INGLIZ TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Vosiyeva Shaxnoza IslamovnaBuxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich tayanch doktoranti2025
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 291–293
Annotatsiya
Ta‘lim jarayoniga zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to‘g‘ri, unumli foydalanish, ular orqali o‘quvchida chet tiliga bo‘lgan qiziqishni orttirish, o‘qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta‘limning innovatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug‘iladi va talab ortadi. Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o‘qitish sifatini ta‘minlash, chet tillarida erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, chet tillarni o‘zlashtirish orqali jahon ta‘lim standartlariga javob beradigan yetuk kadrlarni tayyorlash yurtimizda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohotining maqsadlaridan biridir.
Boshqa tillarda
ruschaПЕРСПЕКТИВЫ ВНЕДРЕНИЯ СОВРЕМЕННЫХ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА
Внедрение современных коммуникационных технологий в образовательный процесс, их целенаправленное, правильное и продуктивное использование, повышение с их помощью интереса учащихся к иностранному языку и рост эффективности обучения считаются важнейшей задачей. Благодаря этому создаются возможность и потребность в применении инновационных образовательных технологий. Сегодня обеспечение качества обучения подрастающего молодого поколения иностранным языкам, коренное совершенствование системы подготовки специалистов, свободно владеющих иностранными языками, и подготовка зрелых кадров, отвечающих мировым образовательным стандартам, посредством освоения иностранных языков являются одной из целей осуществляемой в нашей стране реформы образования.
inglizchaPROSPECTS FOR INTRODUCING MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN ENGLISH LANGUAGE LESSONS
Introducing modern communication technologies into the educational process, using them purposefully, correctly and productively, increasing learners‘ interest in a foreign language through them and raising the effectiveness of teaching is considered the most important issue. This creates the opportunity and increases the demand for the use of innovative educational technologies. Today, ensuring the quality of foreign language teaching for the rising young generation, radically improving the system of training specialists who can speak foreign languages fluently, and preparing well-qualified personnel who meet world educational standards through the mastery of foreign languages are among the aims of the educational reform being carried out in our country.
Kalit so‘zlar
- коммуникативная методология
- преподавание французского языка
- традиционный и интенсивный метод
- языковой барьер
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15116071
INGLIZ TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI Vosiyeva Shaxnoza Islamovna Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich tayanch doktoranti E-mail: vasiyevashakhnoza@gmail.com
Annotatsiya. Ta‘lim jarayoniga zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to‘g’ri, unumli foydalanish, ular orqali o‘quvchida chet tiliga bo‘lgan qiziqishni orttirish, o‘qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta‘limning innovatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab ortadi. Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o‘qitish sifatini ta‘minlash, chet tillarida erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, chet tillarni o‘zlashtirish orqali jahon ta‘lim standartlariga javob beradigan yetuk kadrlarni tayyorlash yurtimizda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohotining maqsadlaridan biridir. Kalit so’zlar: kommunikativ metodologiya, frantsuz tilini o'qitish, an'anaviy va intensiv usul, til to'sig'i.
Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o‘qitish sifatini ta‘minlash, chet tillarida erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, chet tillarni o‘zlashtirish orqali jahon ta‘lim standartlariga javob beradigan yetuk kadrlarni tayyorlash yurtimizda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohotining maqsadlaridan biridir. Til o‘rgatishdagi imkoniyatlarni aniqlash va ularni yuzaga chiqarishda o‘qituvchining bilimi, ijodkorligi, talabalarni o‘z faniga nisbatan muhabbatini uyg‘ota olishi, talaba bilan hamkorlik munosabatini o‘rnatish hozirgi davr talabini taqozo etadi. Chet tillarini o‘rgatishni yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta‘lim muassasalari uchun chet tillarini yuqori darajada egallagan malakali o‘qituvchilarni tayyorlash darajasi va sifatini yuksaltirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta‘minlash maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga aytish joizki, har bir o‘rganilayotgan tilning o‘ziga xos qonun-qoidalari, sir-sinoatlari mavjud. Xalqaro standartlarga javob beruvchi yetuk mutaxassis kadr bo‘lish uchun o‘rganuvchidan tilning eng nozik qatlamlarini nazardan qoldirmaslik talab etiladi.
Dunyo aholisining ko‘pchiligi ikki va undan ortiq tilda gaplasha oladi. Albatta, bu tillarning dastlabkisi o‘zining ona tilisi bo‘lib, ko‘pchilik tilshunoslar nafaqat o‘rganilayotgan chet tilini, balki ona tilini o‘zlashtirish uchun ham alohida sharoit yaratilishi kerak deb hisoblaydilar. Ta`kidlab o`tish joizki , xorijiy tillarni o`rganish borasida qilinayotgan islohotlar natijasida o`sib kelayotgan yangi avlod maktabgacha ta‘lim muassasasidan tortib oliy ta`lim muassasasigacha ona tili va chet tilini bir paytning o`zida taqqoslab o`rganadilar.
