Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola10.00.00Ochiq kirish

ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE‘RIYATIDAGI YANGI TENDENSIYALAR

Saloydinova Maxliyoxon Abduvali qiziNamangan Davlat Universiteti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 2Sahifa 71–72

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she‘riyati milliy ananalar va jahon adabiyoti ta‘sirida qanday rivojlanayotganligi, yangi tendensiyalarni aniqlash, shoirlarning yangi badiiy uslublar, shakllar va janrlardan foydalanishi haqida tahlillar qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaНОВЫЕ ТЕНДЕНЦИИ В СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ ПОЭЗИИ

В данной статье анализируется развитие современной узбекской поэзии под влиянием национальных традиций и мировой литературы, выявляются новые тенденции, рассматриваются использование поэтами новых художественных стилей, форм и жанров.

inglizchaNEW TENDENCIES IN MODERN UZBEK POETRY

This article analyses how modern Uzbek poetry is developing under the influence of national traditions and world literature, identifies new tendencies, and examines the use by poets of new artistic styles, forms and genres.

Kalit so‘zlar

  • o‘zbek she‘riyati
  • milliy ananalar
  • modernizm
  • janrlar
  • tendensiyalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ZAMONAVIY O’ZBEK SHE’RIYATIDAGI YANGI TENDENSIYALAR Saloydinova Maxliyoxon Abduvali qizi Namangan Davlat Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.15012631 Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy o’zbek she’riyati milliy ananalar va jahon adabiyoti ta’sirida qanday rivojlanayotganligi, yangi tendensiyalarni aniqlash, shoirlarning yangi badiiy uslublar , shakllar va janrlardan foydalanishi haqida tahlillar qilingan. Kalit so’zlar: o’zbek she’riyati, milliy ananalar, modernizm, janrlar, tendensiyalar.

СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ В УЗБЕКСКОЙ ПОЭЗИИ Салойдинова Махлиёхон Абдували кизи Наманганский государственный университет Аннотация: В данной статье анализируется развитие современной узбекской поэзии под влиянием национальных традиций и мировой литературы, выявляются новые тенденции, рассматриваются использование поэтами новых художественных стилей, форм и жанров. Ключевые слова: узбекская поэзия, национальные традиции, модернизм, жанры, тенденции.

NEW TRENDS IN MODERN UZBEK POETRY Saloydinova Mahliyokhon Abduvali qizi Namangan State University Abstract: This article analyzes how modern Uzbek poetry is developing under the influence of national traditions and world literature, identifies new trends, and uses new artistic styles, forms, and genres by poets. Keywords: Uzbek poetry, national traditions, modernism, genres, trends.

KIRISH Zamonaviy o’zbek she’riyatida milliy an’analar jahon adabiyoti ta’sirida rivojlanmoqda. shoirlar uslublarni sinab ko’rishi, mavzular kengayin borishi kuzatilmoqda. Bugungi she’riyat klassikaga tayanish bilan birga, modernistik va postmodernistik oqimlardan ham ta’sirlanmoqda. Zamonaviy o’zbek she’riyati ananaviy she’riyatdan bir xillikdan qochish, ijtimoiy muammolarni badiiy tasvir vositalari va shoirning ichki dunyosidagi muvozanati, hissiy qarashlarining yorqin tasvirlashi orqali yoritilishi bilan farqlanadi. ASOSIY QISM Zamonaviy o’zbek she’riyati modernizm va an’anaviylik o’rtasida muvozanatni saqlagan holda rivojlanib kelmoqda. Ijodkorlar bir tomondan , klassik adabiyotimizga tayanib, milliy she’riyat ananalarini davom ettirmoqda, boshqa tomondan esa, jahon modernistik adabiyoti ta’sirida yangi badiiy shakl va mazmun elementlarini qo’llamoqda. Ananaviylikning davom etishig’azal, ruboiy, masnaviy, tuyuq kabi shakllar saqlanib qolganligi bilan ko’rinadi. O’zbek she’riyatida g’azal janri hanuzgacha yashab kelmoqda. Masalan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi shoirlar ijodida zamonaviy ruh bag’ishlaganini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari shoirlar milliy-mifalogik tasvirlardan ham keng foydalanishgan. Masalan, Omon Matjon ijodida tasavvufiy va falsafiy ramzlar keng qo’llanilgan. Modernizmning ta’siri Erkin she’r, poetik eksprementlar kirib kelishi orqali sezildi. An’anaviy qofiyalanish va vazn tizimiga bo‘ysunmagan erkin she’rlar paydo bo‘ldi. Masalan, Abduvali Qutbiddin, Jamol Kamol hozirgi yoshlar ijodida esa, Tillaniso, Jontemir, Fe’ruza Xayrullayevalar erkin she’r yozib, unda ichki ohang va ritmga urg‘u berishganligini ko’rishimiz mumkin. Badiiy tasvir vositalarining kengayishi modernistik she’riyatda surrealizm, simbolizm, metaforalar va intertekstualik kabi unsurlar ko‘p uchraydi. Masalan, Rauf Parfi she’riyatida klassik she’riy shakllar bilan birga modernistik ramzlar ham mavjud.

