Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

YOSH GANDOLCHILARNI JAMOAVIY HUJUM TEXNIKASIGA O‘RGATISHDA INNOVATSION USULLARDA OMMALASHTIRISH: YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI KONTEXTIDA

Usanova Durdona Xusan qizi1, J.J.Eshnazarov22025

  1. 1O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistri
  2. 2O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 5Sahifa 179–182

Annotatsiya

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida yosh gandbolchilarning jamoaviy hujum texnikasini shakllantirishda innovatsion o‘quv-uslubiy yondashuvlarni qo‘llash orqali ularning texnik-taktik tayyorgarligi, jismoniy salohiyati va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tajriba asosida sinovdan o‘tkazilgan usullar yosh sportchilarda tezkorlik, reaksiya, fikrlash moslashuvi va muvofiqlashtirish qobiliyatlarini sezilarli darajada oshirganini ko‘rsatdi.

Boshqa tillarda

ruschaПОПУЛЯРИЗАЦИЯ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ ЮНЫХ ГАНДОЛЬФИСТОВ ПРИЕМАМ КОЛЛЕКТИВНОГО НАПАДЕНИЯ: В КОНТЕКСТЕ НОВОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА

В статье рассматривается эффективность внедрения инновационных методов обучения юных гандболистов технике командного нападения в контексте Стратегии развития Нового Узбекистана. Опытные данные подтверждают рост технико-тактической подготовки и физического потенциала спортсменов при использовании современных педагогических подходов.

inglizchaPOPULARIZING INNOVATIVE METHODS IN TEACHING COLLECTIVE ATTACK TECHNIQUES TO YOUNG HANDBALL PLAYERS: IN THE CONTEXT OF THE NEW UZBEKISTAN DEVELOPMENT STRATEGY

This article sets out the questions of developing the technical and tactical preparedness, the physical potential and the team play skills of young handball players by applying innovative educational and methodological approaches in forming the technique of collective attack, within the framework of the Development Strategy of New Uzbekistan. The methods tested experimentally showed that they considerably increased speed, reaction, adaptability of thinking and coordination abilities in young athletes.

Kalit so‘zlar

  • gandbol
  • jamoaviy hujum
  • texnika
  • innovatsion usullar
  • sport mashg‘ulotlari
  • yosh sportchilar
  • Yangi O‘zbekiston
  • kompetensiya
  • o‘yin faoliyati

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

YOSH GANDOLCHILARNI JAMOAVIY HUJUM TEXNIKASIGA O‘RGATISHDA INNOVATSION USULLARDA OMMALASHTIRISH: YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI KONTEXTIDA Usanova Durdona Xusan qizi O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistri, Ilmiy rahbar J.J.Eshnazarov O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri Email: usanovad482@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15653180 Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida yosh gandbolchilarning jamoaviy hujum texnikasini shakllantirishda innovatsion o‘quv-uslubiy yondashuvlarni qo‘llash orqali ularning texnik-taktik tayyorgarligi, jismoniy salohiyati va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tajriba asosida sinovdan o‘tkazilgan usullar yosh sportchilarda tezkorlik, reaksiya, fikrlash moslashuvi va muvofiqlashtirish qobiliyatlarini sezilarli darajada oshirganini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: gandbol, jamoaviy hujum, texnika, innovatsion usullar, sport mashg‘ulotlari, yosh sportchilar, Yangi O‘zbekiston, kompetensiya, o‘yin faoliyati.

ПОПУЛЯРИЗАЦИЯ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ ЮНЫХ ГАНДОЛЬФИСТОВ ПРИЕМАМ КОЛЛЕКТИВНОГО НАПАДЕНИЯ: В КОНТЕКСТЕ НОВОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА Аннотация: В статье рассматривается эффективность внедрения инновационных методов обучения юных гандболистов технике командного нападения в контексте Стратегии развития Нового Узбекистана. Опытные данные подтверждают рост технико-тактической подготовки и физического потенциала спортсменов при использовании современных педагогических подходов. Ключевые слова: гандбол, командное нападение, техника, инновационные методы, тренировка, юные спортсмены, Новый Узбекистан.

