VOYAGA YETMAGAN YOSHLAR PROFILAKTIKASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Komiljonov Shoxruxmirzo Qodirjon o‘g‘liJamoat xavfsizligi universiteti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 12Sahifa 72–75
Annotatsiya
Yurtboshimiz yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bugungi kunda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirda jamiyatimizda voyaga yetmagan yoshlarning haq-huquqlariga alohida e‘tibor qaratilib, ularning ilmiy, ijodiy, intellektual salohiyatini, jismoniy hamda ruhiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad voyaga yetmagan yoshlar xulq-atvorini yaxshilash, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hisoblanadi. Mazkur maqolada voyaga yetmagan yoshlar profilaktik ishlar samaradorligini oshirish xususida ma‘lumotlar keltirilib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОФИЛАКТИКИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ
глава государства поднял вопрос молодежи на уровень государственной политики, и сегодня молодежи предоставляются широкие возможности. В настоящее время в нашем обществе уделяется особое внимание правам несовершеннолетних, дальнейшему развитию их научного, тво рческого, интеллектуального потенциала, физических и умственных способностей. Основной целью этого является улучшение поведения несовершеннолетних, повышение эффективности профилактической работы. В данной статье представлена информация о повышении эффективности профилактической работы среди несовершеннолетних.
inglizchaINCREASING THE EFFECTIVENESS OF PREVENTIVE WORK AMONG MINORS
By raising the issue of youth to the level of state policy, the head of our state has ensured that broad opportunities are being created for young people today. At present, particular attention is being paid in our society to the rights of minors and to the further development of their scientific, creative and intellectual potential and their physical and mental skills. The main aim pursued here is to improve the behaviour of minors and to increase the effectiveness of preventive work. This article presents information on increasing the effectiveness of preventive work among minors.
Kalit so‘zlar
- yoshlar
- voyaga yetmaganlar
- profilaktik ishlar
- davlat siyosati
- shaxs
- davlat organlari
- inson omili
- jamiyat
- huquqbuzarlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
VOYAGA YETMAGAN YOSHLAR PROFILAKTIKASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH Komiljonov Shoxruxmirzo Qodirjon o‘g‘li Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi shohruhmirzokomiljonov010@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.14544986 Annotatsiya: Yurtboshimiz yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bugungi kunda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirda jamiyatimizda voyaga yetmagan yoshlarning haq-huquqlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning ilmiy, ijodiy, intellektual salohiyatini, jismoniy hamda ruhiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad voyaga yetmagan yoshlar xulq-atvorini yaxshilash, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hisoblanadi. Mazkur maqolada voyaga yetmagan yoshlar profilaktik ishlar samaradorligini oshirish xususida ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: yoshlar, voyaga yetmaganlar, profilaktik ishlar, davlat siyosati, shaxs, davlat organlari, inson omili, jamiyat, huquqbuzarlik
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОФИЛАКТИКИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ Аннотация: глава государства поднял вопрос молодежи на уровень государственной политики, и сегодня молодежи предоставляются широкие возможности. В настоящее время в нашем обществе уделяется особое внимание правам несовершеннолетних, дальнейшему развитию их научного, творческого, интеллектуального потенциала, физических и умственных способностей. Основной целью этого является улучшение поведения несовершеннолетних, повышение эффективности профилактической работы. В данной статье представлена информация о повышении эффективности профилактической работы среди несовершеннолетних. Ключевые слова: молодежь, несовершеннолетние, профилактическая работа, государственная политика, личность, государственные органы, человеческий фактор, общество, правонарушение
