Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINING TASHKILIY-PEDAGOGIK ASOSLARI VA YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDAGI TA‘LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR

Jarilkasinova Lola1, J.J.Eshnazarov22025

  1. 1O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistri,
  2. 2O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 5Sahifa 161–164

Annotatsiya

Ushbu maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini tashkil etishning tashkiliy-pedagogik asoslari hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta‘lim tizimiga oid olib borilayotgan islohotlar bilan uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilingan. Maktab jismoniy tarbiya tizimidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion usullar va ularning samaradorligi tajriba asosida o‘rganilib, natijalarga tayangan holda taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОРГАНИЗАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ СТАРШИХ КЛАССОВ И РЕФОРМЫ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ В НОВОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА

В данной статье проанализированы организационно-педагогические основы формирования физической подготовленности старшеклассников, а также вопросы интеграции этих основ с проводимыми реформами в системе образования в контексте Стратегии развития Нового Узбекистана. Современные подходы и инновационные методы в системе школьного физического воспитания были изучены на основе эксперимента, на основании полученных результатов разработаны предложения и выводы.

inglizchaORGANIZATIONAL AND PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF THE PHYSICAL TRAINING OF SENIOR SCHOOL STUDENTS AND REFORMS IN THE EDUCATION SYSTEM OF THE NEW UZBEKISTAN DEVELOPMENT STRATEGY

This article analyses the organisational and pedagogical foundations of organising the physical preparedness of senior class pupils, as well as the questions of harmonising them with the reforms being carried out in the education system within the Development Strategy of New Uzbekistan. Modern approaches and innovative methods in the school physical education system and their effectiveness were studied experimentally, and on the basis of the results proposals and conclusions were developed.

Kalit so‘zlar

  • jismoniy tayyorgarlik
  • yuqori sinf o‘quvchilari
  • ta‘lim islohotlari
  • pedagogik asoslar
  • Yangi O‘zbekiston strategiyasi
  • sog‘lom turmush tarzi
  • innovatsion yondashuv

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK: 796:373.5:37.018.43 YUQORI SINF OʻQUVCHILARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINING TASHKILIY-PEDAGOGIK ASOSLARI VA YANGI OʻZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDAGI TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR Jarilkasinova Lola O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistri, Ilmiy rahbar J.J.Eshnazarov O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri Email: usanovad482@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15629314 Annotatsiya: Ushbu maqolada yuqori sinf oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligini tashkil etishning tashkiliy-pedagogik asoslari hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida taʼlim tizimiga oid olib borilayotgan islohotlar bilan uygʻunlashtirish masalalari tahlil qilingan. Maktab jismoniy tarbiya tizimidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion usullar va ularning samaradorligi tajriba asosida o‘rganilib, natijalarga tayangan holda taklif va xulosalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: jismoniy tayyorgarlik, yuqori sinf oʻquvchilari, taʼlim islohotlari, pedagogik asoslar, Yangi Oʻzbekiston strategiyasi, sogʻlom turmush tarzi, innovatsion yondashuv.

ОРГАНИЗАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ СТАРШИХ КЛАССОВ И РЕФОРМЫ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ В НОВОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА Аннотация: В данной статье проанализированы организационно-педагогические основы формирования физической подготовленности старшеклассников, а также вопросы интеграции этих основ с проводимыми реформами в системе образования в контексте Стратегии развития Нового Узбекистана. Современные подходы и инновационные методы в системе школьного физического воспитания были изучены на основе эксперимента, на основании полученных результатов разработаны предложения и выводы. Ключевые слова: физическая подготовленность, старшеклассники, образовательные реформы, педагогические основы, стратегия Нового Узбекистана, здоровый образ жизни, инновационные подходы.

