Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola14.00.00Ochiq kirish

BARCHASI ADRENALIN HAQIDA: UNING TARIXIY KELIB CHIQISHI, ORGANIZMDA ISHLAB CHIQARILISHI VA FUNKSIYASI

Mansurova Ra‘no Ilxom qiziSamarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 2Sahifa 137–140

Annotatsiya

Ushbu maqolada adrenalin gormonining tarixi, sintezi va organizmdagi asosiy funksiyalari yoritilgan. Dastlabki ilmiy izlanishlar natijasida buyrakusti bezlarining faoliyati aniqlanib, adrenalinning qon bosimi va organizmga ta‘siri o‘rganilgan. Ushbu gormon asosan stress holatlarida ajralib, "kurash yoki qochish" (fight-or-flight) javobida muhim rol o‘ynaydi.Shuningdek, maqolada adrenalinning metabolizm va nerv tizimiga ta‘siri ham tahlil qilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaВСЁ ОБ АДРЕНАЛИНЕ: ЕГО ИСТОРИЧЕСКОЕ ПРОИСХОЖДЕНИЕ, ВЫРАБОТКА В ОРГАНИЗМЕ И ФУНКЦИИ

В данной статье рассматривается история, синтез и основные функции гормона адреналина. Первые научные исследования выявили роль надпочечников и изучили влияние адреналина на артериальное давление и организм. Этот гормон в основном выделяется в ответ на стресс и играет ключевую роль в реакции «бей или беги» (fight-or-flight). Кроме того, в статье анализируется влияние адреналина на метаболизм и нервную систему.

inglizchaALL ABOUT ADRENALINE: ITS HISTORICAL ORIGIN, PRODUCTION IN THE BODY AND FUNCTION

This article covers the history of the hormone adrenaline, its synthesis and its main functions in the body. As a result of the earliest scientific investigations the activity of the adrenal glands was determined and the effect of adrenaline on blood pressure and on the body was studied. This hormone is released mainly in states of stress and plays an important role in the "fight-or-flight" response. The article also analyses the effect of adrenaline on metabolism and on the nervous system.

Kalit so‘zlar

  • adrenalin
  • epinefrin
  • adrenal bezlar
  • katexolaminlar
  • noradrenalin
  • fight-or- flight rresponse (“qochish yoki kurash”)

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BARCHASI ADRENALIN HAQIDA: UNING TARIXIY KELIB CHIQISHI, ORGANIZMDA ISHLAB CHIQARILISHI VA FUNKSIYASI Mansurova Ra’no Ilxom qizi Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi E-mail: darklegendaryfyb@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.15016389 Annotatsiya: Ushbu maqolada adrenalin gormonining tarixi, sintezi va organizmdagi asosiy funksiyalari yoritilgan. Dastlabki ilmiy izlanishlar natijasida buyrakusti bezlarining faoliyati aniqlanib, adrenalinning qon bosimi va organizmga ta’siri o‘rganilgan. Ushbu gormon asosan stress holatlarida ajralib, "kurash yoki qochish" (fight-or-flight) javobida muhim rol o‘ynaydi.Shuningdek, maqolada adrenalinning metabolizm va nerv tizimiga ta’siri ham tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: adrenalin, epinefrin, adrenal bezlar, katexolaminlar, noradrenalin, fight-orflight rresponse (“qochish yoki kurash”).

ВСЁ ОБ АДРЕНАЛИНЕ: ЕГО ИСТОРИЧЕСКОЕ ПРОИСХОЖДЕНИЕ, ВЫРАБОТКА В ОРГАНИЗМЕ И ФУНКЦИИ. Аннотация: В данной статье рассматривается история, синтез и основные функции гормона адреналина. Первые научные исследования выявили роль надпочечников и изучили влияние адреналина на артериальное давление и организм. Этот гормон в основном выделяется в ответ на стресс и играет ключевую роль в реакции «бей или беги» (fight-orflight). Кроме того, в статье анализируется влияние адреналина на метаболизм и нервную систему. Ключевые слова: адреналин, эпинефрин, надпочечники, катехоламины, норадреналин, реакция «бей или беги».

EVERYTHING ABOUT ADRENALINE: ITS HISTORICAL ORIGIN, PRODUCTION IN THE BODY, AND FUNCTION. Abstract: This article discusses the history, synthesis, and main functions of the hormone adrenaline. Early scientific research identified the role of the adrenal glands and studied the effects of adrenaline on blood pressure and the body. This hormone is primarily released in response to stress and plays a crucial role in the "fight-or-flight" response. Additionally, the article analyzes the effects of adrenaline on metabolism and the nervous system. Keywords: adrenaline, epinephrine, adrenal glands, catecholamines, norepinephrine, fight-or-flight response.

