O‘ZBEK FOLKLORIDA OLOV KULTI IFODALARI
Karimova Feruza Mo‘minovnaPhD, dotsenti. Buxoro davlat pedagogika instituti.2025
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 203–204
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek folklorida olov kulti ifodalari ilmiy-nazariy tahlil qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaВЫРАЖЕНИЯ КУЛЬТА ОГНЯ В УЗБЕКСКОМ ФОЛЬКЛОРЕ
В статье осуществлён научно-теоретический анализ выражений культа огня в узбекском фольклоре.
inglizchaEXPRESSIONS OF THE FIRE CULT IN UZBEK FOLKLORE
This article provides a scientific and theoretical analysis of the expressions of the fire cult in Uzbek folklore.
Kalit so‘zlar
- культ огня
- внимание
- вера
- Средняя Азия
- народ
- духовное богатство
- Авеста
- верование
- классическое искусство
- фольклор и т.д.
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15094888
O’ZBEK FOLKLORIDA OLOV KULTI IFODALARI Karimova Feruza Mo’minovna PhD, dotsenti. Buxoro davlat pedagogika instituti.
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek folklorida olov kulti ifodalari ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Olov kulti, e’tibor, ishonch, O‘rta Osiyo, xalq, ma’naviy boylik, “Avesto”, e’tiqod, mumtoz san’at, folklor va hokazo.
Hozirgi ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj folklorshunoslardan qadimiy marosimlar va e’tiqodiy tushunchalarning genezisini chuqurroq, keng qamrovda o‘rganishni taqozo etmoqda. Chunki tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir.
Olov kulti bilan aloqador ilmiy qarashlar, etnografik ma’lumotlar taniqli elshunoslarning asarlarida ham uchraydi. Ular olovga sig‘inish asosida kelib chiqqan udumlarga alohida e’tibor bilan qaraydilar. Jumladan, bu haqda Mahmud Sattorning “O‘zbek udumlari” kitobida, Ahmadjon Ashirovning o‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari xususidagi monografiyasida ayrim zarur ma’lumotlar bildirib o‘tilgan.
Ko‘rinyaptiki, o‘rganilayotgan muammo nafaqat folkloristik, balki falsafiy, tarixiy, etnografik, psixologik jihatdan ham qamrovli bo‘lib, o‘ziga xos alohida ahamiyatga egadir. Chunki olov kultiga ishonch O‘rta Osiyo xalqlari orasida qadimdan mavjud bo‘lib, hozirgacha turli ko‘rinishlarda saqlanib qolgan. Mazkur tadqiqotda o‘zbek folklorida olov kultiga ishonch asosida shakllangan xalq og‘zaki ijodi namunalarida olov va olov analoglarining badiiy ifoda etilishini yaxlit ilmiy tadqiq qilish ko‘zda tutildi. Qolaversa, istiqlol yillarida “Avesto” asarini o‘rganishga katta ahamiyat berilishi, hatto uning jahon miqyosida 2700 yilligi Xorazmda keng nishonlanishi olov kultiga daxldor tushunchalarni o‘rganishni yanada jadallashtirdi. Ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan shunday an’analar borki, xalqimiz ruhiga chuqur singib, hatto e’tiqod darajasiga ko‘tarilganidan ularni hech bir kuch yo‘qotolmaydi. Ana shunday an’analardan biri olov kultiga ishonchdir.
Inson tanasi tuproq, suv, olovdan yaralgani aytilib, shularsiz uning yasholmasligi qayd qilinadi. Darhaqiqat, olov tabiatda inson hayoti, tirikligi, yashashi uchun muhim to‘rt unsurning biri sifatida suv, tuproq, havo qatorida nihoyatda qadrlanadi.
Olov tabiat hodisasi sifatida graduonimiya (darajalanish) holatiga ega. Jumladan, olov ikki xil (kuchli va kuchsiz) semalarda qo‘llanadi:
1. Kuchli darajali olov: o‘t, otash, alanga, gulxan.
2. Kuchsiz darajali olov: cho‘g‘, uchqun.
Bunda olovning ko‘lami, shiddati, tezligi, yo‘nalishi, rangi, hosil bo‘lish o‘rni, kuchi inobatga olinadi.
