O‘ZBEKISTON OLIY TA‘LIM MUASSASALARI FAOLIYATLARI MOLIYAVIY NATIJALARIGA BIR NAZAR
SH.B.XayriddinovQarshi davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi2023
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 2Son 11Sahifa 35–39
Annotatsiya
Mazkur maqolada ta‘lim (oliy ta‘lim) resurslardan foydalanishni o‘ziga xos jihatlari tadqiq etilgan. Davlat oliygohlarining holati. Oliy ta‘lim muassasalari faoliyatini amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan xarajatlar katta qismining budjet mablag‘lari hisobidan ta‘minlanayotganligi bu mablag‘larning sarflanishiga nisbatan alohida munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Oliy ta‘limni moliyalashtirish ikki ko‘rinishda, ya‘ni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan va ta‘lim xizmatlari ko‘rsatilishidan tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda.
Boshqa tillarda
ruschaОБЗОР ФИНАНСОВЫХ РЕЗУЛЬТАТОВ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ВУЗОВ УЗБЕКИСТАНА
В данной статье рассматриваются конкретные аспекты использования образовательных (высших) ресурсов. Государственные университеты. Тот факт, что большая часть расходов, необходимых для осуществления деятельности высших учебных заведений, покрывается за счет бюджетных средств, требует формирования особых отношений по поводу расходования этих средств. Финансирование высшего образования осуществляется в двух формах: за счет средств государственного бюджета и за счет средств, полученных от оказания образовательных услуг.
inglizchaA REVIEW OF THE FINANCIAL RESULTS OF THE ACTIVITIES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS OF UZBEKISTAN
This article examines the specific aspects of the use of educational (higher education) resources. The state of public higher education institutions. The fact that a large part of the expenditure required for carrying out the activities of higher education institutions is covered by budget funds calls for the formation of a special attitude towards the spending of these funds. The financing of higher education is being carried out in two forms, that is, at the expense of state budget funds and at the expense of funds received from the provision of educational services.
Kalit so‘zlar
- oliy ta‘lim muassasalari
- byudjet mablag‘lari
- ta‘lim tizimini moliyalashtirish
- davlat byudjeti
- byudjet xarajatlari
- bozor iqtisodi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
O’ZBEKISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATLARI MOLIYAVIY NATIJALARIGA BIR NAZAR SH.B.Xayriddinov Qarshi Davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10215945 Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim (oliy ta’lim) resurslardan foydalanishni o‘ziga xos jihatlari tadqiq etilgan. Davlat oliygohlarining holati. Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan xarajatlar katta qismining budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlanayotganligi bu mablag‘larning sarflanishiga nisbatan alohida munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Oliy ta’limni moliyalashtirish ikki ko‘rinishda, ya’ni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan va ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishidan tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda. Kalit so‘zlar: oliy ta’lim muassasalari, byudjet mablag‘lari, ta’lim tizimini moliyalashtirish, davlat byudjeti, byudjet xarajatlari, bozor iqtisodi
ОБЗОР ФИНАНСОВЫХ РЕЗУЛЬТАТОВ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ВУЗОВ УЗБЕКИСТАНА Аннотация: В данной статье рассматриваются конкретные аспекты использования образовательных (высших) ресурсов. Государственные университеты. Тот факт, что большая часть расходов, необходимых для осуществления деятельности высших учебных заведений, покрывается за счет бюджетных средств, требует формирования особых отношений по поводу расходования этих средств. Финансирование высшего образования осуществляется в двух формах: за счет средств государственного бюджета и за счет средств, полученных от оказания образовательных услуг. Ключевые слова: высшие учебные заведения, бюджетные средства, финансирование системы образования, государственный бюджет, бюджетные расходы, рыночная экономика
REVIEW OF FINANCIAL RESULTS OF ACTIVITIES OF UNIVERSITIES IN UZBEKISTAN Abstract: This article discusses specific aspects of the use of educational (higher) resources. State universities. The fact that most of the expenses necessary for the activities of higher educational institutions are covered from budget funds requires the formation of special relations regarding the expenditure of these funds. Financing of higher education is carried out in two forms: from the state budget and from funds received from the provision of educational services. Keywords: higher education institutions, budget funds, financing of the education system, state budget, budget expenditures, market economy.
