Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

FINLANDIYADAGI TA‘LIM MUASSASALARIDA TARBIYA TIZIMINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Sitora ShomurodovaXalqaro Nordik universiteti katta o‘qituvchisi (PhD), RMMM huzuridagi Ijtimoiy ma‘naviy tadqiqotlar institutida tashkil etilgan “Yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish va ma‘naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar, uslubiy tavsiya, ma‘rifiy adabiyot va media mahsulotlar majmuasini yaratish” loyihasi ijrochisi2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 10Sahifa 84–86

Annotatsiya

Ushbu maqolada Finlandiyaga uyushtirilgan ilmiy safar natijasi o‘laroq yozilgan. Maqolada Fin milliy tarbiya va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar, milliy g‘oya targ‘iboti metod va texnologiyalarini modifikatsiya qilish orqali O‘zbekiston uzluksiz ta‘lim hamda ma‘naviy-ma‘rifiy, targ‘ibot-tashviqot ishlari tizimiga muvaffaqiyatli joriy etish bo‘yicha xulosalar va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish masalalari yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОСОБЕННОСТИ СИСТЕМЫ ВОСПИТАНИЯ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ ФИНЛЯНДИИ

Данная статья написана по результатам исследовательской поездки в Финляндию. В статье финская национальная образовательная и духовно-просветительская работа путем модификации методов и технологий продвижения национальной идеи в / систему непрерывного образования и духовно-просветительской, пропагандистско-агитационной работы Узбекистана ставит вопросы разработки выводов и научно- выделены методические рекомендации по успешному внедрению.

inglizchaSPECIFIC ASPECTS OF THE UPBRINGING SYSTEM IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN FINLAND

This article was written as a result of a scientific trip organised to Finland. The article describes the issues of drawing up conclusions and scientific-methodological recommendations on the successful introduction of Finnish national upbringing and spiritual-enlightenment work and of the methods and technologies of promoting the national idea, through their modification, into the system of continuous education and of spiritual-enlightenment and advocacy work of Uzbekistan.

Kalit so‘zlar

  • tarbiya
  • ta‘lim
  • tarbiya tamoyillari
  • kitobxonlik madaniyati
  • maktabgacha ta‘lim
  • maktab ta‘limi
  • oliy ta‘lim
  • amaliy fanlar
  • Creation of educational and scientific-methodical manuals
  • methodological recommendations

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FINLANDIYADAGI TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYA TIZIMINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Sitora Shomurodova Xalqaro Nordik universiteti katta o’qituvchisi (PhD), RMMM huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutida tashkil etilgan “Yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha o‘quv va ilmiy-mеtodik qo‘llanmalar, uslubiy tavsiya, ma’rifiy adabiyot va mеdia mahsulotlar majmuasini yaratish” loyihasi ijrochisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13998776 Annotatsiya: Ushbu maqolada Finlandiyaga uyushtirilgan ilmiy safar natijasi o’laroq yozilgan. Maqolada Fin milliy tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, milliy g‘oya targ‘iboti metod va texnologiyalarini modifikatsiya qilish orqali O‘zbekiston uzluksiz ta’lim hamda ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot ishlari tizimiga muvaffaqiyatli joriy etish bo‘yicha xulosalar va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Kalit so’zlar: tarbiya, ta’lim, tarbiya tamoyillari, kitobxonlik madaniyati, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, oliy ta’lim, amaliy fanlar, ilmiy fanlar.

SPECIFIC ASPECTS OF THE EDUCATION SYSTEM IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN FINLAND Sitora Shomurodova Senior Lecturer (PhD) of the International Nordic University, "Creation of educational and scientific-methodical manuals, methodological recommendations, educational literature and media products on protecting young people from various ideological attacks and spiritual and moral education" organized at the Institute of Social and Spiritual Research under RMMM ” project executive Abstract: This article is written as a result of a research trip to Finland. In the article, Finnish national education and spiritual-educational works, by modifying the methods and technologies of promotion of the national idea, to the system of continuous education and spiritual-educational, promotion-campaign work of Uzbekistan issues of developing conclusions and scientific-methodical recommendations on successful implementation are highlighted. Key words: education, educational system of Finland, principles of education, reading culture, preschool education, school education, higher education, applied sciences, scientific sciences.