POPULARIZATION OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING YOUNG GANDOLFO PLAYERS THE TECHNIQUES OF COLLECTIVE ATTACK: IN THE CONTEXT OF THE NEW DEVELOPMENT STRATEGY OF UZBEKISTAN Abstract: This article explores the use of innovative training methods for teaching young handball players the technique of team offense within the framework of Uzbekistan’s New Development Strategy. Experimental data show that the applied methods significantly improved the players’ technical and tactical performance, coordination, and decision-making skills. Keywords: handball, team offense, technique, innovative methods, sports training, youth athletes, New Uzbekistan.

KIRISH Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi sport sohasida ham tub islohotlarni, jumladan, yosh avlodning jismoniy tarbiyasi, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning xalqaro musobaqalardagi raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ilg‘or yondashuvlarni talab etmoqda. Ayniqsa, maktabgacha, umumta’lim va ixtisoslashgan sport maktablarida sport turlarini

o‘rgatishda innovatsion metodlarni tatbiq etish zamonaviy sport pedagogikasining dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Gandbol sport turi ham yoshlar orasida katta ommalashuvga ega bo‘lib, bu sport turida o‘yinchilarning jamoaviy harakati, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati, texnik-taktik tayyorgarligi asosiy mezonlardan hisoblanadi. Ayniqsa, jamoaviy hujum texnikasini shakllantirish va uni yosh sportchilarga samarali tarzda o‘rgatish murabbiylardan yangicha, innovatsion yondashuvlarni talab etadi. An’anaviy mashg‘ulot uslublari hozirgi raqobat kuchli sport muhitida yetarli samarani bermasligi mumkin. Shu sababli, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, vizual tahlil vositalaridan va interaktiv mashg‘ulot usullaridan foydalanish orqali sportchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirish zaruriyati tug‘ilmoqda. Mazkur tadqiqot Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi kontekstida yosh gandbolchilarning jamoaviy hujum texnikasini shakllantirishda innovatsion mashg‘ulot usullarini qo‘llashga doir tajriba asosida olib borildi. Unda 12–14 yoshli sportchilar bilan olib borilgan eksperimental mashg‘ulotlar orqali texnik ko‘nikmalar, jismoniy tayyorgarlik va psixologik moslashuv darajasidagi o‘zgarishlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari yosh sportchilarda jamoaviy harakat muvofiqligi, tez fikrlash, koordinatsiya va pozitsion qaror qabul qilish kabi sportda muhim bo‘lgan ko‘nikmalarning sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi. Shuningdek, o‘quv-uslubiy mashqlarning aniq maqsadli tashkil etilishi natijasida yosh sportchilarda ijobiy motivatsiya va sportga bo‘lgan ishtiyoq kuchaygani kuzatildi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqot maqsadi-12–14 yoshli yosh gandbolchilarning jamoaviy hujum texnikasini takomillashtirishda innovatsion usullarni qo‘llash orqali ularning texnik, jismoniy va psixologik tayyorgarligini oshirish. Ish metodlari quyidagilardan iborat: Eksperimental va nazorat guruhlari bilan amaliy mashg‘ulotlar; Texnik ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun testlar (to‘p uzatish, zarba aniqligi, tezkorlik, pozitsion hujum mashqlari); Jismoniy holat tahlili (60 m yugurish, sakrash, tortilish); Psixologik va kommunikativ ko‘nikmalarni baholash. Yosh gandbolchilar uchun maxsus mashqlar majmuasi (jamoaviy hujum texnikasiga yo‘naltirilgan) 1. “3x2 kombinatsiyali tezkor uzatma”: Maqsad: Uzatish aniqligi va tezkor qaror qabul qilishni rivojlantirish. Mashq mazmuni: 3 nafar hujumchi 2 nafar himoyachiga qarshi ishlaydi. To‘pni maksimal tezlikda harakatda bo‘lgan holda uzatish, erkin chiziqqa chiqish va yakuniy zarba bilan hujumni tugatish talab etiladi. Mashq o‘yin sharoitini simulyatsiya qiladi, sportchilarda vizual aniqlik va joylashuv sezgisini oshiradi. 2. “To‘siq ortidan uzatish va hujum”: Maqsad: Ko‘rish maydonini kengaytirish va noan’anaviy vaziyatlarda texnik yechim topish. Mashq mazmuni: Ikkita hujumchi va bitta to‘siq (stul, to‘siq panjarasi) o‘rnatiladi. Hujumchilar to‘siq ortidan bir-biriga to‘p uzatadi va zarba bilan hujumni yakunlaydi. Izoh: Bu mashq sportchilarda pozitsiyaviy aniqlikni va to‘pni “ko‘r-ko‘rona” uzatish qobiliyatini shakllantiradi. 3. “Vizual tahlil asosida qaror qabul qilish”: Maqsad: O‘yin holatini tahlil qilish va taktik qarorlar qabul qilish qobiliyatini oshirish.

