Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

BO‘LAJAK CHET TILI O‘QITUVCHILARINIG TIL XABARDORLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI SAMARALI USULLAR

Baxieva P.B.Nukus davlat pedagogika instituti2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 337–339

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining til xabardorligini rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta‘lim jarayonida lingvistik kompetensiyani shakllantirish muhim ahamiyat kasb etib, chet tili o‘qituvchilarining o‘z kasbiy mahoratini oshirishlari talab etiladi. Tadqiqotda til xabardorligi tushunchasi, uning o‘quv jarayonidagi roli va rivojlantirish strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Tilni o‘rganish jarayonida an‘anaviy grammatik yondashuvlar va til xabardorligi usullari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinib, talabalarning lingvistik qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan samarali metodlar taqdim etiladi. Maqolada, shuningdek, interaktiv texnologiyalar va kommunikativ yondashuv asosida til o‘rganish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ЯЗЫКОВОЙ ОСВЕДОМЛЁННОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА

В статье анализируются методы развития языковой осведомлённости будущих учителей иностранного языка. В современном образовательном процессе формирование лингвистической компетенции имеет важное значение, и от учителей иностранного языка требуется повышение профессионального мастерства. В исследовании рассматриваются понятие языковой осведомлённости, её роль в учебном процессе и стратегии её развития. Анализируются различия между традиционными грамматическими подходами и методами языковой осведомлённости в процессе изучения языка, представлены эффективные методы, направленные на повышение лингвистических способностей студентов. В статье также даются рекомендации по совершенствованию процесса изучения языка на основе интерактивных технологий и коммуникативного подхода.

inglizchaEFFECTIVE METHODS FOR DEVELOPING LANGUAGE AWARENESS IN FUTURE FOREIGN LANGUAGE TEACHERS

This article analyses the methods of developing the language awareness of future foreign language teachers. In the modern educational process the formation of linguistic competence is of great importance, and foreign language teachers are required to raise their professional mastery. The study examines the concept of language awareness, its role in the learning process and the strategies for developing it. The differences between traditional grammatical approaches and language awareness methods in the process of language learning are analysed, and effective methods aimed at increasing students‘ linguistic abilities are presented. The article also offers recommendations on improving the language learning process on the basis of interactive technologies and the communicative approach.

Kalit so‘zlar

  • языковая осведомлённость
  • лингвистическая компетенция
  • обучение иностранному языку
  • грамматический подход
  • интерактивное обучение
  • коммуникативные методы
  • стратегии изучения языка
  • лингвистический анализ
  • дидактические технологии
  • образовательные инновации

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15116641

BO’LAJAK CHET TILI O’QITUVCHILARINIG TIL XABARDORLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI SAMARALI USULLAR Baxieva P.B. Nukus Davlat Pedagogika Instituti E-mail: pbakhieva@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarining til xabardorligini rivojlantirish usullari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida lingvistik kompetensiyani shakllantirish muhim ahamiyat kasb etib, chet tili o‘qituvchilarining o‘z kasbiy mahoratini oshirishlari talab etiladi. Tadqiqotda til xabardorligi tushunchasi, uning o‘quv jarayonidagi roli va rivojlantirish strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Tilni o‘rganish jarayonida an’anaviy grammatik yondashuvlar va til xabardorligi usullari o‘rtasidagi farqlar tahlil qilinib, talabalarning lingvistik qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan samarali metodlar taqdim etiladi. Maqolada, shuningdek, interaktiv texnologiyalar va kommunikativ yondashuv asosida til o‘rganish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Kalit so'zlar: til xabardorligi, lingvistik kompetensiya, chet tili o‘qitish, grammatik yondashuv, interaktiv ta’lim, kommunikativ metodlar, til o‘rganish strategiyalari, lingvistik tahlil, didaktik texnologiyalar, ta’lim innovatsiyalari.

Grammatika an'anaviy usullar bilan ma'nosiz amaliyot va yodlash orqali o'quvchi o'zlashtirishi kerak bo'lgan qoidalar majmui sifatida ko'rilgan bo’lsa, zamanoviy usullar grammatikani o'quvchilarga tildan ravon, to'g'ri va o'rinli foydalanish uchun o'rgatishga qaratilgan va grammatikani o’qitish va o’rganish har doim asosiy masalalarning biri bo’lib kelgan. Ikkinchi tilni o'zlashtirishda grammatik qoidalar majburiy deb hisoblanib kelingan va grammatik mashq turlari o'quvchilar o'z fikr-mulohazalarini oshirishga qaratilgan bo’lishi, ularning muhim lingvistik xususiyatlardan xabardor bo'lishi, bu xususiyatlarning farqlanishi, taqsimlanishini bilishi va vaqt o'tishi bilan o'quvchilarning o’rganish jarayonida tilni qo’llashi va xatolar ustida ishlashi orqali grammatikani egallashi muhim ahamiyat kasb etgan. Til xabardorligi bu lingvistik muammolarni hal qilish ekanligi belgilangan. Bourke shunday ta'kidlaydi: “Til xabardorligi o'quvchilarni yakka tartibda yoki guruh bo'lib, izlanish vazifalariga juda jalb qiladi ko'pincha o’quvchi muhtoj bo'lgan til qismlariga e’tibor qaratilishi bilan farqlanadi.". Til xabardorligi sezish, gipotezani tekshirish, muammoni bartaraf qilish kabi kognitiv strategiyalardan foydalanish va talabalarning til o'rganishiga maqsadini qayta qurishni ta’minlaydi Bourke til xabardorligi va an'anaviy grammatika o'rtasidagi bu farqlarni ko’rsatib o'tadi[1,16]:  Til xabardorligi tilni aloqa uchun foydalanishga yo’naltiradi, an'anaviy grammatika esa til haqida o'rganishga urg'u beradi.  Til xabardorligi payqash, gipotezani tekshirish, muammolarni hal qilish va qayta qurish kabi kognitiv strategiyalardan foydalanishga yordam beradi, an'anaviy grammatika esa grammatika qoidalarini yodlashga urg'u beradi.  Til xabardorligi asosiy e’tiborni ma’no, shakl va funktsiyaga qaratadi; an’anaviy grammatika esa shaklga e’tibor qaratadi.

