Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

METHODS FOR DETERMINING THE RELATIONSHIP BETWEEN WORD COMBINATIONS AND THE WORDS THAT FORM THEM IN LINGUISTICALLY STRUCTURED SETS

Tursunov Alisher RozikjonovichNukus innovatsion instituti Filologiya kafedrasi o‘qituvchisi2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 12Sahifa 119–121

Annotatsiya

Ushbu maqolada tarkiblashtirilgan to‘plamlarda so‘z birikmalari hamda birikma hosil qilgan so‘zlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik munosabatlari, shuningdek tarkiblashtirilgan to‘plamlarda satrlarning muvofiqligi, ularni xarakterli qo‘llanilishi va vaziyatni ifodalashda so‘zlarning o‘zaro birikma holatida paydo bo‘lishi kabi hodisalarga e‘tibor qaratiladi.

Boshqa tillarda

inglizchaMETHODS FOR DETERMINING THE RELATIONSHIP BETWEEN WORD COMBINATIONS AND THE WORDS THAT FORM THEM IN LINGUISTICALLY STRUCTURED SETS

This article focuses on the relations of interconnection between word combinations and the words that form those combinations in linguistically structured corpora, as well as on such phenomena as the concordance of lines in structured corpora, their characteristic usage, and the appearance of words in combination with one another in expressing a situation.

o‘zbekLINGVISTIK TARKIBLASHTIRILGAN TO‘PLAMLARDA SO‘Z BIRIKMALARI VA BIRIKMA HOSIL QILGAN SO‘ZLAR ORASIDAGI BOG‘LIQLIKNI ANIQLASH USULLARI

Ushbu maqolada tarkiblashtirilgan to‘plamlarda so‘z birikmalari hamda birikma hosil qilgan so‘zlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik munosabatlari, shuningdek tarkiblashtirilgan to‘plamlarda satrlarning muvofiqligi, ularni xarakterli qo‘llanilishi va vaziyatni ifodalashda so‘zlarning o‘zaro birikma holatida paydo bo‘lishi kabi hodisalarga e‘tibor qaratiladi.

ruschaМЕТОДЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ СВЯЗИ МЕЖДУ СЛОВОСОЧЕТАНИЯМИ И СЛОВАМИ, ОБРАЗУЮЩИМИ СОЧЕТАНИЕ В ЛИНГВИСТИЧЕСКИ СТРУКТУРИРОВАННЫХ МНОЖЕСТВАХ

В данной статье основное внимание уделяется на словосочетания и взаимоотношения между словами, образующими сочетание, а также строк конкорданса, их характерное употребление и выражении ситуации, коллокациям, грамматическим отношениям между словами, а также методам определения лексико-грамматического комплекса.

Kalit so‘zlar

  • structured corpus
  • collocation
  • lexical-grammatical complex
  • lexical unit
  • distribution
  • speech
  • concordance
  • model

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

LINGVISTIK TARKIBLASHTIRILGAN TO‘PLAMLARDA SO‘Z BIRIKMALARI VA BIRIKMA HOSIL QILGAN SO‘ZLAR ORASIDAGI BOG‘LIQLIKNI ANIQLASH USULLARI Tursunov Alisher Rozikjonovich Nukus innovatsion instituti Filologiya kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10. 5281/zenodo.14606805 Annotatsiya: Ushbu maqolada tarkiblashtirilgan to‘plamlarda so‘z birikmalari hamda birikma hosil qilgan so‘zlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik munosabatlari, shuningdek tarkiblashtirilgan to‘plamlarda satrlarning muvofiqligi, ularni xarakterli qo‘llanilishi va vaziyatni ifodalashda so‘zlarning o‘zaro birikma holatida paydo bo‘lishi kabi hodisalarga e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: tarkiblashtirilgan to‘plam, birikma, leksik-grammatik majmua, leksik birlik, taqsimlanish, nutq, muvofiqlik, model.

МЕТОДЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ СВЯЗИ МЕЖДУ СЛОВОСОЧЕТАНИЯМИ И СЛОВАМИ, ОБРАЗУЮЩИМИ СОЧЕТАНИЕ В ЛИНГВИСТИЧЕСКИ СТРУКТУРИРОВАННЫХ МНОЖЕСТВАХ Аннотация: В данной статье основное внимание уделяется на словосочетания и взаимоотношения между словами, образующими сочетание, а также строк конкорданса, их характерное употребление и выражении ситуации, коллокациям, грамматическим отношениям между словами, а также методам определения лексико-грамматического комплекса. Ключевые слова: корпус, лексико-грамматический комплекс, лексической единицы, распределение, речь, строк конкорданс, модель.

METHODS FOR DETERMINING THE RELATIONSHIP BETWEEN WORD COMBINATIONS AND THE WORDS THAT FORM THE COMBINATION IN LINGUISTICALLY STRUCTURED COLLECTIONS Abstract: This article focuses on the relationships between word combinations and the words that form the combination in structured sets, as well as phenomena such as the correspondence of lines in structured sets, their characteristic use, and the occurrence of words in a state of mutual combination when expressing a situation. Keywords: corpus, collocation, lexico-grammatical complex, lexical unit, distribution, speech, line concordance, model.

KIRISH Tarkiblashtirilgan to‘plam tadqiqotida so‘z birikmalari asosiy tushuncha hisoblanadi. Shu bilan birga, so‘z birikmalari va leksik grammatik majmualar muloqot jarayonida idrok etish va fikrni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Tarkiblashtirilgan to‘plamlar bilan ishlashning muhim usullaridan biri bu satrlarning muvofiqligi hisoblanib so‘zning ma’nosini shuningdek, uning xarakterli qo‘llanilishi va vaziyatni ifodalashda mazmunan boy materialni taqdim etadi. Tadqiqotning maqsadi tasodifiy bo‘lmagan model ya’ni namunalar, so‘zlarning o‘zaro birikma holatida paydo bo‘lishini aniqlashdir. O‘rganilayotgan so‘z odatda “tugun” (node) deb ataladi va “bog‘lanish” (collocate) atamasi tasodifiy taqsimot asosida o‘rganilayotgan so‘z atrofida kutilganidan ko‘ra tez-tez uchraydigan so‘zlar uchun ishlatiladi.

