EVRISTIK TA‘LIM METODLARINI BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA QO‘LLASH
Isanova MunisaO‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Pedagogika nazariyasi va tarixi yo‘nalishi 1-kurs magistranti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 5Sahifa 157–160
Annotatsiya
mazkur maqolada evristik ta‘lim metodlarining boshlang‘ich ta‘limdagi ahamiyati yoritiladi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish va o‘rganish samaradorligini oshirishda evristik savollar metodi, ko‘p o‘lchamli matritsa metodi, erkin assotsiatsiyali metod va inversiya metodlarining qo‘llanilishi haqida tahliliy fikrlar berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПРИМЕНЕНИЕ ЭВРИСТИЧЕСКИХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
В статье обсуждается важность эвристических методов обучения в начальном образовании. Даны аналитические взгляды на использование ме тода эвристических вопросов, метода многомерных матриц, метода свободных ассоциаций и метода инверсии в развитии творческих способностей учащихся и повышении эффективности обучения.
inglizchaAPPLICATION OF HEURISTIC TEACHING METHODS IN PRIMARY EDUCATION
This article sets out the importance of heuristic teaching methods in primary education. Analytical views are given on the application of the method of heuristic questions, the multidimensional matrix method, the free association method and the inversion method in forming the creative abilities of pupils and raising the effectiveness of learning.
Kalit so‘zlar
- evristika
- matematik yechim
- matritsa
- erkin assotsiatsiya
- inversiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
EVRISTIK TA’LIM METODLARINI BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA QO‘LLASH Isanova Munisa O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika institute, Pedagogika nazariyasi va tarixi yo‘nalishi 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.15663045 Annotatsiya: mazkur maqolada evristik ta’lim metodlarining boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati yoritiladi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish va o‘rganish samaradorligini oshirishda evristik savollar metodi, ko‘p o‘lchamli matritsa metodi, erkin assotsiatsiyali metod va inversiya metodlarining qo‘llanilishi haqida tahliliy fikrlar berilgan. Kalit so‘zlar: evristika, matematik yechim, matritsa, erkin assotsiatsiya, inversiya.
APPLYING HEURISTIC LEARNING METHODS IN PRIMARY EDUCATION Abstract: This article discusses the importance of heuristic teaching methods in primary education. Analytical views are given on the use of heuristic questioning methods, multidimensional matrix methods, free association methods, and inversion methods in developing students' creative abilities and improving learning efficiency. Keywords: heuristics, mathematical solution, matrix, free association, inversion.
ПРИМЕНЕНИЕ ЭВРИСТИЧЕСКИХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ Аннотация: В статье обсуждается важность эвристических методов обучения в начальном образовании. Даны аналитические взгляды на использование метода эвристических вопросов, метода многомерных матриц, метода свободных ассоциаций и метода инверсии в развитии творческих способностей учащихся и повышении эффективности обучения. Ключевые слова: эвристика, математическое решение, матрица, свободная ассоциация, инверсия.
KIRISH Nazariy manbalardan ma’lumki, “Evristika” so‘zi – grekchadan olingan bo’lib, “heurist” – “izlayman”, “topaman”, “ochdim” ma’nolarini anglatadi1. O‘qitish jarayonida mustaqil, faol, ijodiy faoliyatini tashkil etishda evristik metodlar asosidagi ta’lim samaradorlikni oshiradi. Umuman olib qaraganda, evristik ta’lim qadim antik zamonlardan beri qo’llanib kelinadi. Ilk marta ta’lim jarayonida qo’llanilganda – evristik suhbat tarzida, ya’ni yo’naltirilgan, ketma-ket berilgan savollarga javob berish jarayonida shakllangan, javob berishda aytiladigan javoblar o’quvchi tomonidan muammolar yechimiga qatnashish jarayonida rivojlantirilgan. Pedagogikada o’quvchi fikrini rivojlantiruvchi, maqsadli, sermahsul ishlanmalar asosida qo’llanilgan. Bu usulni birinchi bo’lib, matematik olimlar o’quvchilar iste’moliga kiritganlar. Chunki matematika fikrni rivojlantirishda, mantiqni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. ASOSIY QISM Evristik metodlar ko’pincha “matematik yechish san’ati” metodlari shaklida qo’llanilgan. Keyinchalik esa boshqa fanlarni o’qitishda ham bu metod ilg’or va samarador usulga aylandi. Uni universal metod sifatida qo’llashga harakatlar bo’lgani yoziladi. Bu metod bilan o’z davrida
