Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

VOSITA YORDAMIDA AMALGA OSHIRILGAN VA ADRESIV KAUZARETSIPROKLIK

Sharipov Bobur SalimovichSamarqand Zarmed universiteti Tillar kafedrasi o‘qituvchisi2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 129–131

Annotatsiya

Ushbu tezisda turli tillarda retsiproklik ma‘no va ularni ifodalash vositalari tahlil qilinadi. Avvalo, grammatik va leksik retsiproklikning farqlari, kauzaretsiproklikning o‘zaro ta‘sir, sababiyat va natija aloqalarini qanday ifodalashi ko‘rib chiqiladi. Maqolada kauzaretsiproklikning turli shakllari, jumladan, instrumental va adresiv kauzaretsiprokliklar, ularning semantik va pragmatik jihatlari, shuningdek, grammatik va leksik vositalarning roli tahlil qilinadi. Muallif bu til hodisalarini tilshunoslikda o‘rganishning ahamiyatini ta‘kidlab, tilning murakkab aloqalarini chuqurroq tushunishga yordam beradigan metodologik yondashuvni taklif qiladi. Misollar orqali kauzaretsiproklikning semantik va sintaktik xususiyatlari ko‘rsatilib, tilning ijtimoiy va kommunikatsion funksiyalari yoritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaОПОСРЕДОВАННАЯ СРЕДСТВОМ И АДРЕСИВНАЯ КАУЗАТИВНАЯ РЕЦИПРОКНОСТЬ

В данных тезисах анализируются реципрокные значения в различных языках и средства их выражения. Прежде всего рассматриваются различия грамматической и лексической реципрокности, а также то, каким образом каузативная реципрокность выражает отношения взаимодействия, причины и результата. В статье анализируются различные формы каузативной реципрокности, в том числе опосредованная средством и адресивная каузативная реципрокность, их семантические и прагматические аспекты, а также роль грамматических и лексических средств. Подчёркивая значение изучения этих языковых явлений в языкознании, автор предлагает методологический подход, помогающий глубже понять сложные связи языка. На примерах показаны семантические и синтаксические особенности каузативной реципрокности и освещены социальные и коммуникативные функции языка.

inglizchaINSTRUMENTALLY MEDIATED AND ADDRESSIVE CAUSATIVE RECIPROCITY

This thesis analyses reciprocal meanings in various languages and the means of expressing them. First of all, the differences between grammatical and lexical reciprocity and the way in which causative reciprocity expresses relations of interaction, causation and result are considered. The article analyses various forms of causative reciprocity, including instrumentally mediated and addressive causative reciprocity, their semantic and pragmatic aspects, as well as the role of grammatical and lexical means. Emphasising the importance of studying these language phenomena in linguistics, the author proposes a methodological approach that helps to gain a deeper understanding of the complex relations of language. Through examples, the semantic and syntactic features of causative reciprocity are shown and the social and communicative functions of language are highlighted.

Kalit so‘zlar

  • реципрокность
  • грамматическая реципрокность
  • лексическая реципрокность
  • каузореципрокность
  • инструментальная каузореципрокность
  • адресивная каузореципрокность
  • коммуникация

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15073323

VOSITA YORDAMIDA AMALGA OSHIRILGAN VA ADRESIV KAUZARETSIPROKLIK Sharipov Bobur Salimovich Samarqand Zarmed Universiteti Tillar kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu tezisda turli tillarda retsiproklik ma’no va ularni ifodalash vositalari tahlil qilinadi. Avvalo, grammatik va leksik retsiproklikning farqlari, kauzaretsiproklikning o‘zaro ta’sir, sababiyat va natija aloqalarini qanday ifodalashi ko‘rib chiqiladi. Maqolada kauzaretsiproklikning turli shakllari, jumladan, instrumental va adresiv kauzaretsiprokliklar, ularning semantik va pragmatik jihatlari, shuningdek, grammatik va leksik vositalarning roli tahlil qilinadi. Muallif bu til hodisalarini tilshunoslikda o‘rganishning ahamiyatini ta’kidlab, tilning murakkab aloqalarini chuqurroq tushunishga yordam beradigan metodologik yondashuvni taklif qiladi. Misollar orqali kauzaretsiproklikning semantik va sintaktik xususiyatlari ko‘rsatilib, tilning ijtimoiy va kommunikatsion funksiyalari yoritiladi. Kalit so‘zlar: retsiproklik, grammatik retsiproklik, leksik retsiproklik, kauzaretsiproklik, instrumental kauzaretsiproklik, adresiv kauzaretsiproklik, kommunikatsiya.

