek tili boy tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, Markaziy Osiyoda muhim kommunikativ vosita hisoblanadi. Shu sababli uni samarali va zamonaviy metodlar asosida o‘qitish nafaqat til o‘rganuvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantiradi, balki ularning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar, interfaol metodlar va kommunikativ yondashuvlar o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rgatishda keng qo‘llanilmoqda. Bu jarayon o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirish, amaliy muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, raqamli resurslar, multimedia vositalari va elektron platformalardan foydalanish o‘zbek tili darslarini yanada qiziqarli va samarali tashkil etishga imkon bermoqda. “Ma’lumki, inson kamoloti, uning yashash davridagi muhit va tarbiyaga hamda o‘sha davrlardagi ongli faoliyatiga bog‘liq holda rivojlanadi. Bolalar juda yoshligidan boshlab kattalar yordamida tashqi muhit bilan turli xil aloqada bo‘ladi va asta-sekinlik bilan bu faoliyat ularning shaxsiy xususiyatlariga ta’sir etib, shaxs sifatida shakllanib boradi”[1, 36]. Ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy metodlar deganda, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini chuqur o‘zlashtirishga, ularni mustaqil fikrlashga va amaliy faoliyatga jalb etishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar tushuniladi. An’anaviy o‘qitish usullaridan farqli ravishda zamonaviy metodlar o‘quvchini passiv tinglovchi emas, balki ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. Bunday metodlar jumlasiga interfaol o‘qitish usullari, muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, o‘yinlashtirish va kommunikativ yondashuv kiradi. Ularning barchasi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, bilimlarni tez va samarali o‘zlashtirish, ijodiy va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish hamda kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. “Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilai birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo‘nalishlai bo'yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksa axloqiy fazilatlami egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvch shaxsdir”[2, 47]. Zamonaviy metodlarning ahamiyati shundaki, ular bilimlarni faqat nazariy darajada emas, balki amaliy hayotda qo‘llash imkoniyatini beradi. Natijada ta’lim jarayoni samaradorligi ortadi, o‘quvchilar esa mustaqil qaror qabul qila oladigan, bilim va ko‘nikmalarini real vaziyatlarda qo‘llay oladigan shaxslar sifatida shakllanadi. MAVZUNING O‘RGANILGANLIK DARAJASI O‘zbek tilini o‘qitishda turli metodlar mavjud. Quyida ba’zi samarali metodlarni ko‘rib chiqamiz: 1. Kommunikativ metod. Bu metod tilni muloqot orqali o‘rgatishga qaratilgan. Talabalar tilni amaliyotda qo‘llashga ko‘proq e’tibor qaratadilar. Bu metod yordamida talabalar suhbatlarda qatnashib, real vaziyatlarda tilni qanday ishlatishni o‘rganadilar. 2. Grammatika-til metodlari. Bu metodda tilning grammatik qoidalari va strukturalariga katta e’tibor beriladi. O‘rgatuvchilar grammatika qoidalarini tushuntirib, ko‘plab mashqlar orqali ularni mustahkamlaydilar.
3. Leksik metod: Bu metodda yangi so‘zlar va ifodalar o‘rganishga e’tibor qaratiladi. Talabalar leksik birliklarni kontekstda o‘rganadilar va ularni amaliyotda qo‘llash orqali yodda saqlaydilar. 4. Audiovizual metod: Bu metodda tinglash va ko‘rish materiallari, masalan, videolar, filmlar, va audio yozuvlar yordamida til o‘rgatiladi. Bu usul tilni tabiiy muhitda o‘rganishga yordam beradi. 5. Interaktiv metod: O‘quvchilarga o‘zaro muloqot qilish va bahs-munozaralarda ishtirok etishga imkon beradi. Guruhlarda ishlash va loyiha asosida o‘qitish bu metodning asosiy qismidir. 6. O‘yin orqali o‘qitish metodlari: Til o‘rgatishni qiziqarli qilish uchun turli o‘yinlar va mashqlar qo‘llaniladi. Bu metod orqali talabalar tilni o‘rganishda motivatsiya va qiziqishni oshiradilar. 7. Kognitiv metod: Bu metod til o‘rganishni kognitiv jarayonlar orqali, masalan, asosiy tushunchalar va kategoriyalar yordamida amalga oshiradi. Talabalar tilni o‘zlarining mavjud bilimlari va tajribalariga asoslanib o‘rganadilar. 