Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola19.00.00Ochiq kirish

BO‘LAJAK MUHANDISLARNING PSIXOLOGIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH SHART-SHAROITLARI

Ruzmetova Sayyoraxon TimurxanovnaIslom Karimov nomidagi TDTU “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 12Sahifa 210–213

Annotatsiya

Mazkur maqolada oliy ta‘lim tizimida bo‘lajak muhandislarning psixologik kompetansiyalarini shakllantirish tamoyillari, buning uchun mavjud shart-sharoitlar, o‘qituvchi shaxsidan bu borada talab etiladigan malaka va ko‘nikma haqida fikrlar o‘rin olgan. Bundan tashqari bugungi kunda bo‘lajak muhandis oldiga qo‘yilgan vazifa va talablar, zaruriy psixologik tayyorgarlikni amalga oshirishda psixologik kompetansiyalarni shakllantirish zaruriyati, ahamiyatiga alohida e;tibor qaratilgan.

Boshqa tillarda

ruschaУСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ ИНЖЕНЕРОВ

В данной статье представлены идеи о принципах формирования психологических компетенций будущих инженеров в системе высшего образования, существующих для этого условиях, квалификации и умениях, требуемых от личности преподавателя в этом отношении. Кроме того, задачи и требования, предъявляемые сегодня к будущему инженеру, необходимость формирования психологических компетенций при осуществлении необходимой психологической подготовки, имеют особое значение.

inglizchaCONDITIONS FOR THE FORMATION OF THE PSYCHOLOGICAL COMPETENCES OF FUTURE ENGINEERS

This article presents reflections on the principles of forming the psychological competences of future engineers in the system of higher education, on the conditions that exist for this, and on the qualifications and skills required of the teacher‘s personality in this regard. In addition, particular attention is paid to the tasks and requirements placed before the future engineer today, and to the necessity and importance of forming psychological competences in carrying out the necessary psychological preparation.

Kalit so‘zlar

  • psixologik kompetensiya
  • muhandislik psixologiyasi
  • bo‘lajak muhandis
  • kompetansiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BO‘LAJAK MUHANDISLARNING PSIXOLOGIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH SHART-SHAROITLARI Ruzmetova Sayyoraxon Timurxanovna Islom Karimov nomidagi TDTU “Pedagogika va psixologiya”kafedrasi Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), v,b dosenti https://doi.org/10.5281/zenodo.14532346 Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida bo‘lajak muhandislarning psixologik kompetansiyalarini shakllantirish tamoyillari, buning uchun mavjud shart-sharoitlar, o‘qituvchi shaxsidan bu borada talab etiladigan malaka va ko‘nikma haqida fikrlar o‘rin olgan. Bundan tashqari bugungi kunda bo‘lajak muhandis oldiga qo‘yilgan vazifa va talablar, zaruriy psixologik tayyorgarlikni amalga oshirishda psixologik kompetansiyalarni shakllantirish zaruriyati, ahamiyatiga alohida e;tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: psixologik kompetensiya, muhandislik psixologiyasi, bo‘lajak muhandis, kompetansiya.

УСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ ИНЖЕНЕРОВ Аннотация: В данной статье представлены идеи о принципах формирования психологических компетенций будущих инженеров в системе высшего образования, существующих для этого условиях, квалификации и умениях, требуемых от личности преподавателя в этом отношении. Кроме того, задачи и требования, предъявляемые сегодня к будущему инженеру, необходимость формирования психологических компетенций при осуществлении необходимой психологической подготовки, имеют особое значение. Ключевые слова: психологическая компетентность, инженерная психология, будущий инженер, компетентность.

CONDITIONS FOR THE FORMATION OF PSYCHOLOGICAL COMPETENCIES OF FUTURE ENGINEERS Abstract: This article presents ideas about the principles of the formation of psychological competencies of future engineers in the higher education system, the conditions existing for this, qualifications and skills required from the personality of the teacher in this regard. In addition, the tasks and requirements imposed today on a future engineer, the need to form psychological competencies in the implementation of the necessary psychological training, are of particular importance. Keywords: psychological competence, engineering psychology, future engineer, competence.

KIRISH Respublikamizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil siyosat natijasidagi rivojlanish o‘qitishning yangi shakllarini joriy etishni taqozo etmoqda. Shu sababli, axborot- kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash orqali ham oflayn, ham masofaviy ta’lim tizimini yuqori sifat darajasida tashkil etish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir mamlakatning dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy mavqeyini, uning iqtisodiy o‘sishida asosiy omili bo‘lib borayotgan intellektual boyligi ta’minlamoqda.

