Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

KASB-HUNAR MAKTABLARIDA KIMYO FANINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI.

Otamirzaev Samajon Olimjon o‘g‘liNamangan muhandislik-qurilish instituti, O‘zbekiston Respublikasi, Namangan2023

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 11Sahifa 70–75

Annotatsiya

Ushbu maqola kasb-hunar maktablarida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar mazmunini yoritishga qaratilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРЕПОДАВАНИЯ ХИМИИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ШКОЛАХ

Данная статья направлена на выяснение содержания педагогических технологий, используемых в профессиональных училищах для подготовки учащихся к профессиональной деятельности.

inglizchaMODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES OF TEACHING CHEMISTRY IN VOCATIONAL SCHOOLS.

This article is aimed at elucidating the content of the pedagogical technologies used in vocational schools to prepare students for professional activity.

Kalit so‘zlar

  • kasb-hunar maktablari
  • pedagogik texnologiyalar
  • kompetensiya
  • metodlar
  • tizim
  • ko‘nikma
  • o‘quv jarayoni
  • mutaxassis
  • tahlil

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

KASB-HUNAR MAKTABLARIDA KIMYO FANINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI. Otamirzaev Samajon Olimjon o’g’li Namangan muhandislik-qurilish instituti, O‘zbekiston Respublikasi, Namangan https://doi.org/10.5281/zenodo.10219073 Annotatsiya: Ushbu maqola kasb-hunar maktablarida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar mazmunini yoritishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: kasb-hunar maktablari, pedagogik texnologiyalar, kompetensiya, metodlar, tizim, ko‘nikma, o‘quv jarayoni, mutaxassis, tahlil.

СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРЕПОДАВАНИЯ ХИМИИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ШКОЛАХ. Аннотация: Данная статья направлена на выяснение содержания педагогических технологий, используемых в профессиональных училищах для подготовки учащихся к профессиональной деятельности. Ключевые слова: профессиональные училища, педагогические технологии, компетентность, методы, система, навык, образовательный процесс, эксперт, анализ.

MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES OF TEACHING CHEMISTRY IN VOCATIONAL SCHOOLS. Abstract: This article is aimed at elucidating the content of pedagogical technologies used in vocational schools to prepare students for professional activities. Keywords: vocational schools, pedagogical technologies, competence, methods, system, skill, educational process, specialist, analysis.

KIRISH Jahonda ta’lim tizimida yaxlit barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi mohiyatan yangi didaktik paradigma negizida bilim olish zamonaviy tendensiyalariga mos, raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan talabni tobora oshib borishiga olib keladi. Ta’lim jarayonini tashkil etish va ta’lim sifatini ta’minlash tizimining eng muhim elementi hisoblangan professor-o‘qituvchilar kompetentligini yuksaltirish, doimiy va izchil ravishda oshirib borish muammosi alohida dolzarblik kasb etadi. AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya mamlakatlarida innovasion strategiyalarni kimyo o‘qitish jarayoniga tatbiq etish asosida o‘quvchilarning bilim olishini faollashtirish, ularni intellektual rivojlantirish, tayanch va fanga oid maxsus kompetensiyalarni shakllantirishda yangi g‘oyalarni topish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olib borayotgan ishlari dolzarb hisoblanadi [1]. Xalqaro miqyosda kimyo fanini o‘qitish sifatini yaxshilash, ta’lim jarayoniga innovasion va axborot texnologiyalarni tatbiq etish, integrasiyalash, aralash ta’lim texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish, o‘quvchilarning aqliy salohiyati, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltiradigan zamonaviy metodik ta’minotni yaratishga qaratilgan samarali tadqiqotlar olib borilmoqda. Mie University (Yaponiya), Albert-Ludwigs-University (Germaniya), Gomal Universite (Pokiston), Kimyo texnologiya instituti (Rossiya), Azarbayjan Davlat Universitet olimlari tomonidan kimyo fanini innovasion va axborot texnologiya vositalari asosida o‘qitish jarayonini takomillashtirish, nazariy-metodologik va uslubiy asoslariga oid ilmiy ishlanmalarni ta’lim jarayonida qo‘llashni tavsiya qilmoqdalar [2].

