Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola03.00.00Ochiq kirish

NAMANGAN SHAHAR URBANOFLORASIDA TARQALGAN BIR URUG‘PALLALILAR

G‘ulomov Rustamjon Komiljon o‘g‘li1, Mutalibxonova Munisxon Faxriddin qizi22024

  1. 1Namangan davlat universiteti katta o‘qituvchisi, PhD
  2. 2Namangan davlat universiteti, 2-kurs magistranti.

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 9Sahifa 30–36

Annotatsiya

2023–2024 yillarda amalga oshirilgan dala tadqiqotlari, va tegishli gerbariy fondlari TASH, MW hamda GBIF xalqaro bazalari va mavjud adabiyot manbalari tahlili asosida, ilk marotaba, Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug‘pallalilarning 8 oila, 39 turkumning 59 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaОДНОДОЛЬНЫЕ РАСТЕНИЯ, РАСПРОСТРАНЕННЫЕ В УРБАНОФЛОРЕ ГОРОДА НАМАНГАН

На основе полевых исследований, проведённых в 2023-2024 годах, анализа соответствующих гербарных фондов TASH и MW, международных баз данных GBIF и имеющихся литературных источников впервые определён таксономический состав однодольных растений урбанофлоры города Наманган, состоящий из 59 видов, относящихся к 39 родам 8 семейств.

inglizchaMONOCOTYLEDONS DISTRIBUTED IN THE URBAN FLORA OF NAMANGAN CITY

Based on field studies carried out in 2023-2024, on the analysis of the relevant herbarium collections TASH and MW, the international GBIF databases and available literature sources, the taxonomic composition of the monocotyledons of the urban flora of Namangan city, consisting of 59 species belonging to 39 genera of 8 families, was determined for the first time.

Kalit so‘zlar

  • Urbanoflora
  • adventiv
  • Poaceae
  • bir urug‘pallali

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

NAMANGAN SHAHAR URBANOFLORASIDA TARQALGAN BIR URUG‘PALLALILAR 1G‘ulomov Rustamjon Komiljon o‘g‘li

Namangan davlat universiteti katta o‘qituvchisi, PhD. Mutalibxonova Munisxon Faxriddin qizi Namangan davlat universiteti, 2-kurs magistranti. E-mail: gulomovr92@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.13863663 Annotatsiya: 2023–2024 yillarda amalga oshirilgan dala tadqiqotlari, va tegishli gerbariy fondlari TASH, MW hamda GBIF xalqaro bazalari va mavjud adabiyot manbalari tahlili asosida, ilk marotaba, Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug’pallalilarning 8 oila, 39 turkumning 59 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlandi. Kalit so‘zlar: Urbanoflora, adventiv, Poaceae, bir urug’pallali, flora

MONOCOTYLEDONOUS PLANTS OF THE NAMANGAN CITY Abstraсt: On the basis of the field research carried out in 2023-2024, and the relevant herbarium funds TASH, MW and GBIF international databases and the analysis of available literature sources, for the first time, the taxonomic structure of monocotyledons in the urban flora of Namangan city, consisting of 8 families, 59 species of 39 genera, was determined. Keywords: Urbanoflora, adventive, Poaceae, monocotyledonous, flora

KIRISH Shahar florasini o’rganish zamonaviy floristika va fitogeografiyaning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, uning ilmiy ahamiyati ham vaqt, ham makonda antropogen bosimning kuchayishi tufayli barqaror ortib bormoqda. Shu jumladan, respublikamizda so’ngi yillarda urbanizatsiya darajasini ortishi, turizm, logistka va iqtisodiyot tarmoqlarini jadal sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida O’zbekiston hududining 82% tabiiy landshafti antropogen omillar ta`siriga uchradi, 18% esa to`liq o`zlashtirildi. Antropogen ta’sirning kuchayishi natijasida mamlakatning tabiiy va sun’iy landshaftlarida urbanoflora tarkibini aniqlash, kamyob turlarni muhofaza qilish, adventive turlar reestrini yuritish va shahar bioxilma-xilligiga ta’sirini o’rganish muhim ilmiy amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu sababli, 2023-2024 yillarda Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug’pallali o’simliklarni taksonomik tarkibini aniqlash va ularni tahlil etish bo’yicha tadqiqotlar amalga oshirildi. ABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Namangan shahar urbanoflorasi bir urug‘pallali o’simliklarni tadqiq etish maqsadida, 2023–2024 yillarning mart oyidan avgust oyiga qadar Namangan shahar hududi bo’ylab maqsadli dala tadqiqotlari olib borildi (1-rasm). Mazkur dala tadqiqotlari A.V.Sherbakov, S.R.Mayorov [5] tomonidan ishlab chiqilgan metodlardan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Taksonlarning mualliflari “Authors of Plant Names” R.Brummit, E.Powell qo’llanmasi asosida yozildi [6]. Taksonlarning nomenklaturasi va ilmiy nomlari Plants of the World Online (POWO; http://www.plantsoftheworldonline.org), International Plant Name Index (IPNI; www.ipni.org) bo’yicha keltirildi [7, 8]. Namangan viloyati va shahar atrofidagi tabiiy landshaftlardan terilgan gerbariy namunalari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining O’zbekiston Milliy gerbariy

