JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Baxtiyorov Sohib, Eshnazarov Jo‘raqulO‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 5Sahifa 118–123
Annotatsiya
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishda innovatsion texnologiyalari vositasitasida boshqaruv tizimini tadbig‘ qilish xususiyatlari o‘rganilgan shuningdek boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan xulosalar ishlab chiqilgan.
Boshqa tillarda
ruschaСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ В СФЕРЕ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И СПОРТА
В статье исследуются особенности внедрения систем управления посредством инновационных технологий в физическом воспитании и спорта, а также делаются выводы, направленные на совершенствование системы управления.
inglizchaIMPROVING THE MANAGEMENT SYSTEM IN THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS
This article studies the features of introducing a management system by means of innovative technologies in the administration of the field of physical education and sport, and also develops conclusions aimed at improving the management system.
Kalit so‘zlar
- Ta‘lim jarayonining jismoniy va ta‘lim tizimi
- jismoniy tarbiya tizimida axborot texnologiyalari
- boshqaruv tizimi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari
- boshqarish funksiyasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Baxtiyorov Sohib O‘z-FinPI magistri p.f.n. prof. Eshnazarov Jo`raqul O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.15662232 Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishda innovatsion texnologiyalari vositasitasida boshqaruv tizimini tadbig’qilish xususiyatlari o’rganilgan shuningdek boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan xulosalar ishlab chiqilgan. Kalit so’zlar: Ta’lim jarayonining jismoniy va ta’lim tizimi, jismoniy tarbiya tizimida axborot texnologiyalari, boshqaruv tizimi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, boshqarish funksiyasi.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ В СФЕРЕ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ И СПОРТА Аннотация: В статье исследуются особенности внедрения систем управления посредством инновационных технологий в физическом воспитании и спорта, а также делаются выводы, направленные на совершенствование системы управления. Ключевые слова: Физическая и образовательная система учебного процесса, информационные технологии в системе физического воспитания, социальноэкономические условия системы управления, функции управления.
The condition of sphere of physical education and sport in nowadays Abstract: This article explores the features of managing the management of physical culture and sports through the use of information technology, and has developed conclusions aimed at improving the management system. Key words: Physical and educational systems of the educational process, informational technologies in physical training system , management function of socio-economic conditions.
INTRODUCTION Dunyoda sport shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda boshqaruv faoliyati «Jismoniy tarbiya va sport» tizimining har bir tarkibiy bo‘linmasida muhim yo‘nalish hisoblanadi. Nafaqat butun tizimning faoliyat yuritishi, balki uning kelgusi rivojlanishi ham qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari to‘g‘riligiga, ularning tezkorligiga, o‘z vaqtida qabul qilinishiga bog‘liq. Shu tufayli nazariy tadqiqot oldiga yangi axborot texnologiyalari qo‘llanilgan holda quyidagi yo‘nalishlarda boshqaruv faoliyati muammolarini o‘rganish masalalari qo‘yildi: Zamonaviy jamiyat hayotining barcha sohalaridagi o‘zgarishlar sur’ati va xususiyati jahon hamjamiyati ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy sifatlari va uni jadallashtirish yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Respublikamizning bugungi sharoitlariga