JOYS KERINING ROMANI: TARIX VA SHAXSIYAT
Atamurodova Feruza TashmurotovnaIqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti2025
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 213–214
Annotatsiya
Mazkur maqolada Joys Keri ijiodining asosiy qirralari, xususan, "Sayohatdagi ziyoratchi yo‘lida" romanining asosiy mavzulari, vaqt va shaxsiyat tushunchalariga bo‘lgan munosabati ko‘rib chiqiladi. Joys Keri romanlari, qahramonlarining xarakteri orqali tarixiy davrlarning o‘ziga xos izlarini aks ettiradi. Asarda tarix va odam o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, Keri realizmining o‘ziga xos jihatlari, epik va lirik elementlarning uyg‘unligi, tarixiy hodisalar va shaxsiy izlanishlarning koinotik ifodalari tahlil qilinadi.
Boshqa tillarda
ruschaРОМАН ДЖОЙСА КЭРИ: ИСТОРИЯ И ЛИЧНОСТЬ
В настоящей статье рассматриваются основные грани творчества Джойса Кэри, в частности главные темы романа «На пути странствующего паломника», а также его отношение к понятиям времени и личности. Романы Джойса Кэри через характеры героев отражают своеобразные следы исторических эпох. В произведении анализируются сложные отношения между историей и человеком, своеобразие реализма Кэри, гармония эпических и лирических элементов, а также универсальные выражения исторических событий и личных исканий.
inglizchaJOYCE CARY‘S NOVEL: HISTORY AND PERSONALITY
This article examines the main facets of Joyce Cary‘s work, in particular the principal themes of the novel The Pilgrim on the Journey and his attitude to the concepts of time and personality. Joyce Cary‘s novels reflect the distinctive traces of historical periods through the characters of their protagonists. The work analyses the complex relations between history and the individual, the distinctive aspects of Cary‘s realism, the harmony of epic and lyrical elements, and the universal expressions of historical events and personal quests.
Kalit so‘zlar
- Джойс Кэри
- «Паломник в пути»
- английская литература
- история и личность
- реализм
- эпический и лирический стиль
- понятие времени
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15095205
JOYS KERINING ROMANI: TARIX VA SHAXSIYAT Atamurodova Feruza Tashmurotovna Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti
Annotatsiya: Mazkur maqolada Joys Keri ijiodining asosiy qirralari, xususan, "Sayohatdagi ziyoratchi yo'lida" romanining asosiy mavzulari, vaqt va shaxsiyat tushunchalariga bo'lgan munosabati ko'rib chiqiladi. Joys Keri romanlari, qahramonlarining xarakteri orqali tarixiy davrlarning o'ziga xos izlarini aks ettiradi. Asarda tarix va odam o'rtasidagi murakkab munosabatlar, Keri realizmining o'ziga xos jihatlari, epik va lirik elementlarning uyg'unligi, tarixiy hodisalar va shaxsiy izlanishlarning koinotik ifodalari tahlil qilinadi. Kalit so'zlar: Joys Keri, "Sayohatdagi ziyoratchi yo'lida", ingliz adabiyoti, tarix va shaxsiyat, realizm, epik va lirik uslub, vaqt tushunchasi, tarixiyning ta’siri.
Keri romanlari — bu muayyan tarzda tarixiy davr bardavomligi bilan bog‘langan xarakterlar romanlari. Garchi yozuvchi tarixga o‘ta kuchli e'tibor qaratmagan bo‘lsa-da, biroq hech qachon tarixni ko‘zdan qochirmaydi. Uning asarlaridagi epik vaqt pirovard natijada tarixiy vaqt andazasini yaratadi. Trilogiyaning uchta bosh personaji ortida XX asr birinchi yarmidagi Angliya hayoti turadi. O‘zining romanlarida Keri tarixiy voqealarni tasvirlamaydi, balki taqdirlari jamiyat tarixi bilan bog‘langan qahramonlarining hayot tarixini aks ettiradi. Tarixiy voqealar romanlarga, mazkur kitobning yetakchi personaji tarixiy voqealarga qanchalik aloqador bo‘lsa, shu darajada kiritilgan. “Sayyoh ziyoratchi yo‘lidan” kitobida tarix xiyla sezilarli darajada, Sara Mandi va Galli Jimson haqidagi kitoblarda tarixiy voqealarning eshitilar-eshitilmas aks sadosi keladi. “Sayyoh ziyoratchi yo‘lidan” romanining ilk so‘zlari uni oldingi kitob bilan bog‘laydi: ya'ni Sara Mandi qamoqxonaga qamalgani, Tomas Uilcherni esa qarindoshlari Talbrukka olib ketishgani, u yerda unga aqldan ozgan sifatida qarab turishgani haqida xabar beriladi. Uilcher shu vaqtdan boshlab kundalik yoza boshlaydi. Agar “O‘zim o‘zimdan ajablanaman” kitobida hikoya qilish tarzi “memuar”, ya'ni xotira, yodnoma tarzida bo‘lsa, “Sayoh ziyoratchi yo‘lidan” kitobida hikoya maromi kundalikdagi yozuvlar uslubiga yaqin. Kundalikdagi birinchi shaxs tilidan hikoya qilish shakli memuar asardagi “men”ga aynan o‘xshash emas. Kundalikda voqealarni qayd etish va ularni amalda bajarilgan vaqtlari orasida masofa yo‘q. Kundalikdagi yozuvlar vaqti bo‘yicha qayd etilgan voqealarga qariyb mos keladi. To‘g‘ri, bu yerda ham faktlar saralanadi, biroq memuar asardagi kabi oqilona, aql-idrokka asoslangan tarzda emas. Kundalikda ayni daqiqada, “men” kelajakda bu yozuvlaridan nima hosil bo‘lishini bilmaydigan bir paytda, asosan bevosita yodga kelgan taassurotlar qayd etiladi. Hikoya qilish shakli hikoya qiluvchining xarakteriga ham bog‘liq bo‘ladi. Sara Mandidan farqli o‘laroq, Tomas Uilcher o‘z taassurotlarini, o‘zining yozuvlarini kimningdir muhokamasiga olib chiqolmaydi; u yozayotgan kundalik o‘quvchiga mo‘ljallanmagan, u o‘zi uchun yozadi. Romanda hikoya qilish tarzi kompozitsiyaning murakkabligi, lirik-intellektual uslub, tarixiy jarayon va avlodlar taqdiri bilan bog‘liq xulosalar va umumlashmalar bilan farqlanib turadi. Uilcherlar oilasi — bu miniatyuradagi ingliz jamiyati: u o‘zining siyosiy arbobiga (Edvard), o‘zining harbiysiga (Bill), o‘zining huquqshunosiga (Tomas), o‘zining mazhab boshlig‘iga (Lyusi), o‘zining vrachiga (Enn), o‘zining biznesmeniga (Jon) va o‘zining ishchisiga (Robert) ega.