Masalan, tarkiblashtirilgan to‘plamlarda bir marta uchraydigan so‘zlar bilan ko‘p qo‘llaniladigan yordamchi so‘zlar (the, of, was) voqelikni kerakli darajada tasvirlab beraolmaydi. Bundan tashqari, so‘zlarni birikma holatida kelishi birinchi qarashda ko‘ringanidek oddiy darajada emas (Scott, Tribble2006: s. 34). K.Tribbl so‘zlarni birgalikda kelishining ikki jihati borligini ta’kidlaydi va buni “sigir” va “sut” so‘zlari misolida ko‘rsatadi. Birinchidan, ma’lumki, “sigir” so‘zi “sut” so‘zi bilan, “fil” so‘zi esa “xartum” so‘zi bilan, ya’ni biror narsa haqida o‘ylaganda, ikkinchisi ham aqlda paydo bo‘ladi. O‘zaro bog‘liqlikning bu turi so‘zlarning assotsiativ yonmayon turishiga asoslanadi: turmush tarzimizda, madaniyatimizda sigir va sut bir-biri bilan assotsiativ bog‘langan. O‘zaro bog‘liqlikning yana bir turi matnda “sigir” “sut” so‘zi bilan birga kelishi yoki kelmasligi bilan bog‘liq holatlarga tegishli. ASOSIY QISM Ushbu turdagi bog‘liqlik hodisasi tarkiblashtirilgan to‘plamlarda so‘zlardan foydalanish foizi bilan bog‘liq, ya’ni “sut” so‘zi “sigir” so‘zi bilan aynan qanday ehtimollik asosida bog‘liq yoki bog‘liq emasligini ko‘rish mumkin. Agar bu hodisa tasodifiy taqsimlanishga qaraganda teztez sodir bo‘ladigan bo‘lsa, bu holda biz matndagi voqelik bilan aqliy bog‘liqlik mos kelganini ko‘ramiz. So‘ngra tilda sut-sigir aloqasi o‘rnatilib, lug‘atda to milk the cow (sigir sog‘ish) iborasi paydo bo‘ladi. Biroq, bu har doim ham shunday emas. Shuni aytish joizki, tilning tarkiblashtirilgan to‘plamlar borasidagi tadqiqoti ehtimollik yondashuviga asoslanadi. Ular nafaqat tilning ehtimollik xususiyatini tushunishga imkon beradi, balki grammatik normalar ya’ni, qat’iy grammatik qoidalar doirasidan tashqariga chiqadigan hodisalarni kuzatish imkonini beradi. Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, tarkiblashtirilgan to‘plam tadqiqoti sintaksis va lug‘at o‘rtasidagi birikmalardan tashqariga chiqadigan bog‘lanishlar (angl.colligation — «bog‘lanish») ya’ni, grammatik afzalliklarga ega bo‘lgan uzunroq so‘z birikmalari bilan shug‘ullanadi. Tarkiblashtirilgan to‘plamlardagi birikmalar va bog‘lanishlarni qidirishda ikkala atama odatda ehtimollik hodisalari sifatida ko‘rib chiqiladi. (Flowerdew 2012). Qayd etilishicha, so‘z birikmalari leksik birlikni boshqa bir leksik birlik bilan bog‘lanish imkoniyatini belgilaganidek, bog‘lanishlar ham ma’lum bir grammatik vazifani bajarish qobiliyatini aniqlaydi. Ba’zan bu qobiliyat qarama-qarshi tendentsiyada ifodalanadi ya’ni, leksik birlik ma’lum bir grammatik funktsiyalarni bajarmaydi. Shunday qilib, so‘zlar orasidagi grammatik munosabatlar haqida bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, biz M. Houiga ergashib, bu hodisani ehtimoliy yoki aksincha, so‘z, so‘z birikmasi, so‘z turkumining bu muhitdagi ehtimoli bo‘lmagan grammatik muhit va o‘rnini belgilaymiz. Tarkiblashtirilgan to‘plam tadqiqotida stigma so‘zi bilan bog‘liq birikmalarni qidirganimizda gapning bosh qismida ko‘p hollarda certain sifati bilan birikma hosil qilgan vaziyati ko‘p uchraydi. Grammatik nuqtai nazaridan tahlil qilganimizda ot so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan stigma so‘zi gapning oxirgi qismida fe'l shakli bilan ham birikishi mumkin. Britaniya milliy to‘plamlaridagi misollariga ko‘ra, ushbu bog‘lanishli sxemada attached to fe’li bilan ko‘p qo‘llanilganini, aksincha associated with fe’li bilan esa kamroq bog‘lanishni ko‘rishimiz mumkin. Ko‘plab inglizcha to‘plamlardagi misollariga ko‘ra, ushbu bog‘lanishli sxemada attached to fe’li bilan ko‘p qo‘llanilganini, aksincha associated with fe’li bilan esa kamroq bog'lanishni ko‘rishimiz mumkin. - People I know think there is a stigma attached to saying you agree with the Conservatives; - There is no stigma attached to being sensible and having an orange juice;

