Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KOGNITIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA "ILK QADAM" DAVLAT O‘QUV DASTURINING TUTGAN O‘RNI

Bazarbayeva Ayjamal KdirbaevnaAjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti assistent o‘qituvchisi2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 266–268

Annotatsiya

Ushbu maqolada "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturining bo‘lajak tarbiyachilarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi. Maktabgacha ta‘lim tizimi bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonda kognitiv qobiliyatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada "Ilk qadam" dasturining asosiy tamoyillari, uning ta‘lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni, shuningdek, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, mustaqil ta‘lim olish, muammolarni hal qilish va ijtimoiy moslashuv kabi qobiliyatlarini rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari "Ilk qadam" dasturining kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishga ko‘rsatadigan ijobiy ta‘sirini tasdiqlaydi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ ГОСУДАРСТВЕННОЙ УЧЕБНОЙ ПРОГРАММЫ «ИЛК КАДАМ» В РАЗВИТИИ КОГНИТИВНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ БУДУЩИХ ВОСПИТАТЕЛЕЙ

В статье изучается роль государственной учебной программы «Илк кадам» в развитии когнитивных способностей будущих воспитателей. Система дошкольного образования направлена на всестороннее развитие детей, и формирование когнитивных способностей имеет в этом процессе важное значение. В статье анализируются основные принципы программы «Илк кадам», её место в процессе обучения и воспитания, а также её эффективность в развитии таких способностей, как логическое мышление, самостоятельное обучение, решение проблем и социальная адаптация. Результаты исследования подтверждают положительное влияние программы «Илк кадам» на развитие когнитивных способностей, а также содержат рекомендации по её совершенствованию.

inglizchaTHE ROLE OF THE “ILK QADAM” STATE CURRICULUM IN DEVELOPING THE COGNITIVE ABILITIES OF FUTURE PRESCHOOL EDUCATORS

This article examines the role of the "Ilk qadam" state curriculum in developing the cognitive abilities of future preschool educators. The preschool education system is aimed at the all-round development of children, and the formation of cognitive abilities is of great importance in this process. The article analyses the main principles of the "Ilk qadam" programme, its place in the process of education and upbringing, as well as its effectiveness in developing such abilities as logical thinking, independent learning, problem solving and social adaptation. The results of the study confirm the positive impact of the "Ilk qadam" programme on the development of cognitive abilities and provide recommendations for its improvement.

Kalit so‘zlar

  • дошкольное образование
  • когнитивные способности
  • программа «Илк кадам»
  • педагогические методы
  • логическое мышление
  • учебный процесс
  • инновационное обучение
  • социальная адаптация
  • воспитательные принципы
  • качество образования

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15115610

BOʻLAJAK TARBIYACHILARNING KOGNITIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA "ILK QADAM" DAVLAT OʻQUV DASTURINING TUTGAN OʻRNI Bazarbayeva Ayjamal Kdirbaevna Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti asisent oqituvchisi E-mail: bazarbaevaayjamal777@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturining bo‘lajak tarbiyachilarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi. Maktabgacha ta’lim tizimi bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonda kognitiv qobiliyatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada "Ilk qadam" dasturining asosiy tamoyillari, uning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni, shuningdek, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, mustaqil ta’lim olish, muammolarni hal qilish va ijtimoiy moslashuv kabi qobiliyatlarini rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari "Ilk qadam" dasturining kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishga ko‘rsatadigan ijobiy ta’sirini tasdiqlaydi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, kognitiv qobiliyatlar, Ilk qadam dasturi, pedagogik metodlar, mantiqiy fikrlash, o‘quv jarayoni, innovatsion ta’lim, ijtimoiy moslashuv, tarbiyaviy tamoyillar, ta’lim sifati.

Maktabgacha taʻlim jadal rivojlanayotgan taʻlim sohasi boʻlib, u butun dunyo va mamlakatimizdagi taʻlim sohasi mutaxassislari va tadqiqotchilarining diqqat markazida boʻlib kelmoqda. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda maktabgacha taʻlim tizimini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Davlat oʻquv dasturi – bu bolaning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga qaratilgan boʻlib, taʻlim va tarbiya jarayonining maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, kutilayotgan natijalari, mazmuni va tashkil etilishini belgilaydigan tayanch hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat maktabgacha taʻlimning muqobil, parsial, moslashtirilgan dasturlarini ishlab chiqish uchun ham asosdir. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻquv dasturi milliy pedagogika va psixologiyaning quyidagi tamoyillariga asoslanadi:  bola huquqlari, oʻziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;  taʼlim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining oʻzaro bogʻliqligi;  bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;  bolaning ijodiy qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash;  oʻyin orqali taʼlim berish va rivojlantirish;  bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;  bola uchun xavfsiz muhitni taʼminlash;  MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

