TA‘LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR SAMARASI GERMANIYA DAVLATI MISOLIDA
Mustafoyeva Sevinch, Qobilova ShahnozaO‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabalari2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 1Sahifa 125–127
Annotatsiya
Davlatning taraqqiy etishi ko‘p hollarda yoshlarning ta‘lim tarbiyasiga bog‘liqligidan kelib chiqqan holda maqolamizda Germaniya ta‘lim tizimining rivojlanish yo‘llari va ular qo‘llaydigan “oltin qoidalar” nemis xalqining ta‘limdagi muvaffaqiyat sirlari batafsil yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaЭФФЕКТЫ РЕФОРМ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ НА ПРИМЕРЕ ГЕРМАНИИ
Во многих случаях развитие государства зависит от образования молодежи. В нашей статье рассматриваются пути развития немецкой системы образования и «золотые правила», которым она следует, секреты успеха немецкого народа. образование, подробно описаны.
inglizchaTHE EFFECTIVENESS OF REFORMS IN THE EDUCATION SYSTEM ON THE EXAMPLE OF GERMANY
Proceeding from the fact that the development of a state depends in many cases on the education and upbringing of young people, our article throws detailed light on the ways of development of the German education system and on the "golden rules" that it applies, the secrets of the German people‘s success in education.
Kalit so‘zlar
- Germaniya
- universitet
- ta‘lim tizimi
- bepul va majburiy ta‘lim
- o‘quv dasturlar
- tadqiqot
- oltin qoidalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TA'LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR SAMARASI GERMANIYA DAVLATI MISOLIDA Mustafoyeva Sevinch, Qobilova Shahnoza O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.14836256 Annotatsiya: Davlatning taraqqiy etishi ko'p hollarda yoshlarning ta'lim tarbiyasiga bog'liqligidan kelib chiqqan holda maqolamizda Germaniya ta'lim tizimining rivojlanish yo'llari va ular qo'llaydigan “oltin qoidalar” nemis xalqining ta'limdagi muvaffaqiyat sirlari batafsil yoritilgan. Kalit sozlar: Germaniya, universitet, ta'lim tizimi, bepul va majburiy ta'lim, o'quv dasturlar, tadqiqot, oltin qoidalar.
EFFECTS OF REFORMS IN THE EDUCATION SYSTEM IN THE CASE OF GERMANY Abstract: In many cases, the development of the state depends on the education of young people. Our article describes in detail the ways of the development of the German education system and the "golden rules" they follow, the secrets of the German people's success in education. Keywords: Germany, university, education system, free and compulsory education, curricula, research, golden rules.
ЭФФЕКТЫ РЕФОРМ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ НА ПРИМЕРЕ ГЕРМАНИИ Аннотация: Во многих случаях развитие государства зависит от образования молодежи. В нашей статье рассматриваются пути развития немецкой системы образования и «золотые правила», которым она следует, секреты успеха немецкого народа. образование, подробно описаны. Ключевые слова: Германия, университет, система образования, бесплатное и обязательное образование, учебные программы, исследования, золотые правила.