fondidan (TASH) foydalanildi. Qo’shimcha ma’lumotlar Global bioxilma-xillik ma’lumotlar bazasidan (GBIF; https://www.gbif.org/) hamda Moskva davlay universiteti virtual gerbariy ma’lumotlaridan foydalanildi.

NATIJALAR 2023–2024 yillarda amalga oshirilgan dala tadqiqotlari natijasida ilk marotaba, Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug’pallali o’simliklarni 8 oila, 39 turkumga mansub 59 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlandi (1-jadval). Tahlillar natijasida floraning yetakchi oilalar spektri aniqlangan. Bunda Poaceae (41), Cyperaceae (9) oilalar muhim ahamiyatga ega ekanligini namoyon qilgan (2-rasm). 1-jadval. Namangan shahar urbanoflorasida tarqalgan bir urug’pallali o’simliklarning taksonomik tarkibi № Oila Turkum Tur Hayotiy shakli

1 Amaryllidaceae Allium anisotepalum Vved. Gemikriptofit Allium L. J.St.-Hil. Arundo L. Arundo donax L. Avena L. Avena fatua L. Terofit Avena sterilis L. Aegilops triuncialis L. Aegilops L. Aegilops cylindrica Host Agrostis gigantea Roth. 2 Poaceae Barnhart. Aristida L. Aristida adscensionis L. Poa bulbosa L. Poa L. Poa angustifolia L. Gemikriptofit Poa annua L. Poa pratensis L. Cynodon dactylon (L.) Cynodon Rich. Pers.

Hordeum murinum subsp. Terofit Hordeum L. leporinum (Link). Hordeum jubatum L. Lolium temulentum L. Gemikriptofit Lolium arundinaceum Lolium L. (Schreb.) Darbysh. Lolium multiflorum Lam. Lolium perenne L. Eremopyrum orientale (L.) Eremopyrum (Ledeb.) Jaub. & Spach Jaub. & Spach Eremopyrum triticeum Terofit (Gaertn.) Nevski Echinochloa oryzoides (Ard.) Fritsch Echinochloa P.Beauv. Echinochloa crus-galli (L.) Beauv Eriochloa Kunth Eriochloa villosa (Thunb.) Gemikriptofit Kunth. Eleusine Gaertn. Eleusine indica (L.) Gaertn. Phalaris L. Phalaris minor Retz. Phleum L. Phleum pratense L. Setaria italica P.Beauv. Terofit Setaria verticillata (L.) Setaria P.Beauv. P.Beauv. Setaria viridis (L.) P.Beauv. Sorghum Moench Sorghum halepense Pers Gemikriptofit Bromus L. Bromus sewerzowii Regel Terofit Calamagrostis Gemikriptofit Calamagrostis Adans. anthoxanthoides Rege. Catabrosa P.Beauv. Catabrosa aquatica (L.) Terofit Beauv. Dactylis L. Dactylis glomerata L. Arrhenatherum Arrhenatherum elatius (L.) Gemikriptofit P.Beauv. P.Beauv. ex Pseudoroegneria Pseudoroegneria Á.Löve geniculata (Trin.) Á.Löve Terofit Helictochloa Romero Helictochloa hookeri Zarco (Scribn.) Romero Zarco Deschampsia P.Beauv. Deschampsia koelerioides Gemikriptofit Regel

Sporobolus R.Br. Sporobolus schoenoides Terofit (L.) P.M.Peterson Thinopyrum Á.Löve Thinopyrum intermedium (Host) Elymus L. Elymus repens (L.) Gould Typha latifolia L. Gemikriptofit 3 Typhaceae Juss. Typha L. Typha laxmannii Lepech.