 milliy madaniy anʼanalar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Shuningdek, mazkur dasturda bola rivojlanishining quyidagi sohalari belgilab berilgan: “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi”; “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish”; “Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari”; “Taʼlim jarayonining rivojlanishi”; “Ijodiy rivojlanish”. “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi” sohasi tadqiqot predmeti bilan bogʻliqlikda quyidagi kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi: oʻz imkoniyatlari va yoshi bilan bogʻliq jismoniy rivojlanish meʼyorlariga mos ravishda jismoniy faollik koʻrsatish; turli harakatchanlik faolligini uygʻun ravishda va maqsadli bajarishni taʼlim; turli hayotiy va oʻquv vaziyatlarida mayda motorika koʻnikmalaridan foydalana olish; oʻz harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqara olish; xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qilish va boshqalar. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi ijtimoiy tavsifdagi dastlabki tasavvurlarni oʻzlashtirish va quyidagi vazifalarni hal etish orqali bolalarni ijtimoiy munosabatlar tizimiga jalb etishni koʻzda tutadi:  bolalarning oʻyin faoliyatini rivojlantirish;  tengdoshlari va kattalar bilan oʻzaro munosabatda elementar umumqabul qilingan meʼyor va qoidalarga rioya qilish;  gender, oilaviy, fuqarolik kompetensiyalarini, vatanparvarlik hissini shakllantirish. “Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari” sohasi quyidagi vazifalarni hal etish orqali atrofdagi kishilar bilan oʻzaro birgalikdagi faoliyatning konstruktiv usul va vositalarini oʻzlashtirish maqsadini belgilab beradi:  kattalar va bolalar bilan erkin muloqotni rivojlantirish;  ogʻzaki nutqning (leksik jihati, nutqning grammatik qurilishi, talaffuz; dialogik va monologik nutq shakllarining aloqadorligi) barcha komponentlarini rivojlantirish;  tarbiyalanuvchilarning nutq meʼyorlarini amaliy oʻzlashtirishi. “Taʼlim jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi vazifalarni hal etish orqali bolalarda taʼlimga qobiliyatni rivojlantirish maqsadini amalga oshiradi:  sensor rivojlanish;  taʼlim-izlanishli, produktiv (konstruktiv) faoliyatni rivojlantirish;  elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish;  olamning yaxlit manzarasini shakllantirish, bolalarning dunyoqarashini kengaytirish. “Ijodkorlik” sohasidagi oʻquv-tarbiyaviy faoliyat tadqiqot muammosi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, quyidagi badiiy-estetik layoqatni tarkib toptirishga imkon beradi:  sanʼat va madaniyatga qobiliyatni namoyon qila olish;  milliy anʼanalarni qadrlay olish va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok eta olish;  sanʼatning muayyan turini afzal koʻrishini mustaqil ravishda ifodalay olish;  olingan bilim va koʻnikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda oʻz ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalana olish;  insonning dunyoni oʻzgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushuna olish. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini oʻzlashtirishdan kutiladigan natijalar – bolada quyidagi integrativ sifatlarni shakllantirishni nazarda tutadi:

 jismoniy rivojlanish, madaniy-gigiyenik koʻnikmalarga ega boʻlish;  qiziquvchanlik, faollik;  emotsional sezgirlik;  kattalar va tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyat usullari va muloqot vositalarini oʻzlashtirish;  oʻz xulq-atvorini boshqarish, dastlabki qadriyatga yoʻnaltirilgan tasavvurlar asosida oʻz harakatlarini rejalashtirish, elementar umumqabul qilingan meʼyor va qoidalarga rioya qilish;  yoshiga mos intellektual va shaxsiy vazifalar (muammolar)ni hal etishga qobiliyatlilik. Xulosa kilib aytganda boʻlajak tarbiyachilarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishda "ILK QADAM" davlat oʻquv dasturi bolaning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyilagan davlat talablari asosida hamda MTT davlat oʻquv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha yoshdagi bolalarning taʻlim va tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va mahalliy jamoatchilik oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Bazarbaeva Ayjamal Kdırbaevna. Bolajaq tárbiyashílardíń kognitiv qábiletlerin rawajlandíríw metodikaliq usillari
  2. Bazarbaeva A. Boʻlajak tarbiyachilarning kognitiv qobilyatlarini rivojlantirish metodlarining komponentlari// Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti ILMIY AXBOROTLARI 2023/ 7 – SON 22 b
  3. Bazarbaeva A. Boʻlajak tarbiyachilarning kognitiv qobilyatlarini rivojlantirishning аmаliy- техnоlоgiк tizimi// Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ilim hám Jamiyet Ilmiy-uslubiy jurnal №3.2023 8-10 b
  4. В.А. Сластинин, И.Ф.Исаев, Е.Н.Шиянов «Педагогика» учебник, Москва «Академия» 2004.
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʻlim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻquv dasturi

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010939
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2438
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
266–268
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07