Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

LOTIN TILIDA SIFATLARNI O‘RGANISHDA YUZAGA KELADIGAN GRAMMATIK MUAMMOLAR VA ULARNI TUSHUNISH

Sunnatullayeva Arjumanbegim1, Raxmatova Sunbula22025

  1. 1Stomatologiya fakulteti 1-bosqich talabasi
  2. 2Samarqand Zarmed universiteti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 272–274

Annotatsiya

Ushbu maqolada lotin tilida sifatlarni o‘rganishda yuzaga keladigan grammatik muammolar va ularni tushunish masalalari tahlil qilinadi. Lotin tili tibbiyot ta‘limida muhim o‘rin egallaydi va ko‘plab ilmiy atamalar ushbu tilda shakllangan. Tadqiqot davomida lotin tilida sifatlarning jinsi, soni va kelishikka qarab o‘zgarishi o‘zbek tilida uchramasligi sababli o‘quvchilarga qanday qiyinchiliklar tug‘dirishi tahlil qilinadi. Maqolada lotin tilidagi grammatik tizimni yaxshiroq tushunish uchun zarur bo‘lgan lingvistik va metodologik yondashuvlar bayon etiladi. Shuningdek, tibbiy terminologiyani o‘zlashtirish jarayonida sifatlarning turlanish qoidalariga rioya qilish muhimligi ta‘kidlanadi.

Boshqa tillarda

ruschaГРАММАТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ, ВОЗНИКАЮЩИЕ ПРИ ИЗУЧЕНИИ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ В ЛАТИНСКОМ ЯЗЫКЕ, И ИХ ПОНИМАНИЕ

В статье анализируются грамматические трудности, возникающие при изучении прилагательных в латинском языке, и вопросы их понимания. Латинский язык занимает важное место в медицинском образовании, и многие научные термины сформировались именно на нём. В ходе исследования анализируется, какие трудности возникают у обучающихся из-за того, что изменение прилагательных по роду, числу и падежу, свойственное латинскому языку, отсутствует в узбекском языке. В статье излагаются лингвистические и методологические подходы, необходимые для лучшего понимания грамматической системы латинского языка. Также подчёркивается важность соблюдения правил склонения прилагательных в процессе освоения медицинской терминологии.

inglizchaGRAMMATICAL PROBLEMS ARISING IN THE STUDY OF ADJECTIVES IN LATIN AND THEIR UNDERSTANDING

This article analyses the grammatical problems that arise in the study of adjectives in Latin and the issues of understanding them. Latin occupies an important place in medical education, and many scientific terms have been formed in this language. In the course of the study it is analysed what difficulties learners face because the change of adjectives according to gender, number and case that exists in Latin does not occur in the Uzbek language. The article sets out the linguistic and methodological approaches necessary for a better understanding of the grammatical system of Latin. It also emphasizes the importance of observing the rules of adjective declension in the process of mastering medical terminology.

Kalit so‘zlar

  • латинский язык
  • склонение прилагательных
  • медицинская терминология
  • грамматические трудности
  • лингвистические особенности
  • медицинское образование
  • методика обучения
  • фонологический анализ
  • медицинские науки
  • стратегии изучения языка

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15115683

LOTIN TILIDA SIFATLARNI O‘RGANISHDA YUZAGA KELADIGAN GRAMMATIK MUAMMOLAR VA ULARNI TUSHUNISH Sunnatullayeva Arjumanbegim Sromatologiya fakulteti 1- bosqich talabasi Rahbar: Raxmatova Sunbula Samarqand Zarmed universiteti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada lotin tilida sifatlarni o‘rganishda yuzaga keladigan grammatik muammolar va ularni tushunish masalalari tahlil qilinadi. Lotin tili tibbiyot ta’limida muhim o‘rin egallaydi va ko‘plab ilmiy atamalar ushbu tilda shakllangan. Tadqiqot davomida lotin tilida sifatlarning jinsi, soni va kelishikka qarab o‘zgarishi o‘zbek tilida uchramasligi sababli o‘quvchilarga qanday qiyinchiliklar tug‘dirishi tahlil qilinadi. Maqolada lotin tilidagi grammatik tizimni yaxshiroq tushunish uchun zarur bo‘lgan lingvistik va metodologik yondashuvlar bayon etiladi. Shuningdek, tibbiy terminologiyani o‘zlashtirish jarayonida sifatlarning turlanish qoidalariga rioya qilish muhimligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: lotin tili, sifatlarning turlanishi, tibbiy terminologiya, grammatik qiyinchiliklar, lingvistik xususiyatlar, tibbiy ta’lim, o‘quv metodikasi, fonologik tahlil, tibbiy fanlar, til o‘rganish strategiyalari.