nisbatan izohlaganda, ushbu o‘zgarishlar jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishning ushbu ijtimoiy tizimni jamiyatning zamonaviy ehtiyojlariga yaqinlashtirish asosida yanada rivojlantirishga ko‘maklashadigan hamda birinchi o‘ringa olib chiqish manbai hisoblanadi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda puxta yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini boshqaruv tizimi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasi kabi murakkab tizimlar va jarayonlar tadqiqoti boshqaruv tizimini shakllantirish va uning tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish bilan chambarchas bog‘liq. MAIN PART Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra, boshqaruv tizimi umumiy ko‘rinishda bevosita va teskari bog‘lanish kanallari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladigan boshqarish ob’ektini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ma’lumki, boshqarish jarayonida boshqariladigan ob’ektga boshqaruvchi va o‘rin to‘ldiruvchi ta’sirlar ko‘rsatiladi, ushbu ta’sir natijasi esa «chiqish» ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanadi. Bunda boshqaruvchi ta’sirlar «chiqish» ko‘rsatkichlariga biriktiriladi.[1] Shunday qilib,boshqaruv tizimi ikkita tizim – boshqarish ob’ekti va boshqaruvchi tizim jamlanmasi sifatida baholanishi mumkin (1-rasm). Boshqaruvchi tizim boshqarish ob’ektiga o‘zini qanday tutishi kerakligi to‘g‘risida axborot (boshqaruvchi qarorlar)ni boshqaruvchi signallar uzatish orqali ta’sir ko‘rsatishi ifodalangan. Qayd etamizki, boshqarish maqsadiga erishishni ta’minlaydigan qarorlarni ishlab chiqish uchun boshqaruvchi tizim tashqi muhit holati va boshqarish ob’ekti holati to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi kerak. Bunday axborotni uzatish kanali «teskari bog‘lanish» deb nomlanadi. Boshqarish umumiy mexanizmi shundan iborat. Boshqarish deyilganda, boshqarish ob’ektiga aniq maqsadga qaratilgan ta’sir ko‘rsatish jarayoni tushunilib, u ta’sir natijasida muayyan funksiyalarni bajaradi. Maxsus adabiyotlarida boshqarish muayyan ob’ekt, sifatida qaralib tizim yoki jarayon holatining maqsadga erishishga olib boradigan har qanday o‘zgarishi sifatida talqin etiladi. Boshqarish fani fanlar integratsiyasi davrining o‘ziga xos fani hisoblanadi. U oqilona tashkil qilishni nazarda tutadi, shu tufayli boshqarish fani rolli fikrlashni engillashtirish va optimal qarorlar qabul qilishdan iborat.[2] Qayd etilishicha, sport sohasini ijtimoiy boshqarishning hozirgi holati tavsifi quyidagi masalalar oldindan izohlanishini talab etadi: - ijtimoiy boshqarish va jumladan sport sohasini boshqarish mohiyatini tavsifi?; - ijtimoiy boshqarish tuzilishi va funksiyalari tavsifi; - sport sohasini ijtimoiy boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va sport inson faoliyatining barqaror sohasi sifatida ijtimoiy hayot sohasiga tegishlidir. Ijtimoiy boshqarish mohiyatini qayd etib, shunday yozadi: ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotning mislsiz ko‘lami iqtisodiy, ijtimoiy, aholi sog‘lig‘i yomonlashishi kabi muammolarni paydo qildi. Shu tufayli ijtimoiy boshqarish samaradorligini oshirish ahamiyati va unga bo‘lgan talab kuchayib bormoqda. [3] Biz nazariy tadqiqot o‘tkazish orqali shuni tasdiqladiki, sport sohasini boshqarish mohiyati belgilangan maqsadga erishish jarayonida uning tuzilishi va faoliyatini tartibga solish bo‘yicha tashkiliy ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Tuzilish deyilganda tizim qismlari tarkibi va ular o‘rtasidagi muayyan qonuniy tartib tushuniladi: a) jismoniy tarbiya va sportni boshqarish: tashkil etish va ta’sis qilish sub’ekti; b) boshqarish ob’ekti (boshqariladigan tizim); v) vazifalar – farmonlar, qonunlar, qarorlar va h.k.; g) boshqarish ob’ektiga boshqaruvchi ta’sir (dasturlar); d) boshqarish ob’ekti faoliyati to‘g‘risida teskari axborot. Sport sohasini boshqaruv tizimi faoliyati quyidagi tizimlar ta’sirini o‘z ichiga oladi: a) umumiy funksiyalar: rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va tuzatish, axborot bilan ishlash;
