YAKKAKURASH SPORT TURLARIDA JISMONIY QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION USLUBLARI VA ULARNI QO‘LLANILISHI DOIRASIDA YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDAGI TA‘LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR
Irisqulova Feruza Qushoq qizi1, Eshnazarov Jo‘raqul Eshnazarovich22025
- 1O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistri
- 2O‘z-FinPI professori
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 5Sahifa 153–156
Annotatsiya
Ushbu maqolada yakkakurash sport turlarida jismoniy qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion uslublarni qo‘llashning samaradorligi hamda bu jarayonni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan ta‘lim islohotlari bilan integratsiyalash imkoniyatlari o‘rganilgan. Innovatsion usullar orqali, sportchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi sezilarli darajada oshirilganligi aniqlangan. Ushbu maqola, jismoniy tarbiya tizimida integratsiyalashgan innovatsiyalarni amalga oshirishning ahamiyatini ko‘rsatadi va davlatimizning ta‘lim siyosatiga mos ravishda yakkakurash sport turlarida yuqori natijalarga erishish uchun ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Boshqa tillarda
ruschaИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ В БОЕВЫХ ИСКУССТВАХ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ В РАМКАХ РЕФОРМИРОВАНИЯ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ В НОВОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА
В данной статье рассматривается эффективность применения инновационных методов для формирования физической подготовки в единоборствах, а также возможности интеграции данного процесса с реформами в сфере образования, предусмотренными Стратегией развития Нового Узбекистана. Выявлено, что с помощью инновационных методов значительно повышается уровень физической подготовки спортсменов. Статья подчеркивает важность внедрения интегрированных инноваций в систему физического воспитания и разрабатывает научные и практические рекомендации для достижения высоких результатов в единоборствах, соответствующие политике образования страны.
inglizchaINNOVATIVE METHODS OF FORMING PHYSICAL ABILITIES IN COMBAT SPORTS AND REFORMS IN THE EDUCATION SYSTEM OF THE NEW UZBEKISTAN DEVELOPMENT STRATEGY WITHIN THE SCOPE OF THEIR APPLICATION
This article studies the effectiveness of applying innovative methods in the formation of physical abilities in martial arts, as well as the possibilities of integrating this process with the educational reforms defined in the Development Strategy of New Uzbekistan. It was established that through innovative methods the level of physical preparedness of athletes is raised considerably. This article shows the importance of implementing integrated innovations in the system of physical education and develops scientific and practical recommendations for achieving high results in martial arts in accordance with the educational policy of our state.
Kalit so‘zlar
- yakkakurash
- jismoniy qobiliyat
- innovatsion usullar
- ta‘lim islohotlari
- Yangi O‘zbekiston strategiyasi
- pedagogik yondashuv
- musobaqaga tayyorgarlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
YAKKAKURASH SPORT TURLARIDA JISMONIY QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION USLUBLARI VA ULARNI QO‘LLANILISHI DOIRASIDA YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDAGI TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR Irisqulova Feruza Qushoq qizi O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistri Eshnazarov Jo`raqul Eshnazarovich O‘z-FinPI professori https://doi.org/10.5281/zenodo.15662294 Annotatsiya: Ushbu maqolada yakkakurash sport turlarida jismoniy qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion uslublarni qo‘llashning samaradorligi hamda bu jarayonni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan ta’lim islohotlari bilan integratsiyalash imkoniyatlari o‘rganilgan. Innovatsion usullar orqali, sportchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi sezilarli darajada oshirilganligi aniqlangan. Ushbu maqola, jismoniy tarbiya tizimida integratsiyalashgan innovatsiyalarni amalga oshirishning ahamiyatini ko‘rsatadi va davlatimizning ta’lim siyosatiga mos ravishda yakkakurash sport turlarida yuqori natijalarga erishish uchun ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi. Kalit so‘zlar: yakkakurash, jismoniy qobiliyat, innovatsion usullar, ta’lim islohotlari, Yangi O‘zbekiston strategiyasi, pedagogik yondashuv, musobaqaga tayyorgarlik.
ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ФИЗИЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ В БОЕВЫХ ИСКУССТВАХ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ В РАМКАХ РЕФОРМИРОВАНИЯ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ В НОВОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА Аннотация: В данной статье рассматривается эффективность применения инновационных методов для формирования физической подготовки в единоборствах, а также возможности интеграции данного процесса с реформами в сфере образования, предусмотренными Стратегией развития Нового Узбекистана. Выявлено, что с помощью инновационных методов значительно повышается уровень физической подготовки спортсменов. Статья подчеркивает важность внедрения интегрированных инноваций в систему физического воспитания и разрабатывает научные и практические рекомендации для достижения высоких результатов в единоборствах, соответствующие политике образования страны.
