MALAKALI FUTBOLCHI QIZLARNING BESH BOSQICHLI MENSTRUAL SIKL DAVRLARI BO‘YICHA ADABIYOTLAR TAXLILI
Nodirov Bekzod Holiqjon o‘g‘liNamangan davlat universiteti Sport faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi2024
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 9Sahifa 124–126
Annotatsiya
Ushbu maqolada malakali futbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy izlanishlari hamda adabiyotlari tahlil qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaЛИТЕРАТУРНЫЙ АНАЛИЗ ПЯТИФАЗНЫХ ПЕРИОДОВ МЕНСТРУАЛЬНОГО ЦИ КЛА У ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ФУТБОЛИЦ
В статье проанализированы научные исследования и литература зарубежных и отечественных ученых по вопросам физической подготовленности футболисток.
inglizchaLITERATURE ANALYSIS ON THE FIVE-PHASE MENSTRUAL CYCLE PERIODS OF QUALIFIED FEMALE FOOTBALL PLAYERS
This article analyses the scientific research and the literature of foreign and local scholars on the physical preparedness of skilled female football players.
Kalit so‘zlar
- innovatsion texnologiya
- texnik-taktik tayyorgarlik
- menstrual
- postmenstrual
- ovulyatsiya
- postovulyatsiya
- predmenstrual davrlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MALAKALI FUTBOLCHI QIZLARNING BESH BOSQICHLI MENSTRUAL SIKL DAVRLARI BO‘YICHA ADABIYOTLAR TAXLILI Nodirov Bekzod Holiqjon o‘g‘li Namangan davlat universiteti Sport faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchi E-mail: nodirov4545@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13892811 Annotatsiya: Ushbu maqolada malakali futbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy izlanishlari hamda adabiyotlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: innovatsion texnologiya, texnik-taktik tayyorgarlik, menstrual, postmenstrual, ovulyatsiya, postovulyatsiya, predmenstrual davrlar.
ЛИТЕРАТУРНЫЙ АНАЛИЗ ПЯТИФАЗНЫХ ПЕРИОДОВ МЕНСТРУАЛЬНОГО ЦИКЛА У ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ФУТБОЛИЦ Аннотация: В статье проанализированы научные исследования и литература зарубежных и отечественных ученых по вопросам физической подготовленности футболисток. Ключевые слова: инновационные технологии, технико-тактическая подготовка, менструальный, постменструальный, овуляционный, постовуляционный, предменструальный периоды.
LITERATURE ANALYSIS ON THE FIVE-STAGE MENSTRUAL CYCLE PERIODS OF SKILLED SOCCER GIRLS Abstract: This article analyzes the scientific research and literature of foreign and local scientists on the physical fitness of skilled football players. Keywords: innovative technology, technical-tactical training, menstrual, postmenstrual, ovulation, postovulation, premenstrual periods.
KIRISH Bugungi kunda butun dunyoda ayollar futboli rivojlangan va natijalar ham hozirgi kunda yaxshiligini ko‘rishimiz mumkin, malakali futbolchi qizlarni mamlakat terma jamoalariga tayyorlash eng ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati soxasidagi bir qator olib borilgan tadqiqot ishlarda sportchilarning yillik mashg‘ulot yuklamalarini oqilona rejalashtirish kerakligi takidlanmoqda. Jumladan xotin-qizlar sporti, ayollar futbolini bugungi kunda dunyoda tutgan o‘rni va ahamyati, sog‘lom avlod tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborni jadal suratda oshib borishini ko‘rishimiz mumkin va shu soxadagi еtakchi olimlarning tadqiqot ishlarida sportchilarning yillik mashg‘ulot yuklamalarini oqilona rejalashtirish bugungi kunda dolzarb masala ekanligini ko‘rishimiz mumkin. ASOSIY QISM Mamlakatimizda futbolni aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga еtkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquvmashgʻulot jarayonlarini samarali tashkil etish, mamlakatimizda “futbol bilan shugʻullanishga sharoitlar yaratish, futbolchilar mashgʻulotlarini samarali tashkil etish va ularni tayyorlashda
innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa yuqori malakali futbolchi qizlarni tayyorlash, ularning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish dolzarb masala ekanligini koʻrsatadi. Mamlakatimizda futbol boʻyicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, oʻsmirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qitʼa birinchiliklarini oʻtkazish bugungi kundagi dolzarbligicha qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018-yil 16-martdagi PQ-3610-son “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda xizmat qiladi. E’tirof etish joizki, hozirgi paytda yurtimizda malakali futbolchi qizlarning jismoniy va texnik tayyorgarliklarini oshirish, malakali futbolchi qizlarni terma jamoalarga tayyorlash, o‘quv mashg‘ulotlarining ko‘p yillik bosqichlarida jismoniy va texnik tayyorgarlikda besh bosqichli menstrual siklik davrlarini inobatga olgan holda komplek mashqlarni saralab chiqish bugungi kunda dolzarb muammolar qatoriga kiradi. Jumladan mamlakatimiz olimlari tomonidan bir qancha tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. R.A.Akramov, Sh.T.Iseyev, R.I.Nurimov, A.Talipdjanov, N.M.Yusupov, M.R.Yo‘ldashev, O.L.Erdonov, M.B.Ibragimovlar kabi bir qator olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan. M.V. Rilov, V.M.Zatsiorskiy, Yu.V.Verxoshanskiy, L.P.Matveev, M.A.Godik, D.V.Sobolev, I.V.Saenko, G.A.Lisenchuk, S.Yu.Tyulenkov, Lyu TSi, D.X.Sadek, V.A.Zankovetslar tomonidan ham sportga saralash, malakali sportchilarning yillik siklning turli bosqichlaridagi jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligi, mashg‘ulot hamda musobaqa yuklamalarini nazorat qilish masalalari еtarlicha o‘rganilgan. Y.I.Ivanchenko esa qizlar va ayollarni musobaqalarga tayyorlashda mikrosikl va mezosikllarning yuqori sifatli bo‘lishi uchun ayol tanasining xususiyatlarini hisobga olish katta ahamiyatga ega, tez - tez-ovaryan - menstruel sikl OMS xususiyatlarini o‘rgangan. D.D. Zaytsev ayollar futbolida sportchi qizlarning texniktaktik tayyorgarligi hamda biologik rivojlanish sur’atlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish bo‘yicha bir qator xususiy masalalar o‘rganilgan bo‘lib, xususan, malakali futbolchi qizlarni yillik tayyorgarlik siklida musobaqalarga tayyorlash bilan bog‘lik masalalar bo‘yicha soxa mutaxassislari tomonlaridan tadqiq qilingan. N. Apostolopoulos, J.V. Tejada Ba J.L. Penas, Striz Michal va boshqalar tomonidan futbolchilarning musobaqa davrida yuklamalarini rejalashtirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilgan. Olib borilgan tizimli tadqiqotlarga qaramasdan o‘quv uslubiy va ilmiy manbalarda ayollar futbolini jadal rivojlanishi, ushbu sohada yangi zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida malakali futbolchi qizlarning besh bosqichli menstrual sikl davrlarini inobatga olgan haolda musobaqaoldi tayyorgarligini samarali rejalashtirishga oid qo‘shimcha ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlanmalarni ishlab chiqishni talab etadi. XULOSA Xorijiy va mahalliy olimlarni ilmiy-uslubiy adabiyotlarini o‘rganish va tahlil qilishshuni ko‘rsatdiki, malakali futbolchi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik davrida yuklamalarni me’yorlash bo‘yicha bir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirganini ko‘rishimiz mumkin, biroq olib borilgan ilmiy izlanish natijasida malakali futbolchi qizlarning besh bosqichlik menstrual, postmenstrual, ovulyatsiya, postovulyatsiya, predmenstrual davrlarini inobatga olish kerakligi bugungi kunda dolzarb muammo ekanligi aniqlandi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-sonli “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-sonli “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
- Тo‘ychiyev.Т.S. Talabalarning jismoniy tarbiya va mustaqil mashg‘ulotlarini uslubiy xususiyatlari. Namangan davlat unversiteti Iimiy axborot. 2012. 68-74 б.
- Iseyev Sh.T. Futbolchilarni yillik siklda tayyorlashni rejalashtirish. O'quv -qo'llanma Toshkent 2014. y. 460 b.
- Yusupov N.M. Yuqori malakali futbolchi qizlarni tezkor-kuch tayyorgarligining rivojlantirish uslubini takomillashtirish: дисс. … к.п.н. / Chirchiq, 2018 – С. 4-5
- Ibragimov M.B. Yuqori malakali futbolchi ayollarni yillik siklda tayyorgarligida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishning pedagogik jihatlari/ Chirchiq, 2023 – С 8.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012562
- Nashr sanasi
- 2024-10-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 9
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i9.983
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 124–126
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06