Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

BINO-INSHOOTLARI QURILISHIGA OID TERMINLARNING PAREMIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Rahmonberdiyeva Saida Abdulmuxamat qiziNamangan davlat texnika universiteti2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 242–243

Annotatsiya

Ushbu maqolada bino va inshootlar qurilishiga oid terminlarning paremiologik xususiyatlari lingvistik va madaniy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Qurilish terminlari bilan bog‘liq maqollar va iboralar turli tillarda qanday ifodalanishi, ularning semantik va pragmatik xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qurilish sohasiga oid paremiologik birliklar xalqning dunyoqarashi, mehnat madaniyati va tarixiy an‘analarini aks ettiradi. Shuningdek, maqol va matallarning tarjima jarayonida ekvivalentlik va moslashuv masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Boshqa tillarda

ruschaПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ТЕРМИНОВ, ОТНОСЯЩИХСЯ К СТРОИТЕЛЬСТВУ ЗДАНИЙ И СООРУЖЕНИЙ

В статье паремиологические особенности терминов, относящихся к строительству зданий и сооружений, анализируются с лингвистической и культурологической точек зрения. Изучается, как выражаются в разных языках пословицы и обороты, связанные со строительными терминами, а также их семантические и прагматические особенности. Результаты исследования показывают, что паремиологические единицы строительной сферы отражают мировоззрение, трудовую культуру и исторические традиции народа. Рассматриваются также вопросы эквивалентности и адаптации при переводе пословиц и поговорок.

inglizchaPAREMIOLOGICAL FEATURES OF TERMS RELATED TO THE CONSTRUCTION OF BUILDINGS AND STRUCTURES

This article analyses the paremiological features of terms relating to the construction of buildings and structures from a linguistic and cultural point of view. It studies how proverbs and expressions connected with construction terms are expressed in different languages, as well as their semantic and pragmatic features. The results of the study show that the paremiological units of the construction field reflect the worldview, the labour culture and the historical traditions of the people. The questions of equivalence and adaptation in the translation of proverbs and sayings are also considered.

Kalit so‘zlar

  • строительные термины
  • паремиология
  • пословицы
  • фразеология
  • семантический анализ
  • прагматические особенности
  • проблемы перевода
  • культурная адаптация
  • лингвистические исследования
  • устное народное творчество

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15111427

BINO-INSHOOTLARI QURILISHIGA OID TERMINLARNING PAREMIOLOGIK XUSUSIYATLARI Rahmonberdiyeva Saida Abdulmuxamat qizi Namangan Davlat Texnika Universiteti E-mail: rahmonberdiyevasaida1991@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada bino va inshootlar qurilishiga oid terminlarning paremiologik xususiyatlari lingvistik va madaniy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Qurilish terminlari bilan bog‘liq maqollar va iboralar turli tillarda qanday ifodalanishi, ularning semantik va pragmatik xususiyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qurilish sohasiga oid paremiologik birliklar xalqning dunyoqarashi, mehnat madaniyati va tarixiy an’analarini aks ettiradi. Shuningdek, maqol va matallarning tarjima jarayonida ekvivalentlik va moslashuv masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: qurilish terminlari, paremiologiya, maqollar, frazeologiya, semantik tahlil, pragmatik xususiyatlar, tarjima muammolari, madaniy moslashuv, lingvistik tadqiqotlar, xalq og‘zaki ijodi.

Bizga ma’lumki, til muloqot vositasi bo’libgina qolmay, balki xabar almashish uchun belgilar sistemasi bo’lib, milliy qadryatimiz madaniyat ma’nosidagi tushunchalarni ham ifodalaydi. Milliy til uchun eng muqaddas narsa unda millatning ruhi va o’ziga xosligi ham qaytarilmas darajada namoyon bo’ladi. Bunday xususiyat, ayniqsa, madaniy-axloqiy tushunchalar bilan bog’liq bo’lgan milliy qadriyatlarda ko’proq o’z aksini topadi. Milliy qadriyatlar tilning milliy-madaniy semantikasini tashkil etadi. Milliy-madaniy semantika til qurilishining hamma qatlamida kuzatiladi. Xususan, tilning harakatdagi birliklari (so’zlar, frazeologik birliklar, paremiyalar kabilar)da milliy-madaniy semantikaning xususiyatlari juda ham aniq namoyon bo’ladi. Chunonchi, paremiyalarda insonning o’zi yashagan jamiyatga, turmush tarziga munosabati, ruhiy holati, tuyg’ulari, ijobiy yoki salbiy fazilatlari, etik-estetik va falsafiy qarashlari, jamiyat qonuniyatlari va hayotiy sinovlar asosida mujassamlangan bo’ladi. Bilamizki, maqollar va paremalar ingliz tilida (proverbs. idiom, saying, harrate, aphoris, phraseologyzm) deb nomlanadi. Ammo bu termin o’zbek tilida juda ko’p nomlar bilan atalib kelinadi. Masalan, maqol, idiomalar, masal, naql, hikmat yoki hikmatli so’zlar, donishmandlar so’zi yoki donolar so’zi, quyma iboralar yoki xalq iborasi (hikmatlari), qanotli so’zlar, xalq aforizmlari, frazeologizmlar shular jumlasidandir. Ba’zi ishlarda frazeologik iboralarni maqol va matallardan ajratib, ularning o’ziga xos xususiyatlari borligi, bir-biridan farqlanishi qayd etilgan. U lеksikоlоgiya bo’limidan XX аsrning 50-yillаridа mustаqil bo’lim sifаtidа аjrаlib chiqdi. O’tgan asr davomida sobiq Rossiya Imperiyasi hududidаgi bаrchа tillаrning frаzеоlоgiyasi V.V.Vinоgrаdоv tа‘limоti аsоsidа dunyogа kеldi. Shu jumlаdаn, o’zbek tili frazeologiyasi ham yangi bo’lim sifatida yaratildi va o’rganildi. Har bir til o’zining so’z boyligiga, frazeologiyasiga, hamda paremiologiyasiga ega. Xususan, o’zbek -tillarining paremiologiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo ’’Paremiya” tushunchasi haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak.

