Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

O‘ZBEKISTONDA TEATR SAN‘ATINING RIVOJLANISH JARAYONLARI VA TENDENSIYALARI

Mahmud RashidovO‘zDSMI “Estrada va ommaviy tomoshalar san‘ati” kafedrasi professori2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 1Sahifa 363–365

Annotatsiya

Bugungi kunda respublikamizda barcha sohalar qatori, madaniyat va san‘at sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa teatr san‘atiga davlat siyosati darajasida e‘tibor berilishi soha rivojiga katta ta‘sir qildi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda teatr san‘atining rivojlanish jarayonlari va tendensiyalari haqida tahliliy fikrlar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПРОЦЕССЫ И ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ТЕАТРАЛЬНОГО ИСКУССТВА В УЗБЕКИСТАНЕ

Сегодня в нашей республике, наряду со всеми другими отраслями, стремительно развивается сфера культуры и искусства. Внимание, уделяемое театральному искусству, особенно на уровне государственной политики, оказало существенное влияние на развитие отрасли. В статье даются аналитические взгляды на процессы и тенденции развития театрального искусства в Узбекистане.

inglizchaDEVELOPMENT PROCESSES AND TRENDS OF THEATER ART IN UZBEKISTAN

Today, along with all other fields, the sphere of culture and art is also developing rapidly in our republic. In particular, the attention devoted to theatrical art at the level of state policy has had a great impact on the development of the field. This article presents analytical reflections on the processes and trends of the development of theatrical art in Uzbekistan.

Kalit so‘zlar

  • Milliy teatr
  • sаn‘аt
  • spektakl
  • jarayon
  • drama
  • madaniyat
  • integrаtsiyа
  • tаrаqqiyot
  • madaniy meros

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

O‘ZBEKISTONDА TEATR SАN’АTINING RIVOJLАNISH JАRАYONLАRI VА TENDENSIYАLАRI Mahmud Rashidov O‘zDSMI “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kаfedrаsi professori https://doi.org/10.5281/zenodo.14711687 Аnnotаtsiyа: Bugungi kunda respublikamizda barcha sohalar qatori, madaniyat va san’at sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa teatr san’atiga davlat siyosati darajasida e’tibor berilishi soha rivojiga katta ta’sir qildi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda teatr san’atining rivojlanish jarayonlari va tendensiyalari haqida tahliliy fikrlar berilgan. Kаlit so‘zlаr: Milliy teatr, sаn’аt, spektakl, jarayon, drama, madaniyat, integrаtsiyа, tаrаqqiyot, madaniy meros.

ПРОЦЕССЫ И ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ТЕАТРАЛЬНОГО ИСКУССТВА В УЗБЕКИСТАНЕ Аннотация: Сегодня в нашей республике, наряду со всеми другими отраслями, стремительно развивается сфера культуры и искусства. Внимание, уделяемое театральному искусству, особенно на уровне государственной политики, оказало существенное влияние на развитие отрасли. В статье даются аналитические взгляды на процессы и тенденции развития театрального искусства в Узбекистане. Ключевые слова: Национальный театр, искусство, представление, процесс, драма, культура, интеграция, развитие, культурное наследие.

DEVELOPMENT PROCESSES AND TRENDS OF THEATRICAL ART IN UZBEKISTAN Abstract: Today in our republic, along with all other industries, the sphere of culture and art is rapidly developing. The attention paid to theatrical art, especially at the level of state policy, has had a significant impact on the development of the industry. The article provides analytical views on the processes and trends of the development of theatrical art in Uzbekistan. Keywords: National Theatre, art, performance, process, drama, culture, integration, development, cultural heritage.

KIRISH Yangi О‘zbekistonning taraqqiyotida teatrlar rivojiga ham jiddiy e’tibor qaratilib, о‘z о‘rnida adiblar, dramaturglar, rejissyorlar, aktyorlar, umuman teatr san’ati fidoyilari zimmasiga sharafla bajarilishi lozim bо‘lgan mas’uliyatli vazifalarni yuklamoqda. Shu tufayli bugungi kunda teatr san’atining ahamiyati nihoyatda yuksak va muhimdir. Chunki uning asosiy vazifasi mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa yurtimiz kelajagi bо‘lmish yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, qat’iy iroda va e’tiqodga ega shaxslar qilib tarbiyalashdan iborat. Bu esa teatr san’atining hozirgi holati, undagi mavjud muammolar va ularning yechimlarini aniqlash, soha kelajagiga daxldor masalalarni tadqiq etish mavzuning dolzarbligini kо‘rsatadi. ASOSIY QISM Bugungi kun о‘zbek teatrida sahnalashtirilgan spektakllar g‘oyaviy-badiiy jihatdan puxta, shaklan va mazmunan yaxlit bо‘lishi barobarida sahna qonuniyatlari asosida yaratilishi va eng asosiysi tomoshabinning estetik didini oshirish, ma’naviy ozuqa berish va zavq ulashishga xizmat qilishi zarur. Bu masalalar ham mavzuning dolzarbligini ta’kidlaydi.

О‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish g‘oyasini Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ilgari surgan. U Uchinchi Renessansning milliy va umuminsoniy negizga ega fenomen, ekzistensiya ekanini ta’kidlaydi: «Bugun biz davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etgan holda, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yо‘lida katta qadamlar qо‘ymoqdamiz... Endigi vazifamiz yangi avlod beruniylarini, ibn sino va ulug‘beklarini, xorazmiy va farg‘oniylarini tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat»1. Demak, Uchinchi Renessansda milliy va umuminsoniy tajribalar mujassam bо‘ladi. Milliy va umuminsoniy malakalarni jamlay olish (aslida modernizatsiyalashtira olish) san’atkorning badiiy mahoratiga, badiiy tafakkur darajasiga, iste’dodining kо‘lamiga bog‘liq. Ayni paytda asar ijodkor mahsuli ekan, ijodkor ham о‘zi tug‘ilgan, yashayotgan muhit va davrning mahsuli ekanini, u shu zamon talablariga muvofiq ijod qilishini ham ta’kidlab о‘tish kerak bо‘ladi. Badiiy-estetik ijodning mumtoz namunalarini yaratgan Mahmudxо‘ja Behbudiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Chо‘lpon, Abdulla Avloniy, Oybek, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Komil Yashin, Izzat Sulton, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi ijodkorlar jamiyatda о‘zlari tо‘qnash kelgan muammolar, о‘zlarini qiynagan о‘y-fikrlar, boshidan kechirgan sarguzashtlar ta’sirida qо‘liga qalam olishganini, ularning asarlari ham shaklan, ham mazmunan milliylik kasb etib, undan, zamon va modernizatsiya talablariga muvofiq, umuminsoniy darajalarga kо‘tarilganini kuzatish mumkin. N.G‘oyibov yozganidek: «San’at obyektiv dunyoning badiiy in’ikosi sifatida о‘z xalqining faqat sof milliy xususiyatlarini emas, bu xalq turmushiga, psixologiyasiga kirib kelgan boshqa xalqlar ilg‘or milliy xususiyatlarini ham aks ettiradi. Aks holda, uning bir tomoni kam, kemtik bо‘lib, milliy jihatdan tor doiraga kirib qoladi. Bu esa san’atning ijtimoiy ahamiyatini pasaytiradi, badiiy qimmatiga ta’sir etadi»2. Demak, milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi mudom san’atning, badiiy estetik ijodning ekzistensiyasida, ruhidadir. О‘zbek teatri milliylikni, xalqimiz etnomadaniyatining ijtimoiy va gumanistik mohiyatini, xalqimizning xarakteri va milliy-ma’naviy qiyofasini ifodalashga ustuvor vazifa sifatida yondashib keladi. Sobiq sovet davrida teatrlar erkin ijod qila olmadi. Ijtimoiy buyurtma sabab repertuar aynan shu yo‘sinda shakllantirildi. Ushbu davr haqida professor O.Tojiboyeva quyidagi fikrlarni bildiradi: “Shо‘rolar davrida о‘zbek teatr san’ati targ‘ibotchilik rolini, kishilarni hukmron mafkura nuqtai nazaridan tarbiyalash funksiyasini bajardi. Ehtimol shu bois mumtoz merosga murojaat etishda asarlarning zohiriy tomonlari kо‘proq e’tiborda bо‘lib, botiniy jihatlarga diqqat qaratilmagandir. Aslini olganda teatr insonnni shaxs sifatida shakllanishiga yordam beruvchi, kishining botiniy his-tuyg‘ularini uyg‘otish, fikrlash va mushohada qilishi uchun imkoniyat, shart-sharoit yaratib berishga qodir bо‘lgan qudratli kuch bо‘lmog‘i lozim.”3 Bu borada xalq ijodiyoti va mumtoz adabiyot munosabatlarini chuqur о‘zlashtirishi muhim о‘rin tutadiki, ana shunda hayotning butun silsilasi, dramatik, poetik kо‘rinishi, oq-qora va turfa ranglardagi ifodasini idrok qilish imkoniyati paydo bо‘ladi. San’atkor bu olamni, insonni qanday badiiy-estetik ongi orqali idrok etsa, tushunsa, hayot haqiqatlarini shunday aks ettiradi. Yuqoridagi kabi hukm ohangida unday yoz, bunday yozma, deb