b) maxsus funksiyalar deyilganda, sport sohasini boshqarish asosiy shakllari: jamiyatdavlat, qo‘mita va muassasa; ijtimoiy; aralash (ijtimoiy-davlat),o‘z-o‘zini boshqarish organlari tushuniladi. Bunda Respublika,viloyatlararo,tumanlararo va mahalliy darajalar sport harakatini boshqarishning etakchi darajalari hisoblanadi. Shunday qilib, biz sport sohasini boshqarish tahliliga tizim nuqtai nazaridan yondashashi uni murakkab tizim sifatida ifodaladik, bunda ijtimoiy boshqarish yaxlit va muntazamlilik xususiyatiga ega ekanligini aniqlandi. Ko‘plab olimlar tizimli yondashuvni aksariyat holatlar, shu jumladan ijtimoiy voqeahodisalarni tadqiq etishdagi eng muhim usullardan biri sifatida baholaydilar. Har bir murakkab voqea-hodisa turli tomonlardan ko‘rib chiqilishi mumkin. Aynan ushbu muhim talab tizimli yondashuvning asosini tashkil etishi, bunda ob’ektning barcha ehtimoliy tarkibiy qismlari o‘zaro uyg‘un munosabatlari hisobga olingan holda, u tomonidan umuman bilim o‘zlashtirish amalga oshirilishi kerak. Tizimli tadqiqotning boshlang‘ich punkti – tarkibiy qismlari alohida emas, balki dialektik birlikda o‘rganiladigan ob’ektni yaxlit, shu bilan birga har tomonlama tadqiq qilishga yo‘nalishdan iborat. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda jismoniy tarbiya va sport boshqrish tizimli yondashuv, fikrimizcha, etarli darajada tatbiq etilmagan. Bevosita amaliyot bilan bog‘liq ishlardan qayd etish kerak, ushbu ishlarda tizimli yondashuv etarlicha keng taqdim etilgan. Umuman, sport amaliyotida ushbu yondashuvni, hattoki «badiiy gimnastikachi qadamini tadqiq etishning tizimli-tuzilmali tamoyili»da ishlatishgacha ushbu yondashuvni qo‘llashga intilish kuzatiladi. Ayrim mualliflar tizimli yondashuvni mashq nazariyasida uslub, usul ishlarning samaradorligini yanada takomillashtirishning asosi deb hisoblashadi. Sportchilarning mashqida tiklash vositalaridan tizimli foydalanish bo‘yicha ishlar shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni o‘rganishda tizimli yondashuv bo‘yicha nazariy manbalar paydo bo‘ldi. Yaqin kelajakda jismoniy tarbiya va sport singari ko‘p funksiyali hodisalarni o‘rganishda tizimli yondashuv o‘z o‘rnini topadi deb taxmin qilish mumkin. Bu sohada tadqiqotlar ko‘lami juda keng bo‘lishi mumkin.Ilgari tadqiq etilgan hosilalar va ularning mazmuni: «jismoniy tarbiya tizimi», «jismoniy tarbiyada meyoriy baholar tizimi», «jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlash tizimi», «jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» kabilarning rivojlanish modellari yanada batafsil tizimli tahlildan o‘tkazilishi lozim. Shunday qilib, jamiyatdagi hodisalarga nisbatan tizimli yondashuv dialektik usulning shakllaridan biridir.Uning bu mohiyati muayyan tizimni ajratib olish va tadqiq etishda ifodalanadi. Rahbarning faoliyati «maqsad»,«vosita»,«natija» kabi mezonlarning muayyan o‘zaro munosabati bilan tavsiflanishini ko‘rsatadi. Bunday holat real voqelik bilan belgilanadi, chunki rahbar qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun, (o‘zining nuqtai nazaridan) zarur vositalar yordamida tizim (boshqaruv ob’ekti)ni faoliyat natijasining aniq shakliga o‘tkazadigan kuch sifatida boshqaruv ob’ektiga faol ta’sir etishga murojaat qiladi. Ammo faoliyat natijalari har doim ham qo‘yilgan maqsadga olib kelavermaydi. Haqiqatda mavjud va bo‘lishi lozim voqelikning farqi ham mavjud boshqaruv tizimini, ham boshqaruv qarorlarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi, oqibatda natijaning maqsadga va maqsadga etishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayoniga nisbatini tadqiq etish zarurati yuzaga keladi. Demak, boshqaruv g‘oyasini amalda ro‘yobga chiqarish uchun birinchi navbatda boshqarilayotgan ob’ektning tuzilmasi hamda uni bir holatdan ikkinchisiga o‘tishi qonuniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvur zarur. Ushbu talab qay darajada qondirilganiga boshqaruv nazariyasining ilmiy aniqligi, to‘g‘riligi, tushunchalar apparatining mazmuniy qat’iyligi va nihoyat, amaliy