ASOSIY QISM Hozirgi kunda Respublikamizda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi yangi o‘qitish shakli - masofaviy o‘qitish ta'limining yaratilishiga omil bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida oliy ta'limda yangicha tizim tashkil qilinishiga asos yaratadi. Masofaviy ta’lim tizimida pedagoglar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida o‘qitishning innovatsion shakllari, yangi o‘qitish kurslari, onlayn konferensiyalar, vebinarlar o‘tkazishni amalga oshirish hamda masofaviy o‘qitish tizimini (internet, Keys, TV – texnologiyalar va h.k.) o‘zlashtirgan bo‘lishini taqozo etmoqda. Oliy ta’lim bosqichlarida ham bo‘lajak muhandis-injenerlar bo‘lish muammosiga qiziqish ta’lim muassasasi nafaqat turli fan sohasi olimlari, balki talabalar e’tiborini ham o‘ziga tortadi. Bugungi kunda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda. Shunga asosan, yangi avlod standartlarini yaratish pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘yilmoqda. Hozirgi vaqtgacha yaratilgan davlat ta’lim standartlari tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan, ya’ni ta’lim maskanlarining maqsadini bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzida aniqlashtirishdan iborat edi. Shu bois yangi davlat ta’lim standartlarini o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetent-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki oliy ta’limda tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati tinglovchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar tinglovchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda, talabalar juda ko‘p axborotni behuda jamg„arilishi, ta’limning samarasi past ekani va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog„i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Yuqoridagi dolzarb muammolarni bartaraf etish maqsadida, ta’lim jarayonlarini turli yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilish maqsadga muvofiq sanaladi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev “Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va m’anaviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan fikrlari ham mustaqil O‘zbekistonimiz yoshlarini erkin fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgani ham e’tibordan holi emas. Shunday ekan, biz o‘qituvchilar hozirgi yangi davr talabi asosida darslarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil qilishimiz oldimizdagi yuksak vazifalardan biridir. Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li - oliy ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv talabadan bilim va ko‘nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog„liqlikda, o‘z navbatida, o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi. Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li - oily ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv tinglovchidan bilim va ko‘nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog„liqlikda, o‘z navbatida, o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.

Kompetent yondashuv oliy ta’limni modernizatsiyalash nuqtayi nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an‟anaviy uch elementi (triada) - “bilim - ko‘nikma - malaka”ni oltita birlik (sekstet) - “bilim - ko‘nikma - malaka - amaliy faoliyat tajribasi – kompetensiya - kompetentlik” tarzida tahlil qilish talab etiladi. Respublikamizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil siyosat natijasidagi rivojlanish o‘qitishning yangi shakllarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu sababli, axborot- kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy ta'lim tizimini yuqori sifat darajasida tashkil etish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir mamlakatning dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy mavqeini, uning iqtisodiy o‘sishda asosiy omili bo‘lib borayotgan intellektual boyligi ta’minlamoqda. Hozirgi kunda respublikamizda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga kirib kelishi yangi o‘qitish shakli - masofaviy o‘qitish ta’limining yaratilishiga omil bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’limda yangicha tizim tashkil qilinishiga asos yaratadi. Masofaviy ta’lim tizimida pedagoglar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida o‘qitishning innovatsion shakllari, yangi o‘qitish kurslari, onlayn konferensiyalar, vebinarlar o‘tkazishni amalga oshirish hamda masofaviy o‘qitish tizimini (Internet, Keys, TV – texnologiyalar va h.k.) o‘zlashtirgan bo‘lishini taqozo etmoqda. Oliy ta’lim bosqichlarida ham bo‘lajak muhandisinjenerlar bo‘lish muammosiga qiziqish ta’lim muassasasi nafaqat turli fan sohalari olimlari, balki omma e’tiborini tortadi. Faoliyat jarayoniga tezkorlik bilan kirishishga va o‘z kasbiy vazifalarini malakali bajarishga undaydigan mutaxassislarni yollashni xohlaydigan ish beruvchilar ham shular jumlasidandir. Bo‘lajak muhandis kasbiy tayyorgarligi mazmuni va darajasiga alohida qo‘shimcha talablar qo‘yiladi. Ular muhandis-injinerlik amaliyotning o‘ziga xos xususiyatlari, munosabatlarning shakllanish darajasi va kasbiy hamjamiyatning normalari va qadriyatlarini qabul qilish bilan bog’liq. Talabaning kasbiy shaxsi -bo‘lajak muhandis-injiner hozirgi vaqtda kamdan-kam hollarda o‘rganish mavzusiga aylanadi. Bu “kasbiy o‘ziga xoslik” tushunchasining beqarorligi va murakkabligi uning tarkibiy qismlarining xususiyatlari bilan bog’liq. Psixologik-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish orqali shu ma’lumshuni ko‘rsatdiki, kasbiy o‘ziga xoslik muammosiga bag’ishlangan yetarli adabiyotlar mavjud, uning tarkibiy qismlarining yetarlicha aniq tavsifi berilgan. Bu kelajakdagi kasbni tanlashda harakat qilish, kasbiy rivojlanish strategiyasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish va shaxsiy kasbiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan xususiyatlar to‘plamidir. Talabalarning kasbiy rivojlanishi muammosini ochib beradigan mahalliy va xorijiy psixologiyaning asosiy yo‘nalishlari ushbu jarayonni kasbiy o‘zini o‘zi belgilash va tanlash paytidan boshlab ko‘rib chiqadi. Institut va universitetlarda ta’lim Yu.P.Povarenkov, shaxsning kasbiy rivojlanish bosqichlaridan biri. Ma’lum bir kasbga yo‘naltirishda talabani shu sohaga xos psixologik kompetensiyalarini shakllantrirish vazifasi juda muhimdir. O‘zidagi bilim, tasavvur, xislat orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o‘zini birov bilan solishtirish (ongli yoki ongsiz) identifikatsiyadir. Masalan, ishni boshlashda boshqa hamkasblar bilan munosabatlarni o‘rnatishda, jamiyatda o‘rnini topishda, birovni tushunishda, kasbdoshiga hurmat hissini tarbiyalash ko‘nikmalarini shakllantirish juda muhimdir. Buning uchun o‘ziga xos psixologik kompetensiyalarni egallashni taqozo etadi. Aytish joizki, bugungi kunda aksariyat oliy o‘quv yurtlari mutaxassislar tayyorlashda talaba shaxsining aqliy va kasbiy yo‘nalishini shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. O‘z-o‘zini rivojlantirish, kasbiy rivojlanish yo‘li bilan paydo bo‘lgan muammolarni hal qilish va natijadorligini