O‘zbek xalqining olov kultiga ishonchi, e’tiqodiy, epik va marosimiy munosabati shakllanishiga quyidagilar asos bo‘lgani kuzatiladi:
1. Olov kulti bilan bog‘liq mifologik tasavvur-tushunchalar. Bu jihatdan dastlab “olov va mif” munosabati e’tiborni tortadi. Olovga nisbatan shakllangan mifologik qarashlar tizimiga asosan, olov ko‘rinishlari “osmon olovi”, “daraxtga yashiringan olov”, “otashgohlarda yonib turgan olov”, “chaqmoq olovi”, “inson tanasiga issiqlik, tiriklik, hayot bag‘ishlovchi olov” kabi turli ko‘rinishlarda talqin qilinadi.
Olov kulti haqidagi qarashlar butun dunyo mifologiyasida keng tarqalgan. Qadimgi yunon-rim miflaridagi Ogni, Aid, Prometey timsollari bevosita ana shunday qarashlar asosida kelib chiqqanligi bilan e’tiborni tortadi. Ularda olov quyoshning bir parchasi deb ko‘rsatiladi va uni Prometey quyoshdan yerga olib tushgani aytiladi. Bundan g‘azablangan ma’budlar shohi Zevs burgutga aylanib, insonlarga olov yetkazib bergan Prometeyning jigarini tilka-pora qiladi.
Semargl (a)yoki Firebog – slavyanlarning olov va yong‘in xudosi nomlari. U eng buyuk xudo, abadiy olovni saqlovchi va olov bilan bog‘liq barcha urf-odatlarga rioya qilishni muhofaza qiluvchi sifatida qaraladi. Semargl (Firebog) Svarog Circleda, ya’ni samoviy ilon saroyini himoyalaydi, deb ishoniladi. Semargl eng oliy xudoning to‘ng‘ich o‘g‘li. Slavyanlar uning Oy, olov bilan aloqadorligiga ishonishgan. Biror kishining isitmasi chiqsa, uning tanasi va ruhiga Ognebog ko‘chib o‘tganligi aytiladi, shuning uchun u insonning haroratini pasaytirish taqiqlangan.
Semargl – ramz. U yong‘inni saqlovchi xudo bilan bir necha belgilariga ko‘ra bog‘lanadi. Semarglning asosiy belgisi – Kurtning rinosi bo‘lib, ular shahzoda Vladimir Svyatoslavovichning bayrog‘i – qanotli it yoki Ra (quyosh) tasvirini ishlatishadi. Semargl Svarozhich asl olovning tasviridir, chunki alanganing tillari uning ramzidir.
Nafaqat odamning, balki olamning yaralishida ham olovning o‘rni ta’kidlanadi. Olov koinot yaratilishida suv, tuproq, daraxt kabi hayotning markazida mavjud bo‘lgan element sifatida ko‘rsatiladi.
2. Olov bilan bog‘liq diniy-irfoniy qarashlar. Bunda “ilohiy olov”, tushunchasi, uning poklash vazifasiga e’tibor qaratiladi.
Olov kulti haqidagi qarashlar juda qadimiy bo‘lib, ular islomgacha shakllangan diniymifologik tushunchalarga borib taqaladi. Aniqrog‘i, uning ildizi ruhlarga ishonchdan iborat animistik tasavvurlar, Quyosh bilan bog‘liq astral (kosmogonik) miflar orqali zadushtiylik dinining mazmuniga singgan.
Mif va olov munosabati epik ijodda ko‘pincha ajdarho timsolida aks ettirilgan. Ajdaho og‘zidan mislsiz olov purkaydigan ulkan maxluq. Xalq xazina bor yerda ajdar bo‘lishiga ishongan. Ular go‘yo xazina qo‘riqchilaridir. Masalan, “Xorazm va Hurjamol” afsonasida ajdarning ko‘rinishi o‘xshatish va mubolag‘a san’ati asosida: “Gavdasi tog‘dek, og‘zi katta o‘raday, har tishi oy boltaning tig‘iday emish. Qon to‘la ko‘zlari yonib turgan ajdaho og‘zidan olov sochib, har biri bamisoli chinordek keladigan panjalarini yerga tiragancha ulkan gavdasini bazo‘r sudrab yurar, shu qadar uzunligidan dumi qayerdaligi bilinmasmish. O‘tdek chaqnayotgan ko‘zlari quyosh nuriday o‘tkir, har nafas olganda paydo bo‘lgan shamol chor-atrofni chang-to‘zonga ko‘mib yuborayotganmish” deya badiiy tasvirlangan.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Маҳмуд Саттор. Ўзбек удумлари. – Т.: Фан, 1993. – Б. 188-190.
- Аширов А. Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари. – Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007. – Б. 199-205.
- https://naukalib.ru/uz/god-is-the-semlargle-of-fire-semargle-fire-god-of-the-slavs/
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010914
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2463
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 203–204
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07