ORGANIZATIONAL AND PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF PHYSICAL TRAINING OF HIGH SCHOOL STUDENTS AND REFORMS IN THE EDUCATION SYSTEM IN THE NEW DEVELOPMENT STRATEGY OF UZBEKISTAN Abstract: This article analyzes the organizational and pedagogical foundations for developing the physical preparedness of high school students and their integration with the ongoing educational reforms under the New Uzbekistan Development Strategy. Modern approaches and innovative methods in the school physical education system were studied through experimentation, and proposals and conclusions were developed based on the results. Keywords: physical preparedness, high school students, educational reforms, pedagogical foundations, New Uzbekistan strategy, healthy lifestyle, innovative approach.

KIRISH Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida qabul qilinayotgan hujjatlar, xususan, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi 2022–2026 yillar uchun belgilangan maqsadlar, har bir sohada, jumladan, jismoniy tarbiya tizimida ham tub islohotlarni talab qilmoqda. Xususan, yuqori sinf oʻquvchilarining sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarining ilmiy asoslangan, tizimli, metodik yondashuvlar asosida tashkil etilishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maqsad. Yuqori sinf oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligini samarali tashkil etishning tashkiliy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish va uni taʼlim tizimidagi islohotlar bilan integratsiya qilish. Vazifalar: Oliy sinf oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligi holatini tahlil qilish. Taʼlim tizimidagi islohotlar bilan jismoniy tayyorgarlikni uygʻunlashtirish. Tashkiliy-pedagogik model asosida tajriba oʻtkazish. Tadqiqot natijalari asosida tavsiyalar ishlab chiqish. TADQIQOT METODLARI Nazariy tahlil: pedagogik, psixologik va normativ hujjatlar tahlili. Eksperimental tadqiqot: maktab o‘quvchilari bilan amaliy mashg‘ulotlar. Solishtirma tahlil: nazorat va eksperimental guruhlar orasidagi farqlarni aniqlash. Statistik tahlil: olingan natijalarni matematik-statistik usullarda tahlil qilish. 1-jadval. Tajriba dasturi jadvali № Vosita Me’yor Kutilayotgan Ko‘rsatmalar (mashq/shakl) (haftasiga/marotaba/vaqt) natija (metodik tavsiyalar) 1 Umumiy 3 marotaba, 15–20 Isinish darajasi Harakatlar ketmarivojlantiruvchi daqiqa yaxshilanadi, ketligi saqlansin, mashqlar (URM) yurak-qon tomir tizzalarni yuqoriga faollashadi ko‘tarish va nafas bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak 2 Yengil atletika 2 marotaba, 20 daqiqa Tezlik, O‘quvchilarning mashqlari chidamlilik, yoshi va jismoniy (yugurish, start yurak-qon tomir holati hisobga olinib texnikasi) va nafas olish yuklama belgilanadi tizimi rivojlanadi 3 Gimnastik 2 marotaba, 15 daqiqa Moslashuvchanlik Mashqlar individual mashqlar va muvozanat darajada tanlanadi, (moslashuvchanlik ko‘nikmalari xavfsizlik va muvozanat) shakllanadi qoidalariga amal qilinadi 4 Sport o‘yinlari 2–3 marotaba, 30 daqiqa Jamoaviylik, Har bir o‘yin (mini futbol, muvofiqlashtirish, oldidan isinish va voleybol, harakatlilik tushuntirish beriladi basketbol) rivojlanadi

5 Sog‘lom turmush 1 marotaba, 40 daqiqa Bilim va Savol-javob, rolli tarzi bo‘yicha (nazariy) madaniyat o‘yinlar orqali treninglar shakllanadi qiziqarli o‘tkazish (ovqatlanish, tavsiya etiladi gigiyena, dam olish) 6 Psixomotorika va 1–2 marotaba, 10 daqiqa Ruhiy Vizualizatsiya, stressni bardoshlilik, musiqali mashqlar kamaytirish stressga bilan mashqlari chidamlilik ortadi uyg‘unlashtirish mumkin 7 Yakuniy jismoniy Oyda 1 marta, 30 daqiqa Taraqqiyot Bir xil sharoitda tayyorgarlik testi dinamikasini o‘tkazilsin, oldingi tahlil qilish natijalar bilan imkonini beradi taqqoslang