INCREASING THE EFFECTIVENESS OF PREVENTION AMONG MINORS Abstract: our country raises the issue of youth to the level of Public Policy, and today there are wide opportunities for young people. At present, special attention is paid to the rights of underage youth in our society and special attention is paid to the further development of their scientific, creative, intellectual potential, physical and mental skills. The main goal of this is to improve the behavior of underage youth, to improve the effectiveness of preventive work. This article provides information on improving the effectiveness of preventive work for underage youth. Keywords: youth, minors, preventive work, public policy, person, public bodies, human factor, society, infringement
KIRISH Barchaga ma’lumki, jamiyatimizda inson omili asosiy o‘rinda turadi. Bunda barcha davlar organlari, davlat xizmatchilari aholi, ya’ni inson uchun, uning tinchlik-osoyishtaligi, haqhuquqlari, erkinlari uchun ishlashi nazarda tutilgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev adolatli,
erkin va farovon jamiyat qurishimiz zarur, bu yo‘lda “Inson – qadri uchun”, “Davlat – inson uchun” g‘oyasi ila mehnat qilmog‘imiz shart, deb bejizga ta’kidlamagan. Yurtboshimiz yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bugungi kunda yoshlarga oid davlat islohotlari to‘la-to‘kis amalga oshirilib kelinmoqda. Hozirda jamiyatimizda voyaga yetmagan yoshlarning haq-huquqlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning ilmiy, ijodiy, intellektual salohiyatini, jismoniy hamda ruhiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga yuksak vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. ASOSIY QISM Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, voyaga yetmagan yoshlarning haq-huquqlarini himoya qilish bilan birgalikda ular sodir etayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Achinarlisi shuki, hozirda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sonining ortishi, yoshlar o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuvlar, mayda bezoriliklar, online qimorlarga mukkasidan ketish kabi holatlar barcha insonlarni tashvishga solmoqda. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, yoshlarga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish kabi vazifalar bilan bir qatorda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish masalasi ham dolzarb vazifalar qatoridan joy oldi. Huquqbuzarliklarning oqibati bilan emas, balki uning kelib chiqishi sabablarini aniqlash profilaktika ishlarini olib borishning samaradorligini oshirishga asos bo‘ladi. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida soha vakillari tomonidan hamda boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda joylarda turli profilaktik tizimli ishlar olib borilmoqda. Voyaga yetmagan yoshlar huquqbuzarligi profilaktikasi masalasi faqatgina bir tashkilot zimmasidagi vazifa emasligini ta’kidlab, bu yo‘nalishda tizimli faoliyatni olib borish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi to‘g‘risida Prezidentimiz “davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga lozim darajada e‘tibor qaratmayapti”1, deb ta‘kidlagan. Yoshlar bilan ishlar mahalladan boshlandi. Mahalladagi barcha davlat tashkilotlari, davlat xodimlari yoshlar tarbiyasiga, ularning xavfsizligiga mas’ul shaxslar sanaladi. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan “Mahalla yettiligi”ni tashkil etilishi yoshlarga oid muammoalarning hal qilinishiga, profilaktik ishlarning tizimli olib borilishiga zamin yaratdi. Shuningdek, hukumatning “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradirligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori2 qabul qilindi. Mazkur qarorda quyidagi profilaktik ishlar bajarilishi ko‘rsatib o‘tilgan: 1. Huquqbuzarlik sodir etish va undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish (ijtimoiy-profilaktika tadbirlari) bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari bilan elektron axborot almashish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 2. ijtimoiy-profilaktika tadbirlari “mahalla yettiligi” — mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori tomonidan amalga oshiriladi. Ularga bu borada mehnat organi xodimi, tibbiyot xodimi, maktab direktori, psixologi, inspektor-psixolog, shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshiriluvchi
Sh.M. Mirziyoyev. 2017-yil 4-mart kuni qabul qilingan ―Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2833- sonli Prezident qarori. https://lex.uz/docs/- 3141186 www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, 30.11.2024. 801-son.