ОСОБЕННОСТИ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ В УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ ФИНЛЯНДИИ Ситора Шомуродова Старший преподаватель (PhD) Международного университета Северных стран, «Создание учебных и научно-методических пособий, методических рекомендаций, учебной литературы и средств массовой информации по вопросам защиты молодежи от различных идеологических атак и духовно-нравственного воспитания», организованного в Институте социальных и духовных исследований при РМММ» руководитель проекта Аннотация: Данная статья написана по результатам исследовательской поездки в Финляндию. В статье финская национальная образовательная и духовно-просветительская работа путем модификации методов и технологий продвижения национальной идеи в систему непрерывного образования и духовно-просветительской, пропагандистскоагитационной работы Узбекистана ставит вопросы разработки выводов и научно- выделены методические рекомендации по успешному внедрению. Ключевые слова: образование, воспитание, принципы воспитания, культура чтения, дошкольное образование, школьное образование, высшее образование, прикладные науки, научные науки.

KIRISH Malaka oshirish tizimi har qachon dolzarb va zarur ish hisoblanadi. Ayniqsa, pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi yildan yilga rivojlanib bormoqda. Finlandiya davlatiga bo’lgan ilmiy safar davomida Helsinki shahridagi tarixiy joylar va kutubxonalarga safar uyushtirildi. “Helsinki Central Library Oodi” kutubxonasiga tashrif davomida kitobxonlik madaniyati o‘rganildi. Jumladan, Oodi Helsinki markaziy kutubxonasining fondida yuz mingdan ortiq kitob saqlanayotgani va bir kunda bu kutubxonaga mingdan ortiq inson kelishi haqidagi ma’lumotlar o‘rganildi. Kutubxonaning o‘ziga xosligi shundaki, bu yer faqat kitob o‘qish uchun emas, ma’naviyat targ‘ibotining har qanday ko‘rinishini o‘zida mujassam etgan joydir. Uch qavatli kutubxonaning ikki qavatida turli davr va yoshlarga doir kitoblar saqlnasa, uchinchi qavati o‘ziga xos ko‘ngilochar maskan hisoblanadi. Bu yerda kinoteatr, kichik kafe va bolalar uchun o‘yin maydonchalari mavjud. Ayni shu jihat yosh onalarning ham kitobxon bo‘lishiga sababdir. Biz safarimiz davomida ko‘plab yosh bolali ayollarning ham kutubxonaga kelishiga sabab bo’ladi. Metodlar: ushbu maqolani yozish jarayonida qiyosiy, kuzatish kabi metodlardan foydalanildi. NATIJALAR Ilmiy safar jarayonida bir qancha kuzatuvlar amalga oshirildi va quyidagi natijalarga erishildi: Helsinkidagi maktablardan birida bir kunlik amaliyotda bo‘ldik. Bu jarayonda matematika, fin tili (ona tili), badiiy o‘qish, musiqa kabi darslarni kuzatishga muvaffaq bo‘ldik. Asosiy e’tiborimizni tortgan jihat o‘quvchilar va o‘qituvchilarning hech bir bosimsiz bir-birini hurmat qilgan holdagi munosabati bo‘ldi. Finlandiyada darslar stressiz, quvonch asosida o‘tilishiga guvoh bo‘ldik. Finlandiyada ta’limning o‘zi tarbiyadan iborat. Ularda “Tarbiya” fani yo‘q, uning o‘rniga Ona tili va Adabiyot fanlarining soatlari barcha fanlarnikiga qaragan ko‘p soatni tashkil qiladi. Tarbiya masalalari ham shu ikki fan mavzulariga singdirib yuborilgan. Finlarning barcha darsliklari va fan dasturlariga tarbiya elementlari singdirilgan. Masalan, ular “Uy xo‘jaligi” degan fan o‘tishadi. Bu, asosan, ro‘zg‘or tutish va tejamkorlik haqida, ayni shu fan doirasida yigit-qizlarga oilaning muqaddasligi haqidagi qarashlar singdiriladi. Shuningdek, Finlandiya maktablarida beriladigan uy vazifalarining ham muhim tarbiyaviy tomonlari bor: bu vazifalar o‘quvchida mas’uliyat, birlik kabi tushunchalarni his qilishga yordam beradi. Bu ilmiy safarlar natijasida Finlandiya ta’lim-tarbiya tizimining ildizi maktabgacha yoshdagi bolalarning ilk tasavvurlarini shakllantirishdan boshlanishini o‘rgandik. Bog‘cha yoshi bu davlatda 9 oylikdan boshlanadi. To‘lovlar ota-onaning oylik maoshidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ya’ni agar oilaning daromadi ko‘p bo‘lsa, to‘lovlari ham ko‘p bo‘ladi, aksincha bo‘lsa, to‘lovlarda davlat chegirmalariga erishiladi. Ayni shu jihat bu xalqning kim o‘zarga yashamasligiga sabablardan biri hisoblanadi. Bola bog‘cha yoshidanoq minimalizm asosida ulg‘ayadi, hech bir ta’lim muassasasida, ko‘cha-ko‘yda hashamat va ortiqcha bezak mavjud emas. Bu holat tarbiya uchun juda muhimdir.

