Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

CHET TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TA‘LIM METODLARI

Y.T. XakimbekovaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-sonli akademik litseyi o‘qituvchisi, Toshkent arxitektura qurilish universiteti qoshidagi akademik litseyi o‘qituvchisi2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 9Sahifa 146–148

Annotatsiya

Mazkur maqola chet tili darslarida darslarning olib boorish tartibi, usullari va metodlarini o‘z ichiga oladi. Yangi milliy ta‘lim belgilanganiga ko‘ra, uning maqsadlariga erishish uchun o‘quv jarayonini tashkil etish shakllarini takomillashtirish, o‘qishning yangi texnalogiyalari va uslub, metodlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim olishga boo‘lgan qiziqishini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Umumjahon o‘quv faoliyatini shakllantirish ta‘limning asosiy vazifasidir.

Boshqa tillarda

ruschaСОВРЕМЕННЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА

В данной статье изложены порядок, методы и приемы проведения уроков на уроках иностранного языка. Согласно определению нового национального образования, для достижения его целей необходимо совершенствовать формы организации образовательного процесса, внедрять новые технологии и методы, повышать интерес учащихся к обучению. Формирование всеобщей учебной деятельности является основной задачей образования.

inglizchaMODERN EDUCATIONAL METHODS IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE

This article covers the procedure, techniques and methods of conducting lessons in foreign language classes. In accordance with the newly established national education, it shows the need to improve the forms of organizing the educational process in order to achieve its aims, to introduce new learning technologies, approaches and methods, and to increase pupils‘ interest in acquiring knowledge. The formation of universal learning activity is the main task of education.

Kalit so‘zlar

  • metodika
  • uslub
  • ta‘lim sistemasi
  • tarjima metodi
  • kommunikativ yondashuv
  • dialoglar
  • qiyosiy metod
  • trening
  • kollektiv faoliyat
  • induktiv va deduktiv materiallar
  • illyustratsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

CHET TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI Y.T. Xakimbekova1,2 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-sonli akademik litseyi o’qituvchisi, 2Toshkent arxitektura qurilish universiteti qoshidagi akademik litseyi o’qituvchisi E-mail: xakimovay@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13826030 Annotatsiya: Mazkur maqola chet tili darslarida darslarning olib boorish tartibi, usullari va metodlarini o’z ichiga oladi. Yangi milliy ta’lim belgilanganiga ko’ra, uning maqsadlariga erishish uchun o’quv jarayonini tashkil etish shakllarini takomillashtirish, o’qishning yangi texnalogiyalari va uslub, metodlarini joriy etish, o’quvchilarning bilim olishga boo’lgan qiziqishini oshirish zarurligini ko’rsatadi. Umumjahon o’quv faoliyatini shakllantirish ta’limning asosiy vazifasidir. Kalit so‘zlar: metodika, uslub, ta’lim sistemasi, tarjima metodi, kommunikativ yondashuv,dialoglar, qiyosiy metod, trening, kollektiv faoliyat, induktiv va deduktiv materiallar, illyustratsiya.

СОВРЕМЕННЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА Аннотация: В данной статье изложены порядок, методы и приемы проведения уроков на уроках иностранного языка. Согласно определению нового национального образования, для достижения его целей необходимо совершенствовать формы организации образовательного процесса, внедрять новые технологии и методы, повышать интерес учащихся к обучению. Формирование всеобщей учебной деятельности является основной задачей образования. Ключевые слова: методика, метод, образовательная система, метод перевода, коммуникативный подход, диалоги, сравнительный метод, обучение, коллективная деятельность, индуктивный и дедуктивный материал, иллюстрация.

MODERN EDUCATIONAL METHODS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING Abstract: This article includes the procedure, methods and methods of conducting lessons in foreign language classes. According to the definition of the new national education, in order to achieve its goals, it is necessary to improve the forms of organization of the educational process, introduce new technologies and methods, and increase the interest of students in learning. Formation of universal educational activity is the main task of education. Keywords: methodology, method, educational system, translation method, communicative approach, dialogues, comparative method, training, collective activity, inductive and deductive materials, illustration.