8. Holistik metod: Til o‘rgatishda butunlikka e’tibor qaratadi va tilni turli kontekstlarda, madaniyat bilan birgalikda o‘rganishni tavsiya etadi. O‘zbek tilini o‘qitishda ushbu metodlarni birlashtirish va talabalar ehtiyojlariga moslashtirish samarali natijalar beradi. NATIJALAR O‘tkazilgan kuzatuvlar va ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi. Interfaol metodlar orqali o‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etishi, o‘z fikrini erkin ifodalashi va mustaqil qaror qabul qilishi mumkinligi aniqlandi. Shuningdek, kommunikativ yondashuv o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda samarali vosita ekanligi kuzatildi. Raqamli texnologiyalar va multimedia resurslaridan foydalanish ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishi, ayniqsa chet ellik o‘rganuvchilar uchun o‘zbek tilini tezroq o‘zlashtirish imkonini berishi qayd etildi. Loyiha va muammoli vaziyat asosida o‘qitish esa o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy metodlarni an’anaviy usullar bilan uyg‘unlashtirib qo‘llash ta’lim samaradorligini yanada oshiradi. Bunda metod tanlash jarayoni o‘quvchilarning yoshi, bilim darajasi va darsning maqsadidan kelib chiqib amalga oshirilishi zarurligi muhim ahamiyat kasb etadi. MUHOKAMA O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish metodlarining ahamiyati tilni o‘rganuvchilarga samarali o‘quv jarayonini taqdim etish, madaniyat va til o‘rtasidagi aloqani o‘rgatish, hamda til o‘zlashtirish jarayonini yengillashtirishda namoyon bo‘ladi: 1. Tilni samarali o‘zlashtirish. O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda foydalaniladigan metodlar o‘quvchilarga tilni tushunish, yozma va og‘zaki ravishda ifodalashga yordam beradi. Masalan, kommunikativ yondashuv tilni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga o‘rgatib, o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu usullar orqali o‘quvchilar til qoidalarini muloqot jarayonida samarali ishlatishni o‘rganadilar, bu esa ularning tilni tabiiy tarzda o‘zlashtirishiga imkon yaratadi. 2. Madaniyatni anglash. O‘zbek tilini o‘rganish jarayonida mamlakatning madaniyati, qadriyatlari va urf-odatlari haqida bilib olish tilni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
Madaniy kontekstga asoslangan metodlar o‘quvchilarga til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiradi, bu esa ularni o‘zbek tilida muvaffaqiyatli muloqot qilish uchun zarur bo‘lgan madaniy bilimlarga ega qiladi. Shunday qilib, o‘quvchilar nafaqat tilni, balki uning ortidagi madaniyatni ham o‘rganib, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini oshiradilar. 3. Tilni tez va oson o‘zlashtirishga yordam. Lingvistik qiyosiy tahlil kabi metodlar o‘quvchilarga ona tilidagi va o‘zbek tilidagi o‘xshash va farqli jihatlarni tushunish imkonini beradi. Bu yondashuv til o‘rganuvchilarga o‘zbek tilining grammatikasi, talaffuzi va so‘z boyligini o‘rgatishda yordam beradi. Shu tarzda, qiyosiy ta’lim metodlari orqali o‘quvchilar til farqlarini o‘rganadi va qiyin bo‘lgan tuzilmalarni ham yengilroq o‘zlashtiradi. 4. Interaktiv mashqlar va texnologiyaning qo‘llanishi. Interaktiv metodlar va texnologiya yordamida o‘quv jarayonini qiziqarli qilish tilni o‘rganuvchilarni faol ishtirok etishga undaydi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida videolar, onlayn resurslar va interaktiv darsliklar orqali o‘quvchilar talaffuz va tinglab tushunish ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar. Bundan tashqari, texnologiya vositalari orqali mashqlarni diversifikatsiya qilish til o‘rganuvchilarni rag‘batlantirib, dars jarayonini jonlantiradi. 5. Ko‘nikmalarni mustahkamlash. O‘zbek tilini o‘qitishda grammatik va lug‘at ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun turli metodlardan foydalanish o‘quvchilarning mustahkam bilim olishini ta’minlaydi. Bu orqali ular yozma va og‘zaki ravishda o‘z fikrlarini aniq va ravon ifoda qilishga o‘rgatiladi. O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish metodlari til o‘rganuvchilarga tilda samarali va qiziqarli muloqot qilish, madaniyat bilan tanishish va o‘zlashtirish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi. Kommunikativ yondashuv, madaniy kontekstni o‘rgatish, interaktiv mashqlar va texnologiyadan foydalanish kabi metodlar o‘quvchilarning tilni tushunishi va qo‘llashiga katta yordam beradi. Metodlarning samaradorligi o‘quvchilarni turli usullar bilan rag‘batlantirish va amaliy mashqlar orqali bilimlarini mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning ona tiliga asoslangan qiyosiy tahlillar, lingvistik farqlarni tushunishga ko‘maklashadi va til o‘rgatish jarayonini yengillashtiradi. Shu bilan birga, o‘quvchilarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun madaniy va tarixiy jihatlarni ham qamrab olish foydali bo‘ladi. XULOSA O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Interfaol usullar, kommunikativ yondashuv hamda raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning til o‘zlashtirish jarayonini yengillashtirib, ularni amaliy nutq faoliyatiga jalb etadi. Shuningdek, innovatsion metodlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada tahlil qilingan yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘rgatishda zamonaviy metodlarni amaliyotga keng tatbiq etish nafaqat lingvistik kompetensiyani, balki kommunikativ savodxonlikni ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois, ushbu metodlarni ta’lim jarayonida muntazam ravishda qo‘llash va yangilab borish o‘zbek tili ta’limining sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar17 ta adabiyot
- J.Hasanboyev. Pedagogika. Darslik. Toshkent, 2016.