KIRISH Mana 30 yildan ko‘proq bo‘ldiki, bozor munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha jabhalarida, qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, baribir kirib borayapti. Ortga yo‘lning yo‘qligi – mutlaqo aniq. Shu munosabat bilan kundalik hayotda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha subyektlar (bu yerda ularning yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligi prinsipial ahamiyatga ega emas) uning
talablariga moslashishga harakat qilmoqda. Zero, xo‘jalik yuritishning yangi, zamonaviy usuli bo‘lgan bozor iqtisodi – shuni taqozo etmoqda. Bundan, jumladan, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda – OTM) ham chetda qolayotgani yo‘q. Oxirgi yillarda ularning bu yo‘nalishda qanday yutuqqa erishganliklari va qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklari, xullas, qanday faoliyat ko‘rsatgan-liklarini ifodalovchi ma’lumotlar e’lon qilindiki, ular bilan tanishish, tahlil qilish va tegishli xulosalarni chiqarish OTMda budjet mablag‘-larining samarali sarflanishi nuqtai-nazaridan prinsipial ahamiyatga egadir. ASOSIY QISM Ma’lumki, bugungi kunda (2023 yilning 1 avgust sanasi nazarda tutilmoqda) O‘zbekistonda jami 210 ta OTM bo‘lib, ulardan 115tasi davlat organlari tasarrufidagi OTM, 65tasi nodavlat oliy ta’lim muassasalari, 30tasi esa xorijiy OTM va ularning filiallari hisoblanadi. Respubli-kamiz Oliy ta’lim muassasalarida 2022-2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan faoliyat yakunlanishi munosabati bilan yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda (jumladan, qarang: https://kun.uz/56196532) 2023 yilning birinchi yarmida eng ko‘p daromad va zarar ko‘rgan OTMlari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmini eng katta daromad bilan yakunlagan oliygoh bu Samarqand davlat chet tillar institutidir. Bir paytning o‘zida, daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi eng katta salbiy farq Namangan davlat universitetida ekanligi kuzatilgan. Shuningdek, bu o‘rinda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan respublikamizdagi 70 ta davlat oliygohining 2023 yilning dastlabki olti oyi davomidagi daromadlari va xarajatlari haqidagi ma’lumot ham ochiqlangan. Qayd etilishicha, hisobot davrida keltirilgan davlat OTMlarining umumiy daromadi – 4 trln. 501 mlrd. 238 mln. so‘mni, xarajatlari esa 5 trln. 86 mlrd. 667 mln. so‘mni tashkil etgan. Respublika kesimida eng ko‘p daromad O‘zbekiston milliy universiteti (245,0 mlrd. so‘m), Farg‘ona davlat universiteti (191,0 mlrd. so‘m), Qoraqalpoq davlat universiteti (188,0 mlrd. so‘m) va Termiz davlat universiteti tomonidan (169,0 mlrd. so‘m) shakllantirilgan. Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida joylashgan eng ko‘p daromad ko‘rgan oliy ta’lim muassasalarining qisqa ro‘yxati esa quyidagicha: O‘zbekiston milliy universiteti – 245,0 mlrd. so‘m, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 165,0 mlrd. so‘m, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 151,0 mlrd. so‘m, Toshkent davlat texnika universiteti – 145,0 mlrd. so‘m, Toshkent moliya instituti – 102,0 mlrd. so‘m. Shuningdek, ro‘yxatda keltirilgan 70 ta davlat oliygohining 32 tasi 2023 yilning birinchi yarim yilligini foyda bilan yakunlagan. Ular quyidagilardan iborat: Samarqand davlat chet tillar instituti – 33 mlrd. 299 mln. so‘m, Navoiy davlat pedagogika instituti - 27 mlrd. 310 mln. so‘m, Termiz davlat pedagogika instituti – 24 mlrd. 327 mln. so‘m, Shahrisabz davlat pedagogika instituti – 19 mlrd. 536 mln. so‘m, Buxoro davlat pedagogika instituti – 14 mlrd. 348 mln. so‘m, Farg‘ona politexnika instituti – 13 mlrd. 607 mln. so‘m, Andijon mashinasozlik instituti – 11 mlrd. 856 mln. so‘m, Qo‘qon davlat pedagogika instituti – 11 mlrd. 593 mln. so‘m, Andijon davlat pedagogika instituti – 10 mlrd. 770 mln. so‘m, «TIQXMMI» milliy tadqiqot universiteti – 8 mlrd. 455 mln. so‘m, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti – 7 mlrd. 885 mln. so‘m, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – 6 mlrd. 928 mln. so‘m, Namangan muhandislik-qurilish instituti – 6 mlrd. 236 mln. so‘m, Urganch davlat pedagogika instituti – 5 mlrd. 997 mln. so‘m, Qarshi davlat universiteti – 5 mlrd. 534 mln. so‘m, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti – 5 mlrd. 211 mln. so‘m, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali – 4 mlrd. 934 mln. so‘m, Qarshi muhandislikiqtisodiyot instituti – 4 mlrd. 217 mln. so‘m, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – 3 mlrd.