Respublikamizda chet tilining o‘qitilishi, chet tili o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra umumta‘lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o‘quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o‘rganishga bo‘lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to‘rt aspectga (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) bo‘linib, ularning har biri bo‘yicha alohida tushuncha va ko‘nikmalar berilmoqda. Ta‘lim texnologiyalari, bu ta‘lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta‘lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o‘rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o‘rganishning har bir aspect (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo‘l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta, kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o‘rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o‘quvchi bir paytning o‘zida so‘zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so‘z boyligi va uning ma‘nolariga e‘tibor Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, chet tillarini o‘rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berildi. Bugun jahon hamjamiyati o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo‘qdir. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012- yil 10- dekabrda qabul qilingan ―Chet tillarini o‘rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida‖gi Prezident Qarori chet tillarini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. Shuningdek ,2021-yil 19-maydagi PQ- 5117-son qaroriga muvofiq, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2022/2023- o‘quv yilidan boshlab, davlat ta‘lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim; 2022/2023 -o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta‘lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim; 2024/2025- o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta‘lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim; 2024/2025- o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta‘lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Jahon ta‘lim tizimidagi tub islohotlar talabalarning chet tillarni mukammal o‘rganishlari, barcha sohalarda chet tilini bilgan holda o‘zlarini namoyon eta olishlari uchun zarur shart- sharoit yaratib berish, ularning xorijiy tilda og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish muammolarini ilgari surmoqda.
Yosh avlodni chet tillariga o‘qitish hamda shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish negizida, yoshlarning jahon tamadduni yutuqlari hamda butun dunyo axborot resurslaridan foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish asosiy maqsad qilib qo‘yildi. Chet tilini o‘qitish maqsadlari jamiyat talabi, ijtimoiy buyurtmasi, sharoiti, siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Chet tili o‘qitish maqsadlari jamiyat taraqqiyotiga va rivojlanishiga bog’liq. Oliy ta’lim muassasalarida chet tilini o‘qitish o‘z maqsadlariga ega, chet tilidan ta‘lim berayotgan barcha murabbiylar, albatta, uni oldindan aniqlab olmog’i darkor. Zero, olimlar O‘.Hoshimov va I.Yoqubov ―Ingliz tili o‘qitish metodikasi kitobida aytganidek, chet tili o‘qitish maqsadlari o‘qitish mazmunini, vositasini, metodlarini, tamoyillarini aniqlaydi. Talabalar oliy ta‘lim muassasasini tugatayotganlarida inglizcha fikrni og’zaki, yozma qabul qila olishi, tushuna olishi va og’zaki, yozma ravishda bayon qila olishi talab qilinadi. Tillarga ixtisoslashmagan oliy ta‘lim muassasalarida dars soatlarining soni shu muassasalarga oid dasturlarda beriladi.
Ular nutqni urgatishda asos bo‘ladi. Mazmunni tanlashda o‘qitish, o‘rgatishni metodik tashkil qilish hisobga olinadi. O‘qitish mazmuni, o‘qitishning shart-sharoiti bilan bog’liqdir. Chet tili o‘qitish maqsadi o‘qitish mazmunining hajmiga ham ta‘sir etadi. Hozirgi davrda chet tili o‘qitishni tubdan o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Uning quyidagi 3 ta talabi bor.
1.Chet tili o‘qitish ilmiy saviyasini va amaliy yo‘nalishda bo‘lishini oshirish; 2.Chet tili predmetining tarbiyaviy tomonini kuchaytirish; 3.Chet tili o‘quv predmetini mustaqil egallash.
Birinchi talab 2 xil yo‘l bilan amalga oshirilish mumkin.
1- yo‘l. O‘qitish mazmunini o‘zgartirish.
2- yo‘l. Chet tili o‘qitish metodikasini qayta qurish.
Qayta qurishda hozirgi davrda javob bermaydigan eski metod, yo‘l usullarni chiqarib tashlab ta‘lim-tarbiya berish, o‘qitish tizimini mukammallashtirishdir. Chet tili metodikasining ilmiy saviyasini oshirish ilg’or tajribalarni ommalashtirish, lingvistikani, psixologiyani, pedagogika, psixolingvistika yangiliklari asosida metodikani qayta qurishdir. Chet tili o‘qitishni amaliy yo‘nalishda bo‘lishi uchun o‘quvchi, talaba diqqatini chet tili ustida mustaqil ishlash va malaka ko‘nikmasiga qaratish lozim.
O‘zbekiston Respublikasida ingliz tilini o‘qitish tizimini tubdan isloh qilish vazifasi butun mamlakat pedagogik jamoasi va mutaxassislar oldiga qo‘yilganligi, xorijiy tillarni o‘qitishda uzluksizlik va uzviylik, ilg’or pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikasiya tizimlari, elektron va multimedia darsliklarini yaratish vazifalarini amalga oshirishni taqozo etayotgani, biroq aynan uzluksizlik va uzviylik, innovasion pedagogik va axborot-kommunikasion texnologiyalarini qo‘llash va ular asosida zamonaviy ingliz tili darslarini loyihalashga bo‘lgan ehtiyoj mazkur tadqiqot ishining dolzarbligini belgilaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Азимов, Э. Г. Словарь методических терминов (теория и практика преподавания языков) [Текст] / Э. Г. Азимов, А. Н. Щукин. - СПб. : Златоуст, 2009.- 159 с.
- Алексеева, В. В. Методика обучения переводу деловых писем с листа (китайский язык) [Текст] : дис. ... канд. пед. наук : 13.00.02 / В. В. Алек- сеева.- М., 2006. - 184 с.
- Vosiyeva Sh.I. “The text is the main linguistic unit of the content of teaching a foreign language in primary education” “Excellencia: Internation multi-disciplanary journal education”,
- 8. Volume 2, Issue 04, 2024 ISNN (E): 2994-9521 raqamli xalqaro impakt faktor jurnal
- Vosiyeva Sh.I. The advantages of using information technologies in teaching english as a foreign lamguage Eurasian Scientific Herald (ESH),December, 2024, volume 38, ISSN (E): 2795-7365, SJIF: 7.619, JIF: 9.765
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010948
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2429
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 291–293
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07