Mashq mazmuni: Ekranda hujum holatlari ko‘rsatiladi. Har bir sportchi vaziyatga mos to‘g‘ri harakatni (uzatma, dribling, zarba) tanlaydi va real mashg‘ulotda bajarayotganidek imitatsiya qiladi. Izoh: Innovatsion video-tahlil uslubi orqali sportchilarda o‘yinga doir tez fikrlash shakllanadi. 4. “To‘pni harakatda qabul qilish va tez zarba”: Maqsad: Harakatda bo‘lgan holatda to‘pni qabul qilish va hujumni yakunlash. Mashq mazmuni: Sportchi yugurish davomida murabbiy tomonidan uzatilgan to‘pni qabul qiladi va belgilangan nuqtadan darhol zarba beradi. Izoh: Bu mashq o‘yin ritmida ishlash, qaror qabul qilish va texnikani uyg‘unlashtirishga yordam beradi. 5. “Jamoaviy kombinatsion harakatlar” (rolli o‘yinlar): Maqsad: Taktik kombinatsiyalarni o‘zlashtirish va jamoa a’zolari bilan muvofiqlikda ishlash. Mashq mazmuni: Belgilangan rollar asosida (pas beruvchi, qabul qiluvchi, zarba beruvchi) hujum sxemasi mashq qilinadi. Har bir sportchi navbat bilan rolini o‘zgartiradi. Izoh: Taktik tafakkurni va o‘zaro ishonch asosidagi o‘yin tajribasini rivojlantiradi. 6. “Sensorli javobli topshiriqlar” (start-stop reaksiyalari): Maqsad: Reaksiya va diqqatni rivojlantirish. Mashq mazmuni: Raqamli panel yoki rangli ishoralar asosida start/stop belgisi paydo bo‘lishi bilan sportchi to‘p uzatadi yoki hujumga o‘tadi. Izoh: Raqamli texnologiyalar yordamida tezkorlik, diqqat va qaror qabul qilish qobiliyatlari rivojlanadi. Har bir mashq 10–15 daqiqa davomida 3–4 marta takrorlanadi. Har mashqdan so‘ng qisqa tahlil va video qayd orqali xatoliklar ko‘rib chiqiladi. Darslar 3 kunlik siklda (du, chorshanba, juma) tashkil etiladi. 1-jadval. Yosh gandbolchilar uchun maxsus mashqlar majmuasi jadvali № Mashq nomi Maqsadi Qisqacha tavsif (mazmuni) Innovatsion izoh 1 3x2 Uzatma tezligi 3 hujumchi 2 himoyachiga O‘yin holatini simulyatsiya kombinatsiyali va qaror qabul qarshi o‘ynaydi, tezkor qiladi, real sharoitni tezkor uzatma qilishni uzatma va zarba bilan yaratadi rivojlantirish hujumni yakunlaydi 2 To‘siq ortidan Ko‘rish To‘siq ortidan to‘p uzatish, Qiyin holatlarda muvozanat uzatish va maydonini va keyin zarba bilan yakunlash saqlash va aniqlikni oshiradi hujum koordinatsiyani kengaytirish 3 Vizual tahlil O‘yin holatlarini Ekranda vaziyat Video-analiz texnologiyasi asosida qaror tahlil qilish va ko‘rsatiladi, sportchi qaror orqali ko‘rgazmali o‘rgatish qabul qilish tez fikrlash qabul qiladi 4 Harakatda Harakat Yugurishda to‘p qabul Harakatda texnikani to‘pni qabul davomida to‘pni qilinadi va darhol zarba uyg‘unlashtirish imkonini qilish va tez boshqarish va amalga oshiriladi beradi zarba zarba aniqligi 5 Jamoaviy Taktik fikrlash Har bir sportchi pas Jamoa ichida o‘zaro ishonch kombinatsion va jamoaviy beruvchi, qabul qiluvchi va moslashuvni harakatlar (rolli muvofiqlik yoki zarba beruvchi rolida rivojlantiradi mashq) ishtirok etadi