786 mln. so‘m, Andijon davlat chet tillari instituti – 3 mlrd. 240 mln. so‘m, Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 3 mlrd. 61 mln. so‘m, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti – 2 mlrd. 712 mln. so‘m, Jizzax politexnika instituti – 2 mlrd. 651 mln. so‘m, Samarqand davlat universitetining Urgut filiali – 2 mlrd. 13 mln. so‘m, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Nukus filiali – 1 mlrd. 933 mln. so‘m, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti federal davlat budjet oliy ma’lumot ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali – 1 mlrd. 762 mln. so‘m, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali – 1 mlrd. 606 mln. so‘m, Toshkent shahridagi «MEI» milliy tadqiqot universiteti federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining filiali – 1 mlrd. 530 mln. so‘m, Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali – 1 mlrd. 371 mln. so‘m, Namangan davlat pedagogika instituti – 1 mlrd. 232 mln. so‘m, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti – 637 mln. so‘m, Guliston davlat pedagogika instituti – 314 mln. so‘m foyda ko‘rgan. Bir paytning o‘zida, ro‘yxatda keltirilgan davlat oliygohlarining 38tasi esa hisobot davrini, ya’ni 2023 yilning birinchi yarim yilligini zarar bilan tugatgan. Ularning tarkibiga esa quyidagilar kirgan: Namangan davlat universiteti – 230 mlrd. 864. mln so‘m, Chirchiq davlat pedagogika universiteti – 127 mlrd. 733 mln. so‘m, Urganch davlat universiteti – 85 mlrd. 180 mln. so‘m, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 51 mlrd. 87 mln. so‘m, Qoraqalpoq davlat universiteti – 42 mlrd. 13 mln. so‘m, Termiz davlat universiteti – 37 mlrd. 663 mln. so‘m, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 35 mlrd. 358 mln. so‘m, Toshkent moliya instituti – 32 mlrd. 795 mln. so‘m, Jizzax davlat pedagogika universiteti – 27 mlrd. 735 mln. so‘m, Farg‘ona davlat universiteti – 19 mlrd. 500 mln. so‘m, O‘zbekiston milliy universiteti – 17 mlrd. 843 mln. so‘m, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti – 15 mlrd. 375 mln. so‘m, Samarqand davlat universiteti – 13 mlrd. 316 mln. so‘m, Buxoro davlat universiteti – 11 mlrd. 588 mln. so‘m, Toshkent davlat texnika universiteti – 9 mlrd. 694 mln. so‘m, Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 9 mlrd. 539 mln. so‘m, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 9 mlrd. 49 mln. so‘m, Termiz muhandislik-texnologiya instituti – 8 mlrd. 653 mln. so‘m, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti – 8 mlrd. 88 mln. so‘m, Andijon davlat universiteti – 7 mlrd. 399 mln. so‘m, Guliston davlat universiteti – 7 mlrd 93 mln so‘m, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti – 4 mlrd. 993 mln. so‘m, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti – 4 mlrd. 439 mln. so‘m, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali – 3 mlrd. 877 mln. so‘m, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali – 3 mlrd. 690 mln. so‘m, Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti – 2 mlrd. 912 mln. so‘m, O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali – 2 mlrd. 767 mln. so‘m; Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali – 1 mlrd. 201 mln. so‘m, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali – 1 mlrd. 164 mln. so‘m, «TIQXMMI» milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti – 772 mln. so‘m, «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS» ning Olmaliq shahridagi filiali – 692 mln. so‘m, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – 650 mln. so‘m, Toshkent kimyotexnologiya instituti Shahrisabz filiali – 157 mln. so‘m, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali – 138 mln. so‘m, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti – 137 mln. so‘m, «TIQXMMI» milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti – 103 mln. so‘m, Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti – 59 mln. so‘m, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali – 4 mln. so‘m. Yuqorida keltirilgan raqamlar budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan OTMlarida budjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash nuqtai-nazaridan juda muhim
ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramasdan, bizningcha, ularni tahlil qila turib, qat’iy bir xulosaga kelish yoki qaror qabul qilish o‘ta murakkabligicha qolaveradi. Buning ko‘plab sabablari bor. Zero, yuqorida nomlari keltirilgan OTMlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni, ba’zi bir obyektiv sabablarga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslashning iloji yo‘q yoki shunday qilib chiqarilgan xulosa va qarorni yetarli darajada asoslangan deb bo‘lmaydi. OTMlarga tegishli bo‘lgan raqamlarning taqqoslanish darajasiga bu muassasalarning faoliyat doirasi (ko‘lami), mulkchilik shakli, akademik va moliyaviy mustaqillikning berilgan yoki berilmaganligi, qabul kvotalari, mavjud kontingentlar soni va h.k.lar o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hisobot davri (2023 yilning birinchi yarim yili) davomida deyarli bir xil faoliyat (oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish) bilan shug‘ullanadigan OTMlari bir guruhining yuqori daromadga, boshqa bir guruhining esa pastroq daromadga va uchinchi guruhining esa daromadga emas, balki zararga ega bo‘lishi, nazarimizda, kun tartibiga OTMlarida budjet mablag‘larini samarali sarflash nuqtai-nazaridan qator muammo (savol)larni qo‘yadiki, ular o‘z yechim (javob)ini topmog‘i lozim. Xususan, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, shu davrda eng ko‘p daromadga ega bo‘lgan O‘zbekiston milliy universiteti (245,0 mlrd. so‘m), Farg‘ona davlat universiteti (191,0 mlrd. so‘m), Qoraqalpoq davlat universiteti (188,0 mlrd. so‘m), Termiz davlat universiteti (169,0 mlrd. so‘m), O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (165,0 mlrd. so‘m), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (151,0 mlrd. so‘m), Toshkent davlat texnika universiteti (145,0 mlrd. so‘m), Toshkent moliya instituti (102,0 mlrd. so‘m) bo‘lishiga qaramasdan aynan shu guruhdagilardan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 51,87 mlrd. so‘m, Qoraqalpoq davlat universiteti – 42,13 mlrd. so‘m, Termiz davlat universiteti – 37,663 mlrd. so‘m, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 35,358 mlrd. so‘m, Toshkent moliya instituti – 32,795 mlrd. so‘m, O‘zbekiston milliy universiteti – 17,843 mlrd. so‘m, Toshkent davlat texnika universiteti esa – 9,694 mlrd. so‘m bilan zarar bilan yakunlaganligi bu hollarda ana shu toifadagi OTMlarda, jumladan, budjet mablag‘laridan foydalanish masalasida qator muammolarning borligidan darak beradi. Buning ustiga, 70 ta davlat oliygohlaridan 38 tasining yoki 54,%ining esa hisobot davrini, ya’ni 2023 yilning birinchi yarim yilligini zarar bilan tugatganligi yanada o‘tkirligini ko‘rsatadi. XULOSA Shunday qilib, yuqorida keltirilgan raqamlardan yaqqol ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiga o‘tayotganimizga 30 yildan ko‘proq vaqt bo‘layotgan bo‘lishiga qaramasdan hamon mablag‘larni oqilona, tejab-tergab, iqtisod rejimiga qat’iy rioya etib samarali sarflash masalasi hamon dolzarbligicha turibdi. Bu, ayniqsa, o‘z faoliyatlarini, jumladan, budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirayotgan OTMlari uchun alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Маликов Т.С., Олимжонов О.О. Молия. Дарслик / Тошкент Молия институти. – Тошкент: 2019. – 882 бет.
- Malikov T., Xaydarov N. Byudjet (tizimi, tuzilmasi, jarayoni). O‘quv qo‘llanma. - T.: Iqtisod-moliya, 2008. 25-30 b
- Vahobov A., Malikov T. Moliya:darslik. – T.: Noshir, 2011. – 712 b.
- Финанси: учебник для бакалавров / Подред. М. В. Романовского, О. В. Врублевской. – 3-еизд., перераб. идоп.–М.: Издателство Юрайт, 2012. – 590 с.
- Нешитой А. С. Бюджетная система РосcийскойФедераsии: учебник. – 10-еизд., испр. идоп. –М.: Издателско торговая корпорация «ДашковиК», 2012. – 336 с.3 b.
- KA Botirovich, KS Batirovich - Thematics Journal of Education, 2022 CHALLENGES IN FINANCING THE FINANCIAL INDEPENDENCE OF LOCAL BUDGETS AND WAYS TO OVERCOME THEM
- Botirovich, K. A., & Batirovich, K. S. (2021). Local Budget Revenues As an Important Link of Territorial Revenue Power. American Journal of Economics and Business Management, 4(5), 1-4.
- Botirovich, K. A., & Batirovich, K. S. (2020). MAIN DIRECTIONS OF STATE BUDGET REVENUE FORMATION. SPECIAL ISSUE ON FINANCIAL DEVELOPMENT PERSPECTIVES OF THE LIFE STANDARD IN CENTRAL ASIA APRIL 2020 DOI NUMBER: 10.5958/2249-877X. 2020.00028. 4, 5.10.5958/2249-877x
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012290
- Nashr sanasi
- 2023-12-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 2
- Son
- 11
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v2i11.593
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 35–39
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-16 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06