Yoensu shahridagi maktablarga tashrif davomida boshlang‘ich ta’limdagi bolalarning dars jarayonlarini kuzatishga muvaffaq bo‘ldik. Sinf xonasi uydagi singari jihozlangani diqqatimizni tortdi. Buni so‘raganimizda pedagoglar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi maktabga moslashib olgunicha uy sharoitini his etishi lozimligi, agar uyqusi kelsa, uxlab olishi ham mumkinligini ta’kidladi. Buning asosiy sababi esa maktabni bolaning ko‘ziga stressga boy maskan sifatida ko‘rsatmaslik ekan. Aslida, bu holat ham tarbiya uchun juda muhim sanaladi, Chunki maktabda quvonch bilan o‘qigan bola, o‘qituvchiga ham, ota-nasi va sinfdoshlariga ham yaxshi munosabatda bo‘ladi. MUNOZARA Ilmiy safar davomida asosiy darslar Kareliya amaliy fanlar universitetida bo‘lib o‘tdi. Mazkur universitet, asosan, amaliy fanlarga ixtisoslashganligi sababli u yerda hamshiralik, hisobchilik, muhandislik kabi amaliy ahamiyati katta bo‘lgan kasblar o‘rgatiladi. Universitetdagi o‘quv jarayonida shunga amin bo‘ldikki, hamshiraga ham, hisobchiga ham, muhandisga ham, eng avvalo, bir narsa – odamgarchilik o‘rgatiladi. Bu oshkora tarzda emas, balki mas’uliyat, kasbining burchi sifatida sekin-sekin singdiriladi. Hamshiralar inson hayotini saqlab qolish uchun mas’ul shaxslar ekanini talabaligidayoq his etib borishadi. Safar davomida Yoensu shahridagi Shimoliy Finlandiya universitetida ham mashg’ulotlarda bo‘ldik. Bu universitetning o‘qituvchilar tayyorlash fakultetida bo‘lg‘usi pedagoglarni o‘qitish jarayonlarini kuzatdik. Finlandiyada o‘qituvchi bo‘lish uchun kamida magistr akademik darajasi talab etiladi. Bu eng minimal talab bo‘lib, agar magistr pedagogik layoqatini aniqlaydigan testlardan o‘tsa, unga maxsus sertifikat beriladi va dars berish huquqiga ega bo‘ladi. Aslida bu murakkab jarayonning ham tarbiyada muhim o‘rni bor. Xalqning bolasini o‘qitish har kimga ham ishonib topshirilmaydigan sharafli vazifa ekanini har bir talaba his qilib ko‘radi. Bu o‘z navbatida o‘qituvchiga bo‘lgan hurmatning yuksalishiga sabab bo‘ladi. Finlandiyadagi ilmiy safarimiz jarayonida ta’lim-tarbiyaning ko‘plab metodlarini o‘rgandik. Ushbu maqolamizda Fin millatiga xos tarbiyaning asosiy tamoyillariga to‘xtalamiz. Bular: - Shaxsiy namuna tamoyili; - Munosabatlarda adolat tamoyili; - Shaxsiy hudud daxlsizligi tamoyili; - Har bir bola - borliqning bir parchasi tamoyili; - Tabiatga g‘amxo‘rlik tamoyili; - Boshqalarga zarar bermaslik tamoyili; - Ishonch va mas’uliyat tamoyili. XULOSA Xulosa qilib aytganda, Finlandiya ta’lim-tarbiya tizimini o‘rganish, uning tamoyillarini milliy mentalitetimizga moslashtirgan holda ta’lim va tarbiya tizimimizga joriy etish, albatta, ma’naviy jarayonning mo‘tadillashuviga va yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Tim Uoker. Finlandiya ta’lim mo‘jizasi. – Toshkent: 2021.
  2. Finland: 100 years of success. – Finland, Kirjakaari: Bookwell Oy, 2017.
  3. Хенрик Мейнандиер. История Финляндии. – Москва: Весь мир, 2016.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012608
Nashr sanasi
2024-11-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
10
DOI
10.66073/researchfocus.v3i10.1104
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
84–86
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11