Til xabardorligi birinchi navbatda ma'noga, keyin esa shakl va funktsiyalarini bajaradi, an'anaviy grammatika esa faqat shaklga e'tibor beradi.  Til xabardorligi muayyan narsani ongli ravishda o‘rganishni rivojlantiradi ya’ni talaba tahlil qilishi kerak bo'lgan kontekstdagi grammatik xususiyat, qarama-qarshilik, aniqlash va boshqalar, an'anaviy grammatika esa talaba yod olishi kerak bo‘lgan grammatik tuzilmalar ro'yxatini taqdim etadi.  Til xabardorligi - bu kognitiv vositalar yordamida kiritilgan ma'lumotlarni qayta ishlash talabaga til qanday ishlashini payqash imkonini beruvchi strategiyalar va o'zaro tilni maqsadli o’rganishda kerakli tuzatishlar kiritish; an'anaviy grammatika esa mexanikdir. Til xabardorligi faqat grammatikani emas leksikologiya, morfologiya, fonologiya va nutqni o'z ichiga oladi. Tilni o'rganish ko'pincha besh bosqichni o'z ichiga oladi: 1. Tilni o’rganish; 2. O’rganilgan ma’lumotni eslash; 3. Bu haqida fikr yuritish; mulohazadan xulosalar chiqarish; 4. Xulosalardan xabardor qilish; 5. Kelajakdagi amaliy ishlarga tayyorlanish uchun foydalanish. Bu o'quvchilarimizga tildan foydalanish imkoniyatini beradi va ularga barcha jarayonda: taqdim etish, modellashtirish, yo'l-yo'riq ko'rsatish, so'roq qilish, fikr bildirish, ko'rsatmalar berish, ularni til va uning qanday ishlashi haqida o'ylash va mulohaza yuritishga, va oxirgi, lekin eng muhimi, ularni har doim qo'llab-quvvatlashga yordam beradi [2,84]. Dars jarayonida bu bosqichlarni o’z ichiga oladigan til xabardorligini rivojlantirish uchun qo'llaniladigan ayrim samarali texnikalarni o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi, o’quvchilarning daraja va yosh farqlariga qarab tanlashi va qo’llanilishi maqsadga muvofiq:  Til tahlili. Talabalarga lingvistik xususiyatga e'tibor qaratish uchun mazmunli ma’lumotlar berilgan kontekst beriladi. Bu mashq orqali, ular aniqlash, solishtirish, bir qoida taklif va tasdiqlash yoki rad etish kerak bo’ladi. Xatoni aniqlang. Talabalarga bir qancha xatolar bor kontekst taqdim etiladi. Ular xatolarni aniqlashlari va ularni tuzatishi kerak bo’ladi.  Gaplarni joylashtiring. Talabalar so'zlarni tog’ri tartibda joylashtirib aniq to’g’ri gap tuzishi kerak bo’ladi.  Parafraza. Talabalarga jumlalar beriladi va ularni boshqa so’zlar bilan aytish talab qilinadi.  Savolni javob bilan moslang. Talabalarga bir nechta ma'lumotlar va javoblari bilan ha/yo'q savollari turli tartibda beriladi. Ular savolning turini ajrata olishlari va unga mos javobni topib moslashtirishi kerak. Til xabardorligi texnikasi kommunikativ va konstruktiv yondashuvlarga asoslanib talaba til o'rganish jarayonining markazi hisoblanadi va o’rganish jarayonida faol ishtirok etadi. Ushbu yondashuvlar uchun o'qitish va o'rganish jarayoni dinamik, ishtirokiy va interaktiv tarizda bo’ladi. O'qituvchi talabalarga oldingi bilimlarini faollashtirish, yangi va muhim bilimlar qurish va ularning uzoq muddatli xotirasiga kiritilishda yo’l ko’rsatadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Bourke, J. 2008. “A Rough Guide to Language Awareness”. Teaching Forum, 1: 12-21.
  2. Brown, D. 2000. Principles of Language Learning and Teaching. New York: Longman Pearson Education
  3. Scrivener, J. 2005. Learning Teaching, Great Britain: Macmillan.
  4. Restrepo, A. 2006. Implementing Language Awareness Approach to Grammar Through Topics. On Line. December 06th, 2011.Accessible in http://tesis.udea.co/

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010965
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2412
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
337–339
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07