DEN BRAUN ROMANLARIDAGI TIL VA USLUBNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Raxmatova SunbulaSamarqand Zarmed universiteti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi2025
KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 164–165
Annotatsiya
Test topshiriqlari o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash va baholashning samarali usuli bo‘lib, ular o‘quv jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada test topshiriqlarining nazariy asoslari, ularning afzallik va kamchiliklari, shuningdek, test nazoratining ta‘lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, testlarning tanqidiy fikrlash va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari test topshiriqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni adabiyot darslarida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОСОБЕННОСТИ ЯЗЫКА И СТИЛЯ В РОМАНАХ ДЭНА БРАУНА
Тестовые задания являются эффективным способом определения и оценивания уровня знаний учащихся и играют важную роль в учебном процессе. В данной статье анализируются теоретические основы тестовых заданий, их преимущества и недостатки, а также место тестового контроля в образовательном процессе. Освещается и значение тестов в развитии способностей к критическому мышлению и анализу. Результаты исследования направлены на повышение эффективности использования тестовых заданий и на разработку рекомендаций по их применению на уроках литературы.
inglizchaSPECIFIC FEATURES OF LANGUAGE AND STYLE IN DAN BROWN‘S NOVELS
Test assignments are an effective way of determining and assessing pupils‘ level of knowledge and play an important role in the educational process. This article analyses the theoretical foundations of test assignments, their advantages and shortcomings, as well as the place of test-based assessment in the educational process. The importance of tests in developing critical thinking and analytical abilities is also highlighted. The results of the study are aimed at increasing the effectiveness of the use of test assignments and at developing recommendations for their application in literature lessons.
Kalit so‘zlar
- тестовые задания
- контроль знаний
- критическое мышление
- аналитические способности
- оценивание учащихся
- литературное образование
- педагогические технологии
- формы контроля
- методика тестирования
- образовательные стандарты
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15079320
DEN BRAUN ROMANLARIDAGI TIL VA USLUBNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Raxmatova Sunbula Samarqand Zarmed universiteti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: sunbularaxmatova0975@gmail.com
Annotatsiya: Tеst topshiriqlari o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash va baholashning samarali usuli bo‘lib, ular o‘quv jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada test topshiriqlarining nazariy asoslari, ularning afzallik va kamchiliklari, shuningdek, test nazoratining ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, testlarning tanqidiy fikrlash va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari test topshiriqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni adabiyot darslarida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Kalit so‘zlar: test topshiriqlari, bilim nazorati, tanqidiy fikrlash, tahliliy qobiliyatlar, o‘quvchilarni baholash, adabiy ta’lim, pedagogik texnologiyalar, nazorat shakllari, test metodikasi, ta’lim standartlari.
Amerikalik yozuvchi Den Braun butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan yozuvchilardan biri bo‘lib, uning “Raqamli qal'a”, “Aldanish nuqtasi”, “Farishtalar va jinlar”, "Da Vinchi siri", “Ibtido” va "Inferno" kabi romanlari nafaqat eng ko‘p sotilgan kitoblar sarasiga kiradi, balki kitov sevarlar hamda tanqidchilar orasida eng qizg'in munozaralarga sabab bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Uning asarlarining janri - tarixiy detektiv hisoblanadi.
Braunning barcha romanlari bir-biriga juda o‘xshash stsenariyni tashkil qiladi. Bosh qahramon - Garvard tarixchi professori Robert Langdon. Robert Langdonning kasbi o‘qituvchilik biroq u doim o‘z kasbi bilan bog'liq bo‘lmagan muammolarga duch keladi, ya’ni unga o‘liklarning fotosuratlari bilan bog’liq xatlar keladi, yoki do‘stlarini o‘g'irlashadi, yoki xotirasini o‘chirib tashlashadi. Bu jarayonida, u o‘zi tushuna oladigan dahshatli belgilarni topadi. Asar har doim hikoya tuzilishida rivojlana boradi, shu bilan birga asardagi qotilning hatti-harakati romanni jangovar filmga aylantiradi. Langdonning barcha kitoblarida hamroh bor - har doim professorga qiyinchiliklarni yengishda yordam beradigan kuchli xarakterli qiz simvolidir.
Bundan tashqari har bir syujet dunyoning yirik shaharlarida - Parij, Rim, Vashington yoki Florensiyada sodir bo'ladi. Braun, shu bilan birga, ushbu shaharlarning tarixiy ob'ektlarini tavsiflash bilan shug'ullanadi. Uning romanalrining oxiri baxtli yakun topadi.
Shunday qilib, yozuvchi tomonidan yozilgan asarlarining o‘ziga xos tili va uslubi adabiyot dunyosida erishilgan muvaffaqiyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Braunning bu o‘ziga xos tili va hikoya qilish uslubi, trillerning kuchlanishi va intellektual sirlarni birlashtirib, o‘quvchilarni jalb qiladi va butun asar davomida ularning e'tiborini tortadi.