Turli tillarda retsiproklik ma’no va ularni ifodalash vositalarining xilma-xilligi boʻyicha tizimli tadqiqotlar turli maktablar va yoʻnalishlar olimlari tomonidan olib borilgan. Oʻzaro ta’sir semantikasi ifodalashning koʻplab vositalari leksik va grammatik retsiprokalarni oʻz ichiga oladi. Grammatik retsiproklik – bu harakatning/protsessning oʻzaro yoʻnaltirilgan semantikasi ifodalanadigan va oʻz ichiga oʻzaro semantika boʻlgan grammatik formant qoʻshilishi orqali yaratilgan til vositasi boʻlib, aslida oʻzini ishlab chiqqan soʻz, lekin oʻzaro semantikani ifodalamaydi. Grammatik retsiproklik bilan birga leksik retsiproklik ham ajratiladi. Bu vositalarda oʻzaro semantika olib keladigan formant yoʻq yoki uning til birligiga qoʻshilishi, uni bir tomonlama semantikaga ega boʻlgan birligidan oʻzaro semantika bilan toʻldirilgan birligiga oddiy oʻzgartirish sifatida koʻrilmaydi (masalan: “jang qilish”, “gaplashmoq”, “muloqot qilish”, “kurashmoq” va h.k.). S.Kemmer [2,3], M. Haspelmat [1], Y.P. Knyazev [4] kabi tadqiqotchilar retsiprokalik leksik yoki grammatik jihatdan bir leksemaning doirasida ifodalangan tushunchalar sohalari roʻyxatini taqdim etgan, shuningdek, Y.P. Knyazev [4] leksik retsiprokalarni, S.Kemmer [2, 3] esa shunday nomlangan tabiiy retsiprokalarni tasvirlagan.

Kauzaretsiproklik – bu oʻzaro ta’sirning murakkab shakli boʻlib, unda biror harakat yoki jarayonning amalga oshishi bir ishtirokchining ta’siri orqali boshqalar tomonidan yuzaga keladi. Kauzaretsiproklik, asosan, oʻzaro ta’sir va sababiyat oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatadi. Ushbu tezisda, vosita yordamida amalga oshirilgan va adresiv kauzaretsiproklik fenomenlari koʻrib chiqiladi. Mazkur fenomenlar tilshunoslikda keng oʻrganilmoqda, chunki ular semantika, sintaksis va pragmatika oʻrtasidagi oʻzaro bogʻlanishni koʻrsatadi.

Kauzaretsiproklikning mohiyati shundan iboratki, u odatda, biror harakat yoki jarayonning sabab va natija oʻrtasidagi aloqalarni ifodalaydi. Bunda harakatning bajarilishi bir ishtirokchi tomonidan boshqalar ustida ta’sir koʻrsatish orqali amalga oshadi. Kauzaretsiproklikning asosiy xususiyati shundaki, ishtirokchilar bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlib, har birining roli harakatning boshqa ishtirokchilari uchun muhimdir.

Vosita yordamida amalga oshirilgan kauzaretsiproklikda biror harakat yoki jarayonning amalga oshishi vosita orqali ta’sirlanadi. Bu vosita, masalan, tilning grammatik yoki leksik vositalari, oʻzaro ta’sirni mustahkamlash uchun ishlatiladi. Tildagi vositalar yordamida bir ishtirokchining ta’siri boshqalarga oʻzaro ta’sir orqali yetkaziladi.