Lotin tili tibbiy taʼlimida o‘ziga xos alohida oʻrin ega hisoblanadi va koʻplab tibbiy atamalarni oʻrganish va tushunish uchun asosiy vosita boʻlib xizmat qiladi. Deyarli barcha zamonaviy tibbiyot sohasiga oid amaliyot hamda ilm-fan lotin tilining lug'atiga asoslanadi, chunki lotin tili tibbiyot va biologiyaning xalqaro muloqot tilidir. Bundan tashqari, Qadimgi Rim va Oʻrta asrlarda yashagan olimlar, faylasuflar va shifokorlar lotin tilida ijod qilganigi sababli tibbiyot lug’atining shakllanishiga asos boʻldi. Rim imperiyasi davrida lotin tili davlat boshqaruvi, fan va madaniyat va tibbiyot tili boʻlgan. Tibbiyot lotin tilida rivojlandi va aynan lotin tili ilmiy risolalar, tibbiy matnlar, retseptlar va operatsiyalar tiliga aylandi.

Rim imperiyasi qulagandan keyin va oʻrta asrlarda milliy tillar rivojlanishiga qaramay, lotin tili taʼlim muassasalari va universitetlarda qoʻllanila boshlandi. O‘sha davr shifokorlari, anatomistlari va faylasuflari qaysi davlatdan bo‘lishidan qat'iy nazar, o‘z tadqiqotlarini yozib olish va hamkasblari bilan muloqot qilish uchun lotin tilidan foydalanganlar. Hozirgi kunga qadar anatomiya, fiziologiya, patologiya va terapiya bilan bog'liq ko‘plab tibbiy atamalar lotin tilidan kelib chiqqan. Bu nafaqat asosiy tibbiy tushunchalarga, balki butun dunyoda qo‘llaniladigan ko‘plab maxsus atamalarga ham tegishlidir. Masalan, inson tanasining barcha anatomik tuzilmalari lotin tilida tasvirlangan: Cranium - bosh suyagi, cor – yurak, os – suyak.

Bu atamalarning har biri shunchaki so‘z emas, balki til va madaniy tafovutlar bo‘lishiga qaramay, butun dunyo shifokorlari va olimlarini birlashtirgan ilmiy tushunchadir.Tibbiyot terminologiyasi lotincha ildizlar, prefikslar va qo‘shimchalardan iborat bo‘lib, bu turli hodisa va jarayonlarni aniq va ravon belgilash imkonini beradi. Misol uchun, "gypotensia" atamasi lotincha "tensio" (kuchlanish) ildiz va "gypo-" prefiksidan (normadan past) iborat bo‘lib, bu qon bosimining pastligi ekanligi haqida aniq tasavvur beradi. Demak, tibbiyot talabasi o‘zining kelajakdagi kasbida qo‘llaydigan barcha lotin tibbiy atamalarni mustahkam bilishi maqsadga muvofiqdir, chunki lotin tili nafaqat umumiy tibbiyot fanlarida, balki tibbiyotning anatomiya, farmakologiya, jarrohlik va boshqalar kabi maxsus sohalarida ham faol qo‘llaniladi. Bu sohalarda organlar, jarayonlar va kasalliklarni aniq tavsiflash uchun lotin terminologiyasi zarur.

Shunday qilib, tibbiyot talabasi lotin terminologiyasini o’rganishi davomida qanday qiyinchiliklarga duch keladi degan savol tug’ulishi tabiiy. Bu savolga javobni ona tilisi o‘zbek tili bo‘lgan talabalar uchun lotin tilidagi sifatlarni o‘rganish bir qator grammatik xususiyatlari tufayli jiddiy qiyinchilik yuzaga kelishini ko‘rib chiqish bilan yoritib berish bilan amalga oshirish mumkin. Lotin tilidagi sifatlar jinsi, soni va kelishikka qarab o‘zgaradi, bu esa ularni tushunish va qo‘llashni o‘zbek tiliga qaraganda ancha qiyinlashtiradi, chunki o‘zbek tilida bunday o‘zgarishlar deyarli uchramaydi. Lotin tilida sifatlar jins (rod-mujskoy, jenskiy va sredniy), son (birlik va ko‘plik) va kelishikda (6 ta) otlar bilan moslashadi. Demak, sifatning shakli shu turkumlarga qarab o‘zgaradi.