subyektlarning murojaatiga asosan tuman (shahar) darajasidagi tegishli davlat organlari va tashkilotlari xodimlari ko‘maklashishi belgilab o‘tilgan. Ushbu qaror Nizomida profilaktik inspektor ijtimoiy moslashtirish asosida quyidagi vazifalarni bajarishi belgilab o‘tilgan: spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslarning turmush-tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyeklar bilan birgalikda kasbiy layoqatidan kelib chiqib kasbhunar o‘rganishga jalb qilish, sog‘lom hayotga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy, psixologik va boshqa yordamlar ko‘rsatish, shuningdek, ushbu salbiy odatga ruju qo‘yishning omillarini bartaraf etish maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va kompleks psixologik-tibbiy reabilitatsiya qilish choralarini ko‘radi; qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, ushbu o‘yinlarning salbiy oqibatlarini va javobgarlikni tushuntiradi, uning omillarini bartaraf etishga ko‘maklashadi; g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning sabablarini o‘rganadi, ular bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazadi, ularni sog‘lom hayotga qaytarish hamda bunday salbiy xatti-harakatlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi; jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan shaxslarning turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti va kasbiy layoqatini o‘rganadi; qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning turmush tarzi, xulq-atvori va oilaviy sharoitini o‘rganadi, vasiy va homiysi bo‘lmagan voyaga yetmaganlarga vasiy va homiy biriktirish, yoshlar yetakchisi bilan birgalikda ularning qiziqishidan kelib chiqib, fan, kasb-hunar va sport to‘garaklariga jalb qiladi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarini ko‘radi. “Mahalla yettiligi” asosida o‘zaro hamkorlik tashkil etilgan faoliyat voyaga yetmagan shaxslarni har tomonlama o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatishga keng imkon beradi. “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning II bob 8-moddasida quyidagicha keltirilgan: “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi: Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar; Ichki ishlar organlari; Ta‘limni boshqarish organlari va ta‘lim organlari; Vasiylik va homiylik organlari; Sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari; Mehnat organlari”3, deb belgilangan. Hozirgi kunda ta’lim tizimida ham voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir bo‘lmoqda. Profilaktik ishlar samaradorligi oshirish borasida voyaga yetmaganlarni kuzatish,
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi – Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida‖gi qonunning 8-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.-T.,2010,- №39.
xulqiy o‘gishlarni payqash, axloqiy o‘zgarishlarni nazorat qilish har qachongidan ham kuchaygan. Masalan, O‘quvchilarning kundalik davomatini o‘rganish orqali sababsiz dars qoldiradigan va darsga qatnashga befarq bola va buning nazoratini to‘g‘ri tashkil etmagan oila haqida ma‘lumotlar olish; Darslarni o‘zlashtirishda qiynaladigan bolani payqash; Maktabga bolaning turli jismoniy jarohatlar (masalan, ko‘karish, kuyish, holsizlik va boshqalar) bilan kelishi zo‘ravonlikka duchor bo‘lganligi ehtimoli yuzasidan o‘rganishlar olib borish; Bolaning maktabdagi referent guruhi bilan munosabatini kuzatib borish; Darslarga doimiy kechikib kelishiga sabab bo‘lgan sharoitlarni aniqlash; Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolganda yoki ota-onasi ajrashganda yoxud ota-onasidan biri vafot etganida boladagi hissiy va turmush o‘zgarishlarining avval va hozirgi holatini tahlil qilish; Bolaning shaxsiy fazilatlari, dunyoqarashi, qiziqishlarini aniqlash kabi vazifalardir. XULOSA Bunday profilaktik tadbirlar jarayoni voyaga yetmagan yoshlarni uyushtirish, ta’limtarbiyaga jalb etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish, sharoiti og‘ir yoshlarga davlat yordamini amalga oshirish kabi ijtimoiy vazifalarni ko‘zda tutadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Sh.M. Mirziyoyev. 2017-yil 4-mart kuni qabul qilingan ―Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2833- sonli Prezident qarori. https://lex.uz/docs/- 3141186
- O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi – Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida‖gi qonunning 8-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.-T.,2010,- №39.
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2003.
- O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. –T.: Adliya vazirligi, 2004.
- www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, 30.11.2024. 801-son.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012701
- Nashr sanasi
- 2025-01-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 12
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i12.1213
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 72–75
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11