Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

O‘ZBEK TERMINOLOGIYASI TADQIQI: TARIXIYLIK VA HOZIRGI ZAMON UYG‘UNLIGI

Mirxanova G.R.Buxoro davlat pedagogika instituti2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 200–202

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek terminologiyasining shakllanishi, rivojlanishi va zamonaviy holati tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar va lug‘atlarning roli, terminlarning semantik xususiyatlari hamda ularning turli davrlardagi funksional imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, termin yaratish jarayoni, tarjima muammolari va zamonaviy lingvistik tamoyillar asosida termin tizimining rivojlanish tendensiyalari yoritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaИССЛЕДОВАНИЕ УЗБЕКСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ: ГАРМОНИЯ ИСТОРИЧНОСТИ И СОВРЕМЕННОСТИ

В статье анализируются формирование, развитие и современное состояние узбекской терминологии. Изучаются роль исторических источников и словарей, семантические особенности терминов, а также их функциональные возможности в разные периоды. Кроме того, освещаются процесс создания терминов, проблемы перевода и тенденции развития терминосистемы на основе современных лингвистических принципов.

inglizchaTHE STUDY OF UZBEK TERMINOLOGY: THE HARMONY OF HISTORICITY AND MODERNITY

This article analyses the formation, development and current state of Uzbek terminology. It studies the role of historical sources and dictionaries, the semantic features of terms and their functional possibilities in different periods. It also examines the process of term creation, the problems of translation and the development trends of the terminological system on the basis of modern linguistic principles.

Kalit so‘zlar

  • узбекская терминология
  • исторические термины
  • лингвистические исследования
  • создание терминов
  • проблемы перевода
  • лексическая система
  • семантический анализ
  • функциональные возможности
  • терминологическая эволюция
  • научные словари

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15094863

O‘ZBEK TERMINOLOGIYASI TADQIQI: TARIXIYLIK VA HOZIRGI ZAMON UYG‘UNLIGI Mirxanova G.R. Buxoro davlat pedagogika instituti, E-mail: guli89mirxan@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek terminologiyasining shakllanishi, rivojlanishi va zamonaviy holati tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar va lug‘atlarning roli, terminlarning semantik xususiyatlari hamda ularning turli davrlardagi funksional imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, termin yaratish jarayoni, tarjima muammolari va zamonaviy lingvistik tamoyillar asosida termin tizimining rivojlanish tendensiyalari yoritiladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek terminologiyasi, tarixiy terminlar, lingvistik tadqiqotlar, termin yaratish, tarjima muammolari, leksik tizim, semantik tahlil, funksional imkoniyatlar, terminologik evolyutsiya, ilmiy lug‘atlar.

