ISSIQLIK AKKUMULYATORLI QUYOSH QURITGICHDA MEVALARNI QURITISH JARAYONIDA ISSIQLIK-MASSA ALMASHINUVI JARAYONLARINI TADQIQ QILISH
Nematov I.L., Xayriddinov B.E.Qarshi davlat universiteti2024
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 2Sahifa 19–25
Annotatsiya
Maqolada aholining yil davomida quritilgan meva mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun zamonaviy quritish texnologiyalarini ishlab chiqish, yangi konstruksiyasini yaratish va unda mevalarni sifatli quritiladigan mahsulotlarni, xususan, olma qirqimlarini, o‘rik, olxo‘ri va anjir mahsulotlarini eksperimental va nazariy tizim asosida taqqoslab, tadqiq etish samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВ СОЛНЕЧНОЙ СУШИЛКЕ С ТЕПЛОВЫМ АККУМУЛЯТОРОМ ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОЦЕССОВ ТЕПЛОМАССООБМЕНА ПРИ СУШКЕ ПЛОДОВ
В статье в целях удовлетворения спроса населения на сухофруктовую продукцию в течение года разрабатываются современные технологии сушки, создается новая структура, а также проводится сравнение качественных сухофруктов, в частности яблочных обрезков, абрикосов, слив и инжира на основе экспериментально-теоретической системы освещены вопросы повышения эффективности исследований.
inglizchaRESEARCH INTO HEAT AND MASS TRANSFER PROCESSES DURING THE DRYING OF FRUITS IN A SOLAR DRYER WITH A HEAT ACCUMULATOR
The article covers the issues of developing modern drying technologies and creating a new design in order to meet the population‘s demand for dried fruit products throughout the year, and of increasing the effectiveness of research by comparing, on the basis of an experimental and theoretical system, the products dried in it with high quality, in particular apple slices, apricots, plums and figs.
Kalit so‘zlar
- Kollektorli quritgich
- issiqlik massa
- quritish texnologiyasi
- quritiladigan mahsulot issiqlik-fizikaviy
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
ISSIQLIK AKKUMULYATORLI QUYOSH QURITGICHDA MEVALARNI QURITISH JARAYONIDA ISSIQLIK-MASSA ALMASHINUVI JARAYONLARINI TADQIQ QILISH Nematov I.L., Xayriddinov B.E. Qarshi davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10781862 Annotatsiya: Maqolada aholining yil davomida quritilgan meva mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun zamonaviy quritish texnologiyalarini ishlab chiqish, yangi konstruksiyasini yaratish va unda mevalarni sifatli quritiladigan mahsulotlarni, xususan, olma qirqimlarini, o‘rik, olxo‘ri va anjir mahsulotlarini eksperimental va nazariy tizim asosida taqqoslab, tadqiq etish samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Kollektorli quritgich, issiqlik massa, quritish texnologiyasi, quritiladigan mahsulot issiqlik-fizikaviy.
IN A SOLAR DRYER WITH A HEAT ACCUMULATOR RESEARCH OF HEAT-MASS EXCHANGE PROCESSES DURING FRUIT DRYING Abstract: In the article, in order to meet the population's demand for dried fruit products throughout the year, the development of modern drying technologies, the creation of a new structure, and the comparison of high-quality dried fruits, in particular, apple trimmings, apricots, plums, and figs, based on an experimental and theoretical system, issues of research efficiency improvement are covered. Keywords: Collector dryer, heat mass, drying technology, heat-physical product to be dried.
В СОЛНЕЧНОЙ СУШИЛКЕ С ТЕПЛОВЫМ АККУМУЛЯТОРОМ ИССЛЕДОВАНИЕ ПРОЦЕССОВ ТЕПЛОМАССООБМЕНА ПРИ СУШКЕ ПЛОДОВ Аннотация: В статье в целях удовлетворения спроса населения на сухофруктовую продукцию в течение года разрабатываются современные технологии сушки, создается новая структура, а также проводится сравнение качественных сухофруктов, в частности яблочных обрезков. , абрикосов, слив и инжира на основе экспериментально-теоретической системы освещены вопросы повышения эффективности исследований. Ключевые слова: Коллекторная сушилка, тепловая масса, технология сушки, теплофизический продукт, подлежащий сушке.
