Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

ADAPTIV JISMONIY TARBIYA VA SPORT TURLARIGA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SPORTCHILARNI SARALASH METODIKASI

Abdiyev Sherzod Abduraxmonovichp.f.b.f.d. (PhD), professor, Alfraganus universiteti sport faoliyati kafedrasi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 1Sahifa 93–98

Annotatsiya

O‘rganish tahlillarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan sportchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsada, nogironligi bo‘lgan sportchilarni saralash uchun zarur bo‘lgan bilim chegaralari kengaytirilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Nogironligi bo‘lgan sportchilarni mashg‘ulot jarayoni uchun zarur bo‘lgan va tanlangan mashqlar, sportchining egilish va burilish burchaklarini holat darajalarini bilish va o‘rganish uchun maxsus kerakli uskunalar yordamida o‘rganish va tahlil qilish uchun zamonaviy innovatsion qurilmalarga bo‘lgan ehtiyoj talablarini ortishini inobatga olish va adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar bilan ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar ishning dolzarbligini oshiradi.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДИКА ОТБОРА СПОРТСМЕНОВ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ ДЛЯ АДАПТИВНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И ВИДОВ СПОРТА

Согласно проведённому анализу, несмотря на то что научные исследования по учебно-тренировочным занятиям спортсменов с ограниченными возможностями проводились, можно видеть, что границы знаний, необходимых для отбора спортсменов с инвалидностью, не были расширены. Актуальность работы повышают такие приоритетные задачи, как учёт растущей потребности в современных инновационных устройствах для изучения и анализа с помощью специального необходимого оборудования упражнений, необходимых и отобранных для тренировочного процесса спортсменов с инвалидностью, а также степеней положения углов сгибания и поворота спортсмена, и осуществление мер, направленных на обеспечение литературой и методическими пособиями.

inglizchaMETHODOLOGY OF SELECTING ATHLETES WITH DISABILITIES FOR ADAPTIVE PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS

According to the analysis of the study, although scientific research has been carried out on the training sessions of athletes with disabilities, it can be seen that the boundaries of the knowledge required for the selection of athletes with disabilities have not been expanded. The relevance of the work is increased by such priority tasks as taking into account the growing demand for modern innovative devices needed to study and analyse, with the help of the special equipment required, the exercises necessary and selected for the training process of athletes with disabilities and the positional degrees of the athlete‘s bending and turning angles, and implementing measures aimed at providing literature and methodological manuals.

Kalit so‘zlar

  • Moslashtiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlar
  • biokimyoviy tavsiflar
  • maxsus trenajyor
  • ijtimoiy-pedagogik ahamiyat
  • umumiy va maxsus tayyorgarlik
  • texnik va taktik tavsiyalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ADAPTIV JISMONIY TARBIYA VA SPORT TURLARIGA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SPORTCHILARNI SARALASH METODIKASI Abdiyev Sherzod Abduraxmonovich p.f.b.f.d (PhD), professor Alfraganus universiteti sport faoliyati kafedrasi sherzodabdiev759@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.14712123 Annotatsiya: O‘rganish tahlillarga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan sportchilarning o‘quvmashg‘ulotlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsada, nogironligi bo‘lgan sportchilarni saralash uchun zarur bo‘lgan bilim chegaralari kengaytirilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Nogironligi bo‘lgan sportchilarni mashg‘ulot jarayoni uchun zarur bo‘lgan va tanlangan mashqlar, sportchining egilish va burilish burchaklarini holat darajalarini bilish va o‘rganish uchun maxsus kerakli uskunalar yordamida o‘rganish va tahlil qilish uchun zamonaviy innovatsion qurilmalarga bo‘lgan ehtiyoj talablarini ortishini inobatga olish va adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar ishning dolzarbligini oshiradi. Kalit so‘zlar: Moslashtiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlar, biokimyoviy tavsiflar, maxsus trenajyor, ijtimoiy-pedagogik ahamiyat, umumiy va maxsus tayyorgarlik, texnik va taktik tavsiyalar.

