JEK LONDON ASARLARI TARJIMALARINING LEKSIK-SEMANTIK VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI (“MARTIN IDEN” VA “OQ SO‘YLOQ” ASARLARI ASOSIDA)
Yo‘ldasheva M.F.Namangan Davlat Universiteti https://ror.org/00k8k8t472025
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 231–233
Annotatsiya
Ushbu maqolada Jek Londonning Martin Iden va Oq tish asarlarining o‘zbek tiliga tarjimalarining leksik-semantik va pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, so‘z tanlovi, metaforik ifodalar va matnning madaniy moslashuvi alohida o‘rganiladi. Terminlar, antropomorfizmlar va kontseptual tushunchalarning tarjima jarayonidagi muammolari hamda madaniy kontekstning tarjima sifatiga ta‘siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, semantik aniqlikni saqlab qolish uchun turli tarjima strategiyalaridan, jumladan, semantik kompensatsiya va pragmatik moslashtirish usullaridan foydalanish zarur.
Boshqa tillarda
ruschaЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ И ПРАГМАТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПЕРЕВОДОВ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ДЖЕКА ЛОНДОНА (НА МАТЕРИАЛЕ «МАРТИНА ИДЕНА» И «БЕЛОГО КЛЫКА»)
В статье анализируются лексико-семантические и прагматические особенности переводов произведений Джека Лондона «Мартин Иден» и «Белый Клык» на узбекский язык. В частности, отдельно рассматриваются выбор слов, метафорические выражения и культурная адаптация текста. Анализируются проблемы передачи терминов, антропоморфизмов и концептуальных понятий в процессе перевода, а также влияние культурного контекста на качество перевода. Результаты исследования показывают, что для сохранения семантической точности необходимо использовать различные переводческие стратегии, в том числе приёмы семантической компенсации и прагматической адаптации.
inglizchaLEXICAL-SEMANTIC AND PRAGMATIC FEATURES OF THE TRANSLATIONS OF JACK LONDON‘S WORKS (BASED ON “MARTIN EDEN” AND “WHITE FANG”)
This article analyses the lexical-semantic and pragmatic features of the Uzbek translations of Jack London‘s Martin Eden and White Fang. In particular, word choice, metaphorical expressions and the cultural adaptation of the text are studied separately. The problems of terms, anthropomorphisms and conceptual notions in the translation process, as well as the influence of the cultural context on the quality of translation, are analysed. The results of the study show that in order to preserve semantic accuracy it is necessary to use various translation strategies, including the methods of semantic compensation and pragmatic adaptation.
Kalit so‘zlar
- Джек Лондон
- художественный перевод
- лексико-семантический анализ
- прагматическая адаптация
- художественный текст
- переводческие стратегии
- культурные различия
- семантическая эквивалентность
- интерпретация метафор
- терминологическая адаптация
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15104806
JEK LONDON ASARLARI TARJIMALARINING LEKSIK-SEMANTIK VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI (“MARTIN IDEN” VA “OQ SO’YLOQ” ASARLARI ASOSIDA) Yo’ldasheva M.F. Namangan davlat universiteti E-mail: makhliyoyuldasheva05@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Jek Londonning Martin Iden va Oq tish asarlarining o‘zbek tiliga tarjimalarining leksik-semantik va pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, so‘z tanlovi, metaforik ifodalar va matnning madaniy moslashuvi alohida o‘rganiladi. Terminlar, antropomorfizmlar va kontseptual tushunchalarning tarjima jarayonidagi muammolari hamda madaniy kontekstning tarjima sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, semantik aniqlikni saqlab qolish uchun turli tarjima strategiyalaridan, jumladan, semantik kompensatsiya va pragmatik moslashtirish usullaridan foydalanish zarur. Kalit so‘zlar: Jek London, badiiy tarjima, leksik-semantik tahlil, pragmatik moslashtirish, badiiy matn, tarjima strategiyalari, madaniy tafovutlar, semantik ekvivalentlik, metaforalar talqini, terminologik moslashtirish.