KIRISH O'zbekiston Respublikasi milliy mustaqilligiga erishgandan so'ng, G'arb va Sharqning ko'plab mamlakatlari bilan tenglik asosida ko'p tomonlama hamkorlik munosabatlarini yo'lga qo'ydi. Germaniya shu davlatlardan biri hisoblanadi. Germaniya-jahon ilm-fani va madaniyati o'choqlaridan biri. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablarni Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eyshteyn singari olim va ijodkorlar bilan dunyoga mashhur. Xalqaro doirada e'tirof etilgan olmon ta'lim dargohlarida mustaqil fikrlanishiga alohida e'tibor beriladi. Ta'lim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so'nggi axborot texnalogiyalardan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Taraqqiyot manzili sari oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o'z o'rniga ega bo'lish amri mahol. Darvoqe, olmonlarga xos temir intizom, bir so'zlilik xislatlari ham aynan ta'lim dargohlarida shakllanadi. ASOSIY QISM Germaniya ta'lim tizimiga to'xtaladigan bo'lsak, nemislarda besh oltin qoida mavjud. Tafakkur ustaxonasi: Germaniyada maktabgacha talim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. Bolalar bog'chasi xayriya jamg'armalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham o'z bog'chasiga
ega bo'lishi mumkin. Germaniyada hali aqlini tanib ulgurmagan bolallarda oz fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang'ich ta'limga tayyorlashda bog'chalarning o'rni katta. Shu bois ham ular bog'chalarni “Tafakkur ustaxonasi” deb atashadi. Bepul va majburiy talim: Ularning talim tizimi 4 bosqichdan iborat. Birinchi bosqich (Premartereich) — boshlang'ich maktabdagi (yoki qo'shimcha ko'mak beruvchi maktabdagi) 4 yillik davrni qamrab olgan. Ikkinchi bosqich (sekundarbereich) Maktab turiga bog'liq bo'lmagan yo'nalish bosqichlari, yani 5-6-sinflar hisoblanadi. Ikkinchi bosqich ikki turga ajraladi. Ikkinchi bosqich I (Sekundarbereich 1) —asosiy maktab attestati yoki real maktab attestatini olishgacha yoki gimnaziyaning yuqori sinfgacha bo'lgan davrni qamrab oladi va gimnaziya yoki bitta birlashtirilgan maktablarda amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich II (Sekundarbereich 2) ikkinchi bosqich I dan keyin boshlanadi va gimnaziyaning yuqori sinflari yoki kasb-hunar maktablarini qamrab oladi. Qisqartirilgan gimnaziyalarda 10-sinf ikkinchi bosqich II ning bir qismi hisoblanadi. Uchinchi bosqich ( Tertiarbereich ) oliy o'quv yurtlariga kirish huquqini olish bilan boshlanadi. Oliy o'quv yurtlari hamda kasbiy akademiyalarda amalga oshiriladi. Tortinchi bosqich (Quarterbereich) kasb-hunar ta'limidan keying xususiy va kasbiy malaka oshirish (misol uchun kasbiy tayyorgarlik kurslarini o'tkazadigan muassasalar va xalq universitetlari) Germaniyada to'liq o'quv haftalik maktabiga borish majburiyati 18 yoshgacha hisoblanadi, ungacha hamma yoshlar biron-bir maktabga borishi lozim. Shuning uchun asosiy maktabni bitirgandan so'ng, kasb-hunar ta'limini boshlamagan o'quvchilar uchun kasb-hunar ta'limining asosiy o'quv yili tashkil etilgan va unda o'quvchilar tanlagan kasb sohasidagi asosiy malakalarni o'zlashtiradilar. Asosiy maktabni tugatganligi haqida guvohnomani olmagan o'quvchilar kasb-hunar ta'limiga tayyorlov o'quv yilida kasb-hunar ta'limi haqidagi guvohnomani olishlari mumkin. Germaniyada olti ballik baholash tizimi qabul qilingan; 1- a'lo; 2-yaxshi; 3-qoniqarli; 4-yetarli; 5- yetarli emas; 6-qoniqarsiz ; O'quvchilar kamida fanlarni “4” bahoga o'zlashtirishi kerak. Germaniya ta'lim tizimi fuqorolarning butun umri davomida o'qishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Fikrlayapmanmi, demak yashayapman tamoyilining mavjudligi: Nemis pedagoglari is'tedodsiz o'quvchining o'zi yo'q deb hisoblashadi. Shunga ko'ra ular o'quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. “Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman” —deydi mashhur faylasuf Rene Dekart . Olmon maktablarida ana shu naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda o'quvchining fikri xato bo'lsa-da, mustaqil fikri bo'lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta'lim jarayoni esa ota-ona va o'qituvchi o'rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi. Aslzodalar orzu qilgan universitet: Oliy talim Germaniyada to'rt yarim yilgacha, magistratura to'rt yilgacha, doktarantura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Germaniya Geydelberg, Kyoln, Frayburg, Tyubengen kabi qadimiy universitetlar vatani hisoblanadi. 1386- yilda asos solingan Geydelberg universiteti ko'hna Yevropa qit'asining eng nufuzli oliy talim dargohlari ro'yxatiga kiritilgan. O'rta asrlardayoq, ushbu universitetga kirish yevropalik aslzodalarning orzusi bolgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Germaniya muassasalarida 2 millionga yaqin talaba, jumladan 246 ming xorijlik talabalar tahsil olmoqda.