Den Braunning uslubi uning asarlarining konstruktiv elementi sifatida asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. O‘z navbatida, so‘z birikmasi, sintaksis, muloqot va hikoya ritmiga alohida e'tibor qaratiladi, bu esa dinamik va uzluksiz tortishuv tuyg'usini yaratadi. Shu bila birga Den Braun uslubidagi ijtimoiy sirlarni, ramziy ma'nolarni va jahon fitnasini osonlikcha ochib beradigan intellektual prozasi o‘quvchilarni befarq qoldira olmaydi. Bularning barchasi oson biroq aralash ammo o‘quvchi bitta sirga sho‘ng'ib ketishga va hodisalarning ipini ushlab turishga vaqt topolmaydi, chunki voqealar jumbog’ida yangi ishora paydo bo‘ladi, uni o‘ziga jalb qiladi, tashvishga soladi va adashtiradi. Muallif roman qahromonlarining tasavvuri bilan o‘ynaydi, eng kutilmagan ko‘rsatmalar va jumboqlarni beradi, odatdagidek o‘quvchilar e'tibor bermaydigan joylarda shifrlar va kodlarni tuzadi. Braunning yozish texnikasi, matn dinamikasi va uslubi janrning eng yaxshi ko‘rinishida saqlanib qolgan. Braunning romanlaridagi dialoglar ko‘pincha harakat va muhim fikrlarni tez va aniqlik bilan oshkor etish uchun xizmat qiladi. Har bir obrazning o‘ziga xos tilini yaratishda yozuvchi asosan xarakterlarning ruhiy holati va ta’limotiga asoslanadi.
Misol uchun, "Do Vinchi siri" romanida Robert Langdonning tilidan ko‘proq ilmiy va falsafiy til ishlatiladi, uning bilimiga ishonch va lo‘nda uslubda bayon etilgan.
— Yaxshi. Aytingchi, nima uchun Soner o‘z qonidan siyoh o‘rnida foydalangan?
— Axir ko‘rinib turibdi-ku, yozish uchun boshqa hech narsa yo‘q.
Lengdonning bu javobiga Fash e'tiroz bildirdi:
— Menimcha, Soner polisiya tomonidan sud-tibbiyot tekshiruvi o‘tkazilishini istagan.
— Uning chap qo‘liga bir qarang. Lengdon murdaning oppoq quliga, kaftidan elkasiga qadar razm solib chiqdi, ammo hech narsani sezmadi. Shundan so‘ng jasadni aylanib o‘tib engashdi va nozirning barmoqlari kattagina markerni siqib turganini ko‘rdi.
Ushbu misoldan ham ko‘rinib turibdiki, yozuvchi asarlaridagi dialoglar har doim qisqa va aniq, harakat va ma’lumot uzatishda muhim rol o‘ynaydi. Yozuvchi bu orqali, o‘quvchiga fikrlar va nazariyalarni tezda yetkazib, ularning xayolida taranglik yaratadi. Dialoglarda biror o‘zgacha murakkablik yoki tushunarsizlik yo‘q, ular o‘quvchining diqqatini tortib, mavzu bo‘yicha so‘zlashuvni davom ettirishga chaqiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Den Braun romanlari yozuvining tili va uslubi o‘ziga xos va juda samarali tarzda ishlatilgan. Uning yozish uslubi, qisqa va aniq sintaksis, ilmiy va diniy atamalarni oddiy va tushunarli tarzda ifodalashga imkon beradi. Braunning romanlari o‘quvchini butunlay qamrab olib, muayyan ilmiy va diniy tushunchalar orqali o‘z hayotini o‘zgartirishga undaydi. U o‘zining til va uslubi bilan nafaqat o‘qish jarayonini osonlashtiradi, balki chuqurroq fikrlashga chaqiradi. U o‘zining romanlari orqali asar tilining qulayligi va mazmunning chuqurligi o‘rtasidagi muvozanat qanchalik muhimligini ko‘rsatadi, bu esa uning adabiy muvaffaqiyatining kaliti hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Браун, Д. Код да Винчи. — Москва: Эксмо, 2006.
- Браун, Д. Начало. — Москва: Эксмо, 2017.
- Rakhmatova, S. A. (2020). THE TEACHER’S SKILL IN THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN THE LESSON. Theoretical & Applied Science, (6), 725-727.
- Ahmadjonovna, R. S., Genjibaevna, A. P., Saydullaevna, N. N., Atakulovna, R. N., & Sadulayevna, I. D. (2021). The Teacher's Role in the Effective Organization of the Lesson Process in Foreign Language. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(2), 3072- 3078.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-010897
- Nashr sanasi
- 2025-03-12
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
- Jild
- 4
- Son
- Special Issue 1
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/si1/2480
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 164–165
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-07