Vosita (mashq/shakl) – bu ustunda yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatlar (masalan, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, sport o‘yinlari, treninglar) ko‘rsatilgan. Bu vositalar Yangi O‘zbekiston taʼlim strategiyasida taʼkidlangan “sogʻlom va faol avlod” ni tarbiyalash maqsadlariga mos keladi. Me’yor – bu ustun har bir faoliyat turi uchun tavsiya etilgan mashg‘ulotlar soni va davomiyligini ko‘rsatadi. Bu belgilashlar o‘quvchilarning yoshiga mos fiziologik imkoniyatlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, me’yorlashtirilgan yuklama tamoyiliga asoslanadi. Kutilayotgan natija – bu ustun har bir mashq turi orqali rivojlanadigan jismoniy yoki psixologik sifatlarni ifodalaydi. Misol uchun, yugurish mashqlari yordamida chidamlilik va yurak-qon tomir tizimi faoliyati yaxshilanadi. Ko‘rsatmalar (metodik tavsiyalar) – bu yerda har bir faoliyatning samarali tashkil etilishi uchun zarur pedagogik yondashuvlar va metodik tavsiyalar keltirilgan. Bu ko‘rsatmalar mashg‘ulotlarning xavfsiz, qiziqarli va natijador bo‘lishini ta’minlash uchun muhimdir. Mazkur tajriba dasturi yuqori sinf o‘quvchilarining: jismoniy rivojlanishini tizimli tashkil etish, zamonaviy, innovatsion va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi taʼlim islohotlari bilan bog‘liq sog‘lom avlod tarbiyasini ta’minlashga xizmat qiladi. Dastur nazariy bilim bilan amaliy faoliyat uyg‘unligida tuzilgan bo‘lib, o‘quvchilarda barqaror jismoniy faollik madaniyatini shakllantirishni ko‘zlaydi. 2024-yilda Samarqand shahridagi 3 ta umumtaʼlim maktabida o‘tkazilgan eksperimentda 10–11-sinf o‘quvchilari 2 oy davomida yangi metodika asosida shug‘ullantirildi. Quyidagi jadvalda eksperimentdan oldin va keyingi natijalar keltirilgan:

2-jadval. Yuqori sinf oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari № Test turi Nazorat Eksperimental Eksperimental guruh guruhi (ball) guruh (oldin) (keyin) 1 30 m yugurish (sek.) 5.5 5.6 4.9 2 Uzunlikka sakrash 180 178 196 (sm)

3 Tirsakda bukilib 20 18 27 turtish (marotaba) 4 1000 m yugurish 4:20 4:25 3:58 (min:sek)

Natijalar tahlili. Eksperimental guruhda barcha ko‘rsatkichlar ijobiy o‘zgarishga ega bo‘ldi. Bu esa yangi pedagogik yondashuvlar jismoniy tayyorgarlik darajasini sezilarli oshirayotganini ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlar davomida faollik, qiziqish va motivatsiya darajasi ham oshgani kuzatildi. XULOSA Yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish ta’lim tizimidagi islohotlar bilan hamohang olib borilsa, o‘quvchilarni sog‘lom, jismonan yetuk va ijtimoiy faollikka tayyor shaxs sifatida shakllantirish imkonini beradi. Islohotlar mazmunini amaliyotga tatbiq etish, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini individuallashtirish, qiziqarli usullar bilan boyitish orqali ularning samarasini yanada oshirish mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – www.lex.uz
  2. Tojiboyev M. Yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasini tashkil etish. – Samarqand: 2020.
  3. Jo‘rayev O. Jismoniy madaniyat asoslari. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-martdagi PQ–115-son qarori.
  5. Qodirov R., Karimov S. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012963
Nashr sanasi
2025-06-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
5
DOI
10.66073/researchfocus.v4i5.1636
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
161–164
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11