O‘zbek tilshunosligida terminlar mohiyati, semantik xususiyati, funksional imkoniyatlari va terminologik tizimni shakllantirish masalalari, ya’ni terminologiya nazariyasining formal yuzaga kelishi 20 asr boshida kuzatildi. Biroq terminologiya yo‘nalishida amaliy izlanishlar dastlab Qadimgi lug‘atlarda o‘z in’ikosini topganini alohida e’tirof etish lozim. Turkiy tilning qomusiy leksikografik manbasi “Devonu lug‘otit turk” atamalarni tarjima qilish amaliyoti bilan ahamiyat kasb etadi. Turkiy tilning tovush tarkibi, lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi haqida ma’lumot beruvchi ushbu lug‘at shu sanab o‘tilgan barcha ma’lumotlar bilan birga atamalar, davlat qurilishi, ijtimoiy qurilish haqida tasavvurni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu boisdan ushbu lug‘at yaratilgan 1074-1075-yillarni turkiy terminologiya nazariyasining shakllanish bosqichi deb olish mumkin. Bu manba termin, atamalarni sanab o‘tish va tarjima qilish jihatidan e’tiborga molik. Manbada mavjud atamalar o‘z davrining siyosiy tuzilmasi, turmush tarzini namoyon qiladi. Lug‘atda joy nomlari, o‘simlik va hayvon nomlari, kasb-hunarga oid atamalar ham mavjud. Shundan so‘ng arab istilosi sabab turkiy terminologiya o‘rta asrlarda arab tili ta’sirida qoldi. Turkiy terminologiya haqida arabcha filologik risolalarda fikrlar uchraydi. XIV asr mutaffakkirlari turkiy til grammatikasi va lug‘at tarkibi haqida risolalar yaratib undagi termin, atamalar haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Xususan, Abu Hayyonning “Kitob ul idrok li-lison ul-atrok”, Halil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘nyaviyning “Kitobi majmuai tarjumoni turki va ajami va mug‘ali”, Jamoluddin Turkiyning “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi-l-lug‘atat- turk va-l qifchaq” kabi risolalarida tilning turkiy termin va atamalar tizimi atroflicha yoritilgan. Manbalar termin hamda atamalarni mavzulashtirishga urinadi, hayvonot, nabotot, jug‘rofiy istilohlar alohida ajratiladi. Bu davrdagi manbalar terminlarni ma’no guruhlariga tasniflashga ilk urinishlarni namoyon etadi. Albatta birinchi bosqichda bo‘lgani singari termin tushunchasini izohlash va xususiyatlarini aniqlash kabi nazariy masalalar yechilmadi. Bu davrda ham termin hamda atamalri qayd etish va qisqacha izohlash vazifalarini bajargan [1, 47-53]. Masalan, qadimiy turkiy va eski turkiy tillarda aniqlangan terminlar quyidagi fan va sohalarga mansub. Harbiy soha terminologik leksikasi: to‘p, qurolyarog‘, qo‘ndoq, qalqon, sol, quloqchin. Astronomiyaga oid atamalar: Ot yulduz “Mars”, Suv yulduz “Merkuriy”, Topraq yulduz “Saturn”, Yïğač yulduz “Yupiter”, yer “yer, zamin”. Anatomiyada qo‘llanilgan terminologik leksika: yűräk “yurak”, qaraq “ko‘z, ko‘z gavhari”, qarïn