Masalan: longus (uzun) – masculinum, Nominativus, singularis longa (uzun) - femininum, Nominativus, singularis longum (uzun) -neutrum, Nominativus, singularis longi (uzun) – masculinum, Nominativus, pluralis O‘zbek talabalari uchun qiyinchilik shundan iboratki, o‘zbek til;ida sifatlarning turlanishining yo‘qligi va lotin tilidagi kabi jins va son farqlari mavjud emasligida. Lotin tilida sifatlarning otlar bilan jins, son va kelishik bo‘yicha mos kelishi kerak. Ushbu shartga majburiy va qat'iy amal qilinishi kerak. Masalan: Musculus longus capitis-boshning uzun muskuli Vena palatina externa-tashqi tanglayga oid vena Cavum profundum-chuqur bo‘shliq Ushbu berilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, musculus,i,m bo‘lganligi uchun longus, a, um sifati bevosita mujskoy rodga qo‘yilgan. Vena,ae,f jenskiy rodda bo‘lganligi uchun palatinus, a, um va externus, a,um dan palatina, externa moslashtirilgan. So‘nggi misolga keladigan bo‘lsak ushbu misolda ot sredniy rodda kelgan shu sababli sifat ot bilan bevosita moslashgan ya’ni profundus, a, um dan profundum qo‘yilgan. Bundan tashqari lotin tilida sifatlar ikki guruhga bo‘linadi va ularning uchta turlanishi mavjud bo‘lib, ularning birinchi va ikkinchi turlanishi (-us (-er), -a, -um=longus, longa, longum) birinchi guruhga va uchinchi turlanishi (-is, -e= frontalis, frontale) ikkinchi guruhga kiradi. Bunday o‘zgarishlarning o‘zbek tilida yo‘qligiga ko‘nikib qolgan talabalar uchun bu qiyin bo‘lishi mumkin. Tibbiyot atamalari, ayniqsa, anatomik va patologik atamalarda sifat grammatik qoidalarga aniq rioya qilinishini talab qiladi. Lotin tilida sifatlarning kelishik, jins va songa ko‘ra o‘zgarishi talabalardan diqqatli bo‘lishni, grammatikaning qoidalarini chuqur tushunishi lozimligini talab qiladi. Bu kabi turlanish tizimi mavjud boʻlmagan oʻzbek tilida talabalarga lotincha sifatlarni oʻrganishidagi qiyinchiliklar ularning oʻzgarishlarni idrok etishga yetarlicha tayyorgarlik koʻrmaganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Shunday qilib, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi tibbiyot talabalari uchun lotin tilidagi sifatlarni o‘rganish katta qiyinchilik tug‘diradi, chunki lotin tili o‘zbek tilidan farq qiladi, murakkab kelishik va turlanish tizimiga ega. Ushbu qiyinchiliklarni yengish grammatikani o‘rganishga tizimli yondashuv, jins, son va holat bo‘yicha sifatlarning o‘zgarishiga diqqat bilan e'tibor berish, shuningdek, tibbiy terminologiyadan foydalanish amaliyoti yordamida mumkin. Lotin tili nafaqat tibbiy atamalarning asosi, balki tibbiy muhitda to‘g'ri muloqot qilishning muhim vositasi ekanligini tushunish muhimdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. X.T. Umarov, Lotin tili va tibbiy-farmatsevtik terminologiya asoslari, Darslik, Toshkent, “Tamaddun”, 2015 yil.
  2. “Лотин тили”, Л.У.Ходжаева, Дарслик, Тошкент, Давлат илмий нашриёти, 2005й.
  3. Rakhmatova, S. A. (2020). THE TEACHER’S SKILL IN THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN THE LESSON. Theoretical & Applied Science, (6), 725-727.
  4. Ahmadjonovna, R. S., Genjibaevna, A. P., Saydullaevna, N. N., Atakulovna, R. N., & Sadulayevna, I. D. (2021). The Teacher's Role in the Effective Organization of the Lesson Process in Foreign Language. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(2), 3072- 3078.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010941
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2436
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
272–274
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07