Tadqiqotimiz davomida biz qurilish yo’nalishiga tegishli bo’lgan qator maqollarni uchratdikki, ularda xam ko’chma va mantiqiy ma’nolar bir-birini to’ldirib boradi. Masalan, It is easier to pull down than to build; No good building without good foundation kabi maqollarimizda me’morchilikda binoni qurishning asosini fundament tashkil qilishi yoki xar qanday binoni qurishdan ko’ra buzish osonligi takidlanadi. Aslidani olganda ham xar qanday ishni boshlashda ilk qadam ya’ni fundamentning yaxshi bo’lishi inson kamolotining asosini tashkil etishi belgilangan. Shuningdek, shaxs kamolotida tog’ri tanlanmagan ish uni kelajakda yaxshi natijaga erishishda qiyinchiliklarga duchor bo’lishi yuqoridagi maqollarda o’z aksini topganligini ko’rishimiz mumkin. Yana shunday ingliz tilida maqollar borki, ularda me’morchilik ya’ni yaratuvchanlik, bunyodkorlik g’oyalari universallika ya’ni barcha xalqlar uchun umumiylik kasb etish kuzatiladi. Masalan: What is a workman without his tools, No man is his craft’s master the first day, Good masters make good servants kabi maqollarda esa xunarmandning yaratuvchanligida uning bilimi va unga zarur bo’ladigan uskunalarni ahamiyati juda katta ekanligi, kishining hech qanday muvofaqqiyatga mexnatsiz bir kunda erisha olmasligi, maxoratli ustadan yaxshi xunarmand shogirdlar chiqishi mumkinligi tadbiq e’tiladi.

Ma’lumki ingliz tilida qurilishga oid “tosh-stone” termini bilan ham bir nechta sohaga doir maqollarni ham tahlilga tortdik. Masalan, A rolling stone gathers no moss- maqoli (soha terminologiyasida rolling stone – ishlov berilayotgan (harakatdagi) tosh ma’nosi mavjud) ushbu birlikka muqobil sifatida “sayoq yursang, tayoq yeysan!” iborasini qo‘llash tarjimani adekvatlikdan uzoqlashtiradi (biroq ayrim manbalarda shu tarzda havola qilingan. Chunki, frazeologik lug‘atlarda ushbu birlikning izohi a rolling stone gathers no moss – a person who moves from place to place, job to job, etc. does not have a lot of money, possessions or friends but is free from responsibilities (bir joydan ikkinchi joyga, bir ishdan ikkinchi ishga o‘tib yuruvchi, puli, mol mulki, do‘sti ko‘p bo‘lmagan, ammo mas’uliyatdan xoli kishi). Shunga ko‘ra, so‘zning ekvivalentini topish jarayonida har qanday leksik birlikning lingvistik omillarini hisobga olib, kontekstni chuqurroq tahlil qilgandan so‘ng, ekvivalentni havola etish maqsadga muvofiq.

Xullas, tadqiqotimizda frazeologiyani keng ma’noda tushungan holda maqol va matallarni, aforizmlarni umumlashgan paremiologik birliklarni frazeologizmlar tarkibiga kiritib o’rganamiz. Ikki qardosh bo’lmagan til vakillarining og’zaki ijodida, maqollarida va paremoligik birliklarida arxitektura va qurlishga doir qator maqollarni izohlab, ularda yuqorida takidlangan turli g’oyalarni bayon etdik.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Berdiyorov H., Rasulov R., Uzbek tilining paremiologik lugʻati, Toshkent., 1984.
  2. Abdurahimov M. O‘zbekcha-ruscha aforizmlar lug‘ati. – Toshkent.: O‘qituvchi, 1986.-215 b.
  3. Abdurozzoqova Sh. Tafakkur gulshani. –Toshkent.: G‘afur G‘ulom, 1989. - 462 b.
  4. Saida, R., & Yusubovna, K. G. (2020). Humanization of education as the basis of pedagogical communication. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(2).
  5. Dildora, I., Guzal, K., & Saida, R. (2019). The impact of the communicative game on learning english. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(4), 128-132.
  6. Qurbonova G. Y., Raxmonberdiyeva S. A. THE MAIN INNOVATION APPROACHES IN THE TEACHING

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010929
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2448
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
242–243
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07