O‘RTA TALIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA TA‘LIMINI SAMARALI RIVOJLANTIRISH METODLARI
Hamdamova Nozima Mukimova1, Baxtiyorova Sobira Ixtiyor qizi2, Hamidov Ruslan Asliddinovich32024
- 1Falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent
- 2Buxoro davlat pedagogika instituti “Texnologik ta‘lim” kafedrasi o‘qituvchisi
- 3Buxoro davlat pedagogika instituti "Texnologik ta‘lim" yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 3Sahifa 44–48
Annotatsiya
Ushbu maqola o‘qituvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasida faol sanalgan yangicha ta‘lim texnologiya yani shakl, metod va vositalariga alohida e‘tibor qaratgan holda, ularning amaliy jarayonlarda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritadi. Bundan tashqari ma‘lum bir metodlar bu borada qanchalik darajaga ega ekani haqida qisqacha ma‘lumot beradi.
Boshqa tillarda
ruschaМЕТОДЫ ЭФФЕКТИВНОГО РАЗВИТИЯ ТЕХНОЛОГИЙ ОБРАЗОВАНИЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ
В данной статье основное внимание уделяется новым образовательным технологиям, то есть формам, методам и инструментам, активным в развитии творческих способностей педагогов, и комментируется их роль и значение в практических процессах. Кроме того, там дается краткая информация о том, как обстоят дела в этом отношении те или иные методы.
inglizchaMETHODS OF EFFECTIVELY DEVELOPING TECHNOLOGY EDUCATION IN SECONDARY SCHOOLS
This article, paying special attention to the new educational technologies, that is, to the forms, methods and means regarded as active in developing the creative abilities of teachers, discusses their place and importance in practical processes. In addition, it gives brief information on the extent to which certain methods are effective in this regard.
Kalit so‘zlar
- konstruktsiya
- ta‘lim
- texnologiya
- dizayn
- inovatsiya
- maktab
- muammoli ta‘lim
- qobiliyat
- inovotsion texnologiyalar
- metod
- ta‘lim tizimi
- texnologiya darslari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OʻRTA TALIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA TAʼLIMINI SAMARALI RIVOJLANTIRISH METODLARI Hamdamova Nozima Mukimova Falsafa fanlari doktori(PhD), dotsent Baxtiyorova Sobira Ixtiyor qizi Buxoro Davlat Pedagogika Instituti “Texnologik ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi Hamidov Ruslan Asliddinovich Buxoro davlat pedagogika instituti “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10907294 Annotatsiya: Ushbu maqola o’qituvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasida faol sanalgan yangicha ta’lim texnologiya yani shakl, metod va vositalariga alohida e’tibor qaratgan holda, ularning amaliy jarayonlarda tutgan o’rni va ahamiyati haqida fikrmulohaza yuritadi. Bundan tashqari ma’lum bir metodlar bu borada qanchalik darajaga ega ekani haqida qisqacha ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: konstruktsiya, ta’lim, texnologiya, dizayn, inovatsiya, maktab, muammoli ta’lim , qobiliyat, inovotsion texnologiyalar, metod, ta’lim tizimi, texnologiya darslari.
METHODS OF EFFECTIVE DEVELOPMENT OF TECHNOLOGY EDUCATION IN SECONDARY SCHOOLS Abstract: The new educational technology, which is considered active in the development of the labor activity of the teachers, pays special attention to the production of new forms, methods, and articles. Here is a brief summary of how certain methods are ranked in this regard for Keywords: construction, education, technology, design, innovation, school, problembased education, ability, innovative technologies, method, educational system, technology lessons
МЕТОДЫ ЭФФЕКТИВНОГО РАЗВИТИЯ ТЕХНОЛОГИЙ ОБРАЗОВАНИЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ Аннотация: В данной статье основное внимание уделяется новым образовательным технологиям, то есть формам, методам и инструментам, активным в развитии творческих способностей педагогов, и комментируется их роль и значение в практических процессах. Кроме того, там дается краткая информация о том, как обстоят дела в этом отношении те или иные методы. Ключевые слова: строительство, образование, технология, дизайн, инновация, школа, проблемное образование, способности, инновационные технологии, метод, образовательная система, уроки технологии.