KIRISH Bugungi kunda globallashuv jarayoni tezlashib, insonlarning ko‘p qirrali bilimlarga bo‘lgan ehtiyoji oshmoqda. Ayniqsa, chet tillarini o‘rganish insonlarning madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda muvaffaqiyat qozonishiga katta hissa qo‘shmoqda. Shu sababli, chet tilini o‘qitish metodlarini rivojlantirish va takomillashtirish ta'lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zamonaviy ta'lim metodlari bu borada muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular ta'lim oluvchilarning faolligi, qiziqishi va muvaffaqiyat darajasini oshirishga xizmat qiladi [1,2].

Hozirgi kunda fanlarni o’qitish bo’yicha yangidan-yangi metodlar va usullar ishlab chiqilmoqda va ular amalda ham sinab ko’rilmoqda. Avval chet tilini o’qitish shu til sistemasini o’rganish de qaralgan bo’lsa, keying yillarga kelib o’qitishdagi ko’zlangan narsa bu o’quvchilarni chet tili nutqini o’stirishdan iborat bo’ldi. Ta’lim faoliyati natijalaria qo’yiladigan yangi talablar, o’quv jarayonining asosiy shaklini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Chet tili o’qitish metodikasida ,, Metod’’ atamasi uchta ma’noni anglatadi. Birinchisi, metodika tarixidagi umumiy barcha yo’nalishlar (tarjima metodi, to’g’ri metod, qiyosiy metod, aralash metod), ikkinchisi, o’qitish sistemasi va uchinchisi darsdagi faoliyat usulidir. ASOSIY QISM Metodlar Chet tili darslarini o’qitish metodikasida quyidagi metodlar ko’p tarqalgan [3]: 1. Tarjima metodi- buni qanday metod ekanligini nomidan bilib olish ham mumkin, bunda chet tilidagi ma’lumotlar ona tiliga tarjima qilinadi. Tarjima metodlari orasida eng ko’p tarqalganlari ,,Grammatika-tarjima metodi’’ va ,,Matn tarjima metodi’’ nomlari bilan mashxurdir. Har ikkalasi tarjima metodlarini qo’llashdan faqat ta’limiy masad ko’zlangan. Chet tili retseptiv tarzda o’rganilgan. 2. To’g’ri metod- metod nomining kelib chiqishi asosiy sabab shuki, to’g’ri metodda o’qitish chog’ida ona tilini chetlab o’tib chet til so’zi bilan predmat orasida bevosita assotsiatsiya, ya’ni fikran bog’lanish o’rnatishga urinib ko’rilgan. Chet tili grammatikasini o’qitishda shu metoddan foydalanishadi. To’g’ri metodning zamonaviy ko’rinishlaridan ikkitasi- audiolingual va audiovisual metodlari keng tarqalgan. 3. Aralash metod- ushbu metod ikkita metodik yo’nalishlarning ilmiy-amaliy tomonlarini o’ziga singdirib olgan. Aralash metodning boshqacha ko’rinishi to’g’ri va qiyosiy metodlar prinsiplari qorishmasidan vujudga kelgan. 4. Qiyosiy metod- bu etodning to’liq nomi ,, Ongli qiyosiy metod’’ deb ataladi. Ongliqiyosiy metodning birinchi ko’rinishida qoida asosan mashq bajariladi. Zamonaviy ko’rinishda mashq jarayonida amaliy ruxdagi qoidalar umumlashtiriladi. O’quvchi qiyoslash, qoidani yodlash va aytib berish, nazariy bilimlar yig’ish bilan maxsus shug’ullanmaydi. Bundan tashqari quyidagilar mavjud: 1. Kommunikativ yondashuv. Kommunikativ yondashuvning asosiy maqsadi o‘quvchilarga tilni amaliy jihatdan qo‘llashni o‘rgatishdir. Ushbu metod o‘quvchilarga real hayotiy vaziyatlarda chet tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Grammatika va lug‘at o‘rganishdan ko‘ra, bu yondashuv muloqot jarayonida to‘g‘ri va samarali so‘zlashga urg‘u beradi. Bu metodda quyidagi faoliyatlar keng qo‘llaniladi: - Rolli o‘yinlar - Dialoglar va munozaralar - Jamoaviy topshiriqlar 2. Integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalari. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan. Chet tilini o‘qitishda kompyuter dasturlari, mobil ilovalar va onlayn platformalar keng qo‘llanilmoqda. Masalan, Duolingo, Babbel va Memrise kabi ilovalar o‘quvchilarning mustaqil ravishda til o‘rganish imkoniyatini beradi. Shuningdek, Zoom, Skype, Google Meet kabi platformalar orqali o‘qituvchilar va o‘quvchilar onlayn darslar o‘tkazish imkoniga ega. 3. Audio-lingvistik metod.