Ключевые слова: единоборства, физическая подготовка, инновационные методы, образовательные реформы, Стратегия Нового Узбекистана, педагогический подход, подготовка к соревнованиям.
INNOVATIVE METHODS OF DEVELOPING PHYSICAL ABILITIES IN MARTIAL ARTS AND REFORMS IN THE EDUCATION SYSTEM WITHIN THE FRAMEWORK OF THE NEW UZBEK DEVELOPMENT STRATEGY Abstract: This article examines the effectiveness of applying innovative methods for developing physical abilities in combat sports and the opportunities for integrating this process with the educational reforms outlined in the New Uzbekistan Development Strategy. It was found that innovative methods significantly improve the physical training levels of athletes. This article highlights the importance of implementing integrated innovations in the physical education system
and provides scientific and practical recommendations for achieving high results in combat sports in line with the country’s education policy.
Keywords: combat sports, physical abilities, innovative methods, educational reforms, New Uzbekistan strategy, pedagogical approach, competition preparation.
KIRISH Yakkakurash sport turlari — dzyudo, kurash, boks, taekvondo kabi yo‘nalishlar — sportchilardan yuqori darajadagi jismoniy va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Ushbu sport turlari musobaqalarida yakkakurashchilardan nafaqat jismoniy kuch, balki ulkan iroda kuchi va strategik fikrlash qobiliyatlari talab etiladi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish hamda ta’lim tizimini modernizatsiyalash asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda. Bu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida jismoniy tayyorgarlik jarayoniga innovatsion yondashuvlarni qo‘llash muhimligi o‘rganiladi va Yangi O‘zbekistonning sport va ta’lim sohasidagi islohotlar bilan bog‘liq strategiyalar ko‘rib chiqiladi. DOLZARBLIGI Jismoniy tayyorgarlik sohasidagi yangiliklar va innovatsion metodikalar sportchilarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Yakkakurash sport turlarida yuqori darajadagi natijalarni qo‘lga kiritish uchun, jismoniy tayyorgarlik jarayonini yangi pedagogik yondashuvlar orqali takomillashtirish talab etiladi. Shu nuqtada Yangi O‘zbekistonning ta’lim islohotlari jismoniy tarbiya va sport tizimining yangilanishiga imkon yaratmoqda. Ta’lim tizimida jismoniy tarbiya bo‘yicha ko‘plab ilg‘or yondashuvlar va zamonaviy metodikalar ishlab chiqilmoqda, bularning barchasi sportchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga xizmat qiladi. MAQSAD Yakkakurash sport turlarida jismoniy qobiliyatlarni shakllantirishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularning ta’lim tizimidagi islohotlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘llarini aniqlash. Bunda yangi pedagogik yondashuvlar va zamonaviy sport texnologiyalarini qo‘llashning o‘rni va zaruriyati tahlil qilinadi. VAZIFALAR 1. Yakkakurash sport turlarida talab etiladigan jismoniy qobiliyatlarni aniqlash. 2. Innovatsion usullarni tanlash va tajriba dasturiga kiritish. 3. Ushbu usullarning samaradorligini tajriba asosida baholash. 4. Olingan natijalar asosida tavsiyalar ishlab chiqish. USULLAR Ilmiy-nazariy tahlil: Yakkakurash turlarida jismoniy tayyorgarlikning zamonaviy yondashuvlari va innovatsion usullarini o‘rganish. Empirik kuzatuv: Sportchilarning jismoniy tayyorgarlik darajalarini baholash, metodik usullarni sinovdan o‘tkazish. Eksperimental tajriba: Tajriba guruhlari va nazorat guruhlari o‘rtasida farqlarni tahlil qilish. Statistik tahlil: Tajriba natijalarini statistik tahlil qilish orqali usullarning samaradorligini aniqlash. Ushbu jadvalda yakkakurash sport turlarida jismoniy qobiliyatlarni shakllantirishning bosqichma-bosqich rivojlanishini ko‘rsatadigan tajriba dasturi keltirilgan. Har bir bosqichda