Germaniya talim tizimining o'zgachaligiga etibor qaratamiz; 1) Germaniyada ta'limda kamroq raqobatbardosh tizim mavjud. Buning natijasida talabalar o'rtasida qo'rqitish darajasi past va muvaffaqiyatsizliklardan qo'rqmaydi, shu sababli ham Janubiy Koreya kabi OECD mamlakatlariga nisbatan o'ziga ishonch va umumiy baxt darajasi yuqori. 2) Bundan tashqari, Germaniyada Iqtisodiy hamkorlik va hamkorlik tashkilotlarining 76 ta mamlakati ichida 3-o'rinni egallab, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ustun bolgan talabalar orasida o'qish boyicha eng yuqori ko'rsatgichlardan biriga ega. 3) Germaniya ta'lim olish huquqi uchun mumkin bo'lgan daromadining 75,4 foiziga ularning daromad darajasida erishayotganini aniqlaydi. Germaniya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri. Shuningdek, Germaniya ta'lim tizimi boyicha yetkachi 3-o'rinda turadi. Xorijlik talabalar soni bo'yicha esa dunyoda AQSH va Buyuk Britaniyadan keyingi o'rinda turadi. 2023-yilda Germaniyaning 5 ta universiteti BEST GLOBAL UNIVERSITIES TOP-100 taliklar ro'yxatiga qo'shildi. Xususan, Ludwig- Maximilians Universiteti — 47-o'rinda bo'lib, 2023-yil holatida 51,606 ta talaba tahsil oladi. www.LMU.DE. Ruprecht- Karls- Universitat Heidelberg -57-orin 2023-yil holatiga ko'ra 21,147 talaba www.UNI-HEIDELBERG.DE Humbolat University of Berlin 61-o'rinda 2023-yil holatiga ko'ra 35000 talabaga ega. www.HU.BERLIN.DE Freie Universitat Berlin 87-o'rinda 2023-yil holatiga ko'ra 35,650 talaba www.FUU.Berlin.De Technische Universitat Berlin 87-o'rinda 2023-yil holatiga kora 50,467 ta talabaga ega. www.TUM.DE XULOSA Taklif va xulosa sifatida shuni aytish mumkimki, bizning maqsadimiz ta'lim darajamizni har tomonlama takomillashtirish, milliy an'analarimizni saqlagan holda chet el pedagogikasidagi ilmiy jihatlarni o'zlashtirish, innovatsiya, texnalogiyalarni ta'lim tarkibiga kiritish orqali ta'lim tizimimizni jahon davlati standartlariga olib chiqishdir. Buning uchun esa yuqorida keltirib o'tganimizdek, ilg'or davlatlarning ilg'or tajribalariga tayanish, mustahkam aloqa o'rnatish va o'quv dasturlari hamda tatqiqotchi yoshlarning almashilishini yanada ko'proq yo'lga qo'yish lozim deb hisoblayman.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Mahamova.M.U Jumayeva.Sh “Germaniya talim tizimining zamonaviy uslubiyati ”, “Science and Education” Scientific Journal 2023 b/107
- Home International School Consultancy” iscresearch.com
- Nomozova.M “Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta'lim tizimi va pedagogika fani rivoji” “Новости образования: исследование в ХХI веке” , 2023 b/707/708
- Turdiev . Sh “Ular germaniyada o'qigan edilar” t:2006 b/19/28
- Zikirjanova.m “Xorijiy davlatlarning ta'lim tizimi (AQSH, Germaniya,Yaponiya misolida ) “, Scientific Progress 2022 , b/3/4
- www.@kamolas_edublog you tube sayti
- www.abt.uz
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012750
- Nashr sanasi
- 2025-02-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 1
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i1.1263
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 125–127
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11