Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

O‘SMIR VOLEYBOLCHI QIZLARNING MULOQOTNING YOSHGA XOS HUSUSIYATLARI O‘RGANISH

B.AbdullaevNamDU o‘qituvchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 5Sahifa 111–114

Annotatsiya

Ushbu maqolada, o‘smir voleybolchi qizlarning muloqoti, Muloqot verbal va noverbal ko‘rinishlari hamda, O‘smirlarning kattalar bilan bo‘ladigan muloqotiga alohida e‘tibor qaratilgan.

Boshqa tillarda

ruschaИЗУЧЕНИЕ ВОЗРАСТНЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОБЩЕНИЯ ДЕВУШЕК-ВОЛЕЙБОЛИСТОК ПОДРОСТКОВОГО ВОЗРАСТА

В данной статье рассматривается общение подростков-волейболистов, вербальные и невербальные формы общения, а также взаимодействие подростков со взрослыми.

inglizchaSTUDYING THE AGE-SPECIFIC FEATURES OF COMMUNICATION IN ADOLESCENT FEMALE VOLLEYBALL PLAYERS

This article pays particular attention to the communication of adolescent female volleyball players, to the verbal and non-verbal forms of communication, and to the communication of adolescents with adults.

Kalit so‘zlar

  • Muloqot turlari
  • kichik maktab yoshidagi muloqot
  • o‘smirlik va kattalar yoshidagi muloqot
  • verbal muloqot

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O‘SMIR VOLEYBOLCHI QIZLARNING MULOQOTNING YOSHGA XOS HUSUSIYATLARI O‘RGANISH B.Abdullaev NamDU o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.15665458 Annotatsiya: Ushbu maqolada, o‘smir voleybolchi qizlarning muloqoti, Muloqot verbal va noverbal ko‘rinishlari hamda, O‘smirlarning kattalar bilan bo‘ladigan muloqotiga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Muloqot turlari, kichik maktab yoshidagi muloqot, o‘smirlik va kattalar yoshidagi muloqot, verbal muloqot, noverbal muloqot.

ИЗУЧЕНИЕ ВОЗРАСТНЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОБЩЕНИЯ ДЕВОЧЕКВОЛЕЙБОЛИСТОК Б. Абдуллаев преподаватель НамГУ Аннотация: В данной статье рассматривается общение подростков-волейболистов, вербальные и невербальные формы общения, а также взаимодействие подростков со взрослыми. Ключевые слова: Виды общения, общение в младшем школьном возрасте, общение в подростковом и взрослом возрасте, вербальное общение, невербальное общение.

STUDYING AGE-SPECIFIC COMMUNICATION FEATURES OF TEENAGE GIRLS' VOLLEYBALL PLAYERS B.Abdullaev Teacher, NamDU Abstract: This article focuses on the communication of teenage volleyball players, verbal and nonverbal forms of communication, and adolescents' interactions with adults. Keywords: Types of communication, communication of primary school age, communication of adolescence and adulthood, verbal communication, nonverbal communication.

KIRISH Muloqot odamlar o‘rtasida yoki odamlar va tabiat o‘rtasida ma'lum bir xatti-harakatlar yoki vosita orqali ma'lumot almashish va uzatishni anglatadi. Keng ma'noda, bu o‘z xohish-istaklarini buzmasdan har qanday usul va har qanday vositadan foydalangan holda ma'lumotga muhtoj bo‘lgan ikki yoki undan ortiq tomonlarni nazarda tutadi. Axborotni bir tomondan boshqasiga to‘g‘ri va xavfsiz tarzda o‘tkazish uchun, umuman olganda, tabiiy dunyodagi barcha moddalar ma'lumot almashishi va uzatishi mumkin. Odamlar o‘rtasidagi muloqotning o‘ziga xos shakli bu do‘stlik munosabatlari va o‘zaro munosabatlarning barqaror, individual tanlangan tizimi bo‘lib, muloqot qiluvchilarning o‘zaro bog‘lanishi, bir-biri bilan muloqot qilishdan yuqori darajada qoniqish bilan tavsiflanadi. Do‘stlikning rivojlanishi uning yozilmagan kodiga rioya qilishni o‘z ichiga oladi, bu o‘zaro tushunish, ochiqlik, ishonch, o‘zaro yordam, boshqa birovning ishlariga o‘zaro qiziqish, his-tuyg‘ularning fidokorligi zarurligini tasdiqlaydi. ASOSIY QISM Muloqot — ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi xarakterda va bilish bo‘yicha ma’lumot almashinishidan iborat bo‘lgan o‘zaro tasir etishidir. Muloqotning vazifalari:

Insonlar oʻzaro bir-birlarini tushunishlarini ta'minlash; Ijtimoiy tajribaga asos solish; U yoki bu faoliyatga tayyorlash ya'ni ruhlantirish. Muloqot verbal va noverbal ko‘rinishda bo‘ladi. Noverbal muloqot- so‘zlar yordamisiz amalga oshiriladigan muloqot ko‘pincha ongsiz ravishda yuzaga keladi. U verbal muloqotni to‘ldirib va kuchaytirib kelishi yoki aksincha, unga zid bo‘lishi va susaytirib kelishi mumkin. Noverbal muloqot ongsiz jarayon hisoblansa-da, bugungi kunda u yetarlicha o‘rganilmoqda va bu sohada muvaffaqiyatli natijalarga erishilmoqdda. Paralingvistik aloqa almashinuvi-muloqotning eng qadimiy va fundamental shakli hisoblanadi. Ota-bobolarimiz bir-birlari bilan ko‘pincha tana harakatlari, yuz ifodalari, ovozning tembri va intonatsiyasi, nafas olish tezligi, qarashlar yordamida aloqa qilishgan. Biz ham hozir bir-birimizni so‘zsiz tushuna olamiz. Noverbal til shu qadar kuchli va umumiyki, biz ko‘pincha itni ham u nimani xohlashini osongina tushuna olamiz. Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqoti. Bola endi maktab yoshiga yetganda ularning bir-birlariga nisbatan munosabatlari yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota-onasi, guruhdagi tengdoshlari, tarbiyachi bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lsa, endi maktab o‘qituvchisi, sinf rahbari bilan ham muloqotda bo‘ladi. Bolalarda bu davrda mas’uliyat 15 hissi shakllanadi. Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabda o‘qishi katta rol o‘ynaydi. Bola maktabgacha yoshda o‘ylamasdan gapiradi, maktabda esa bola gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan ilm bo‘lib qoladi. Grammatikani o‘qib o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi takomillashadi. Maktabda o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘ati boyiydi, so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi. Bolalarning yozma nutqni egallashlari ular nutqining o‘sishida muhim bosqich bo‘ladi. Bola o‘z fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga harakat qiladi. O‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar bajarayotganda o‘zining shu ishiga baho berilishini, o‘z fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab baho berilishini oldindan bilib turadi. O‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o‘ziga - o‘zi gapirib berishni mashq qilib turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’sir qiladi. Bolalar nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki uning nutqi o‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashi kerak. Maktabda bolalarda eng avvalo faol ishlatiladigan so‘zlarning miqdori oshadi. Yozma nutqni, o‘qish va yozishni o‘zlashtirish o‘quvchi hayotida hosil qilingan malaka hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tovushlarni bir-biriga qushish orqali so‘z tuzish malakasini egallab olgach, ba’zida matn mazmunini noto‘g‘ri tushunadilar. Unga o‘quvchilarning so‘z boyligining kamligi yoki asosiy fikrni ajrata bilmasligi sabab bo‘ladi. Shu munosabat bilan o‘qituvchi oldida bolalarda lug‘at boyligini oshirish va ularni o‘qigan narsalari yuzasidan mustaqil reja tuzishga barvaqtroq o‘rgatish vazifasi turadi. Yozuv darslarida bola harf va so‘zlarni yozishda katta qiyinchilikka duch keladi. Dastlab bola butun e’tiborini yozish texnikasiga va o‘tirish qoidasiga rioya qilishga qaratadi. Avval bolaning yozma nutqi uning og‘zaki nutqi orqali belgilanadi, ya’ni u so‘zni qanday talaffuz etsa shunday yozadi. Bu davrda bola bilan ovoz chiqarib aytish bo‘yicha muntazam mashqlar o‘tkazish uning imlo qoidalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishida katta ahamiyatga ega. Yozma nutqda imo-ishora, ohangdan foydanilmaydi, bolalarning yozma nutqlari ularning og‘zaki nutqiga qaraganda ancha bo‘sh bo‘ladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi ta’sirida o‘sadi. Shuning uchun pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish bilan birga nutq madaniyatini ham o‘rgatib borishlari zarur. O‘smirlarning kattalar bilan bo‘ladigan