KIRISH Texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha dastur Respublika Oliy va oʻrta maxsus taʼlim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan boʻlib, fanni oʻzlashtirish jarayonida talabalarni boshlangʻich sinf oʻquvchilariga texnologiya fanini darslari oʻtish sirlarini xar tomonlama bilishga oʻrgatishdir. Mazkur fan hozirgi kunda Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarni kasbga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari yutuqlari asosida va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonun talablarini bajarish maqsadida boʻlajak boshlangʻich sinf
oʻqituvchilarining texnologiya fanini taʼlimidan tayyorgarlik darajasiga erishish eng muhim vazifalardan biridir. ASOSIY QISM SHuning uchun boshlangʻich sinf oʻqituvchisi shaxsiga tarbiyaviy tasir koʻrsatishning ijobiy omillari sifatida yangilanayotgan taʼlim tizimidagi barcha oʻquv-tarbiya muassasalarida uslubiy fanlarning oʻqitilish dasturlariga alohida eʼtibor berilmoqda. Metodika fanlarini oʻqitish ishlarida jumladan texnologiya oʻqitish metodikasi kursini oʻqitishni qaytadan koʻrib chiqib, hozirgi kun talabiga moslashtirish zarurati vujudga keldi. Bu ishlar boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tayyorlash ishini takomillashtirishda, talabalarni oʻqituvchilik kasbiga tayyorlashda muhim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qilishda zarur boʻlgan oʻquv-tarbiya ishlarini tashkil qilishda katta yordam berishi lozim. Texnologiya oʻqitish metodikasi kursi maʼlum darajada maʼruza, amaliy, seminar mashgʻulotlari mustaqil taʼlim va pedagogik amaliyot orqali amalga oshiriladi. Texnologiya va uni oʻqitishi metodikasi fani pedagogika, psixologiya, tasviriy sanʼat, tabiatshunoslik fanlari bilan bogʻlanadi. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishi asosida ularni toʻgarak ishlariga, ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganishi va ommalashtirishga, mustaqil ishlar, maʼruzalar, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish tavsiya etiladi. Texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fani taʼlim metodikalari kursi fani hisoblanib, fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beriladi. Oʻquvchilarni amaliy ishga tayyorlash va ularni mehnat malaka va koʻnikma]arini egallashlarini taʼminlaydi. Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati oʻquvchilarda mehnatsevarlik, masʼuliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, oʻquvchilaring aqliy oʻsishida eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Oʻquvchilar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan oʻzaro yordam esa, ularda doʻstlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Talabalarning fanni oʻzlashtirish jarayonida darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, maʼruza matnlari, texnik vositalardan unumli foydalanish, uzatish qurilmalari yordamida slaydlardan va elektron materiallar yoki boshqa texnik 6 vositalardan foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlarini qoʻllash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol usullarni, taʼlimiy vositalarni va taʼlimiy oʻyinlarni taʼlim jarayoniga tadbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Fanni oʻqitishdan maqsadi — talabalarni boshlangʻich sinflarda texnologiya fanining mazmuni va vazifalari, oʻqitish usullari, taʼlimiy vositalar bilan tanishtirish va ularni taʼlim jarayoniga tadbiq etish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishdir. Fanning vazifalari — boshlangʻich sinflarda texnologiya fanining asosiy vazifalari oʻquvchilarni mehnatga tayyorlash, bilim berish va umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflarida kasblar haqida maʼlumot berish izchilligini takomillashtirish, Davlat taʼlim standartlari talabi boʻyicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat. Insoniyat XXI asr—yuksak rivojlangan texnika, axborot texnologiyalar asriga qadam qo‗ydi. Bu texnologiyalarni intellektual, xar tomonlama bilimga ega bo‗lgan barkamol avlodgina samarali boshqara oladi. SHuningdek bu avlod zimmasiga, Koinotda nuqtadek bo‗lgan va xayot baxsh etilgan noyob sayyora—Yer, ona zaminimizni ko‗z qorachig‗idek avaylab asrash, ekologik muvozanatlash, saqlash, uning moddiy—tabiiy resurslaridan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanish, insonni ma‘naviy yuksaltirish kabi global ahamiyatga molik muammolarni hal etishga hissa qo‗shish ma‘suliyatini anglash va amalga oshirishdek sharafli vazifa xam yuklatilgan. Bu vazifalarni xis etadigan xar tomonlama yuksak bilimga ega bo‗lgan intellektual yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan xisoblanadi.