KIRISH Quyosh hajmiy havo qizdirish kollektori quritgichda mevalarni quritish jarayonida issiqlik massa almashinuvini tadqiq etish, quyosh nur energiyasidan foydalanib qishloq xo‘jalik mahsulotlari (olma, o‘rik, olxo‘ri, gilos, uzum va boshqalar)ni samarali quritish qurilmalari loyihalarini ishlab chiqish, amaliyotda qo‘llash uchun qurilmadagi havoning harorat namlik rejimlarini, issiqlik tashuvchini tezligini optimallashtirilgan tizimni yaratish va shu asosda mahsulotlarni quritish jarayonidagi gidrodinamik va issiqlik massa almashinuvini analitik metod bilan tadqiq etish dolzarb muammolardandir.
Olib borilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar jarayonida mevalarni quritish tizimida asosiy parametrlarni aniqlash lozim bo‘ladi. Amaliy jihatdan mahsulotlarni issiqlik fizikaviy xarakteristikasini aniqlashning turli metodlari ma’lumdir [1-6]. ASOSIY QISM Turli xil materiallarni issiqlik fizikaviy xarakteristikani tadqiq etish uchun bir qator olimlar tomonidan turli tipdagi materiallarni tuzilishi va klassifikatsiya modellari asosidagi metodlar ishlab chiqilgan: jumladan A.F.Chudnovskiy, L.V.Likov, A.S.Ginzburg, G.N.Dulnev, O.Krisher, V.F.Fropov, G.Machtinov, D.J.Muratov, G.G.Umarov va boshqalar. A.V.Likov klassifikatsiyasi bo‘yicha tadqiqotlar kapillar g‘ovak materiallarini issiqlik fizikaviy xarakteristikasini asosiy ikkita yo‘nalishda olib borgan. Birinchi yo‘nalish (odatidagi) materialga issiqlik uzatishni chegaraviy masalani yechishda issiqlik fizikaviy xarakteristikasi eksperimental metoddan foydalanib aniqlangan. Ikkinchi yo‘nalish turli xil materiallarga issiqlik berish jarayoni nazariy tavsiflar asosida issiqlik fizikaviy xarakteristikalari analitik metoddan foydalanilgan. Mahsulotlarni issiqlik-fizikaviy xarakteristikasini aniqlashda samaradorlik ko‘rsatkichlarni nazariy va eksperimentlar asosida ikki yo‘nalishda bir vaqtda qo‘llash sifatli natijalar berishi o‘rganildi. Quyosh hajmiy havo qizdirish kollektor kamerali quritgichda turli xil mevalarni issiqlik fizikaviy xarakteristikasini aniqlashda eksperimental va nazariy tadqiqotlarni o‘tkazish, olingan natijalarni kompleks tahlil qilish bilan quritish samaradorligiga erishiladi [7] Buning uchun mevalarni issiqlik – fizikaviy xarakteristikasini aniqlashda metodini tanlash quyidagi umumiy faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulotlarni quritish jarayonidagi issiqlik fizikaviy va issiqlik – massa almashinish xarakteristikasini aniqlashda tajriba chegarali (boshlang‘ich va chegaraviy tizim) belgilash shartlari ishonchli bo‘lishi va bu jarayonda qo‘llaniladigan metod va aniq mos keladigan metodika asosida texnologik jarayonni tanlash lozim bo‘ladi. Bir xil mahsulot bilan bir marta yoki ikki uch marta issiqlik – fizikaviy xarakteristika kompleks tajriba metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu holda bir xil bo‘lmagan quritiladigan mahsulot