oshirishga qaratilgan ayrim ishlar, ya’ni ularda shu sohaga oid psixologik tayyorgarligini oshirish e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Mavjud vaziyat bilan bog‘liq holda, institutda o‘qish bosqichida talabalarning kasbiy shaxsini shakllantirish uchun psixologik-pedagogik yordamga ehtiyoj borligini inobatga olishimiz lozim. Bizning ishimizning asosiy maqsadi psixologik-pedagogik qo‘llabquvvatlash muammosi bo‘yicha tadqiqotlarni tahlil qilish va institutda talabalarning kasbiy shaxsini shakllantirishga qaratilgan amaliyotga yo‘naltirilgan dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdir. Olima Zebo Hasanova qarashlarida talabada psixologik-pedagogik ko‘nikmani shakllanishiga erishishda amalga oshirish lozim bo‘lgan bosqichlarni amalga oshirish haqida quyidagi fikrlarga duch kelamiz: “Biz psixologik-pedagogik yordam jarayonini yaxlit tizim sifatida taqdim etamiz: birinchi bosqich - moslashish, uning vazifasi irodali sharoitlarni yaratishdir talabalarning institutda o‘quv jarayoniga kirishiga ko‘maklashish va moslashish jarayonini yengillashtirish uchun talabalar birinchi va ikkinchi o‘quv yilida ushbu bosqichga kiritiladi. Ikkinchi bosqich - identifikatsiya - uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalariga hamrohlik qilish jarayoni. Bu haqida talabalarning kasbiy bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish. Uchinchi bosqich - konsalting - to‘rtinchi kurs talabalarini psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichda muammolarni hal qilish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Institutda talabalarning moslashuv bosqichida psixologik-pedagogik yordam shakli quyidagilar bo‘lishi mumkin: moslashuv treningi, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini diagnostikasi, hayot sohasining ahamiyati, talabalar bilan individual maslahatlar, guruh kuratorlari. Ikkinchi identifikatsiya bosqichida qo‘llabquvvatlash shakli talabalarga kasbiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab o‘z mutaxassisligini chuqur egallashlariga yordam beradigan professional mavzudagi tadbirlardir. Reflektor kabi usullarni kiritish o‘quvchilar bilan sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aks ettirish mavzusini yaratishga imkon beradigan seminar, seminarni o‘tkazish jarayoni, professionalga hissiy va baholash munosabatini o‘zgartirish shaxsiy e’tiqodlari va o‘zini “bajaruvchi” sifatida bilish psixologiyani yaxshiroq tushunishga yordam beradi muayyan faoliyat turiga mantiqiy tayyorlik. XULOSA Xulosa sifatida shuni aytish joizki, muhandislarni tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti talabalarining kasbiy shaxsini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali shakllantirish jarayoni bugungi ta’lim tizimining asosiy shartlaridan biridir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar2 ta adabiyot

  1. Hasanova Z.D. Bo‘lajak muhandislarning shaxsiy va kasbiy salohiyatni ro‘yobga chiqarishning psixologik-pedagogik yo‘llari. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF) January 2023 / Volume 4 Issue 1.
  2. Мирзаев, С. С., Кодирова, Н. Д., Нуруллаев, М. М., & Хужжиев, М. Я. (2013). Изучение энергозатрат при плазмохимической диссоциации сероводорода. Молодой ученый, (2), 49-52.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012726
Nashr sanasi
2025-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v3i12.1238
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
210–213
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11