ASOSIY QISM Mamlakatimiz ta’lim tizimida o‘quvchilarning fan asoslarini o‘rganishga qiziqishini oshirish, ta’lim olish sifatini jahon talablari darajasiga ko‘tarish bo‘yicha ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, kimyo ta’limi metodik ta’minoti mazmunini takomillashtirishda amaliy mazmunga ega topshiriqlarni ishlab chiqish zaruriyati kuzatilmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, kimyo fani mazmuni va aniq-tabiiy fanlarning tayanch tushunchalarini o‘zaro integrasiyalash, metodik ta’minot mazmunini baholashning halqaro dasturlar talablari asosida ishlab chiqish, o‘quvchilarning amaliy ish ko‘nikmalarini shakllantirish ishlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta`lim jarayonida yuqori sifat va samaradorlikka erishish ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab qiladi. «Innovatsiya» iborasi inglizcha so’zdan olingan bo’lib, «innovation» - «yangilik kiritish», «yangi g’oya» degan ma’nolarni bildiradi. Innovatsion o’qitishda bilimlar vazifasi o’zgaradi. Ya’ni, avvalgi doimiy yod olishdan mantiqiy fikrlash, izlanishga o’tiladi. Bunday faoliyat o`quvchi faoliyatidagi ijodkorlikni rivojlantiradi. U o’z tengdoshlari va o’qituvchisi bilan o’zaro faol «sub’yekt-sub’yekt» munosabatlariga kirishadi [3]. O'qitish jarayoni dinamik va barhayot jabha bo`lganligi tufayli ham unga yangilik kirishi va yangilanish amaliyotining davom etishi tabiiydir. Shuning uchun ham, sinalgan va samara beradigan zamonaviy texnologiyalarni qo'llash zaruriy holder. Kasb-hunar maktablarida kimyoni o`qitishda eng ko’p tarqalgan va xususiyatga ega bo’lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar quyidagilar hisoblanadi: suhbat, bahs, o’yin, keys-stadi, loyihalar usuli, muammoli usul, aqliy hujum va boshqalar ko‘proq foydalaniladi [4]. Bahs (munozara) - aniq muammo bo’yicha fikr almashish, muhokama shaklidagi ta’lim berishning faol usuli. Munozara usuli hamma vazifalarni bajaradi. Bu usuldan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:  yangi bilimlarni shakllantirishda;  o`quvchilar u yoki bu savollarni chuqur o’ylab ko’rish, ularning mohiyatiga kirishni ta’minlashda;  o`quvchilarni dalil va dalillarga asoslangan xulosalar orasidagi farqni tushunib yetishga o’rgatishda;  o’zaro fikr almashinuv ko’nikmalarni shakllantirishda;  o`quvchilarga shaxsiy fikrida mustahkam turish va uni himoya qilishiga yordam berish. Munozara erkin bo’ladi, qachonki, u erkin rivojlansa, boshqaruvchan bo’lishi mumkin. U faqat o’zlashtirish lozim bo’lgan mavzu va savollarga taalluqli bo’lishi kerak. Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun matnda belgilashning interfaol tizimi. Avvalgi bilimlarni faollashtirish va matnda belgilash uchun savollarning qo’yilish muolajasi. Shundan so’ng matnda uchraydigan, har turdagi axborotlarning belgilanishi. Matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o’zining mustaqil bilim olishini faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli asbob. Insert - o’zlashtirishning majmuali vazifalarini yechish va o’quv materialini mustahkamlash, kitob bilan ishlashning o’quv malakalarini rivojlantirish uchun foydalaniladigan o’qitish usulidir. MATNDA BELGILASH TIZIMI () - men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi; () - yangi axborot belgisi; () - mening bilganlarimga, zid belgisi;

() - meni o’ylantirib qo’ydi. Bu bo’yicha menga qo’shimcha axborot kerak belgisi. “AQLIY HUJUM” METODI Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati boʻladi, shu jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz fikrini bayon etish mahorati, mantiqiy vja tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar: 1. Bildirilgan fikr-gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. 2. Bildirilgan har qanday fikr-gʻoyalar, ular hatto toʻgʻri boʻlmasa ham inobatga olinadi. 3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart. “Aqliy hujum” metodining bosqichlari

1-rasm. “BBB” metodi • Ta’lim oluvchilarga yangi mavzu Eritmalar muhitlari mavzusiga doir savol tashlanadi va ularga shu savol boʻyicha oʻz javoblarini (fikr, gʻoya va mulohaza) bildirishlarini 1 soʻraladi.

• Ta’lim oluvchilar savol boʻyicha oʻz fikr - mulohazalarini bildirishadi.

• Ta’lim oluvchilarning fikr - gʻoyalari (diktofonga, videotasmaga, rangli qogʻozlarga yoki doskaga) toʻplanadi.

• Fikr - gʻoyalar ma’lum belgilar boʻyicha guruhlanadi.

• Yuqorida qoʻyilgan savolga aniq va toʻgʻri javob tanlab olinadi.

Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagicha tashkil etilishi mumkin:

1. Har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg‘ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo‘yicha umumlashtiriladi. 2. Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi. O‘quv faoliyati bevosita sinf doskasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi 1-jadvalda tashkil etiladi. Mavzu: Eritmalar muhitlari Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim Mavzuga doir asosiy tushunchalar Tajriba ishlarini olib borganda moddalarni muhitini, Eritmadagi Eritmalar (moddalar) hususiyatini bilgan holda (H+) (OH-) muhitini bilishimiz 1. Eritma muhiti mashg‘ulotlarni olib borish va ionlar soniga nima uchun kerak foydalanish texnika bog‘liq bizga? havfsizligi qoidalariga amal qilishga yordam beradi. pH 7 dan Nima uchun ishqoriy Eritmadagi (OH-) ionlari soni 2. Ishqoriy yuqori muhit? ko‘p bo‘lsa pH 7 ga teng Nima uchun Eritmadagi (OH-) va (H+) 3. Neytrall neytrall? ionlari soni teng bo‘lsa pH 7 dan past Nima uchun Eritmadagi (H+) ionlari soni 4. Kislotali kislotali? ko‘p bo‘lsa Ko‘z yoshi va Ko‘z yoshi neytral, oshqozon 5. _ _ oshqozon shirasi shirasi esa kislotali muhitga muhiti qanday? ega

Metodan foydalanish 3 bosqich asosida amalga oshiriladi. 1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 2. O‘quvchilar mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar. 3. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi. (bo‘shliqlar, darslar jarayonida to‘ldirib boriladi ) Bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarning to‘liq tavsiloti quyidagicha: 1. Sinf o‘quvchilarning (individual guruhlarda) ishlashlari e’lon qilinadi. 2. O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajasi o‘rganiladi va ular tomonidan bayon etilgan tushunchalar jadvalning 1-bandiga yozib boriladi. 3. O‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi va bu ehtiyojlar jadvalning 2-bandiga yoziladi. 4. O‘qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni xabardor qiladi. O‘zlashtirilgan yangi tushunchalar aniqlanadi va ular jadvalning 3-bandiga yoziladi.

Eritmalar muhitini lakmus qog‘oz rangini o‘zgarishiga qarab aniqlash uchun.

O‘quvchilarda kimyo fanini chuqur o‘zlashtirishlari natijasida tanlagan kasblariga nisbatan mehr va qiziqish ortadi. Bunday natijaga erishishning samarali yo‘li ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi.

Zero, bugungi axborot asrida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalar ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelmoqda, uning afzalliklari shundaki, u ta’lim jarayonini bir butunlikda ko‘rib, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalarini birlashtiradi. O‘quvchi dars jarayoni sifatli o‘zlashtirishi uchun AKTni mukammal bilishi, dars mavzusiga doir internet ma’lumotlarini qidirib topishi, saralashi, tizimlashtirishi va amaliyotga joriy qilishi malakasiga ega bo‘lishi muhum hisoblanadi. Bu bilan birgalikda o‘qituvchi ham dars jarayonlarini tashkil etib, quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim, ya’ni: dars jarayonlarini tashkil etish, hamkorlikda ish yuritish, takomillashtirish, tahlil qilish, qiyoslash, boshqarish, nazorat qilish, xulosa chiqarish, umumlashtirish, baholash. XULOSA Xulosa qilib aytganda o‘quvchilar kimyo fanini o‘rganishda amaliy kompyetentligini aniqlashning pyedagogik xususiyatlarini yuqoridagilarga amal qilgan holda, amaliy kompyetensiyalarni oshirib borishda o‘z ustida doimiy ishlashi, bilimlarini oshirib borishi, zamon talablariga hamohang ravishda o‘z faoliyatini muvofiqlashtirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Meliboyeva G.S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar 5110300- kimyo o’qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanma T. 2020 yil.
  2. Исмаилова З.К., Эргашев Б.Б. Мониторинг качества образовательного процесса в контексте управления Вузом // Сборник научных статей по итогам работы Международного научного форума, Том1, Наука инновации – современные концепции. – Москва, 2019. – С.57-68.
  3. Эргашев Б.Б. Мониторинг как средство управления качеством образования // Международная научно – практическая конференция, «Научные разработки: евразийский регион». –Москва, 2019. – С.85-89.
  4. Эргашев Б.Б. Меҳнат бозорида талабаларни ишга жойлаштиришга кўмаклашишнинг самарали йўллари // “Профессиональное становление личности XXI века в системе непрерывного образования: теория, практика и перспективы”, Материалы научно – практического семинара, ТОМ1 –Ташкент, 2019. – С.241-244.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012297
Nashr sanasi
2023-12-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
2
Son
11
DOI
10.66073/researchfocus.v2i11.602
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
70–75
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-16 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06