- Xoliqov A. A. Pedagogik mahorat. Darslik. Toshkent, 2011.
- Djurayevna, M. M. (2023). The Impact of Non-linguistic Elements on Phonostylistic Changes. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences, 18, 153-157.
- Anvarov, A. (2025). THE ROLE OF REVERSIBLE EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL EDUCATIONAL COMPETENCIES OF STUDENTS OF MEDICAL EDUCATION. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(6, 2-qism), 135-138.
- Ганиев, М. М. (2021). Роль иллюстративно-объяснительного обучения русскому языку иностранных студентов. Молодой ученый, (1), 53-55.
- Karimovna, M. O. (2022). Linguocultural features of phraseology in Uzbek and German languages. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 481-482.
- Салиев, У., & Салиева, Н. (2024). ЗАДАЧИ МЕДИЦИНСКОЙ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕОНТОЛОГИИ. Interpretation and researches, 2(13), 82-85.
- Мадаминов, А. А. (2025). ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ ЖАМИЯТ ТАРАҚҚИЁТИГА ФУНКЦИОНАЛ ТАЪСИРИНИНГ ИЖТИМОИЙФАЛСАФИЙ ЖИҲАТЛАРИ. Экономика и социум, (5-1 (132)), 1272-1275.
- Kosimov, K. (2025). CURRENT ISSUES OF YOUTH SOCIOLOGY. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 3(32), 108-112.
- Rasulovna, K., Erkinovna, A. U., Sobirovna, T. O., Xusenovna, I. I., & Tulkinovna, I. S. (2020). Teaching foreign vocabulary of the medical field to students of medical higher educational institutions. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 527-535.
- Ахмедова, У. Э. (2018). ЗНАКОМСТВО С ЛЕКСИЧЕСКОЙ СИНОНИМИЕЙ НА ЗАНЯТИЯХ РУССКОГО ЯЗЫКА. 10.00. 00-ФИЛОЛОГИЯ ФАНЛАРИ, 13.
- Жураева, М. (2025). Lotin tilida tibbiyot ta’limida talabalarni klinik terminlar orqali professional ko ‘nikmalarini rivojlantirish. Лингвоспектр, 1(1), 222-227.
- Исроилова, С. М. (2024). ФОРМИРОВАНИЕ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ. Экономика и социум, (5-2 (120)), 1066-1071.
- Mamatxonova, M. (2024). TRADITION AND INNOVATION IN THE WORKS OF OMON MUKHTOR. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 26(1), 167-173.
- Abdurahimova, M. (2025). SUKUT PSIXOFIZIOLOGIYASI. Farg'ona davlat universiteti, (1), 72-72.
- Каримов, Ў., Каримова, Г., & Каримов, Ў. (2021). Илм-Фан Ва Таълим Соҳасидаги Ахборотлашув. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 103-110.
- Азимов, У. А. (2021). ЖAМИЯТ ТAPAҚҚИЁТИ ВA ФAPOВOНЛИГИНИ ТAЪМИНЛAШДA ЁШЛAPНИНГ ДEМOКPAТИК ЖAPAЁНЛAPГA AКCИOЛOГИК МУНOCAБAТИНИ PИВOЖЛAНТИPИШДA ФУҚAPOЛИК ЖAМИЯТИ ИНCТИТУТЛAPИНИНГ ЎPНИ ВA ВAЗИФAЛAPИ. Scientific progress, 2(1), 1558-1562.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013081
- Nashr sanasi
- 2025-10-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 9
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i9.1763
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 60–64
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06