МЕТОДИКА ОТБОРА СПОРТСМЕНОВ С ИНВАЛИДНОСТЬЮ ДЛЯ АДАПТИВНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И ВИДОВ СПОРТА Абдиев Шерзод Абдурахмонович д.ф.п.н. (PhD), профессор Университет Альфраганус кафедра спортивной деятельности Aннотация: По данным анализа исследования, хотя и проводились научные исследования по подготовке параспортсменов, мы видим, что границы знаний, необходимые для отбора спортсменов-паралимпийцев резерва по их кинематическим характеристикам, не расширены. . С учетом возрастающей потребности параспортсменов необходимы и выбраны упражнения для тренировочного процесса, специальное оборудование для знания и изучения уровней позы, углов сгибания и поворота спортсмена, современные инновatsiонные устройства для изучения движений. анализа спортсменов и литературы, приоритетные задачи, такие как реализatsiя мероприятий, направленных на обеспечение методическими пособиями, повышают актуальность работы. Ключевые слова: Адаптивно-развивающие упражнения, биохимические характеристики, специальный тренажер, социально-педагогическая значимость, общая и специальная подготовка, технико-тактические рекомендaци.

METHODOLOGY FOR SELECTING ATHLETES WITH DISABILITIES FOR ADAPTIVE PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS DISCIPLINES Abdiyev Sherzod Abdurakhmonovich Doctor of Philosophy (PhD), Professor Alfraganus University Department of Sports Activities Abstract: According to the analysis of the research, although scientific studies have been conducted on the training of para-athletes, we observe that the boundaries of knowledge necessary

for selecting reserve Paralympic athletes based on their kinematic characteristics have not been expanded. Considering the growing needs of para-athletes, exercises for the training process, special equipment for understanding and studying athletes' posture levels, bending angles, and rotations, as well as modern innovative devices for studying movements are necessary and have been selected. The analysis of athletes and literature, along with priority tasks such as implementing measures aimed at providing methodological aids, increase the relevance of this work. Keywords: Adaptive-developmental exercises, biochemical characteristics, special training equipment, socio-pedagogical significance, general and specialized training, technical and tactical recommendations.

KIRISH Respublikamizda jismoniy nogironligi bo‘lgan shaxslarni saralash, ularni sport turlariga yo‘naltirish va tayyorlash uchun bugungi kunda yurtimizda juda ko‘plab shart –sharoitlar yaratilgan bo‘lib, sportda yuqori natijalarga erishish maqsadida ko‘plab imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, nogironligi bo‘lgan sportchilarning yuksak yutuqlari fondi, mashg‘ulotlarni yangi usullarini ishlab chiqishning amaliy vazifasi, mashg‘ulot faoliyati natijaviyligini oshiruvchi yanada samarali vositalarni tanlash va yo‘naltirish vazifalari belgilab berilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Para atletikachilarni sport mashg‘ulotlarini optimallashtirish va sport faoliyatini samaradorligi va ishonchliligini oshirish kabi o‘ziga xos muammolarni hal etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Shunga qaramay para sportchilarni sport mashg‘ulotlarini optimallashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. TADQIQOTNING MAQSADI VA VAZIFALARI Nogironligi bo‘lgan sportchilarni texnik elementlarni o‘zlashtirishda kinematik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib sport mashg‘ulotlarini optimallashtirish yuzasidan taklif va tavsiflar ishlab chiqishdan iborat. Bunda: Birinchidan, nogironligi bo‘lgan sportchilar tayyorgarligining jismoniy, texnik, funksional holatidan kelib chiqib nozologiyaning har bir sport sinfi uchun bajara olish imkoni bo‘lgan vositalarni (asosiy yuklamalar tushadigan muskullar asosida) saralash va majmuaviy (jismoniy sifatlari va texnikasini) nazorat qilish hisobiga sportchilarning integral boshqarish tizimi kengaytirish; Ikkinchidan, nogironligi bo‘lgan sportchilarni musobaqadagi texnik harakatlarni texnik zahirasida model xususiyatlari bo‘yicha kamchiliklarini tana holatiga nisbatan yelka burilishlarini va tana burchaklarining og‘ish harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘irlash hisobiga sportchilarning individual imkoniyatlari takomillashtirish; Umuman olganda jamiyatning innovatsion rivojlanish konsepsiyasini qo‘llagan holda ta’limdagi fan va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yangi modelini yaratishni o‘z ichiga oladi. Shu jumladan ilmiy ta’minot bilan tavsiflanadigan innovatsion jarayonning amaliy tizimga birlashtirilgan modellari hisoblanadi. Maxsus dastur - bu yangi ta’lim mazmuni, mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish shakllari va usullari yetarli darajada boshqarish usullari sohasidagi pedagogik nazariyaning so‘nggi

