ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE‘RIYATIDA SHAXSIY ERKINLIK VA ICHKI KECHINMALAR
Saloydinova Maxliyoxon Abduvali qiziNamangan Davlat Universiteti https://ror.org/00k8k8t472025
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 354–355
Annotatsiya
Zamonaviy o‘zbek she‘riyati jamiyat va shaxs o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zida aks ettirishda davom etmoqda. Mustaqillik yillarida shaxsiy erkinlik, ichki kechinmalar va inson ruhiyati mavzulari tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shoirlar avvalgidek faqat jamiyat yoki millat taqdirini emas, balki o‘z shaxsiy olamini, ichki kechinmalarini ham ko‘proq tahlil qilishga intilmoqda.
Boshqa tillarda
ruschaЛИЧНАЯ СВОБОДА И ВНУТРЕННИЕ ПЕРЕЖИВАНИЯ В СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ ПОЭЗИИ
Современная узбекская поэзия продолжает отражать связь между обществом и личностью. В годы независимости темы личной свободы, внутренних переживаний и человеческой души становятся всё более актуальными. Поэты стремятся анализировать не только судьбу общества или нации, как прежде, но и в большей мере свой личный мир, свои внутренние переживания.
inglizchaPERSONAL FREEDOM AND INNER EXPERIENCES IN MODERN UZBEK POETRY
Modern Uzbek poetry continues to reflect the connection between society and the individual. During the years of independence, the themes of personal freedom, inner experiences and the human psyche have been becoming increasingly relevant. Poets now strive to analyse not only the fate of society or the nation, as before, but also, to a greater extent, their own personal world and inner experiences.
Kalit so‘zlar
- поэзия
- личность
- свобода
- переживание
- общественность
- дух
- общество
- традиция
- позиция
- отношение
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15116714
ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDA SHAXSIY ERKINLIK VA ICHKI KECHINMALAR Saloydinova Maxliyoxon Abduvali qizi Namangan Davlat Universiteti
Annotatsiya: Zamonaviy o‘zbek she’riyati jamiyat va shaxs o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘zida aks ettirishda davom etmoqda. Mustaqillik yillarida shaxsiy erkinlik, ichki kechinmalar va inson ruhiyati mavzulari tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shoirlar avvalgidek faqat jamiyat yoki millat taqdirini emas, balki o‘z shaxsiy olamini, ichki kechinmalarini ham ko‘proq tahlil qilishga intilmoqda. Kalit so’zlar: she’riyat, shaxs, erkinlik, kechina, jamoyat, ruh, jamiyat, anana, pozitsiya, munosabat.
Kirish. Zamonaviy o‘zbek she’riyati shaxsiy erkinlik va inson ruhiyatining murakkab kechinmalarini aks ettirishda sezilarli o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Shoirlar avvalgidek faqat ijtimoiy mavzular bilan cheklanib qolmay, balki shaxsiy erkinlik, individual his-tuyg‘ular, ichki iztiroblarni ham ifodalashga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Mustaqillikdan keyingi adabiy jarayonlarda shaxsiylik (subyektivizm), introspektiv izlanishlar va kechinmalar she’riyatda 1. Shaxsiy erkinlik tushunchasi va zamonaviy she’riyatdagi ifodasi Zamonaviy she’riyatda shaxsiy erkinlik ikki asosiy jihatda namoyon bo‘ladi: 1. Ichki erkinlik – shoirlar o‘z fikrlarini ochiq-oydin ifodalashga intilmoqda. She’rlarda ruhiy ozodlik, individual qarashlar, insonning o‘z "men"ini topish yo‘lidagi izlanishlari ustuvor mavzularga aylanmoqda. 2. Jamiyat va an’analarga munosabat – shaxsning ijtimoiy muhitdagi erkinligi, an’ana va zamonaviylik o‘rtasidagi ziddiyat she’rlarda ko‘p yoritilmoqda. Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron, Jahongir Oston singari shoirlar ijodida bu jihatlarni kuzatish mumkin. Ularning she’rlarida falsafiy fikr yuritish, ichki monolog va ichki kechinmalar chuqur aks ettirilgan. 2. Ichki kechinmalar va inson ruhiyati Hozirgi she’riyat shaxsning ruhiy olami, ichki ziddiyatlarini yetkazishda yangi poetik uslublardan foydalanmoqda. Bu jihat quyidagi elementlar orqali seziladi: Introspektiv (ichki kuzatuv) yondashuv – shoir o‘z ruhiy olamiga sayohat qiladi, o‘zini tahlil qiladi. Metaforalar va ramzlar orqali ichki kechinmalarni yetkazish – tabiat hodisalari, tush, suv, soyalar, shamol kabi obrazlar inson ruhiyati bilan bog‘lanadi. Melanxolik ohang – ayrim shoirlarning she’rlarida yolg‘izlik, ichki iztirob va ruhiy bo‘shliq seziladi. 3. Zebo Mirzo she’riyatida shaxsiy erkinlik va ichki kechinmalar Zebo Mirzo – zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetuk vakillaridan biri bo‘lib, uning ijodi shaxsiy erkinlik, ayolning ichki dunyosi, tuyg‘ular va ichki kurashlar bilan boyitilgan. Uning she’rlarida quyidagi jihatlar yaqqol ko‘rinadi: 1. Ayolning ichki erkinlikka intilishi – Zebo Mirzo she’riyatida ayol obrazlari nafaqat muhabbat, balki iztirob, qo‘rquv, ichki qarama-qarshiliklar bilan ham namoyon bo‘ladi.
