Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

TALABALARNING NATIJALARINI YAXSHILASHDA SHAXSIYLASHTIRILGAN TA‘LIMNING SAMARADORLIGI

Hamroyeva Nodira SalohiddinovnaSamarqand davlat chet tillar instituti 1-kurs talabasi2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 328–330

Annotatsiya

Mazkur maqolada talabalarning natijalarini har tomonlama yaxshilashga qaratilgan shaxsiylashtirilgan ta‘lim hamda uning samaradorligi haqida so‘z boradi. Shu bilan birga shaxsiy yo‘nalishdagi ta‘lim tizimining mahsuldorligi sifatlari ta‘kidlab o‘tiladi. Talabalar uchun turli xil differensial yondashuvlar va o‘quv dasturlari taklif etiladi. Bularning barchasi o‘quvchi qaratilgan individuallashtirilgan o‘qitishning unumliligini oshirishga yordam beradi.

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНОСТЬ ПЕРСОНАЛИЗИРОВАННОГО ОБУЧЕНИЯ В УЛУЧШЕНИИ РЕЗУЛЬТАТОВ СТУДЕНТОВ

В статье говорится о персонализированном обучении, направленном на всестороннее улучшение результатов студентов, и о его эффективности. Вместе с тем подчёркиваются продуктивные качества индивидуально ориентированной системы обучения. Для студентов предлагаются различные дифференцированные подходы и учебные программы. Всё это способствует повышению продуктивности индивидуализированного обучения, ориентированного на учащегося.

inglizchaTHE EFFECTIVENESS OF PERSONALIZED LEARNING IN IMPROVING STUDENTS‘ RESULTS

This article discusses personalized learning aimed at comprehensively improving students‘ results and its effectiveness. At the same time, the productive qualities of an individually oriented education system are emphasized. Various differentiated approaches and curricula are proposed for students. All of this helps to increase the productivity of learner-centred individualized instruction.

Kalit so‘zlar

  • дифференцированные подходы
  • индивидуальные планы
  • технологические ресурсы

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15116596

TALABALARNING NATIJALARINI YAXSHILASHDA SHAXSIYLASHTIRILGAN TA’LIMNING SAMARADORLIGI Hamroyeva Nodira Salohiddinovna Samarqand davlat chet tillar instituti 1-kurs talabasi E-mail: nodirahamroyeva2309@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada talabalarning natijalarini har tomonlama yaxshilashga qaratilgan shaxsiylashtirilgan ta’lim hamda uning samaradorligi haqida so’z boradi. Shu bilan birga shaxsiy yoʻnalishdagi ta’lim tizimining mahsuldorligi sifatlari ta’kidlab oʻtiladi. Talabalar uchun turli xil differensial yondashuvlar va oʻquv dasturlari taklif etiladi. Bularning barchasi oʻquvchi qaratilgan individuallashtirilgan oʻqitishning unumliligini oshirishga yordam beradi. Kalit soʻzlar: differensial yondashuvlar, shaxsiy re’jalar, texnologik resurslar, "Mastery Learning" Self-Determination Teory", "ALEKS" tizimi, ijtimoiy va madaniy kontekst.

Shaxsiylashtirilgan ta’lim - bu har bir talabaning individual ehtiyojlari, qiziqishlari, qobiliyatlari inobatga olgan holda oʻqitish jarayonini tashkil qilish. Ushbu yoʻnalishdagi ta’lim oʻquvchilar bilimini oshirishga, mustahkamlashga, qobilyatini shakllantirishga, oʻz-oʻzini rivojlantirishga hamda mustaqil fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishda unumlilik ya’ni samaradorlik ta’minlaydi. Shuningdek, individuallashtirilgan oʻqitish tizimini samarali qilish uchun oʻqituvchilarning malakasini oshirish, shaxsiy rejalar ishlab chiqish, zamonaviy interaktiv texnologik resurslardan foydalanish zarur. Natijada, talabalarning darslarini oʻzlashtirish qobilyati yaxshilanadi. Keling, shaxsiylashtirilgan ta’limning samaradorlik sifatlari haqida gaplashsak.

1. Bilimlarning chuqurroq oʻzlashtirilishi. Bu sifatga Benjamin Bloom "Mastery learning" yondashuvini taklif qilgan boʻlib, oʻquvchilar bilimlarini individual tezlikda oʻzlashtirish kerakligini ta’kidlaydi. Agar talabalar ularga mos keladigan usulda ta’lim olsa, mavzularni chuqurroq anglab, yaxshi oʻzlashtiradi. Misol uchun, ingliz tili darsida oʻquvchilarni bilim darajasi boʻyicha uch guruhga ajratish. Kuchsiz guruh "elementary" deb nomlangan guruhda noldan boshlab, bilimini mustahkamlaydi, "intermediate" oʻrta daraja guruhida matnlar, zamonlar bilan shugʻullanadi, kuchli "advanced" guruh esa murakkab mavzular bilan ishlaydi. Har bir oʻquvchi oʻz ehtiyojiga mos mavzularni yaxshiroq tushunib bilimlarini mustahkamlaydi.

2. Motivatsiyaning ortishi. Shaxsiy qiziqishlarga mos keladigan oʻquv jarayonlari talabalar oʻrtasida yuqori darajadagi oʻquv motivatsiyasini yaratadi. Bunga qoʻshimcha qilib aytadigan boʻlsak, Edward L. Deci va Richard M. Ryan oʻz-oʻzini boshqarish nazariyasini ( Self-Determination Theory) ishlab chiqqan va talabalarning motivatsiyasi shaxsiylashtirilgan yondashuv orqali oshishi mumkinligini isbotlagan. Misol qilib aytish mumkunki, maxsus yondashuvli ta’limda oʻquvchilar oʻzlari qiziqishlariga mos mavzuga yokida jarayonga oʻquv loyihalari yaratishadi handa ular gamifikatsiya orqa ragʻbatlantiriladi. Oʻquvchilar topshiriqni bajargani uchun ball va mukofot oladi. Ushbu usul talabalar orasida raqobat ortishi orqali umumiy bilim darajasi oshishiga yordam beradi.