qirqimlarini zamonaviy texnologik qurilmalar bilan o‘lchanib, natijalar xatoliklari aniqlanishi va qirqim mahsulotlarni o‘lchashlarini optimallashtirish va quritiladigan turli xil mahsulot qirqimlarini issiqlik fizikaviy xarakteristikasi ikkta yoki uchta o‘lchov asbobida o‘lchanib xatoliklarni kamaytirishga erishiladi. Mevalar katta namlikka ega yumshoq ko‘rinishda bo‘ladi, bu mahsulotlarni issiqlikfizikaviy xarakteristikasini aniqlash uchun eksperimental va nazariy tadqiqotlardan olingan natijalarni cheklanmagan etalon metodidan foydalanib taqqoslash metodi asosida o‘rganilgan. Bu metodning nazariy asosida A.V.Likov tomonidan ishlab chiqilgan va tekshiriladigan mahsulot bo‘laklari yoyilgan stelajda bir – biriga zich joylashtirilgan bo‘lib, mahsulot tarkibidagi harorat maydoni uchun tadbiq qilinadigan tenglamalar sistemadan foydalaniladi [8]. Masalani qo‘yilishi. Olmaning disk qirqim shaklda kesib materiallarni quritish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalani ko‘rib chiqamiz. Buning uchun (𝑥, 𝑡) va (𝑥, 𝑡) lar bilan materiallarni issiqlik va namlik miqdorini belgilaymiz. Natijada A.V.Likov [1] nazariyasiga asosan ushbu chegaraviy masalaga ega bo‘lamiz: (1)
𝑉(𝑥10) = 𝑉(𝑥 → ∞, 𝑡) = 𝑉0 , 𝑇(𝑥10) = 𝑇(𝑥 → ∞, 𝑡) = 𝑇0 , (2) 𝑉(0, 𝑡) = 𝑉𝑐 , 𝑇(0, 𝑡) = 𝑇𝑐 (3) Bu yerda 𝑉0, 𝑉𝑐, 𝑇0, 𝑇𝑐 – o‘zgarmas funksiyalardir; 𝑎𝑖𝑗 = (𝑖, 𝑗 = 1,2) shart ham o‘zgarmas o‘zgarmas miqdordir. Keltirilgan chegaraviy masalani aniq yechimini qurish bilan shug‘ullanamiz Aniq yechim taqribiy yechimni aniqligini baholash, modelni parametrlarini indentifikatsiyalash, qaralayotgan masalani sifat tomonidan tekshirish va hokozolarda ishlatiladi. Oddiy differensial tenglamalar sistemasiga keltirish, (1) sistemaga
𝑇𝜉 = 𝑉1, 𝑉𝜉 = 𝑉2 (6) belgilashlar kiritib, ushbu sistemani hosil qilamiz:
(7) ni birinchisidan ni ikkinchi tenglamasiga qo‘yamiz:
(5) tenglamalar uchun mos chegaraviy shartlarni (2), (3) dan (4) ni e’tiborga olib keltirib chiqaramiz: 𝑉𝐼𝜉=0 = 𝑉𝑐, 𝑇𝐼𝜉=0 = 𝑇𝑐 ,
Yechim qurish. Avval (8) sistemani yechimini matritsali usul yordamida keltiramiz. Buning uchun quyidagicha
belgilashlar kiritib, sistemani matritsali tenglama ko‘rinishida yozamiz:
bo‘ladi; bu yerda integrallash o‘zgarmas vektoridir. exp(𝐴𝜉) ni matritsali eksponentsial funksiya deyiladi va aniqlanadi:
. (8) sistemani boshqa qulayroq usul bilan yechsa ham bo‘ladi. Buning uchun (8) ni birinchi va ikkinchi tenglamalariga mos ravishda p va q larni ko‘paytirib, qo‘shib yuboramiz:
(9) keyin 𝑍 = 𝑝𝑣1 + 𝑞𝑣2 deb belgilab, p va q larni ushbu shartlardan
(10) Topsak, bu holda (9) ajralgan tenglamaga keladi:
(11) (10) dan 𝜆 ga nisbatan kvadrat tenglama kelib chiqadi: 𝜆2 − (𝑏11 + 𝑏22)𝜆 − 𝑏12𝑏21 + 𝑏11𝑏22 = 0 (2) da 𝜆1 va 𝜆2 ildizlarni musbat ekanligi ko‘rsatilgan. 𝜆1 va 𝜆2 larga mos keluvchi p va q larning qiymatlari
(12) Funksiya (11) tenglamani 𝜆1 ga to‘g‘ri keladigan yechimidir. Endi 𝑉1 va 𝑉2 larni 𝑍1 va 𝑍2 lar orqali ifodalaymiz.