yutuqlarining qiymatini aniqlash va eksperimental ravishda tekshirish uchun pedagogika fanlari va amaliyoti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning maxsus shakli xisoblanadi. Ushbu tadqiqotimiz ta’lim faoliyatidagi maqsadli o‘zgarishlar va ularning oqibatlarini baholash bilan bevosita bog‘liq. Bu tadqiqotimizning asosiy yangiligi shundaki, sportchilarning innovatsion faoliyatini tashkil etish nazorat va eksperimental guruhlarni taqsimlashni talab qilmaydi, chunki u innovatsion ta’lim amaliyotini qurish uchun rejalashtirilgan sharoit va mexanizmlarning muvofiqligini o‘rnatishga qaratilgan. TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI Nogironligi bo‘lgan sportchilarni tayyorgarligining jismoniy, texnik, funksional holatidan kelib chiqib nozologiyaning har bir sport sinfi uchun bajara olish imkoni bo‘lgan vositalarni (asosiy yuklamalar tushadigan muskullar asosida) saralash va majmuaviy (jismoniy sifatlari va texnikasini) nazorat qilish hisobiga sportchilarning integral boshqarish tizimi kengaytirildi;

Nogironligi bo‘lgan sportchilarni musobaqadagi texnik harakatlarni texnik zahirasida model xususiyatlari bo‘yicha kamchiliklarini tana holatiga nisbatan yelka burilishlarini burchaklarining og‘ish harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘irlash hisobiga sportchilarning individual imkoniyatlari optimallashtirildi; ADABIYOTLAR TAXLILI Mavzuga doir ilmiy-metodik adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, Respublikamizda bir qator mualliflarimiz nogironlikni ma’lum turida sport mashg‘ulotlariga moslashish nazariyasi bo‘yicha R.S.Salomov, M.X. Mirjamolov, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qaddi-qomat buzilishini oldini olish va davolash bo‘yicha L.B.Sobirova va boshqa mutaxassislar tomonidan sohaga oid turli izlanishlar olib borilgan. MDH mamlakatlarida ham yetakchi olimlardan bir qancha ilmiy ishlar olib borilgan bo‘lib, adaptiv jismoniy tarbiyada yangi texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi bo‘yicha I.V.Erkomayshvili, A.Sazonov, A.S.Solodkov va O.V. Morozova va boshqalar tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida chet el olimlari tomonidan tayanch-harakat apparati shikastlanishlarining juda ko‘p turlarini tabaqalash bo‘yicha Chow J.W., Kuenster A.F., Lim Y., jismoniy sifatlarni rivojlantirishning yosh chegaralari bo‘yicha va jismoniy tayyorgarligini oshirishning ilmiy uslubiy jihatlari bo‘yicha MacLeish M.S., Cooper R.A., sport ko‘rsatkichlarini yaxshilab borishning xususiyatlari bo‘yicha Harralson J., Ster J.F. va boshqa mutaxassislar tomonidan sohaga oid turli izlanishlar olib borilgan. TADQIQOT METODOLOGIYASI Maqolada imkoniyati cheklangan sportchilarni shikastlanishlarining harakat rejimini optimallashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni izlashga undaydi, ularning motivatsion va hissiy sohasiga ta’sir ko‘rsatib, sportchilarda yusak sport natijalariga kuchli qiziqish uyg‘otish va harakat yetishmovchiligini kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan vositalarni yaratish va ularning samaradorligini pedagogik tajribada asoslash zarurati mavjud. Tadqiqotdagi qo‘llanilgan yondashuv, adaptiv jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi sohasidagi chet el hamda respublikamiz olimlarining fikr-mulohazalariga asoslanganligi, tadqiqot vazifalariga mos keluvchi o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi tadqiqot uslublarining qo‘llanilganligi, tahlil va tadqiqot vazifasining son va sifat jihatdan ta’minlanganligi, tajriba sinov ishlarining hamda olinadigan natijalarning matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlab chiqish, natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanishi bilan