faylasuf, grek matematigi Papi Aleksandriyskiy, keyinchalik frunsuz matematigi R.Dexretler shug’ullangan. Ular evristik metodlar universal metoddir, degan xulosaga keldilar. Uni Yan Amos Komenskiy ta’lim tizimiga kiritish zarurligini uqtirgan2. U evristik usuldan ta’lim jarayonida foydalanilishiga asosiy sabab shaxsning o’ylashi, ijodiy fikr yuritishi zamirida turli yangiliklarni yaratuvchi shaxs tarbiyalanadi, deya ta’rif beradi. Evristik ta’lim metodining keng tarqalishi XX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. O’quv jarayoniga kibernetikaning kirib kelishi, ilmiy izlanuvchanlik, ijodkorlik, yangiliklar yaratishning oshishi munosabati bilan ta’lim jarayonida ko’plab metodlarni keng qo’llashni talab etadi. Bugungi kunda fanda evristika yo’nalishi ham rivojlanmoqda. Biror yangilik yaratish g’oyasi ilgari surilgandan keyin yangi ixtiyoriy harakat dasturi tuziladi. Har qanday bilimni o’rganishda, o’rgatishda yangicha ijodiy, nostandart fikrlash orqali yangilik yaratiladi. Evristik metodlar ijodiy qobiliyatni shakllantirishda, ta’lim olish jarayonini osonlashtirishda muhim ekan, bunga boshlang’ich ta’limda ko’proq ehtiyoj seziladi. Chunki hayotni endi o’rganayotgan, ilm egallash vazifasini endi boshlagan bolalar uchun ijodiy fikrni shakllantirish, o’rganish usullarini osonlashtirish muhim hisoblanadi. Boshlang’ich ta’limda ko’plab evristik metodlar qo’llanib kelinmoqda. Jumladan, eng kech tarqalgan evristik savollar metodi ma’lum qonuniyatlar va tamoyillarga suyanadi. Bular g’oyaning muammoliligi va optimalligi, ma’lumotlarni bo’lim, bloklarga taqsimlash, ya’ni maqsad vazifalar yechimidagi ketma-ket kichik yo’nalishlarni yechishga qaratilganligi. Bunday metodlarda tashkil etilgan boshlang’ich ta’lim mashg’ulotlar shu bilan ajralib turadiki, u istalgan muammoni yechishda o’quvchini ijodiy yondashuvga, intuitiv fikrlashga olib keladi. Ko’p o’lchamli – matritsa metodi boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining matematika darsidagi taktik muammolariga suyanadi. Bunda yechilayotgan masalaning ayrim elementlari ma’lum darajada oldindan ma’lum bo’ladi. Yechimida uning ayrim tomonlari va elementlari noma’lum bo’ladi. Bu metod asosida sistemali yangicha tahlilga suyanadi, masalani yechishda ma’lum prinsiplarni o’z ichiga olganligi uchun ko’pgina xatoliklarning oldini olishga imkon beradi. Shuningdek, bu metod ko’pincha murakkab bo’lgan ijodiy muammolarni hal etib qolmay, yangi – yangi g’oyalarni tug’ilishiga sabab bo’ladi. Ko’p o’lchamli – matritsa metodining o’ziga xos kamchiligi ham mavjud. U shundan iboratki, o’rtacha qiyinchilikdagi vazifalar yechimida, juda ko’plab variantlarni keltirib chiqaradi. Bu boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun murakkab hodisa. Bunda metod yechilayotgan masalaning har tomonlama to’g’ri variantini ochib berish kafolatini bera olmaydi. Ko’p o’lchamli – matritsa metodi asosida ishlashning o’zi boshlang’ich ta’lim o’quvchilaridan ko’nikma va mahorat talab etadi.
1-jadval. “Boshlang‘ich ta’limda qo‘llaniladigan evristik metodlarning tahlili” Metod nomi Qo‘llanish sohasi Afzalliklari Cheklovlari yoki murakkab jihatlari Evristik Barcha fanlar, - O‘quvchini izlanishga - Savollar ketma-ketligi savollar ayniqsa savol- undaydi. noto‘g‘ri tuzilsa, o‘quvchi metodi javob asosidagi - Muammoni yechishga chalg‘ishi mumkin. darslarda yo‘naltiradi. - Har bir o‘quvchiga - Ijodiy fikrlashni individual yondashuv talab rag‘batlantiradi. etadi.
Коменский, Я. А. Великая дидактика / Я. А. Коменский. – б. м.: б. и., 1875. – 309 с
Ko‘p Matematika, - Har tomonlama tahlilni - Murakkabligi sababli o‘lchamli mantiqiy o‘rgatadi. kichik yoshdagi o‘quvchilar matritsa masalalar - Yangi g‘oyalarni uchun qiyinchilik tug‘dirishi metodi shakllantirishga yordam mumkin. beradi. - Ko‘plab variantlar chalkashlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor. Erkin Yozma ishlarda, - Ijodiy fikrlar paydo - O‘quvchilarning ijtimoiy assotsiatsiyali fanlararo bo‘lishiga zamin yaratadi. va kommunikativ faolligi metod aloqalarda - Tashqi muhit bilan talab etiladi. bog‘liqlikni shakllantiradi. - Boshqaruv qiyinlashadi, har bir o‘quvchining fikri bilan ishlash zarur. Inversiya Murakkab - Masalaga yangicha - Masalani yechishda metodi masalalarni qarashni rivojlantiradi. murakkablikni chuqur tahlil teskari tartibda - Intuitiv fikrlashni qilishni talab etadi. o‘rgatish rivojlantiradi. - Har doim ham boshlang‘ich sinf darajasida to‘liq qo‘llash oson emas.