2. Hayot va o‘lim, baxt va iztirob o‘rtasidagi ziddiyatlar – shoiraning ko‘plab she’rlarida ichki kechinmalar chuqur ifodalangan. Masalan: Bir kun kelib sensiz uyg‘onarman, Yuragimda og‘riq – sensiz yo‘qolgan... 3. Tabiat va inson ruhiyati uyg‘unligi – uning she’rlarida yomg‘ir, quyosh, shamol kabi tabiat hodisalari inson ichki holati bilan uyg‘unlashadi. Xulosa Zamonaviy o‘zbek she’riyatida shaxsiy erkinlik va ichki kechinmalar tobora chuqur o‘rganilmoqda. Shoirlar endilikda jamiyatga nisbatan o‘z pozitsiyasini ochiq bildirish barobarida, ichki dunyoga sho‘ng‘ish, inson ruhiyati bilan bog‘liq mavzularni poetik jihatdan yuksak ifodalashga intilmoqda. Zebo Mirzo, Shavkat Rahmon, Usmon Azim kabi shoirlarning ijodi bu tendensiyaning yorqin namunalaridandir. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ichki kechinmalarni ifodalash uchun turli poetik vositalardan foydalaniladi: Ichki monolog – shoir o‘ziga savollar beradi, o‘zini tahlil qiladi. Yorqin metaforalar – shaxsiy his-tuyg‘ular suv, shamol, qush, soya kabi obrazlar bilan ifodalanadi. Oddiy va jozibali tilda yozish – bugungi shoirlar murakkab falsafiy ohanglardan ko‘ra, oddiy, tushunarli, lekin chuqur ma’noga ega satrlar yaratishga intilmoqda Bugungi o‘zbek she’riyatida shaxsiy erkinlik va ichki kechinmalar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shoirlar o‘z ichki dunyosi, shaxsiy izlanishlari, ruhiy ziddiyatlarini ochiq ifodalashga harakat qilmoqda. Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron, Jahongir Oston, Zebo Mirzo singari shoirlarning she’rlari bunga yaqqol misoldir. Ayniqsa, Zebo Mirzo ijodida ayol ruhiyatining nozik va murakkab qirralari, ichki erkinlikka intilish, muhabbat va hayot ziddiyatlari poetik badiiy vositalar orqali ta’sirchan ifodalangan. Bu tendensiya o‘zbek she’riyatining faqat ijtimoiy masalalar emas, balki inson ruhiyatining teran qatlamlarini ham o‘rganishga yo‘nalganini ko‘rsatadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Ulug’bek Hamdam. Jahon adabiyoti modernizm va postmodernizm.Toshkent – 2020. Akademnashr.
- Qozoqboy Yo’ldoshev.Modernizm, ildiz, mohiyat va belgilar.Toshkent-2014.Yoshlik jurnali 9-son.
- Dilmurod Quronov.Adabiyotshunoslikka kirish.Toshkent-2018.
- Uzoq Jo’raqulov.Nazariya poetika masalalari;Muallif.Janr.Xronotop.Toshkent-2015.G’ofur G’ulom nashriyoti
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010971
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2406
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 354–355
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07