jihatdan samaradorligi bog‘liqdir. Axborotni tizim va tashqi muhit o‘rtasida uzluksiz harakati boshqaruv jarayonlarining eng muhim belgilaridan biridir.Tizimning tarkibiy komponentlari, qismlari o‘rtasida ham axborot almashuvi yuz beradi, shuning oqibatida ular o‘zaro ta’sirga kirishadilar va tizimning yaxlitligi saqlanadi. Yillik statistik hisobot ko‘rinishidagi hujjat moddiy-raqam tashuvchi vosita, ko‘rib chiqilayotgan tizimda ham, tashkiliy tizimlarning barcha turlarida ham malumot tashuvchi vosita hisoblanadi. U tizimga solish ob’ekti holatini aks ettiradigan dastlabki xolatni hisobga olish asosida tuzilishi aniqlandi. -me’yoriy hujjatlarni to‘plashni tashkillashtirish tizimi; -hisobotlarni taxliliy o‘rganish uchun moddiy baza va taalluqli ishlov ta’minoti; -turli darajadagi tashkilotlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq jamlanma hisobotlar, nashrga oid ma’lumotlar tizimi; -tashkilot, uning iste’molchilarini malumotlar bilan ta’minlash tizimi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya va sport sohasini rejali ob’ekt sifatida tizimli tahlil qilish, uning barcha tarkibiy qismlarida asosiy tizim tashkil etuvchi xususiyatlarni va eng muhimi ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish, jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi statistik-xisobot malumotlar mazmunini aniqlash uchun dastlabki omil bo‘lib, ularning sifat ko‘rsatkichlarini rejalashtirish, hisobga olinishi kerak. Innovatsion tizimni loyihalash bosqichlari ma’lumotlar bazasi va bankini tashkil etishdan iborat ekanligi aniqlandi. Ma’lumotlar bazasini loyihalashda dastlabki hisobot-mantiqiy modeli ishlab chiqildi: - tadqiq qilish sifatida tanlangan predmetli sohani o‘rganish; ya’ni soha tizimi va xolatini boshqarish. - real sport sohasi tizimi, xolati va ularning tashkiliy xolatini tahlil qilish; - mintaqaviy mazmunini, ularning tarkibi va turdosh sport turlari bilan bog‘liqliklari ishlab chiqildi. Jismoniy tarbiya va sport sohasi tizimining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish istemolchini ma’lumotlarni bilan taminlanishini tashkillashtirish. (2-rasm)
Yillik statiistik Javoblar Chiqish ma’lumotlari hisoboti kompleksi Hisobot ma’lumotlarni
Hisobotni tuzish Hisobotni to’plash qayta ishlash
Boshqarishning axborotga bo’lgan Hisob ehtiyojni qondirishni qondirish. Мa’lumotlari ite’molchini ахbоrоt bilan tа’minlanishini tаshkillashtirish
Boshqarish оbеkti (B.О) Teskari aloqa Boshqarish sube’kti (B.S)
Oldimizda turgan vazifalarni izchillik bilan hal etish jarayonida predmetli sohaning ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lishi hamda foydalanuvchining talablari va maqsadlari
bajarilishini ta’minlaydigan ma’lumotlar tarkibi va mazmunini aniqlashga erishildi.Aniqlanishicha, ma’lumotlar bazasi o‘ziga xos, soha shart-sharoitlarini hisobga oladigan va modulli tuzilishga ega targ‘ibotlardan iborat avtomatlashtirilgan tizimni o‘z ichiga oladi. O‘quvchiga yanada tushunarli bulish uchun ushbu tushunchalarga izox berib o‘tamiz; «model» so‘zi xar qanday voqiylikning shakliga ta’rif berish uchun ishlatiladi; «modul» so‘zi mazmuniga ta’rif berish uchun qo‘llaniladi. Ushbulardan kelib chiqib namoyish kilinayotgan rasmdan kuyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: Modellarning tagida keltirilgan modullar harakatdagi tizimning to‘liq mazmunini anglatishi zarur, bizning holatimizda modullar pastki katorda majmua shaklida keltirlgan bu esa, rejalashtirish va ba’zi-bir o‘zgartirish kiritish imkonini beradi. (1- rasm) da xar-bir modulning batafsil tavsifi ochib berilgan.