Xozirgi davr jahon pedagogikasi yoshlarni tarbiyalashda, ularning kasb bo‗yicha tor professional bilimlarni egallashlariga chek qo‗yishni, uzluksiz ta‘lim tizimida, jumladan, umumta‘lim fanlaridan keng integrativ bilimlarga ega bo‗lishlari zarurligini taqoza qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi, fan va texnika o‗suvining jadallashuvi, axborotlar texnologiyasining kun sayin keng quloch yoyishi, XXI asrni tinchlik asriga aylantirish uchun insoniyatni yangi xalqlar jamiyatiga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborotlar tizimiga kirib bormoqda. Bunday jamiyatda yashab ketish anchagina tayyorgarlik va katta bilimni talab qiladi",—degan so‗zlarida kelgusida aynan har tomonlama integrativ bilimli, intellektual yoshlarni tarbiyalash zarurligi e‘tirof etiladi. Umumiy o‘rta ta’limda “Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz. Texnologiya (yunoncha techne-san’at, mohirlik, uquv)-sanoat, qurulish, transport, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish , ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shug’ullanadigan fan. Texnologiya (grekcha”techno”- hunar, usta va “logos”-fan,ta’lim)-ilmiy-praktika asosida xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari. Texnologiya fanining maqsadi tayyor mahsulot yaratish haqidagi bilimlarni berib, ko’nikma shakllantirib, yaratuvchanlik malakasini rivojlantirishdan iborat hisoblanadi. Texnologiya fani o’quvchilarda ijodkorlikni,qobiliyatni,tafakkurni rivojlantiradi. Ijodkorlik-bu yangi g’oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishdir. Ijodkorlik orqali hayotimiz rivojlanmoqda,yumushlarimiz yengillashmoqda kundan-kunga yangi-yangi g’oyalar asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.fan-texnika chiddat bilan rivojlanmoqda. Qobiliyat-bu kisining muayyan faoliyatiga bo’lgan layoqatidir.Kishilar 1001 qobiliyati nihoyatda turli-tuman bo’ladi.Har bir kishidan mehnatda,ijodiyotda va o’qish faoliyatlarida har bir soha o’ziga ta’luqli qobiliyat talab etadi.Kishining muayyan bir faoliyatiga bo’lganlayoqati darajasi uning individual xususiyatini ko’rsatadi.Shahsning rivoj topib,qobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug’ma xususiyatlarini iste’dod deb atashadi. Har bir shaxsning qobiliyat va iste’dodi taraqqiyot mahsulidir. Kishining qobiliyati uning tug’ma layyoqati asosida,muhitga bog’liq ravishda,olayotgan ta’lim-tarbiyasiga qarab,shuningdek,kishining o’z ustida ishlashi bilan bog’liq holda o’sib kamol topib boradi. Tafakkur-inson aqliy faoliyatining yuksak formasi, olamni bilish qurolidir. Borliqdagi narsa va hodisalarni umumiy qonuniy bog’lanishlarni ongimizda aks ettirishdir Texnologiya fani o’quvchilarning iste’dodining tug’ulishiga ham sababchi bo’luvchi fandir.Shuningdek shaxsning layoqatini rivojlantiradi.Bu ijodkorlik,qobiliyat,iste’dod,tafakkur kabi yaratuvchanlikka oid fazilatlarni texnologiya fani amaliy mehnat faoliyatida shakllantiradi va rivojlantiradi. Texnologiya darslari o’quvchilarni amaliy mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fani quyidagicha sinflarda o’qitiladi. 1-4-sinflar uchun: 1.Qog’oz va karton bilan ishlash. 2.Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash. 3.Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash. 4.Badiiy qurush-yasash va texnik modellashtirish . 5-7 sinflar uchun: 1.Texnologiya va dizayn yo’nalishi. 2.Servis xizmat yo’nalishi. 8-9 sinflar uchun: 1.Texnologiya va dizayn
