Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

CHET TILI O‘QITUVCHILARINING DARS JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Raisov ShamsiddinTermiz davlat universiteti, Ta‘lim muassasalarining boshqaruvi yo‘nalishi magistranti2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 3Sahifa 49–51

Annotatsiya

Ushbu maqolada chet tilini o‘qitirshni yanada takomillashtirish, chet tili o‘qituvchilarining dars jarayonlarini qiziqarli, mazmunli hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida fikr-mulohazalar yuritildi va ularning afzalliklari o‘rganildi.

Boshqa tillarda

ruschaПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРЕПОДАВАТЕЛЯМИ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ХОДЕ УРОКА

В данной статье были высказаны замечания по поводу дальнейшего совершенствования преподавания иностранного языка, использования интересных, содержательных и инновационных технологий в учебном процессе учителей иностранного языка, изучены их преимущества.

inglizchaTHE ADVANTAGES OF THE USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES BY FOREIGN LANGUAGE TEACHERS IN THE COURSE OF THE LESSON

This article discusses the further improvement of foreign language teaching and the use by foreign language teachers of interesting, meaningful and innovative technologies in the course of their lessons, and examines the advantages of such technologies.

Kalit so‘zlar

  • innovatsion taxnologiyalar
  • tahlil
  • shaxs rivojlanishi
  • chet tillarini o‘rganish tizimi
  • noodatiy ta‘lim
  • innovatsion ta‘lim

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

CHET TILI O`QITUVCHILARINING DARS JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI Raisov Shamsiddin Termiz davlat universiteti, Ta’lim muassasalarining boshqaruvi yo`nalishi magistranti E-mail: bekovulugbek57@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10851470 Annotatsiya: Ushbu maqolada chet tilini o`qitirshni yanada takomillashtirish, chet tili o`qituvchilarining dars jarayonlarini qiziqarli, mazmunli hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida fikr-mulohazalar yuritildi va ularning afzalliklari o`rganildi. Kalit so’zlar: innovatsion taxnologiyalar, tahlil, shaxs rivojlanishi, chet tillarini o’rganish tizimi, noodatiy ta’lim, innovatsion ta’lim.

THE ADVANTAGES OF FOREIGN LANGUAGE TEACHERS USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE COURSE OF THE LESSON Abstract: In this article, comments were made about the further improvement of foreign language teaching, the use of interesting, meaningful and innovative technologies in the teaching processes of foreign language teachers, and their advantages were studied. Key words: innovative technologies, analysis, personality development, foreign language learning system, unusual education, innovative education.

ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРЕПОДАВАТЕЛЯМИ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ХОДЕ УРОКА Аннотация: В данной статье были высказаны замечания по поводу дальнейшего совершенствования преподавания иностранного языка, использования интересных, содержательных и инновационных технологий в учебном процессе учителей иностранного языка, изучены их преимущества. Ключевые слова: инновационные технологии, анализ, развитие личности, система обучения иностранному языку, необычное образование, инновационное образование.

KIRISH Bungungi rivojlanish tezlashgan zamonda hech bir sohani yangiliklarsiz yoki texnologiyalarsiz tasavvur etolmaymiz. Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ham bir qancha sohalarda ko’plab ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida qiziqarli metodlar, pedagogic texnologiyalar, innovatsion va axborot texnologiyalari o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Buning sababi esa shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarnigina egallashga o’rgatilgan edi. Bugun esa zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga va o`zlari xulosa chiqarishlariga o`rgatadi. ASOSIY QISM O`qituvchi esabu jarayonda o`quvchilarning shaxs sifatida rivojlanishi, sog’lom shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu qatorda boshqaruvchilik hamdayo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’limda o’quvchi asosga aylanadi. Shuning uchun