{ (13) (6) dan (13) ni hisobga olib, ushbu tenglamani yozamiz:
(14) dagi va larni (10) shartlardan topamiz:
(15) (12) formuladagi C1 larni topish uchun (15) dagi integralni quyidagicha yozib, hamda
Bu yerda almashtirishlarni bajaramiz. Natijada (17) ni ushbu ko‘rinishda yozamiz.
(18) (18) dagi va larni chegaraviy shartlar topamiz:
(20) dan (4) ni hisobga olib, (1) - (3) chegaraviy masalani aniq yechimini ushbu ko‘rinishda yozib olamiz:
endi (1) teglamalar sistemasini (2) hamda quyidagi shartlardagi
(22) aniq yechimini ko‘rish bilan shug‘ullanamiz. Bu holda shartlarga quyidagi (23)
ega bo‘lamiz. (23) dan (12) dagi va o‘zgarmaslarni (13) munosabatlarda ξ=0 deb aniqlaymiz:
(24) (24) ni (18) ga qo‘yib, (4) e’tiborga olib, (1), (2) va (23) chegaraviy masalani aniq yechimini quyidagi ko‘rinishda quramiz:
yuqoridagi kabi (1) tenglamalar sistemasini (2) hamda ushbu
Bu tenglamalar sistemasini yechish orqali quritiladigan olma disk qirqimlari mahsulotlarini quritish uchun sarflanadigan quyosh energiyasini miqdoriga asosan temperatura o‘zgarishini qanoatlantiradigan rejimni aniqlash mumkin [8]. XULOSA O‘tkazilgan loyiha-konstruktorlik, eksperimental va nazariy tadqiqot ishlariga asoslanib mevalarni quritishga mo‘ljallangan quyosh hajmi havo qizdirish kollektor – kamerali quritgichda
mevalarni xususan olma qirqimlarini radiatsion-konvektiv metod bilan quritish mumkin o‘rik, olxo‘ri, gilos va anjir mevalarini quritish jarayonini nazariy tadqiqotlar olib borildi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Xayriddinov, B. E., Xolmirzaev, N. S., Xalimov, G. G., Risbaev, A. S., & Ergashev, Sh. X.
- (2018). Muqobil energiya manbalaridan foydalanish. Monografiya. T.“ADAD PLYUS, 417.
- Hayriddinov, B. E., N. S. Holmirzayev, and Sh H. Ergashev. “Combination of the solar greenhouse-livestock farms with the subsoil accumulator of heat”. “Symbol of science”. International scientific magazine. Omega science international center of i,(ovation) 16 (2017).
- Ким В.Д., Хайриддинов Б.Э., Холлиев 5.4 “Естественно – конвективная сушка плодов в солнечних сушилных установках” Практика и теория т.:. Фан 1999-266 с.
- Ergashev, Sh. H. and Nurmatova, D. J. (2022) Mathematical Modeling of the Temperature Regime of the “Livestock-Heliogreenhouse Complex” with Water Tank and Underground Heat Accumulator. Middle European Scientific Bulletin, 29 (1). pp. 172-182. ISSN 2694- 9970. 5. Эргашев, Ш. Х. (2022, March). Исследование температурных полей в субстратном слое подпочвенного аккумулятора тепла с переменными теплофизическими коэффициентами при заданных те��пературных режимах воздуха в гелиотеплиц-животноводческих
- помещении. In International Virtual Conference on Language and Literature Proceeding (Vol. 1, No. 1).
- A A Khusenov et al 2022 IOP Conf. Ser.: Earth Environ. Sci. 1070 012032.
- Phadke P.C., Walke P.V., Rriplani V.M. A review on indirect solar dryers // ARPNJ Eng Appl Sci 2015 vol. 10. № 8. P. 3360-3371.
- Лакомов И.В., Помогаев Й.М. Принципи энерго-сберегающей технологии сушки // Вестник Воронежского государственного аграрного университета. 2016. Vol. 48. № 1- с. 70-76.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012398
- Nashr sanasi
- 2024-09-11
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i2.786
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 19–25
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-15 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11