KIRISH Organizmning gumoral boshqarilishida asosiy rol o’ynovchi gormonlardan biri bu adrenalin hisoblanadi. Adrenalin, shuningdek epinefrin ham neyrotransmitter ham gormon hisoblanadi. Neyrotransmitter sifatida nerv signallarini nerv oxirlaridan muskul, bez va boshqa nerv hujayralariga o’tkazadi. Uning gormon sifatida ta’siri organizmda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada uning barcha xususiyatlari yetarli darajada yoritib beriladi. Adrenalin tarixi: dastlabki izlanishlar. Asrlar davomida buyraklar ustidagi kichik strukturalar, ya’ni adrenal yoki suprarenal bezlar va ularning funksiyasi noma’lum bo’lib kelgan. Adrenalinning hayot uchun muhimligi dastlab Tomas Edison tomonidan e’tirof etilgan. U

anemiya, zaiflik, umumiy charchoq, ochqozon-ichak faoliyatidagi noqulayliklar, teri rangining o’ziga xos o’zgarishkari va shu kabi qator o’zgarishlari bo’lgan bemorlarni kuzatdi va muammo ularning buyrakusti bezlarida ekanligini aniqladi. Shu yilda buyrakusti bezlari korteks va mag’iz qismdan iboratligi mikroskop orqali aniqlandi. Uning ta’siri Jorj Oliver tomonidan aniqlangan. U turli moddalarning, jumladan, hayvonlar miya po’stlog’i ekstratlari, tiroid va adrenal gormonlarning qon bosimiga ta’sirini o’rgandi. Aniqlanishicha, buyrakusti bezlaridan olingan kimyoviy ekstraktlar ta’sirida arterial bosim ko’tarilgan. Bu tajribalardan so’ng J.Oliver angliyalik fiziolog Eduard Shayfer bilan hamkorlik qilishni boshladi. Ular hayvonlarda tajriba o’tkazib, adrenalinning qon bosimini oshirishi, qon tomirlarini toraytirishi va oshqozon mushaklarini qisqartirishini yana bir bor aniqlashdi. Bu gal ular gormonning buyrakusti bezining korteks, ya’ni po’stloq simidan emas, balki mag’iz qismidan ajralishini kashf etishdi. Keyinchalik olimlarning bu gormon ustida izlanishlari ortib bordi. Otto va Furz suprarenin deb ataluvchi moddani ajratib oldi, ayni vaqtda Yakobs Albel suprarenindan biroz farq qiluvchi modda – epinefrinni ajratib oldi. Bu moddalar vazoaktiv (qon tomirlariga ta’sir qiluvchi) hisoblansada, adrenalin deb topilmadi. Vanihoyat, 1900-yilda yaponiyalik kimyogar Jokichi Takamine Davis & Laboratories hamkorligida buyrakusti bezining miya qismidan suprarenin va epinefrindan 2000 marta kuchliroq moddani ajratib oldi. U bu moddani adrenalin deb atadi. Sintez va sekretsiya jarayoni. Buyrakusti bezlarining mag’iz qavati adrenalin va noradrenalin gormonlarini sintezlaydi. Gormonal sekretsiyani 80%i adrenalin hissasiga to’g’ri keladi. Adrenalin tiromin hosilasidir, tiromin esa buyraklarda tirozinning dekarboksillanishidan hosil bo’ladi (1.1 rasm). Adrenalin buyrakusti bezlarida bevosita noradrenalindan sintezlanadi.Adrenalin katexolaminlar guruhiga kiritiladi, chunki u katexol hosilasi hisoblanadi.