Jek Londonning asarlari insoniyatning tabiat, ijtimoiy adolat va shaxsiy kurash kabi universal mavzularini qamrab oladi. Ushbu tezisda uning „Martin Iden“ (ijtimoiy tanqid) va „Oq So‘yloq“ (tabiat va yovvoyi hayot) asarlarining o’zbek tilidagi tarjimalari leksik-semantik tahlil (so’z tanlovi, metaforalar) va pragmatik moslashuv (madaniy kontekst, nutq uslublari) nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Asarlarning tarjima jarayonida yuzaga kelgan lingvistik va madaniy muammolar aniq misollar bilan ko’rsatilgan. Tarjimada so’z tanlovi va ularning semantic maydoni asl matnning badiiy va mazmuniy jihatlarini saqlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.[3] Misol tariqasida, „Martin Iden“da „wage slavery“ atamasining „mehnat qulligi“ deb tarjimasi semantik torayish(Baker, 1992)ga misol bo’lib, „wage“ (ish haqi) so’zining iqtisodiy konteksti yo’qolgan. Metaforalarni to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilish ularning madaniy mosligiga bog’liq. „Martin Iden“da „His soul was a sinking ship“ (Uning ruhi cho‘kayotgan kema edi) jumlasi “qorong’u chulg’am” deb o’zgartirilganda, semantic ekvivalent madaniy adabtatsiya (Vinay va Darbelnet, 1958) orqali erishilgan. Ternimologik moslik tomonidan qaralganda, „Oq So‘yloq“da „tundra“ so’zini „cho’l dasht“ deb tarjima qilish geografik leksemaning semantik siljishini ko’rsatadi, chunki „tundra“ aniq ekologik zonani anglatadi. Antropomorfizmning tarjimasi: "White Fang’s hatred was a living thing" (Oq So‘yloqning nafrati tirik mavjud edi) iborasida "tirik mavjud" so‘zi "yurakdan kelish" bilan almashtirilgan. Bu semantik kompensatsiyaga misol bo‘lib, hissiy nuanslarni saqlab qolish uchun qo‘llanilgan (Klaudy, 2003). Konseptual tushunchalarning tarjimasi: "Survival of the fittest" (eng moslashuvchanlarning omon qolishi) iborasini "kuchlilar omon qoladi" deb tarjima qilish semantik qisqarishga olib keladi, chunki "fittest" so‘zidagi moslashuvchanlik nuanslari yo‘qoladi (Baker, 1992).
Madaniy leksikaning tarjimasi: "Klondike gold rush" atamasini "Klondaykdagi oltin izlash davri" deb izohsiz tarjima qilish madaniy tushunchalarni yetkazishda kamchilik hisoblanadi. Buning uchun izohli qo‘shimchalar qo‘llash maqsadga muvofiq (Newmark, 1988). Semantik aniqlik va tarjima xatolari: "The spark of genius" (daho qilichi) iborasini "daholik chaqchog‘i" deb tarjima qilish noaniqlik yaratadi, chunki "spark" so‘zi "ilhom" yoki "boshlanish" ma’nolarini yo’qotadi. Leksik-semantik tahlil tarjimada so’zlar va ularning ma’nolarini madaniy, kontekstual va lingvistik jihatdan muvozanatlash zarurligini ta’kidlaydi. Yuqoridagi misollar va nazariyalar shuni ko‘rsatadiki, semantik aniqlikni saqlash uchun tarjimon madaniy kodlar, ekvivalentlik darajalari (Baker) va semantik kompensatsiya (Klaudy) kabi usullarni qo‘llashi kerak. Tarjima jarayonida asl matnning mazmuni, maqsadi va ta’sirini saqlab qolish uchun uning madaniy, ijtimoiy,psixologik va kommunikativ kontekstlarini yangi til va madaniyatga moslashtirish pragmatik moslashuv hisoblanadi. Bu usul tarjimonning auditoriya, maqsad va madaniy realitetni hisobga olib, matnni qayta shakllantirishini talab qiladi.Pragmatik moslashuv tarjimonni faqat tilni emas, balki madaniyatni ham "tarjima qilish"ga undaydi. Bu jarayon matnni yangi kontekstda