izohlanadi. Bugungi kunda har bir soha rivojiga yangi zamonaviy texnologiyalar kirib kelayotganligi barchaga ma’lum. Mazkur vositalar o‘zining samaradorligi, natijadorligi va qo‘llash sohasining kengligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu loyiha shunisi bilan ham ahamiyatliki, bunda bir paytning o‘zida jismoniy tarbiya va sport sohasi hamda kompyuter texnologiyalari vositalaring imkoniyatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish natijasida para atletikachilarning kompleks tayyorgarligini oshirishga e’tibor qaratiladi. TAHLILLAR VA NATIJALAR Maxsus trenajyorlardan foydalanish uchun dastur yaratish bo‘yicha o‘ziga xos usullardan foydalaniladi [1]. Bunda bir paytning o‘zida tadqiqot o‘tkazishning pedagogik usullari bilan birga, maxsus kompyuter dasturlardan foydalanish, ularni qo‘llash va uning samaradorligini aniqlash jarayonlari ham amalga oshiriladi. Maxsus dastur yaratish, uni amaliyotda sinovdan o‘tkazish sxemasi quyidagicha aks etgan. 1.Nogironligi bo‘lgan shaxslarni nazologiyasi bo‘yicha sport tasniflari aniqlandi. Nogironlikning 10 ta turi mavjud bo‘lib 8 tasi jismonan zaif, ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor va intelektual zaiflikdan iborat 2. Nogironligi bo‘lgan zahira sportchilarni tasniflariga to‘g‘ri keladigan sport turlariga taqsimlandi. Para yengil atletika; T/F, bochcha; BC1-BC4, para velosport; T1-T2, C1-C5,para voleybol; VS1-VS2, golbol; B1-B3, para stoll tennis; sport klasi 1-10 gacha,para taykvondo;K41-K44 , para suzish; SM1-SM10, para o‘q otish; SH1-SH2, para dzyudo; J1,J2, para kanoe; KL1, KL2, KL3, aravachada qilichbozlik; 1A-1B, futbol 5x5; B1-B3 sport klaslari tasdiqlangan 3. Nogironligi bo‘lgan sportchilarni sport turlari va tasniflariga xos bo‘lgan test meyorlarini ishlab chiqiladi va shu asosida saralab olindi [2].

4. Nogironligi bo‘lgan zahira sportchilar tayyorlash uchun ularning sport turlariga, nozologiyasiga va para sport tasniflariga mos keladigan mahsus dasturlar ishlab chiqildi. Paralimpiyada dasturlarida 22 ta sport turi mavjud bo‘lib yurtimizda ushbu sport turlaridan atigi 14 tasi rivojlanib kelmoqda shu sababli biz tomondan ishlab chiqilgan mahsus dasturda para yengil atletika, para pauerlifting, para taykvondo, para suzish, para o‘q otish, para dzyudo, para kanoe sport turlaridan iborat (sport turlarini ko‘paytirish uchun sport kolyaskalari va sport protezlari olib kelinsa kamida yurtimizda 18 ta para sport turlari rivojlananishi ko‘zda tutilgan)

5. Nogironligi bo‘lgan sportchilarni sport zaxirasiga tayyorlashda sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy trenajyorlardan foydalanish uchun maxorat darslari ko‘rsatildi [3]. Ushbu trenajyorlardan oqilona va to‘g‘ri foydalanish uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi

6. Nogironligi bo‘lgan sport turlari bo‘yicha yaratilgan tarqatma materallar, uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanma, darslik va dasturlar bilan adaptiv sport yo‘nalishdagi barcha o‘quv muassasalar va tashkilotlari taminlandi. Respublikamizda 254 ta sport maktabi, 56 ixtisoslashtirilgan maktablar, 14 ta olimpiya va paralimpiya sport turlari tayyorlash markazi, O‘zDJTSU Nukus va Farg‘ona filiallari.