ta’limjarayonlarinnitashkiletishda zamonaviy o`qitish metodlari, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagogikmahoratiga oid bilim,tajriba va interaktiv metodlar o’quvchining bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. Ta’lim faoliyati jarayonida innovatsiyalar ham rivojlanadi. O`quv jarayonida o’quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari rivojlanadi, keyinchalik ular amaliy hayotning innovatsiyalar yaratish bilan bog`liq turli sohalarda qo`llanilishi mumkin. Innovatsion ta’lim texnologiyalari uchta asosiy komponentga asoslanadi. Hozirgi vatqda nafaqat chеt tiliga o‘qitish bo‘yicha balki barcha fanlarga o‘qitishni, o‘rgatishni yangi-yangi mеtodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko‘rish to‘g‘risida ko‘p ishlar qilinayapti. Bu hozirgi kundagi ta'lim tarbiya jarayonini yaxshilash, uchun xal qilinishi kеrak bo‘lgan eng muhim muammolardan biridir. Agar avval chеt tili o‘qitish shu til sistеmasini o‘rganish dеb qaralgan bo‘lsa, keyingi yillarda o‘qitishdagi muhim ko‘zlangan narsa bu o‘quvchilarni chеt til nutqini o‘stirishdan iborat bo‘ldi. Shuni aytish kеrakki chеt til o‘rganishdagi bu maqsadlar, o‘z-o‘zidan yoki boshqa kimsalar yoki shaxs tomonidan qo‘yilmaydi, balki lingvistika va psixologiya fanlaridagi o‘zgarishlar va jamiyatning ijtimoiy rivojlanib borishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Chet til o’rganish qiyin bo’lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o’zgarishlarni boshdan kechiradi.Jumladan ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o’rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida chet til bilan ona tilini taqqoslab o’rgatish samarali natija beradi. Chet tilini o’rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar chet til o‘rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud. Chet til o‘qitish metodikasida keng qo‘llaniladigan metodlar: kommunikativ didaktika metodi, madaniyatlararo muloqotni tashkil qilish metodi va mashqni tashkil qilish metodi hisoblanadi.1 Chet tilini mukammal bilish va ma’lum darajani olish o‘qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga ham bog`liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o`qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o‘qituvchi muayyan ta‘lim dasturlarini yechishga qodir bo‘ladi. Shu munosabat bilan o‘qituvchilar va talabalar xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari bilan tanishishlari kerak. Natijada maqsadlariga erishish uchun eng samarali usullarni tanlay bilish ko‘nikmalari shakillanadi. Bunda o‘qitish va o`rganishning bir necha metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Zamon ilgarilab borgani sari har bir sohada yangilik ko`paymoqda.2 Ta'lim texnologiyalarini tahlil qilishda zamonaviy elektron vositalardan (AKT) foydalanishni alohida ta'kidlash kerak. An’anaviy ta’lim o’quv fanlarini ortiqcha ma'lumotlar bilan ortiqcha yuklashni nazarda tutadi. Innovatsion ta'limda o'quv jarayonini boshqarish shunday tashkil qilinadiki, o'qituvchi repetitor (murabbiy) rolini bajaradi. Klassik versiyaga qo'shimcha ravishda, talaba vaqt va pulni tejab, masofaviy ta'limni tanlashi mumkin. O`quvchilarning ta'lim variantiga nisbatan pozitsiyasi o'zgarib bormoqda, ular tobora ko'proq bilim olishning noan'anaviy turlarini tanlamoqda. Innovatsion ta'limning ustuvor vazifasi analitik fikrlashni rivojlantirish, o'zo'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomillashtirishdir. Innovatsiyalar samaradorligini eng yuqori

M. Otaboyeva Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion

“Chet til o'qitish metodikasida zamonaviy metodlar” 2Z. Sanaqulov

darajada baholash uchun quyidagi bloklar hisobga olinadi: o'quv-uslubiy, tashkiliy-texnik. Ishga mutaxassislar jalb qilingan - innovatsion dasturlarni baholay oladigan mutaxassislar. Xulosa o'rnida shuni ta’kidlash joizki, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim masalaga aylandi. Prezidentimiz aytganlaridek: “Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz. Shuning uchun ushbu faoliyatni zamon talablari darajasida rivojlantirish yangi vazirlik, qolaversa, ushbu markazning asosiy vazifasi bo‘lishi kerak.” Chet tilio’qituvchilarining dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish ta’lim jarayonini yanada samarali qiladi. XULOSA Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar va o’yinlar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi.Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining sub’yektlariga aylantiradi.Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o`quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keldi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. "Chet tilini o'qitishda yordamchi vositalardan foydalanish".Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU.
  2. Bekmuratova U. B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil OTaöoeBa, M. P. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi.
  3. М. Otaboyeva Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion
  4. Z. Sanaqulov “Chet til o'qitish metodikasida zamonaviy metodlar”

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012515
Nashr sanasi
2024-04-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
3
DOI
10.66073/researchfocus.v3i3.932
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
49–51
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06