Hodimlar Shug’ullanuvchilar Moddiy moddi baza Yuksаk mаrrаlаr
Sport Sport Sport turlari Moliya Xisobot inshootlari ommaviy
Axborot, kommunikatsiya nazariyasi, jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kommunikatsiya masalalari ko‘rib chiqilgan.Ushbu ishlardan kelib chiqadigan asosiy xulosalar quyidagilardan iborat: - jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarga axborot xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirishning turli muammolari bo‘yicha ilmiy-tekshirish ishlarini doimo o‘tkazish talab qilinadi; - ko‘rib chiqilayotgan faoliyat sohasida axborot oqimlarini o‘rganish o‘ta muhim muammo hisoblanadi. Ushbu faktlarni bilish va ulardan foydalanish jismoniy tarbiya va sport sohasida axborot xizmati ko‘rsatishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkonini beradi; - jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ilmiy-texnik axborotni to‘plash, saqlash, tartibga solish va qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan maxsus axborot-qidiruv tizimini yaratish; - jismoniy tarbiya xodimlarini axborotning ilmiy asoslari bilan kengroq tanishtirish zarur. Xulosa qilib, boshqaruvning mohiyati pirovard quyidagilardan iborat deyish mumkin: tizimning va uni o‘rab turgan muhitning holati to‘g‘risida axborotni to‘plash zarur; ushbu axborotni aloqa kanallari bo‘ylab qayta ishlash manziliga jo‘natish; boshqaruv buyruqlarini shakllantirish maqsadida axborotni qayta ishlanishini amalga oshirish; boshqaruv buyruqlarini amalga oshirish, ya’ni tarkibida buyruq bo‘lgan axborotni ijroiya organlariga uzatish; tegishli harakatlarni va nazoratni amalga oshirish. XULOSA Shunday qilib, boshqaruvni tashkillashtirish, boshqarilayotgan tizimning holati to‘g‘risidagi axborotning ham miqdoriy, ham sifatiy tasiflarini, uning mazmuni va mohiyatini bilishni talab qiladi, bu esa ham biologik, ham ijtimoiy tusdagi o‘ta murakkab tizimlarni boshqarishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaldagi holatning berilgan holat bilan mos kelmasligi boshqaruv tizimiga berilgan yo‘nalish faoliyat yuritishi uchun tizimni qayta qurishga olib keladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- В.Ю.Волков. Компьютерные технологии в физической культуре, теория и практика физической культуры”. Москва. 1998 г. 106 с.
- V.V.Mixalev. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi axborot texnologiylari. Toshkent. 1998 y. 110 bet .
- K.D.Yarashev. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. Toshkent. 1998 y. 66 bet.
- R.S.Salomov, F.A.Kerimov. Jismoniy tarbiyada pedagogik texnologiyalar. Toshkent. 2003 y. 40 bet.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012955
- Nashr sanasi
- 2025-06-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i5.1628
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 118–123
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11