Jadvalda ko‘rib chiqilgan evristik metodlar boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni o‘zlashtirish tezligi va mustahkamligini oshirishda muhim vositadir. Har bir metod o‘ziga xos yondashuvni, tayyorgarlikni va pedagogik mahoratni talab qiladi. Boshlang‘ich ta’limda evristik metodlarni muvaffaqiyatli qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammo yechish va yangilik yaratish salohiyatini shakllantiradi.
Erkin assotsiatsiyali metodda boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining matematikani o’rganish faoliyatida yuqori darajadagi ijodiy faoliyatni baholashda, g’oyalarni ilgari surishda yangi – yangi assotsiatsiyalarni izlab topish va yaratish imkonini beradi. Bu muammo o’z yechimida yangi g’oyalarni keltirib chiqaradi, muammoning yechimini topish jadallashadi. Bu metodda assotsiatsiyaning vujudga kelishi tufayli yechilish zarur bo’lgan muammo komponentlarining, tashqi muhitning o’zaro bog’lanishlari ro’yobga chiqadi. Tashqi muhit bilan o’quvchilar jamoasining o’zaro ijodkorlik fikrlari to’qnashuvi imkoniyatini tug’diradi. Bu metodda masalani tashkil etishda sinfning har bir o’quvchisi faol ishtirok etishi kerak. Masala yechimida o’quvchi o’z assotsiatsiyasini yoki fikrini taklif etishi kerak. Ularning fikrlarini mujassamlashtirish orqali masalaning yechimida yangi g’oyalar o’z yechimini topadi. Bu metodni qo’llashda erkin – o’z fikrini aytish, tanqidiy fikrlash muhim.
Inversiya metodida o’quvchilar ijodiy vazifalarni yechimini izlab topishga, yangi holatlarda g’oyalarning yechimini topishga qaratilgan. Bu metod masalaning yechimiga yangicha yondashish, eski qoliplardagi yechimlardan biroz chekinishni talab qiladi. Yangicha sharoitda fikr yuritish, yangicha yechim topish, masalaning boshqa tomonlama yechimlarini topishga, g’oyalar tug’ilishiga sabab bo’ladi. An’anaviy bu metod masalaning yechimini topish vaziyatidan chiqishda tashqi tomondan qarashni taqozo etadi. Ya’ni tekshirilayotgan masalalarga analiz va sintez, mantiqiy va intuitiv, sinetik va dinamik xarakteristik tomondan yechimlar topiladi. Ayrim masalalar, muammolar yechimida quyidan yuqoriga qarab yechim qidirishga to’g’ri keladi. Ya’ni masalaning qiyin tomonidan emas, sodda tomonidan boshlab yechimni o’rgatish boshlang’ich ta’lim o’quvchilari uchun o’rganishni osonlashtiradi. XULOSA Keltirib o’tganlarimiz boshlang’ich ta’limda faol qo’llaniladigan evristik metodlarning ayrimlaridir. Umuman olib qaraganda, evristik metodlarning har biri boshlang’ich sinf o’quvchisi uchun o’rganish qulayligi va tezligini oshiradi. Bolaning ta’lim jarayonini sifatli va natijali qilishda evristik metod suv va havoday zarur hisoblanadi. Bunday metodlar asosida o’tilgan dars o’quvchining tez yodida qoladi va keyinchalik ham o’zlashtirishda qiynalmaydi. Ayniqsa, matematika fanini o’zlashtirishda masalarga yechim topishning usullarini, turli yo’llarini o’rgatish muhim. Yozib o’tgan metodlarimiz boshlang’ich sinfda o’tiladigan fanlar, jumladan matematikani o’zlashtirishda samarador usullar hisoblanadi. Ishimizning keyingi qismlarida shu va boshqa metodlarning boshlang’ich ta’limda matematikani o’zlashtirishdagi o’rni va ahamiyatiga qaratiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Boltayeva Sh.T., Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllanti-rish. Monografiya. – Toshkent: 2013. - 189-b.
- Hasanboyeva O., Hasanboyev J. va b.q. Pedagogika. – T.: Fan, 2006. - 282 b
- Xurramov R. (2022). Og‘zaki mashqlar yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari evristik fikrlashini rivojlantirishning metodik asoslari. “Ta'lim va innovatsion tadqiqot''. https://doi.org/10.53885/edinres.2022.9.09.02210.53885/edinres.2022.9.09.022
- Коменский, Я. А. Великая дидактика / Я. А. Коменский. – б. м.: б. и., 1875. – 309 с. –
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012962
- Nashr sanasi
- 2025-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i5.1635
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 157–160
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-21 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11