Yaratilgan maxsus dastur imkoniyati cheklangan sportchilarning jismoniy jihatdan kompleks tayyorgarligini oshirish imkoniyatini va imkoniyati cheklangan sportchilarni kinematik ko‘rsatgichlarini baholash [4], 3600 harakat texnikasini bajarishda kamchiliklarini o‘rganish va mexanizmlarini takomillashtirish; yuqori malakali sportchilarini model ko‘rsatgichlarini o‘rganish va sportchilarni burilish, egilish burchaklarini model ko‘rsatkichlarini qo‘llash hisobiga para sportchilarni Xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini kengaytirishdan iborat. Shu bilan birga ushbu mexanizmning imkoniyatlarini tavsiflash va qo‘llashga doir ilmiyuslubiy taklif va tavsiyalarni berish imkoniyati yaratiladi. XULOSA Xulosa qiladigan bo‘lsak nogironligi bo‘lgan shaxslarni nazologiyasi bo‘yicha sport tasniflari aniqlanib sportchilarni tasniflariga to‘g‘ri keladigan sport turlariga taqsimlanishi bo‘yicha murabbiylar va sportchilarga tushunchalar beriladi va para sportchilarni sport turlari va tasniflariga xos bo‘lgan test me’yorlari ishlab chiqiladi va shu asosida saralab olindi. Paralimpiya zahira sportchilar mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish uchun ularning sport turlariga, nozologiyasiga va para sport tasniflariga mos keladigan mashg‘ulotlarni zamonaviy trenajyorlardan foydalangan xolda maxorat darslari tashkillashtirildi. Para sportchilarni sport zaxirasiga tayyorlash va sport turlaridan maxsus dastur bo‘yicha o‘quv jarayonlari tashkil etilib adaptiv sport turlari bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi va ilmiyuslubiy adabiyotlar yaratildi. Natijalarni sinovdan o‘tkazish va joriy qilish: Paralimpiya Qo‘mitasi Xuzuridagi Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash institutida muhokama qilindi hamda tadqiqot natijalari asosida maxsus dastur ishlab chiqildi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Абдиев Ш.А. Планирование тренировочной нагрузки высококвалифицированных легкоатлетов с пораженим опорно-двигательного аппарата // Современное образование (Узбекистан). 2021. №1 (98). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/planirovanie- trenirovochnoy-nagruzki-vysokokvalifitsirovannyh-legkoatletov-s-porazhenim-oporno- dvigatelnogo-apparata-1 (дата обращения: 11.11.2022).
  2. Абдиев Ш.А. Таянч-ҳаракат аппарати шикастланган юқори малакали енгил атлетикачиларни мусобақа юкламаларини режалаштириш // Fan-Sportga. 2020. №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tayanch-arakat-apparati-shikastlangan-yu-ori- malakali-engil-atletikachilarni-musoba-a-yuklamalarini-rezhalashtirish (дата обращения:
  3. Абдиев Ш.А. Таянч-ҳаракат аппарати шикастланган юқори малакали улоқтирувчиларни машғулот юкламаларини меъёрлаш // Fan-Sportga. 2021. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tayanch-arakat-apparati-shikastlangan-yu-ori-malakali-ulo- tiruvchilarni-mash-ulot-yuklamalarini-meyorlash (дата обращения: 11.11.2022).
  4. Шерзод Абдурахмонович Абдиев Таянч-ҳаракат аппаратида нуқсони бўлган юқори малакали улоқтирувчиларни машғулот юкламаларини оптималлаштириш // Scientific progress. 2022. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tayanch-arakat-apparatida-nu- soni-b-lgan-yu-ori-malakali-ulo-tiruvchilarni-mash-ulot-yuklamalarini-optimallashtirish (дата обращения: 11.11.2022).

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012744
Nashr sanasi
2025-02-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
1
DOI
10.66073/researchfocus.v4i1.1257
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
93–98
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11