yo’nalishi. 2.Servis xizmat yo’nalishi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini amaliy o’rganish faoliyatida o’zlashtirgan mavzularni amalda qo’llay olish va egallagan bilimlarini hayotda tadbiq etishni o’rgangan maktab bitiruvchilari Vatanimiz ravnaqi yo’lida har tomonlama yetuk shahs sifatida shakllanishi, sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring,ilmiy tadqiqot tajriba konsturoktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, bozor munosabatlarida raqobatbardosh kadr bo’lishga xizmat qiladi. 1002 Shuningdek, o’z kasbining mohir ustasi bo’lib etishadi. Texnologiya fani amaliy fandir. Zamonaviy texnologiya fanini o’rganishda STEM, STREM, STEAM ta’lim texnologiyalari asosida o’qitilsa, xalqaro tajribalarga tayangan holda qo’llanilsa maqsadga mufoviq bo’ladi va natijada fan samaradorligiga erishiladi. STEM-ta’lim texnologiiyasi loyhalash metodiga tayangan holda, uning asosida o’quvchiga bilim va ijodiy izlanish beradi. Ko’rinib turibdi-ki, bu ta’lim texnologiyasi texnologiya fani uchun muhum ahamiyatga ega. STREM-ta’lim texnologiyasi robototexnika ishlarini ham o’z ichiga oladi va texnologiya fani uchun yangilik hisoblanib 2022-2023 o’quv yilidan boshlab, yangi o’quv darsliklariga robototexnika haqidagi bilimlar kiritildi va shu o’quv yilidan 5-sinf o’quvchilari uchun yangi darslikdan foydalanib robototexnika haqidagi bilimlar o’qitila boshlandi. STEAM-bu ta’lim texnologiyasiga san’at, mahorat kabi tushunchalarni o’z ichiga olgan va o’quvchilar olgan nazariy bilimlaridan foydalanib o’z hunarini san’atkorona, mohirona bajarishga undagan ko’nikma, malakadir. Texnologiya fanida o’quvchilarning nechog’lik o’z bilimiga tayangan holda mavzu bo’yicha bajargan texnologik jarayonlari va yaratgan mahsulotining sifatiga qarab o’quvchining bahosi berilishi lozim. Texnologiya fani amaliy fan bo’lgani ushun o’quvchi olgan bahoning ko’proq qismini mahsulotni tayyor holatga keltirguncha bo’lgan texnologik jarayonga qo’yilgan baho bo’lishi lozim. Texnologiya fanida baholash tizimi orqali o’quvchida qay darajada ijodkorlik, qobiliyat, tafakkur rivojlanganligni ko’rish mumkun. Texnologiya fani o’z nomidan ham amaliy, tayyor buyum holatiga keltirish, yangi modellarni loyihasini yaratish vazifalarini aniq bajaradigan fandir. Zamonaviy bilimlar asosida o’quvchini zamonaviy kasbiy mahoratini va ijodkorligini rivojlantiruvchi fandir. Texnologiya fani o’qitilishida dars mashg’ulotlari an’anaviy va aralash shakllarda juftlikda 2 soatdan 90 daqiqa davom etadi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonlarida interfaol usullardan(innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. 2020- 2021 o’quv yilidan maktab darsliklarinin yangi avlodlari zamonaviy bilimlarga asoslangan holda, an’anaviy usulda dars o’tish texnologiyalari va onlayn(online) usulda dars o’tish texnologiyalari kiritildi. Dars o’tishning eng muhum jihati darsning to’g’ri tashkil etilishi va dars jarayoniga qo’yiladigan barcha talablar :davomat, uy vazifasini tekshirish, yang mavzu bilan tanishish, yangi mavzuni mustahkamlash, mustaqil 1003 ishlash, amaliy ish bajarish, baholash, uy vazifasini berish usullarining to’g’ri bajarilishi shart. XULOSA Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasbhunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: -materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; - texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; -texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; -texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; -texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish; Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’limni o’qitishning-ilmiy asoslari nechog’lik to’g’ri bajarilashi texnologiya faning asosini tashkil etadi. Texnologiya darslarida bajariladigan jarayonlar ilmiy jihatdan to’g’ri bajarilishinifaning ravnaqini, muhumligini belgilaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Texnologiya darsliklaridan
- N.M.Hamdamova S.I.Baxtiyorova Sh.I. Bahronova “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar”
- Hamdamova Nozima Mukimovna Baxtiyorova Sobiraxon Ixtiyor qizi «ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ» Xalqaro ilmiy jurnal. -2023.- Т. 1.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012514
- Nashr sanasi
- 2024-04-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i3.931
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 44–48
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06