6 Sensorli javobli Reaksiya va Rangli panel signali orqali Raqamli texnologiyalarga topshiriqlar diqqatni to‘pni uzatish yoki asoslangan innovatsion (reaksiya kuchaytirish harakatni boshlash yondashuv mashqi) Yosh sportchilarni texnik-taktik jihatdan tayyorlash bo‘yicha xorijiy va mahalliy adabiyotlar o‘rganildi. G.V.Golomazov, M.A.Kuznetsova, A.Abduraximov, Sh.Pavlov va S.S.Sharipovlarning ishlarida o‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni integratsiya qilish muhimligi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, jamoaviy sport o‘yinlarida qaror qabul qilish tezligi va koordinatsiyalashgan harakatlar ko‘nikmasini rivojlantirishga doir nazariy qarashlar tahlil qilindi. TADQIQOT NATIJALARI

2-jadval. Texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar Ko‘rsatkich TG TB TG TO P NG TB NG TO P (±σ) (±σ) (±σ) (±σ) To‘pni tez uzatish (sek.) 3.8±0.6 2.9±0.4 <0.001 3.9±0.7 3.7±0.6 >0.05 Zarba aniqligi (10 urinishda) 5.6±1.1 8.3±0.9 <0.001 5.7±1.0 6.1±0.8 >0.05 Hujum kombinatsiyasi baj. 62% 84% <0.01 64% 69% >0.05 (%) Jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari (2-jadval davomi) Test TG boshi TG oxiri t P 60 m yugurish (sek.) 11.4 10.9 3.22 <0.01 Turnikda tortilish (marta) 4.8 7.1 2.84 <0.01 Sakrash uzunligi (sm) 164 179 3.16 <0.01 3.3. Psixologik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari: Tajriba guruhi ishtirokchilarida jamoaviy qaror qabul qilish, o‘zaro ishonch, pozitsion harakatda muvofiqlik darajasi 20–30% ga oshgani kuzatildi. XULOSA Yosh gandbolchilarda jamoaviy hujum texnikasini shakllantirishda innovatsion usullardan (simulyatsiya o‘yinlari, video tahlil, vizual-sensor mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar) foydalanish ularning o‘yin faolligi, texnik mahorati va psixologik barqarorligini oshirishda yuqori samara berdi. Ushbu yondashuvlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan jismoniy va ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash maqsadlariga xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Аkrаmov J.А, Gаndbol: JTI uсhun dаrslik, T. 2 2. Ignаtеvа V.YА. Gаndbol: Uсhеbnik dlyа IFK, M.- FiS, 1982. – 380s.
  2. Pаvlov SH.K, Аbdurахmаnov F.А, Rахmаnovа M.M. ―Gаndbol‖- o‗quv qo‗llаnmа, 2010y, 32-45b.
  3. Pаvlov SH.K, Аzizovа R.I, Gаndbol – BO‘SMlаr uсhun dаstur. 2009 y 5. Pаvlov SH.K, Аbdurахmаnov F.А, Podgotovkа gаndbolistov – UzGIFK T.: 2006y, 299s.
  4. Pаvlov SH.K, Аbdurахmаnov F.А, Аkrаmov J.А, Gаndbol: JTI uсhun dаrslik, 2005 y, 80-91b.Беляев А. В. Исследoвание тpениpoвoчных и сopевнoвательных нагpyзoк в вoлейбoле: Автopеф. дис. ...канд.пед.наyк. -М., 1974. -28 с.
  5. Аbdurахmаnov F.А, Lеmеshkov V.А, Livitskiy А.N, Pаvlov SH.K, YАrotskiy YА.I ―Podgotovkа gаndbolistov‖ Toshkеnt – 1992. iz. Otd. UzGIFK.
  6. Ignаtеvа V.YА., Pеtrасhеvа I.V. Mnogolеtnyаyа podgotovkа gаndbolistov v DYUSSH. M: Sovеtskiy sport 2023.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012967
Nashr sanasi
2025-06-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
5
DOI
10.66073/researchfocus.v4i5.1641
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
179–182
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11