Ko‘pplanlilik tamoyili “Sayyoh ziyoratchi” romanida, Kerining boshqa asarlariga qaraganida, ko‘proq muvaffaqiyatli chiqqan. Unda Tomas Uilcherning ukalari — Uilьyam va Edvard hayoti, uning singlisi Lyusi, shuningdek, ularning bolalari — Lyusining o‘g‘li Robert va Edvardning qizi Enn hayoti ko‘rsatilgan. Joys Kerining “Sayyoh ziyoratchi yo‘lidan” romani, trilogiyasi boshqa ikki kitobiga qaraganda, ko‘proq “sotsiologik” asar. Ma'rifatli hikoyachi Uilcher o‘zining oilaviy sulolasi va ingliz jamiyati tarixi solnomanavisi sifatida gavdalanadi. Bu romanda siyosiy kurash, siyosiy mavqe mavzularini ham yoritish mo‘ljallangan. “Sayyoh ziyoratchi yo‘lidan” romani qahramoni his etishicha, ular “inqiloblar va qahramonona voqealar asrida” yashayotir. Edvard aytadi: “Inqilobning haqiqiy voqelikka aylanishini ko‘rish maroqli... Inqilob — bu misoli o‘t-olov, unda yangi jamiyat qaynab pishadi; olovda tuyqusdan hamma narsa eriy boshlaydi, hatto alangadan uzoqda bo‘lganlari ham”. Biroq muallifning ko‘rsatishicha, asrning bunday inqilobiyligini his etish, bunday inqilobiy o‘zgarishlarga e'tibor Edvard va Tomasda inqiloblarga noxayrixohlikni, inqilobdan qo‘rqishni, burjuaziya his etgan qo‘rquvni yuzaga keltirgan. Boz ustiga bu romanda “inqilob” so‘zi ko‘pincha ingliz burjuaziyasining liberal an'analari ruhida qo‘llangan, ya'ni bu so‘z ko‘p hollarda islohat mazmunidagi o‘zgarishlarni anglatadi. Romanda “uyg‘onish” mavzusi qishloq xo‘jaligi ishchisi Robert obrazi bilan bog‘langan. Muallif fikricha, ishchining faoliyati hayot muammolarining kaliti hisoblanadi. Ishchi Robert “sayyoh ziyoratchi”, yangi hayot sari dadil odimlayotgan bunyodkor inson, u “Tolbrukni vayron qilmadi, u Tolbrukni tarixga vobasta qildi”. Jimson — epik tasvir musavviri. U yirik polotnolar yaratadi, ularda zamonaviy g‘oyalarni mujassam qiladi. U o‘zining epik ijodini Pisarroning lirik san'atiga qarama-qarshi qo‘yarkan, “Nima desang degin, biroq epos lirikadan ko‘ra muhim va teran”, deb ta'kidlaydi. Romanda ijod psixologiyasi asliday qayta tiklanadi. Jimson qayerda bo‘lmasin, u nima qilmasin, kim bilandir gaplashmasin, har doim o‘zining kartinasi, uning kompozitsiyasi, yangi rang haqida o‘ylaydi. Jimson tabiat go‘zalligidan bahra oladi, uni qanday tasvir vositalari bilan berishni o‘ylaydi. Hikoya qilish uslubiy jihatlari rassomning o‘ziga xos tafakkuriga muvofiq keladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Адабий турлар ва жанрлар. 1-жилд. Т., “Фан” нашриёти, 1991. 382. -25 б.
- Аникин В.Г. Современный английский роман. - Свердловск, 1971. 310 с.
- Cary Joyce. Power in Men. - Seattle, 1963. – 258 p.
- Cary Joyce. To Be a Pilgrim. Harmohols worth, 1957. – 119 p.
- Bloom Robert. The Indeterminate World: A Study of the Novels of Joyce Cary. - Р. 101.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010918
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2459
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 213–214
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07