Bu metod 20-asr o‘rtalarida paydo bo‘lib, asosan, eshitish va gapirish ko‘nikmalariga e’tibor qaratadi. Dastlab, til o‘rganuvchilarga muayyan gaplar va iboralar takror-takror aytiladi, keyinchalik ular bu iboralarni mustaqil qo‘llay boshlaydi. Bu metod grammatika qoidalaridan ko‘ra, til sezgisi va avtomatik javob berishni rivojlantirishga yordam beradi. 4. Interaktiv metodlar. Interaktiv ta’lim metodlari o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirok etishini ta'minlaydi. Bu metodlar orqali o‘quvchilar muloqot qilish, fikr almashish va o‘zaro hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Quyidagi interaktiv usullar chet tilini o‘rganishda samarali hisoblanadi: - “Mindmapping” – o‘quvchilarning ma'lum bir mavzu bo‘yicha fikrlarini vizual tarzda ifodalash. - "Fallstudie" – hayotiy vaziyatlarni tahlil qilish va ular bo‘yicha muammolarni hal qilish. - “Debatlar” – o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini va nuqtai nazarini himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. 5. Vazifaga asoslangan ta’lim. Vazifaga asoslangan ta’lim metodida o‘quvchilar o‘rganayotgan tillarida muayyan vazifalarni bajarish orqali til ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bu usulda, vazifalar ko‘pincha real hayotiy mavzular asosida tanlanadi va o‘quvchilar vazifani bajarish jarayonida grammatika va leksikani amaliy tarzda o‘rganadilar. 6. Differensial yondashuv Har bir o‘quvchining individual xususiyatlari, bilim darajasi va qobiliyatlari farq qiladi. Differensial yondashuv chet tilini o‘rganishda shaxsiylashtirilgan ta’limni amalga oshirishga qaratilgan. Bu metod yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos dasturlarni ishlab chiqadi va dars materiallarini moslashtiradi. XULOSA Chet tilini o‘qitishda zamonaviy ta’lim metodlari o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish va bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda katta ahamiyatga ega. Ushbu metodlar ta’lim jarayonini samarali, interaktiv va qiziqarli qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan, o‘qituvchilar ushbu metodlardan keng foydalanishi va ta’lim jarayonini doimiy ravishda yangilab borishi kerak.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. M.Xoldorova,N.Fayziyeva,F.Rixsitillayeva ‘’Chet tilini o’qitishda yordamchi vositalardan foydalanish’’.Toshkent:Nizmomiy nomidagi TDPU,2005.280-bet.
  2. Xatamova N.Q ‘’Mirziyayeva M.N. ‘’Ingliz tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullar’’ (uslubiy qo’llanma) Navoiy, 2006. 40-bet
  3. https://cyberleninka.ru/article/n/chet-til-o’qitish-metodikasida-zamonaviy-metodlar

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012566
Nashr sanasi
2024-10-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
9
DOI
10.66073/researchfocus.v3i9.987
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
146–148
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06