sportchining jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida maxsus vositalar va metodik yondashuvlar qo‘llaniladi. 1-hafta: Start tezligi mashqlari (30m yugurish) Vositalar: Start tezligi mashqlari orqali sportchining boshlang‘ich tezligi oshiriladi. Me’yorlar: 30 metr masofani 5.2-5.8 soniyada yugurish kutiladi. Natija: Harakat tezligi yaxshilanadi, bu esa jangovar vaziyatda tezkor reaktsiya va harakatlarni yaxshilashga yordam beradi. Ko‘rsatmalar: Harakatlarni tahlil qilish va shaxsiy texnikani yaxshilash uchun har bir sportchining yakkama-yakka holatdagi start tezligini o‘rganish kerak. 2-hafta: Chidamlilik mashqlari (tabata, intervalli) Vositalar: Tabata va intervalli mashqlari yordamida sportchining yurak urish tezligini boshqarish va chidamlilikni oshirish. Me’yorlar: Mashq davomiyligi 6–8 daqiqa bo‘lishi kerak. Natija: Yurak urish tezligi pasayadi, bu esa uzoq davom etadigan janglarda sportchining charchoqqa qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Ko‘rsatmalar: Mashg‘ulotlar davomida davomiylik bosqichma-bosqich oshiriladi, bunda individual yondashuv zarur. 3-hafta: Koordinatsiya (reaksiya, qarama-qarshi harakatlar) Vositalar: Reaksiya va qarama-qarshi harakatlar mashqlari sportchining harakatlar tezligini va aniq boshqaruvni oshirishga yordam beradi. Me’yorlar: 3–5 turdagi mashqlarni bajarish. Natija: Harakatlar aniqligi oshadi, bu esa yakkakurashda yuqori koordinatsiya va mukammal jismoniy qarshilikni ta’minlaydi. Ko‘rsatmalar: Mashqlarni raqib bilan uyg‘unlikda bajarish juda muhim, chunki raqibning harakatlariga tezkor javob berish sportchi uchun juda zarur. 4-hafta: Kuch ishlari (arm g‘im, press, shina) Vositalar: Kuch ishlari mashqlari (arm g‘im, press, shina) yordamida sportchining statik kuchini oshirish. Me’yorlar: Har bir mashqni 15–30 marta bajarish. Natija: Statik kuch ko‘rsatkichlari oshadi, bu esa musobaqalarda sportchining bardoshini va kuchini oshiradi. Ko‘rsatmalar: Yuklama darajasini individual nazorat qilish zarur, chunki ortiqcha yuk sportchining jarohatlanishiga olib kelishi mumkin. Jadvalda har bir bosqich uchun metodik yondashuvlar, vositalar va kutilgan natijalar ko‘rsatilgan. Boshqa so‘z bilan aytganda, har bir haftalik mashqlar sportchining jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan.
1-jadval. TAJRIBA DASTURI (JADVAL KO‘RINISHIDA) Natija (umumiy Ko‘rsatmalar Bosqichlar Vositalar Me’yorlar baholash) (metodik yondashuv) Harakat tahlili, Start tezligi mashqlari 5.2–5.8 Harakat tezligi 1-hafta shaxsiy texnikani (30m yugurish) soniya yaxshilandi tahlil qilish
Mashg‘ulot Chidamlilik Yurak urish davomiyligi 2-hafta mashqlari (tabata, 6–8 daqiqa tezligi pasaydi bosqichma-bosqich intervalli) oshirildi Koordinatsiya 3–5 mashq Harakatlar Mashqlarni raqib bilan 3-hafta (reaksiya, qaramaturi aniqligi oshdi uyg‘unlikda bajarish qarshi harakatlar) Statik kuch Kuch ishlari (arm 15–30 Yuklamani individual 4-hafta ko‘rsatkichlari g‘im, press, shina) marta nazorat qilish oshdi
TAJRIBA NATIJALARI Eksperimental guruhda tezlik, chidamlilik va kuch ko‘rsatkichlarida 12–18% o‘sish kuzatildi. Koordinatsion qobiliyatlarda sezilarli yaxshilanishlar aniqlandi, psixologik barqarorlik va musobaqa tayyorgarligi oshdi. Innovatsion metodikalar yordamida sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi yaxshilandi va ular musobaqalarda yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. XULOSA Yakkakurash sport turlarida innovatsion metodikalarni qo‘llash jismoniy qobiliyatlarni yanada samarali shakllantirish imkonini beradi. Yangi O‘zbekiston ta’lim strategiyasi doirasida ushbu usullarning qo‘llanilishi ta’lim tizimida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Shuningdek, bu yondashuvlar sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirib, musobaqalarda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Tavsiya qilinadi: umumta’lim maktablarida ham innovatsion jismoniy tayyorgarlik modullarini joriy etish.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-sonli farmoni, 2022 yil.
- Xalq ta’limi vazirligi metodik qo‘llanmalari, 2023.
- Mirzayev A. “Yakkakurash sport turlarida tayyorgarlik bosqichlari”, Toshkent, 2021.
- Tursunov R. va boshq. “Innovatsion sport metodikalari”, Samarqand, 2020.
- International Journal of Wrestling Sciences, 2022, Vol. 12(3).
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012961
- Nashr sanasi
- 2025-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i5.1634
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 153–156
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11