INGLIZ TILI DARSLARIDA O‘QISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLARNING AHAMIYATI
Jabborova Dilafruz Sharofovna1, Jo‘rayeva Feruzabonu Yorqin qizi22025
- 1Zarmed universiteti o‘qituvchisi
- 2Zarmed universiteti 3-bosqich talabasi
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 323–325
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tilida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlarining ahamiyati tahlil qilinadi. Ingliz tilini o‘rganishda o‘qish ko‘nikmalari nafaqat so‘z boyligini kengaytirish, balki grammatik bilimlarni mustahkamlash va matnni tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda o‘qish jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy metodlar, xususan, kontekstga asoslangan o‘qish, skimming va scanning texnikalari, interaktiv o‘qish hamda differensial yondashuv kabi usullar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ushbu metodlarning o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga, ularning fikrlash qobiliyatiga va mustaqil ta‘lim olish ko‘nikmalariga ta‘siri o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini tasdiqlaydi va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Boshqa tillarda
ruschaЗНАЧЕНИЕ МЕТОДОВ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ЧТЕНИЯ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА
В статье анализируется значение методов развития навыков чтения на английском языке. При изучении английского языка навыки чтения играют важную роль не только в расширении словарного запаса, но и в закреплении грамматических знаний и формировании умения анализировать текст. В исследовании рассматриваются современные методы, направленные на повышение эффективности процесса чтения, в частности контекстное чтение, техники скимминга и сканирования, интерактивное чтение и дифференцированный подход. Также изучается влияние этих методов на уровень усвоения учащихся, на их мыслительные способности и на навыки самостоятельного обучения. Результаты исследования подтверждают эффективность применения современных педагогических технологий в преподавании английского языка и содержат рекомендации по их внедрению в практику.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF METHODS FOR DEVELOPING READING SKILLS IN ENGLISH LANGUAGE LESSONS
This article analyses the importance of methods for developing reading skills in English. In learning English, reading skills play an important role not only in expanding vocabulary but also in consolidating grammatical knowledge and forming the ability to analyse a text. The study examines modern methods aimed at increasing the effectiveness of the reading process, in particular context-based reading, skimming and scanning techniques, interactive reading and the differentiated approach. The article also studies the impact of these methods on learners‘ level of achievement, on their thinking ability and on their independent learning skills. The results of the study confirm the effectiveness of applying modern pedagogical technologies in teaching English and provide recommendations for introducing them into practice.
Kalit so‘zlar
- английский язык
- навыки чтения
- современные методы обучения
- чтение на основе контекста
- интерактивное чтение
- дифференцированный подход
- скимминг
- сканирование
- самостоятельное обучение
- педагогические технологии
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15116570
INGLIZ TILI DARSLARIDA O‘QISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLARNING AHAMIYATI Jabborova Dilafruz Sharofovna Zarmed universiteti o’qituvchisi Jo’rayeva Feruzabonu Yorqin qizi Zarmed universiteti 3- bosqich talabasi E-mail: dilafruzjabborova12345@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tilida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlarining ahamiyati tahlil qilinadi. Ingliz tilini o‘rganishda o‘qish ko‘nikmalari nafaqat so‘z boyligini kengaytirish, balki grammatik bilimlarni mustahkamlash va matnni tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda o‘qish jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy metodlar, xususan, kontekstga asoslangan o‘qish, skimming va scanning texnikalari, interaktiv o‘qish hamda differensial yondashuv kabi usullar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada ushbu metodlarning o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga, ularning fikrlash qobiliyatiga va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalariga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini tasdiqlaydi va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: ingliz tili, o‘qish ko‘nikmalari, zamonaviy ta’lim metodlari, kontekstga asoslangan o‘qish, interaktiv o‘qish, differensial yondashuv, skimming, scanning, mustaqil ta’lim, pedagogik texnologiyalar.
Ingliz tilini o‘rganishda o‘qish ko‘nikmalari o‘quvchilarning til o‘zlashtirish jarayonida muhim o‘rin tutadi. O‘qish nafaqat so‘z boyligini oshirish, balki tilni to‘liq tushunish va amaliy qo‘llanilishida o‘quvchilarga yordam beradigan asosiy ko‘nikmadir. O‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarga grammatika, leksika, va matnni tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda yordam beradi. Ingliz tili darslarida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llash, o‘quvchilarga yanada samarali o‘rganish imkoniyatlarini yaratadi va ular tilni yanada mustahkam o‘zlashtiradilar. Ushbu maqolada ingliz tili darslarida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan asosiy metodlar, ularning afzalliklari va amaliyotdagi qo‘llanilishi haqida batafsil tahlil qilinadi. Ingliz tilini o‘rganishda o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos ahamiyati mavjud. O‘qish, nafaqat tilni o‘zlashtirishning samarali usulidir, balki o‘quvchilarga quyidagi ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun zarurdir:
Grammatika va leksikani o‘rganish: O‘qish jarayonida o‘quvchilar yangi so‘zlar va grammatik strukturalarni o‘rganadilar. Bu so‘zlar va iboralar matn kontekstida aniqroq tushuniladi va o‘quvchiga yangi tilda fikr yuritishga yordam beradi.