Carex L. Carex leporina L. Carex pachystylis J.Gay

Cyperus fuscus L. Cyperus L. Terofit Cyperus difformis L. Cyperus iria L. Schoenoplectiella 4 Cyperaceae Juss. Schoenoplectiella Lye juncoides (Roxb.) Lye Gemikriptofit Schoenoplectiella roylei (Nees) Lye Fimbristylis Vahl Fimbristylis Terofit quinquangularis (M.Vahl) Kunth Schoenoplectus (Rchb.) Schoenoplectus lacustris Gemikriptofit Palla (L.) Palla Thymelaeaceae Diarthron vesiculosum Terofit 5 Diarthron Turcz. (Fisch. & C.A.Mey). Juss. Alisma plantago-aquatica 6 Alismataceae Vent. Alisma L. L. Gagea tenera Pascher Gagea Salisb. Gagea gageoides (Zucc.) Gemikriptofit 7 Liliaceae Juss. Vved. Tulipa L. Tulipa bifloriformis Vved. Ixioliriaceae Nakai Ixiolirion Fisch. ex Ixiolirion tataricum (Pall.) Herb. Herb. & Traub Jami: 8 oila Jami: 39 turkum Jami: 59 tur Jami: 31/28

Yetakchi oilalar spektri sinantrop muhitlar florasi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Ushbu oilalar tarkibi ekinlar orasida, gulzorlarda, sernam yerlarda uchraydigan begona turlardan tashkil topganligi bilan ajralib turadi. Begona turlar orasida chetdan kirib kelgan adventiv o‘simliklar muhim o‘rin egallaydi. Ular ko‘proq Poaceae oilasi tarkibida ko‘p uchraydi. Mazkur oila vakillari tadqiqot hududida eng yuqori ko‘rsatkich 69,5% ni tashkil qildi. Oila vakillaridan Hordeum jubatum L., Lolium multiflorum Lam.,Lolium perenne L., Lolium temulentum L., Phalaris minor Retz., Phleum pratense va boshqalar so‘nggi yillarda kirib kelayotgan adventiv tur sifatida qayd etilgan.

2-Rasm. Namangan shahr urbanofloradagi bir urug’pallali yetakchi oilalar spektri Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug’pallalilar ayrim shaharlar floralari, masalan, Krasnodar [4], Grozniy [1] yoki Xarkov [2] shaharlari urbanofloralari bilan taqqoslandi va ular orasida Poaceae oilasi yetakchilik qilishi aniqlandi. Ular shahar florasi tarkibida ruderal, partov yerlar, yo‘l va ariq bo‘ylari, gulzorlar va ekin maydonlarida uchraydi [9]. Bundan tashqari, Namangan shahri urbanoflorasining yetakchi turkumlar spektrida Poaceae va Cyperaceae oila turkumi yetakchiligi hududning xos xususiyatlari bilan ifodalansa, ularning uchrash maydonlari asosan sernam hududlarda qayd etildi (3-rasm). Bundan tashqari, Namangan shahar urbanofloradagi bir urug’pallali o’simliklarni hayotiy shakllar bo’yicha ko’rsatkichlari ham [3] tahlil etildi va aniqlangan 59 turning 31 turi gemikriptofit, 28 tur esa terofit hayotiy shakliga mansub ekanligi aniqlandi. Liliaceae , 2Ixioliriaceae, 1 Amaryllidaceae Alismataceae, 1 ,1 Thymelaeaceae, Cyperaceae, 5

3-Rasm. Namangan shahr urbanofloradagi bir urug’pallali yetakchi turkumlar spektri

MUHOKAMA Bundan tashqari, shahar urbanoflorasida yetakchi oilalardan biri sifatida Boshoqdoshlar – eng qadimgi yem-xashak va oziq-ovqat ekinlari hisoblanadi. Turlarning hayotiy sikli 1 yildan 22 yilgacha davom etishi aniqlangan. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika

institutining 2022 yil hisobotlariga ko’ra Poaceae oilasining barcha o‘rganilgan senopopulyatsiyalari normal, lekin to‘liqsiz a’zoli ekangligi qayd etilgan [10]. Senopopulyatsiyalarning yosh holati va samaradorlik indeksiga ko‘ra yosh (40%), yetilgan (25%), o‘tuvchi (18 %), yetilayotgan (14%) va qariyotgan (2%) tipga xosligi qayd etilgan. Bugungi kunda Namangan shahar demografik o’sish ko’rsatkichi bo’yicha yetakchi o’rinlarni egallaydi. Jumladan, aholisi 2931,5 ming kishi (2021), aholi zichligi oʻrtacha 1 km² ga 266 kishiga to’g’ri keladi. Bugungi kunda Namangan shaharda saqlanib qolgan eng yirik tabiiy hududlar sifatida shahar hududidagi qabristonlarini (Mangulik va Hurmatoy aya) keltirish mumkin. Shaharning shimoliy hududlarida mavjud adirlik va tepaliklarning katta qismi sanoat zonalari, aholi yashah joylari, logistika va boshqa maqsadlarda to’liq o’zlashtirilgan. Bu esa shahar florasiga ekologik sharoitlarga moslashuvchan begona (adventiv) turlar kirishiga olib kelmoqda [4-rasm].

4-Rasm. Namangan shahrida o’zlashtirib borilayotgan tabiiy maydonlar xaritasi

XULOSA Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Namangan shahar urbanoflorasidagi bir urug’pallalilarning 8 oila, 39 turkumning 59 turdan iborat taksonomik tarkibi aniqlandi. Tahlillar natijasida floraning yetakchi oilalar spektri orasida Poaceae (41), Cyperaceae (9) muhim ahamiyatga ega ekanligini namoyon qilgan. Ular shahar florasi tarkibida ruderal, partov yerlar, yo‘l va ariq bo‘ylari, gulzorlar va ekin maydonlarida uchraydi. Bundan tashqari, hayotiy shakllar bo’yicha tahlilda asosiy ko’rsatkichni gemikriptofitlar tashkil etgan. MINNATDORCHILIK Turlarni aniqlashda yaqindan yordam bergan Namangan davlat universiteti katta o’qituvchisi, PhD X.Xoshimov va Sh.Abdullayevlarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Iqtiboslar dinamikasi

ReLibrary iqtiboslari

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Kim iqtibos qilgan3

ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.

  1. SPECIES OF PHLOMOIDES MOENCH (LAMIACEAE) DISTRIBUTED IN THE FLORA OF YANGIKURGAN

    Rustam Gulomov, Murodullayev Mirzaolim, Avazbek Batoshov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

  2. ANALYSIS OF HERBARIUM SPECIMENS OF THE SPECIES OF THE GENUS PHLOMIS L. (LAMIACEAE) (ON THE EXAMPLE OF THE NATIONAL HERBARIUM FUND OF UZBEKISTAN)

    Umaraliyeva Shodiyona Farhodjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2025

  3. SYNOPSIS OF SOME SPECIES OF THE GENUS PHLOMOIDES MOENCH (LAMIACEAE)

    Rustam Gulomov, Ibrohim Tagayev, Abdurahmon Sheraliev · Research Focus International Scientific Journal · 2025

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Алихаджиев М.Х., Эржапова Р.С. (2017). Итоги инвентаризации флоры города Грозного: систематическая и географическая структура // Известия Самарского научного центра Российской академии наук. Tом 19, №2(2), – C. 211-215.
  2. Звягинцев К.А. (2013). Природная фракция урбанофлоры Харькова: анализ и аннотированный конспект // Фиторазнообразие Восточной Европы 2013, VII: 3. – C. 5-
  3. Определител растений Средней Азии: (1968 – 1993). Т. И–Х. – Ташкент: Фан.
  4. Постарнак Ю.А., Литвинская С.А. (2011). Урбанофлора города краснодара. Известия Самарского научного центра Российской академии наук. T. 13, 5(3).
  5. Щербaков A.В., Мaйоров C.Р. (2006). Инвентaризaция флоры и оcновы гербaрного делa (Методичеcки Флорa cоcудиcтых рacтений е рекомендaции). Моcквa: Товaрищеcтво нaучных издaний КМК. - C. 48.
  6. Brummitt R.K., Powel C.E. (1992). Authots of plants names. Royal Botanic Gardens. – Kew. – 732 р.
  7. International Plant Name Index (IPNI; 2024). – URL: https://ipni.org [Accessed 05.08.2024].
  8. Plants of the world online (POWO; 2024). – URL: www.plantsoftheworldonline.org [Accessed
  9. Umedov A.M., Esanov H.Q., (2024). Buxoro shahri urbanoflorasining taksonomik tahlili. QarDU xabarlari (1)1. 144-152 bet. 135 b.
  10. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining yillik hisoboti (2022). Toshkent – 2022.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012545
Nashr sanasi
2024-10-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
9
DOI
10.66073/researchfocus.v3i9.965
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
30–36
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06