tirik va samarali qilish uchun zarur. "Martin Iden"da individualizm: Martinning "I’d rather be a superb meteor than a sleepy planet" (Men uyquchi sayyora emas, yorqin meteor bo‘lishni afzal ko‘raman) degan iqboli o‘zbek tilida "Men sustlik emas, olovli qalblikni xohlayman" deb tarjima qilingan. "Meteor" va "sayyora" kabi astronomik tushunchalar o‘zbek madaniyatida kam ishlatilganligi sababli, ulardan voz kechilgan. "Oq So'yloq"da tabiat qonunlari: "Survival of the fittest" (Kuchlilar tirik qoladi) tamoyili "Tabiat qonuni – kuchlilar omon qoladi" deb berilgan. Bu tarjimada asl ibora aniq saqlangan, biroq "fittest" so‘zidagi "eng moslashuvchan" nuansi ("kuchli" emas) yo‘qolgan. "Martin Iden"dagi g‘azab: "You’re a rotter, and you know it!" (Sen buzuq odamsan va buni o‘zing ham bilasan!) degan jumla tarjimada "Sen yaramas odamsan, buni o‘zing ham tushunasanku!" deb aks ettirilgan. "Rotter" (buzuq) so‘zi "yaramas"ga o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, nutqdagi tajovuzkorlik saqlangan. "Oq So'yloq"da qo‘rquv: "Fear surged through White Fang’s veins" (Oq So‘yloq tomirlarida qo‘rquv oqardi) iborasi "Oq So‘yloqning butun vujudi qo‘rquvga botdi" deb tarjima qilingan. "Tomirlar" fiziologik tasvir o‘rniga "butun vujud" kabi umumlashtirilgan ifoda ishlatilgan. Tarjima strategiyalari va kamchiliklari haqida to‘xtaladigan bo’lsak, quyidagi misolni keltirib o’tmoqchiman. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima (calque): "Martin Eden"da "the spark of genius" (daho qilichi) "daholik chaqchog‘i" deb tarjima qilingan. Bu ibora o‘zbek tilida noaniq bo‘lib, "ilhom" yoki "iychi" kabi so‘zlar ma’noni aniqroq yetkazardi. Madaniy izohlar qo‘shish: "Oq So'yloq"da "Klondike gold rush" (Klondayk oltin shovqini) atamasi "Klondaykdagi oltin izlash davri" deb tarjima qilingan va qavs ichida "(19- asrda Kanadada bo‘lgan oltin qidiruvchilari to‘lqini") kabi izoh qo‘shilgan. Bu madaniy tushunchani tushunishni osonlashtirgan. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tishni joiz deb topdim. Lekisik-semantik natijalar bo’yicha, "Martin Iden" tarjimasida ijtimoiy-siyosiy terminlar aniq saqlangan, ammo ba‘zi metaforalar mahalliy obrazlar bilan almashtirilgan (masalan, "kemadan chulg‘amga"); "Oq
So'yloq"da tabiat atamalari o‘zbek landshaftiga moslashtirilgan ("tundra" → "cho‘l dasht"), bu esa ekologik nuanslarni yo‘qotgan. Madaniy jihatdan murakkab tushunchalar tarjima qilinayotganda izohli qo’shimchalar yoki ilovalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Metaforalarni tarjima qilishda asl mazmunni saqlash uchun parallel obrazlar yaratish zarur. Tarjima jarayonini nafaqat so’zma-so’z aks ettirish,balki madaniy kodlarni yangi til kontekstiga moslashtirish san’atidir. Jek London asarlarining o‘zbekcha versiyalari ushbu muvozanatni izlashning jonli namunalaridir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Baker, M. Translation and Conflict: A Narrative Account.
- Newmark, P. A Textbook of Translation.
- Jek London, “Martin Eden” “White Fang” asarlari va ularning o’zbekcha tarjimalari
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010925
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2452
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 231–233
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07