Matnni tahlil qilish va tushunish: O‘qish, o‘quvchiga matnni to‘g'ri tushunish, uni tahlil qilish va matnning asosiy fikrini aniqlashda yordam beradi. O‘quvchilar matnlarni o‘qish orqali nafaqat tilni o‘rganadilar, balki madaniyat va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar.
Tengdosh til ko‘nikmalarini o‘rganish: O‘qish jarayonida o‘quvchilar boshqa tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularni yangi tilga o'rganishga rag‘batlantirishadi. Ingliz tilini o‘rganish jarayonida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchiga tilni mukammal o‘zlashtirishda yordam beradi va ularni aniq ifodalash, fikrlarini ifoda etish va tilni samarali qo ‘llashga o‘rgatadi.
Ingliz tili darslarida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda quyidagi metodlar qo‘llaniladi; 1. Kontekstga Asoslangan O‘qish (Contextualized Reading). Kontekstga asoslangan o‘qish metodida o‘quvchilar matnni faqat uning so‘z ma‘nosini o‘rganish uchun emas, balki uni umumiy kontekstda tushunish uchun o‘qishadi. Bu metodda o‘quvchilarga matnning umumiy mazmunini tushunishga, so‘zlar va iboralarning kontekstdagi ma‘nolarini aniqlashga yordam beriladi. Misol uchun, o‘quvchilarga matnni o‘qib, keyinchalik unga tegishli savollarga javob berish va matndagi asosiy g‘oyalarni ajratish vazifasi topshiriladi. Bu metod o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va mantiqiy tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.
2. Skimming va Scanning Texnikalari. Skimming va scanning metodlari o‘qish jarayonini tezlashtirish va samarali qilish uchun qo‘llaniladi. Skimming metodi matnni umumiy mazmunini tezda tushunishga yordam beradi. Bu metodda o‘quvchilar matnni tez o‘qib, asosiy g‘oya yoki mazmunni aniqlashga harakat qiladilar. Scanning metodi esa aniq ma’lumotni izlash uchun qo‘llaniladi, masalan, matndan belgilangan so‘z yoki raqamlarni topish. Bu metodlar o‘quvchilarga vaqtni tejash va ma’lum ma’lumotni tezda topish imkonini beradi.
3. Interaktiv O'qish Metodi. Interaktiv o‘qish metodida o‘quvchilar dars davomida o‘qish jarayoniga faol ishtirok etadilar. Bu metodda o‘quvchilarga matnni o‘qish, uning mazmunini tushunish, fikrlarini ifoda etish va bir-birlari bilan muhokama qilish vazifalari beriladi. Bu usul o‘quvchilarning o‘qish va muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, o‘quvchilarning tilga bo‘lgan ishtiyoqi ortadi, chunki ular o‘qish jarayonida bir-biri bilan fikr almashishadi.
4. Differensial O'qish (Differentiated Reading). Differensial o‘qish metodida o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlari hisobga olinadi. Bu metodda o‘quvchilarga turli darajadagi va turli mavzudagi matnlar taqdim etiladi. Har bir o‘quvchi o‘ziga mos materiallar bilan ishlaydi, bu esa o‘qishning samaradorligini oshiradi. O‘quvchilar o‘z darajasiga mos matnlarni o‘qib, o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar.
5. Tahlilga Yondashuv (Analytical Approach). Bu metodda o‘quvchilarga matnni batafsil tahlil qilish va uning tuzilishini o‘rganish topshiriladi. O‘quvchilar matnning asosiy qismlarini ajratib, har bir bo‘limni alohida tahlil qilishadi. Bunday tahlil orqali o‘quvchilar nafaqat matnni to‘liq tushunadilar, balki uning tuzilishini va xususiyatlarini ham o‘rganadilar.
Xulosa. Ingliz tili darslarida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish o‘quvchilarning tilni to‘liq va samarali o‘zlashtirishlariga yordam beradi. O‘qish metodlarini amaliyotda qo‘llash, o‘quvchilarga matnlarni to‘liq tushunishga va tahlil qilishga imkon yaratadi. Skimming, scanning, kontekstga asoslangan o‘qish, interaktiv yondashuv va texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. O‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodlari ingliz tili o‘rgatishda samarali vosita bo‘lib, o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonini yanada qulay va muvaffaqiyatli qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Anderson, N. J. (2008). Metacognitive Reading Strategies in L2 Reading Comprehension: A Critical Review. Modern Language Journal, 92(4), 1–22.
- Grabe, W. (2009). Reading in a Second Language: Moving from Theory to Practice. Cambridge University Press.
- Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching (4th ed.). Longman.
- JABBOROVA D. S., qizi JURAYEVA S. J. THEORETICAL ASPECTS OF THE DEVELOPING LANGUAGE SKILLS //E-Conference Globe. – 2021. – С. 256-260.
- Sharofovna J. D. NEW PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES //MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS. – 2021. – С. 109.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010960
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2417
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 323–325
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07