- Aerosols still have something of a stigma attached to hem as a result of their prior use of CFCs, but in many cases, they are a fairly environmentally conscious form of dispensing a product. Birikmalarni aniqlashning boshlanishi bizga tarkiblashtirilgan to‘plam ma’lumotlari bilan ishlashning asosiy vositalaridan biri bo‘lgan satrlar muvofiqligini o‘rganish imkonini berishi mumkin. Bu borada kengaytirilgan kontekst xususiyati ham muhim hisoblanadi, chunki birikmalar ba’zan boshqa so‘zlar bilan ajratiladi. So‘zlarning ro‘yxati ham birikmalarni aniqlashning yana bir usuli bo‘lib, ular yirik masalan Britaniya milliy tarkiblashtirilgan to‘plamlari kabi to‘plamlarda mavjud. Birikmalar ro‘yxati bilan shug‘ullanish o‘rganishning yana bir usuli hisoblanib bu o‘rganilayotgan so‘zining (the node) ma’lum bir muhitida so‘zlarni birlashtirishning barcha holatlari (tokens) sonini beradi. Ingliz tili tarkiblashtirilgan to‘plam majmuasidagi so‘zlar ro‘yxati yoki so‘zlardan fordalanish foizi bo‘yicha ya’ni, t-score (t-score) deb ataladigan yoki o‘zaro ma’lumotlar ko‘rsatgichi (mutual information score, MI) bo‘yicha saralanishi mumkin. Barqarorlik yoki birikmaning mustahkamligining ushbu ko‘rsatkichlarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. XULOSA Shunday qilib, D. Biber, S. Konrad va R. Reppen birikma juftligini aniqlashning eng oddiy usuli nisbiy chastotaga asoslanganligini ta’kidlaydilar, bu esa eng keng tarqalgan birikma juftliklarini beradi (Biber, Conrad, Reppen 1998). Shu bilan birga, shuni hisobga olish kerakki, o‘rganilayotgan so‘zining eng ko‘p uchraydigan birikmalari odatda yuqori chastotali so‘zlar bo‘ladi, ular yuqori chastotasi tufayli ko‘pincha boshqa so‘zlar bilan ham birlashtiriladi. Shuning uchun saralash variantlaridan biri o‘zaro ma’lumot ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkich ikki so‘z o‘rtasidagi tortishish deb ataladigan narsani yoki agar bitta so‘z satrda paydo bo‘lsa, u bilan birikma hosil qiluvchi so‘z qidirilayotgan so‘zning bevosita atrofida paydo bo‘lish ehtimolini aks ettiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, so‘z birikmasining kuchi diskret emas, ya’ni so‘zlar zanjirida birbiri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikmagan bo‘lishi mumkin, lekin sintaktik va semantik jihatdan bir butunlikni tashkil etuvchi komponentlar bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlarning mosligini aniqlash uchun biz janrlarga bo‘linishini hisobga olgan holda kengroq bo‘lgan tarkiblashtirilgan to‘plam materiallariga murojaat qildik. Keyinchalik bu ma’lumotlardan topshirqlar yaratish yoki ma’lumotlardan foydalangan holda talabalar uchun mustaqil ishlarni tashkil qilish uchun foydalanildi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Scott M., Tribble C. Textual Patterns: key words and corpus analysis in language education: Studies in Corpus Linguistics. — Amsterdam/Philadelphia: John Benjamins, 2006.
  2. Flowerdew L. Corpora and Language Education. — S.l.: Palgrave Macmillan, 2012.
  3. Hoey M. Lexical Priming: A New Theory of Words and Language. — Routledge, 2005.
  4. Biber D., Conrad S., Reppen R. Corpus Linguistics: Investigating language structure and use. — Cambridge: Cambridge Univ. Press, 1998.
  5. McEnery T., Wilson A. Corpus Linguistics. — Edinburgh: Edinburgh University. Press, 1999.
  6. Oakes M. Statistics for Corpus Linguistics. — Edinburgh: Edinburgh University. Press, 1998.
  7. Conrad S., Biber D. Real Grammar: A Corpus-Based Approach to English. — Pearson: Longman, 2009.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012710
Nashr sanasi
2025-01-05
Til
inglizcha
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v3i12.1222
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
119–121
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11