muloqoti. Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquvvat, balki ma’naviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. Shunday ekan, o‘smir va o‘spirinlarni muloqot jarayonida mustaqil fikrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. O‘smir va o‘spirinlarni muloqotga o‘rgatish uchun ularga psixologik, pedagogik adabiyotlarni o‘qishga tavsiya qilish, muloqot jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlashini aniqlash va shu jarayonda psixologik o‘yinlar, mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir. Maktabning o‘rta va yuqori sinflarda yozma nutq mazmunli, ta’sirli bo‘lib, grammatik jihatdan tobora to‘g‘ri, mukammal tuzilib boradi va oqibatda bunday nutq og‘zaki nutqning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bolalar nutqi bevosita kattalar nutqi ta’sirida o‘sadi. Shuning uchun o‘qituvchi nutqi o‘quvchilar nutqini o‘stirishda namuna bo‘lib xizmat qilishi kerak. O‘quvchilar tafakkurini o‘stirmay turib, ularning nutqini o‘stirib bo‘lmaydi. Og‘zaki gapirish, bayon yoki insho yozishda o‘quvchilarning reja tuzib olishlariga e’tibor berish kerak. Yozma va og‘zaki nutqni o‘stirish uchun kitob ustida muntazam ishlash, o‘qigan matnlarning tezisini, konspektini tuzish, ma’ruza, referatlar tayyorlash, adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli reflekslar paydo bo‘lishining umumiy qonunlari asosida o‘sadi. Agar kishi biror bir tovushni noto‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rganib qolgan bo‘lsa, unda bu kamchiliqlarni tugatish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur. O‘smirlar muloqotiga nisbatan o‘spirinlar muloqoti ancha tarbiyalangan bo‘ladi. Chunki ular muloqot madaniyati, muomala sirlarini egallagan bo‘ladilar. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri-bu muloqotga bo‘lgan ehtiyoj. Muloqotga bo‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo‘lgan ehtiyojimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ba’zi hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi kishilar rasmiy va norasmiy munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, xizmat yuzasidan bo‘ladi. Norasmiy muloqot esa ishdan boshqa paytlarda, o‘yda (oila), mahallada, ko‘cha - ko‘ylarda bo‘ladi. Kattalar muloqotida ko‘pincha muloqot madaniyati amalga oshiriladi, ya’ni bir-birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar. Ammo ba’zi paytlarda muloqot buzilishi ham mumkin. Chunki kattalar ayrim paytlarda birbirlarini tushunmasdan xafa qilib qo‘yishlari, ko‘ngilga og‘ir botadigan gaplar aytib yuborishlari, natijada nizolarni keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muloqot madaniyati kishilarda yaxshi shakllangan bo‘lsa, ular bir-birlarini tushunishlari oson ro‘y beradi. Muloqot madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit ta’sirida, o‘z-o‘zini anglash, tarbiyalash oqibatida shakllanishi mumkin. Biz kattalar yoshlarga namuna, ibrat bo‘lishimiz bir-birimizga bo‘lgan muloqotimizdan kelib chiqadi. “Oltin so‘zlar (azizim, aylanay, o‘rgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik hayotimizda ko‘proq foydalanishimiz zarur. Kattalar muloqotiga yoshlar taqlid qilishlari orqali ularda muomala san’ati, madaniyati shakllanib boradi. Ayniqsa, oilada biz bu holatlarga e’tibor berishimiz kerak. Chunki ―qush uyasida ko‘rganini qiladi degan naql bejiz emas. Kattalar ham bir-birlariga verbal, noverbal va paralingvistik ta’sir ko‘rsatadilar. XULOSA Biz vaqti kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir-birimizga ta’sir eta olamiz. Bir og‘iz so‘z bilan ham xursand, yoki xafa qila olamiz. Shuning uchun doimo kattalar bir-birlariga samimiy munosabatda bo‘lib, ta’sir qilishlari lozim. Kattalar muloqoti ma’lum bir yoshlarda

o‘ziga xos bo‘ladi. Masalan, kattalar ma’lumotlariga, yoshlariga, jinslariga, kasblariga qarab muloqotda bo‘ladilar. Keksalar muloqoti o‘ziga xosdir. Ular xuddi kichik bolalardek izzat-talab, injiq, e’tibor talab bo‘lib qoladilar. Keksalarga ehtiyotkor bo‘lib muomalada bo‘lish zarur, chunki ko‘ngillari nozik bo‘ladi. Ularga ko‘ngillarini ko‘taradigan so‘zlarni ko‘proq qo‘llash zarur. Demak, har bir yoshga kiradigan kishilar, shu jumladan, kattalar ham o‘ziga xos muloqotga kirishadilar. Muloqot har bir davrga xos holda amalga oshiriladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Bovduraeva, G. A. (2018). «Verbal muloqot qobiliyatlari: o‘quvchining ma’naviyatini shakllantirishda ilmiy usullar». «Pedagogika» ilmiy elektron jurnali, 4(51), 12-16 betlar.
  2. Hamroqulov, A. M. (2019). «O‘qituvchining verbal muloqot qobiliyatlari va ularning kasbiy rivojlanishi». O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti ilmiy-xalqaro elektron jurnali, 2(14), 92-97 betlar.
  3. O‘tkir, N. A. (2020). «Verbal muloqot qobiliyatlari o‘qituvchi-talabalar orasidagi munosabatni mustahkamlashda o‘qitishning o‘rnini». «Ma’naviyat va madaniyat: ilmiy elektron jurnali», 3(28), 22-26 betlar.
  4. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
  5. G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012953
Nashr sanasi
2025-06-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
5
DOI
10.66073/researchfocus.v4i5.1625
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
111–114
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11