Tuzilishi va funksiyasi. Adrenalin sekretsiyasi avtonom nerv tizimining simpatik qismi qo’zg’alganda keskin oshadi. Bu gormon simpatik nervlarga o’xshash ta’sir ko’rsatadi, farqi shundaki gormonal effect uzoqroq davom etadi va shundan bo’lsa kerak bu gormonni yana simpatomimetik amin deb ham ataydilar. Simpatomimetik aminlarni qon va to’qimlarda aminoksidaza fermenti parchalaydi. Katexolaminlarning eng muhim effektlaridan biri yurak faoliyatini stimullashdir. Bundan tashqari, ichak peristaltika va sekretsiyasini tormozlaydi, qorachiqni kengaytiradi, terlashni kamaytiradi, energiya hosil bo’lishini va katabolism jarayonlarini tezlashtiradi. Adrenalin miokardda joylashgan ß-adrenoretseptorlarga ta’sir etib, buning natijasida yurakda musbat inotrop va xronotrop effektlarni chaqiradi. Adrenalin moddalar almashinuvi intensivligiga ham ta’sir etadi, masalan, glikogenning parchalanishini tezlatib, mushaklar va jigarda glikogen zaxirasini kamaytiradi, u insulinga qarama-qarshi ta’sir etadi. Adrenalin ta’sirida mushaklarda glikogenoliz kuchayadi, ayni vaqtda glikoliz ro’y beradi, pirouzum va sut kislotalari oksidlanadi. Jigarda esa glikogendan glyukoza hosil bo’lib, qonga o’tadi, natijada qonda glyukoza ko’payib ketadi. Bu jarayonga adrenalin giperglikemiyasi deb ataladi. Adrenalin organimzga yuborilganda skelet mushaklarining ish qobilyati ortadi, adrenalin ta’sirida retseptorlarning, jumladan ko’z to’r pardasi, ehsitish va vestibulyar apparatining qo’zg’aluvchanligi ortadi. Shu tufayli organizm tashqi taasurotlarni yaxshiroq sezadi. “Kurash yoki qochib qol” ko’rinishdagi javobda (fight-or- flight response) adrenalin ahamiyati. Organizm stressli holatlarga tushganda bu kabi javob reaksiyasi paydo bo’ladi. Bu kabi javob reaksiyasi juda qadim zamonlarda evolyutsiya harakatlantiruvchi kuchlaridan bir yashash uchun kurash qabilida shakllangan va odam ibtidoiy tuzilmalarini xavfli vaziyatlarda yashab qolishini ta’minlagan. Bu jarayon mexanizmi asosida noradrenalin, xususan adrenalin gormoni muhim ahamiyatga ega. Inson miyasi xavf-xatarni sezganda, u (xavf) haqida signallarni gipotalamusga, undan orqa miyaga yuboradi va signallar butun tana bo’ylab tarqaladi. Bu signallarni o’tkazuvchi neyrotransmitter noradrenalin hisoblanadi. Noradrenalin buyrakusti bezlariga ta’sir ko’rsatadi va bevosita adrenal bezlarda uning o’zidan adreanlin sintezlanadi va qonga chiqariladi va organizmda quyidagi o’zgarishlar vujudga kela boshlaydi, ya’ni bunda organizm xavfli muhitga moslasha boshlaydi: - Qorachiqlar ko’proq yorug’lik yuitsh uchun kengayadi, bu organizmga atrof-muhitni yaxshiroq kuzatish imkonini beradi. - Teri oqaradi, chunki qon tomirlar qonni organizmning kislorodga ko’proq muhtoj bo’lgan qismlariga, masalan, mushaklarga yo’naltirish uchun signal oladi, bu esa organizmga kurashish yoki qochish imkonini beradi. - Kislorodga bo’lgan talab ortgani tufayli yurak tezroq qisqaradi va qon bosimi ham oshadi. - Organizmni qo’shimcha energiya bilan ta’minlash uchun jigardagi glikogen glyukozaga aylanadi va chiqariladi. - Organizming kislorodga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchunnafas olish chuqurligi va tezligi ortadi Bu "kurash yoki qochish" javobining oddiy tavsifidir. Ushbu jarayonda boshqa asab tizimi qismlari, shuningdek, boshqa organ tizimlari, gormonlar va neyrotransmitterlar ham ishtirok etadi. XULOSA Adrenalin gormonining o‘rganilishi tibbiyot va fiziologiya sohasida muhim ilmiy yutuqlarga olib keldi. Dastlabki tadqiqotlardan boshlab, uning organizmga ta’siri va ishlab chiqarilish mexanizmlari chuqur o‘rganildi. Adrenalin stress holatlarida "kurash yoki qochish" javobining asosiy omillaridan biri bo‘lib, yurak-qon tomir tizimi, metabolizm va nerv tizimi

faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Adrenalin fiziologiyasining yanada chuqur o‘rganilishi kelajakda yangi dorilar va tibbiy texnologiyalarni rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. O.T.Alyaviya, Sh.K.Qodirov, A.A.Nishanova / Fiziologiya
  2. Gistologiya, sitologiya va embriologiya/ darslik/ Q.R.To’xtayev va boshq.
  3. https://my.clevelandclinic.org/health/articles/22611-epinephrine-adrenaline
  4. https://faculty.weber.edu/ewalker/medicinal_chemistry/topics/adrenergic/adrenergic.gif

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012819
Nashr sanasi
2025-03-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v4i2.1338
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
137–140
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11