Shaharlashuv, ekzistensializm, globallashuv kabi yangi zamonaviy o‘zbek she’riyatida ilgari kam yoritilgan mavzular paydo bo‘ldi. Masalan, shaharlik insonning ruhiy iztiroblari, yolg‘izlik, globallashuv ta’siri kabi mavzularni hozirgi yosh shoirlar ko‘tarib chiqmoqda.

Zamonaviy o‘zbek she’riyatida modernizm va an’anaviylikning uyg‘unlashishi quyidagi jihatlarda namoyon bo‘lmoqda:

1. Shaklda an’anaviylik, mazmunda modernizm Shoirlar an’anaviy g‘azal yoki ruboiy shaklidan foydalanib, zamonaviy muammolarni yoritishmoqda. Masalan, Rauf Parfi klassik she’riy shakllardan foydalangan holda modernistik ruhdagi she’rlar yozgan.

2. Uslubda klassik va zamonaviy yondashuvlar birlashishi Erkin Vohidov g‘azallarida mumtoz adabiyot unsurlarini saqlagan holda, zamonaviy inson kechinmalarini aks ettirgan.

Ulug‘bek Hamdam esa klassik she’riyat ta’sirida bo‘lishiga qaramay, modernistik badiiy vositalardan foydalangan.

3. Tasvir uslubida milliylik va modernizm sintezi Shoirlar klassik ramzlardan foydalangan holda yangi poetik obrazlar yaratmoqda.

Yigirma birinchi asr yosh ijodkorlari orasida ham yangi ovozlar paydo bo’la boshladi, Najmiddin Ermatov, Shahriyor Shavkat, Rashid Ho’jamov, Nurmuhammad Abduzoirov kabi shoirlarning ijodida an’ana iy timsollar orqali zamonaviy ohang, yangicha ruh, hissiy barqarorlik o’zgarganligini ko’rishimiz mumkin. Misol uchun Shahriyor Shavkatning‘Alqissa’’, ‘Ular humo qushni so’yib yedilar’’, ’Kuchber’’ kabi she’rlarida an’anviy qofiya va vazndan voz kechib , erkin, shakl va ritmlarni qo’llaydi.

Insonning ichki kechinmalari , yolg’izlik, hayot va o’lim, erk kabi mavzular chuqur tahlil qilingan. Metafora, simvol, intertekstual aloqalardan mohirona foydalanib , o’quvchini chuqur mushohadaga chorlaydi.

XULOSA Zamonaviy o’zbek she’riyati an’anaviylik va modernizmni uyg’unlashtirilgan holda rivojlanib, yangi badiiy tendensiyalarni shakllantirmoqda. Yangi ifoda uysullari va mavzularning kengayishi she’riyatimizni boyitib, o’zbek adabiyotining jahon adabiyoti bilan integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Ulug’bek Hamdam. Jahon adabiyoti modernizm va postmodernizm. Toshkent – 2020. Akademnashr.
  2. Qozoqboy Yo’ldoshev. Modernizm, ildiz, mohiyat va belgilar. Toshkent-2014. Yoshlik jurnali 9-son.
  3. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent-2018.
  4. Uzoq Jo’raqulov. Nazariya poetika masalalari;Muallif. Janr. Xronotop. Toshkent-2015. G’ofur G’ulom nashriyoti

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012808
Nashr sanasi
2025-03-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v4i2.1326
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
71–72
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11