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. // Yangi О‘zbekiston. –Toshkent, 01.07.2021. G‘oyibov N. San’at taraqqiyotining ba’zi masalalari. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970. – B.114. Tojiboyeva O. Epos va teatr. Birinchi kitob. – T.: San`at jurnali nashriyoti, 2015. – 236-b.

kо‘rsatma berish ijod erkinligini cheklash, yana uni kommunistik rejim davridagidek muayyan qobiqga solishga harakati bilan tengdir. Qadimiy о‘zbek teatri XIX asrning ikkinchi yarmida rus teatr madaniyatiga duch kelguncha katta badiiy merosga va boy an’analarga sazovor bo‘ldi. Yangi teatr yaratishda о‘zbek xalqining milliy xususiyatlaridan, adabiy meros va qadimiy teatrining ba’zi an’analaridan – uning milliy ruhi, muhiti va yorqin fosh qiluvchi tomonlaridan, uning xushchaqchaqlik va о‘tkir til vositalaridan unumli va ijodiy foydalanildi. XX asrning 30-yillarida sobiq sovetlar tuzumi davri ijtimoiy-siyosiy jarayonlari istiqlol davri о‘zbek teatrshunosligida atroflicha izohlandi. Sho‘ralar mustamlakasidan chiqib, mustaqillikka etishgan о‘zbek xalqi qaramlikning salbiy oqibatlarini turmushida, qalbida, tafakkurida yaqqol kо‘rib turar, uning asoratlaridan xalos bо‘lish orqali, о‘z kelajagini qurishga intilardi. Shu sababdan, bu davrni yoritgan ijodkorlar qahramonlik, ulug‘vorlik, buyuklik, qadimiylik kabi g‘oyalarni emas, balki tarixdan to‘g‘ri o‘rnak olish, qora kunlarning sabab va oqibatlarini mushohada qilish amaliyotlarini amalga oshirdilar. XX asr 80-yillarining о‘rtalarida boshlab, sobiq ittifoq hududida kutilmagan о‘zgarishlar roy bera boshladi. “Qayta qurish” deb atalmish siyosat davri boshlandi. Shо‘roviy tuzum rahbarligi “rivojlangan sotsiolizm” amalda chirib bо‘lganini sezib qoldi. Ichki va tashqi siyosatda dabdababozlik, chiranchoqlik, kommunistik idealogiyani zо‘r berib jahon boylab eksport qilishga urinish, “qaynasa qoni qо‘shilmaydigan” mamlakatlar, xalqlarni sotsiolizmga ergashtirish uchun milliard-milliard xalq mablag‘larini havoga sovurish imperiya iqtisodiyotini og‘ir ahvolga solib qо‘ydi. Xullas, xalq va’dalardan, safsatalardan charchagan, ichki muhit tang ahvolga keldi. Bu borada bir qator olimlar quyidagi fikrni ilgari surishadi: “Nimadur qilinmasa, “bosim tushirilmasa” komimperiya ichidan portlashi, daxshatli fojia yuz berishi mumkin edi. Shu zaylda kommunistik tuzumni ta’mirlab, jilovini boshqatdan boylab olishga imkon yaratish maqsadida jamiyatda fikriy erkinlik, plyuralizm va ayrim demokratik elementlarga yо‘l qо‘yila boshlandi”.4 XULOSA Hozirgi kunga kelib, о‘zbek teatrida zamonning jadal о‘zgarishlariga hozirjavoblikni namoyon etishga harakat qilinmoqda. Ular milliy g‘oyani tarannum etishga, tarixiy ajdodlarimiz moddiy va ma’naviy merosini, xalqimizning asl milliy qadriyatlari va an’analarini tadqiq va targ‘ib qilishga qaratilgan spektakllarni sahnalashtirmoqda. Shuningdek, oqibatsizlik, vijdonsizlik, ma’naviy tubanlik kabi illatlarga duch kelayotgan hamda qalban yolg‘iz qolayotgan oddiy inson taqdiri teatr ijodkorlarining asosiy faoliyat obyektiga aylanmoqda.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. // Yangi О‘zbekiston. –Toshkent, 01.07.2021.
  2. G‘oyibov N. San’at taraqqiyotining ba’zi masalalari. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970. – B.114.
  3. Tojiboyeva O. Epos va teatr. Birinchi kitob. – T.: San`at jurnali nashriyoti, 2015. – 236-b.
  4. T.Баяндиев, Ҳ.Икромов,М.Ахмаджонова. Ўзбек театрида миллий ғоя талқини. – T., 2009. -8-b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012797
Nashr sanasi
2025-02-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v4i1.1311
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
363–365
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11