3. Texnologiyalardan foydalanish -talabalar uchun adaptiv dasturiy ta’minotlardan foydalanishdir. Masalan " ALEKS " tizimini olsak. Ushbu dastur oʻquvchining bilim darajasini baholab, bilim boʻshliqlarini aniqlab unga moslashgan mashqlarni taklif etadi. Bu dastur shu jihatlari orqali shaxsiylashtirilgan ta’lim jarayonini samarador qilishga yordam beradi. Chunki "

ALEKS" tizimi bilan boʻshliqlarini toʻldirishga, shaxsiy yondashuvga hamda ta’limga katta e’tibor qaratadi. Bundan tashqari Sugata Mitra "Hole in the Wall" tajribasi ham texnologiyalar talabalarning oʻz-oʻzidan oʻqishini qanday qoʻllab-quvvatlashini koʻrsatadi. Hole in the Wall texnikasi – bu ta’limga minimal aralashuv orqali bolalarni o’z-o’zidan o’rganishga rag’batlantirishga asoslangan ta’limiy yondashuv bo’lib, uni 1999-yilda hind olimi Sugata Mitra ishlab chiqdi. Bu tajriba bolalarga kompyuter va internetga erkin kirish imkoniyatini berish orqali ularning mustaqil ta’lim olish qobiliyatlarini o’rganishga qaratilgan 4. Talabalar ishtirokini ta’minlash. Lev Vygotsky o’zining ijtimoiy o’rganish nazariyasida o’rganishni ijtimoiy va madaniy kontekstda qarab, shaxsiylashtirilgan ta’limda talabaning faol ishtirokini ta’minlashni muhim deb hisoblaydi. Bilimni mustahkamlash yoʻlida asosiy narsa ham ishhtirok hisoblanadi. Shu sababli har bir oʻquvchining ishtirokini ta’minlash maqsadida ulardan semestr boshida maqsad va rejalarini yozib topshirish soʻralishi shu bilan birga har haftada ularning maqsadga erishish jarayoni tahlil qilinishi kerak. Ularda shu paytda ma’suliyat hissi avvalgidanda oshadi va ular qoʻllaridan kelgancha har doim darslarda shtirok etishadi.

5. Mentorlik dasturlari samaradorligi. Mentorlik dasturlari — bu tajribali mutaxassislar (mentorlar) tomonidan yangi boshlovchilar yoki rivojlanayotgan kadrlarni (mentilarni) qo’llab-quvvatlash, yo’l-yo’riq ko’rsatish va bilim almashish jarayonidir. Ushbu dasturlar ta’lim, biznes va boshqa sohalarda keng qo’llanilib, ishtirokchilarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Universitetda har bir talaba uchun ustoz tayinlanadi. Masalan, talabaga akademik masalalarni hal qilishda yoki karera rejalashtirishda individual yordam beriladi. Talabalar bilan muntazam ravishda maslahatlashuvlar o’tkaziladi. Natijada, talabaning qiyinchiliklarga yechim topish ko’nikmalari rivojlanadi, ta’lim jarayonida ishonch va motivatsiya oshadi. Mentorlik dasturlari samaradorligi haqida Edward Deci va Richard Ryan shunday dedi (2000): " Ularning o’z-o’zini boshqarish nazariyasida mentorlar shaxsiylashtirilgan yondashuv orqali talabalarga maqsadga yo’naltirilgan ta’limni ta’minlashda yordam beradi. Bu talabalarning ichki motivatsiyasini oshiradi va o’ziga ishonchini kuchaytiradi." Agar shaxsiylashtirilgan ta’limning yuqorida keltirilgan yondashuvlari toʻliq va samarali ijro etilsa, ko’plab natijalarga erishish mumkin. Misol uchun, " Mastery learning " tamoyillari asosida talabalar darajalariga mos guruhda oʻqib, tezlik bilan bilimini kuchaytiradi. Yokida " Hole in the Wall " tajribasini olsak. Bu texnika orqali oʻquvchilar darsdan tashqari ham mustaqil ta’lim olish imkoniyatiga ega.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, shaxsiylashtirilgan ta’lim talabalar natijalarini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradigan samarali yondashuvlardan biridir. Bu nafaqat talabalar koʻrsatkich natijalarini yaxshilaydi, balki ta’lim tizimini butunlay yangi darajaga olib chiqadi. Talabalarda turli xil qobilyatlar shakllanadi, bilimni chuqur oʻzlashtiradi va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Natijada, ta’lim jarayoni yaxshilanib, talaba yoshlar kelajakda muvaffaqiyatli mutaxassis boʻlib yetishadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. B.S. Bloom Mastery learning. Educational Leadership, 1984. – P. 4-17.
  2. E.L. Deci, R.M. Ryan The "What" and "Why" of goal pursuits: Human needs and the self- determination of behavior. Psychological Inquiry, 2000. – P. 227-268.
  3. S. Mitra. The Hole in the Wall: Self-organizing system in education. 2003.–35 p.
  4. L.S. Vygotsky. Mind in society: The development of higher psychological processes. Harvard University Press. 1978. – P. 56-67.
  5. E.L. Deci, R.M. Ryan. Self-determination theory and the facilitation of intrinsic motivation, social development, and well-being. 2000. – P. 77-89.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010962
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2415
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
328–330
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07