“qorin”, qol “qo‘l”, baš “bosh”, bağïr “jigar”, ővkä/őpkä “o‘pka. Zoonimlar: buğra “erkak tuya”, arslan “arslon, sher”, at “ot”, ud “qoramol (buqa yoki sigir), qağatïr “xo‘kiz”, bőri “bo‘ri”, bars “yo‘lbars”, tiši bars “urg‘ochi yo‘lbars. Sanab o‘tilgan leksemalar sirasida ayrimlari umumiste’mol tiliga kirib borgani bois ularni terminologik leksika deyish mumkin. Shuningdek, eskirgan yoki tarixiy terminlar o‘rnini bugungi kunga kelib zamonaviy ilmiy terminlar egallaganini astronomik istilohlar misolida ko‘ramiz. Aynan shu misol tarixiy ekvivalentdan ko‘ra butun dunyoda qabul qilingan standart terminlar ustun kelganini dalillaydi. Zoonimlar va anotomik terminlar umumxalq tilida faol qo‘llanadi. Zamonaviy tibbiyot sohasida tana a’zolari nomi umumiy lotin tilida emas, har bir tilga tarjima qilingan holda qo‘llanadi. Faqat flora va faunaga oid terminlar lotin tilida qayd etiladi, lekin ilmiy tahlillar, darslik va risolalarda ham asosan tarjima varianti ishlatiladi. Bundan anglashiladiki, davr o‘zgarishi bilan terminlarning qo‘llanish doirasi kengayishi yoki torayishi, zamonaviy ekvivalentlar bilan almashtirilishi mumkin. XIX asrga kelib o‘zbek terminosferasi arab va fors tillaridan tashqari rus tilidagi terminlar bilan ham boyib boshladi. Lekin bu jarayon aniq tahlil qilinmagan. Rus tilidan o‘zlashgan terminlarning tovush tarkibi o‘zbek tilida qanday moslashtirilganligi, grammatik adaptatsiya masalalari nazariy muammo sifatida o‘rganilmagan. Ya’ni ushbu muammolar tahlili ancha keyin amalga oshirilgan, aynan XIX asr 70 yillarida o‘zbek tilining terminlarga boyish jarayoni jonli tadqiq etilmagan. Masla tadqiqi tilshunos olimlar O.Usmonov va Sh.Hamidovning “O‘zbek tili leksikasi tarixidan materiallar (XIX asrning oxiri – XX asrning boshlari)” ilmiy ishida olib boriladi. O‘tgan asr davomida o‘zbek formal tilshunosligi shakllandi – an’anaviy lingvistik maktab tarkibida terminologik nazariyaga ham alohida ahamiyat berildi. Endi terminlarni lug‘atda sanab o‘tish, izohlash yoki tarjima qilish bilan cheklanmasdan termin haqida nazariy izoh, terminosferaning o‘ziga xos xususiyatlari aniq belgilab olindi. Xususan, termin xususiyatini aniqlashtirish uchun o‘zbek an’anaviy tilshunosligi “termin – har doim aniq va ravshan. Terminlar sistemasi tili ongli shakllantiriladi. Zero, termin o‘z-o‘zidan, stixiyali tarzda paydo bo‘lmaydi, balki zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi bois yaratiladi”[2, 3-10] degan xulosani qabul qildi. Bundan quyidagilar anglashiladi: birinchidan, terminlar ma’nosi aniq, semantik ko‘lami cheklangan. Terminlar sirasida sof polisemiyaga ega leksemalarni uchratish mushkul. Quvvat, tortishish kabi ko‘p ma’noli fizik terminlar ham asl lug‘aviy ma’nosidan anglashilgan mohiyatni termin ma’nosiga ham ko‘chirgan. Shu sababdan bulardagi ko‘pma’nolilik sof polisemiya emasligi ayon bo‘ladi. ikkinchidan, termin tilga kichik guruh tomonidan kiritiladi va ayni shunday kichik guruh tomonidan qo‘llanadi. Umumxalq leksikasidan farqli o‘laroq terminlar tartibsiz, xaotik yuzaga kelmaydi. Terminlarning istemolga kirishi ham uzoq davrli jarayonni talab etmaydi. Tilda paydo bo‘ladigan terminlar olimlar va soha mutaxassislari tomonidan ilgari suriladi. Ularning ma’nosi aniq belgilangan, har qanday hissiy va uslubiy bo‘yoqdorlikdan holi bo‘ladi. uchinchidan, terminlar tilning eng dinamik, faol boyib boruvchi leksik guruhi bo‘lib, ularni qabul qilish, amaliyotda qo‘llash muayyan qonuniyat va mezonlar asosida yuz beradi. Maslan, ayrim terminlarning baynalminal shaklini qabul qilish kerak. Boshqa terminlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish mumkin. Bu borada bir to‘xtamga kelish uchun butun dunyo tendensiyalarini kuzatish, boshqa tillarda mavjud amaliyotni qo‘llash tavsiya etiladi. Ya’ni terminologik leksika tilni boshqa guruhlar bilan chambarchas bog‘lab, uni boshqa tillar bilan yakdil bo‘lishini talab etadi.

XX asrdan e’tiboran o‘zbek nazariy terminologiyasi bir vaqtning o‘zida ham diaxronik, ham sinxronik usulda o‘rganila boshlandi. Bir tomondan qadimiy atama va terminlarning derivatsion, semantik hamda funksional xususiyatlari, ma’no evolyutsiyasi masalalari diaxronik tadqiqotlar obyektiga aylandi. Boshqa tomondan yangi qabul qilinadigan terminlar uchun me’yor ishlab chiqish, termin yaratish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va shu bilan birga hozirda terminning til sistemasidagi o‘rnini aniqlash kabi masalalar sinxronik yo‘nalish mavzusiga aylandi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Dadaboyev H. “Devonu lug‘otit turk”ning til xususiyatlari. – Toshkent, 2017.45. Даниленко В.П. Об основных лингвистических требованиях к стандартизируемым терминам//Семиотические проблемы языков науки, терминологии и информатики. – М.: МГУ, 1971.
  2. Винокур Г. О некоторых явлениях словообразования в русской технической терминологии. Труды МИФЛИ. Т.5. Сборник статей по языкознанию. – М., 1961. – С.3-
  3. Харлицкий С. Информационная структура термина: автореф. дисс. ... к. филол. н. М., 2003. – C. 12 264 bet
  4. Лотте Д. Очередные задачи технической терминологии // Изв. АН СССР. Сер. 7. Отд- ние об ществ. наук – 1931.
  5. Татаринов В. История отечественного терминоведения: Классики терминоведения: Очерк и хрестоматия. – М.: Московский лицей, 1994. – 408 с.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010913
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2464
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
200–202
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07