Grammatik vositalar. Kauzaretsiproklikda grammatik vositalar, masalan, fe’l qoʻshimchalari, modallar va fe’l shakllari orqali oʻzaro ta’sirni ta’minlaydi. Bu holatda, oʻzaro ta’sir vosita sifatida tilning grammatik strukturalari ishlatiladi.

Leksik vositalar. Leksik vositalar ham kauzaretsiproklikda muhim rol oʻynaydi. Bu soʻzlar oʻzaro ta’sirni aks ettiradi va sabab-natija munosabatlarini ifodalaydi. Masalan, “yordam”, “kuch”, “ruxsat berish” kabi soʻzlar bir ishtirokchining ta’sirini boshqalarga yetkazish uchun ishlatiladi.

Adresiv kauzaretsiproklikda harakatning amalga oshishi ma’lum bir manzilli ishtirokchiga, ya’ni adresatga nisbatan yuzaga keladi. Bu fenomen, til orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita tarzda adresatga ta’sir koʻrsatishni koʻrsatadi. Adresiv kauzaretsiproklikda, asosan, tilning pragmatik jihatlari koʻzga tashlanadi, chunki harakatning amalga oshishi adresatga murojaat yoki talab sifatida ifodalanadi.

Murojaat va ta’sir. Adresiv kauzaretsiproklikda, bir ishtirokchi tomonidan amalga oshirilgan harakat boshqalarga, ayniqsa adresatga qarata yoʻnaltiriladi. Bu holatda, adresatning vazifasi yoki roli aniq boʻlib, tilning amaliy jihatlari, masalan, soʻzlashuv uslubi va xabarlarni qabul qilishda ahamiyatlidir.

Pragmatika. Adresiv kauzaretsiproklikda pragmatik vositalar, masalan, soʻzlar, iboralar, gaplar orqali harakatning amalga oshishi yoki uning ta’siri adresatga yetkaziladi. Bu fenomen kommunikatsion jarayonda yuzaga keladi va tilning ijtimoiy funksiyalarini ifodalaydi.

Vosita yordamida amalga oshirilgan va adresiv kauzaretsiproklikni oʻrganish tilshunoslikda juda muhimdir, chunki bu fenomenlar tilda sabab-natija aloqalarini, oʻzaro ta’sirning murakkab shakllarini va kommunikatsion jarayonlarni tushunishga yordam beradi. Shuningdek, bunday tahlillar tilning semantik va pragmatik jihatlarini chuqurroq oʻrganishga imkon beradi.

Kauzaretsiproklikning mavjud turida biror vosita ishtirok etganligi bois u instrumental kauzaretsiproklik deb ham yuritiladi: Bu tur hozirda koʻp uchraydi va biz uni immunitetimiz pastligi, koʻz gigiyenasiga rioya qilmasligimiz, kir qoʻllarimiz bilan koʻzlarimizga tegishimiz oqibatida orttirib olamiz (Elektron manba//https://medo.uz/uz/news).

Misolda koʻrinib turganidek retsiprokal harakat bir necha shaxs tomonidan ma’lum bir vosita orqali (qoʻllarimiz bilan) sabab va oqibat qurshovida amalga oshirilmoqda. Bunda semantik jihatdan oqibat soʻzining qoʻllanishi sintaktik qurilmaning sababiyat bilan boʻgʻlanishidan darak beradi, -tir affiksining ishlatilishi uning morfologik kauzatsiyaga ham aloqador ekanligini belgilaydi, tub strukturaning orttirib olamiz tarzida mikrostrukturadan iboratligi esa kauzatemaning analitik formada ekanligini koʻrsatadi.

Ammo shuni ham aytish kerakki, mazkur qurilma semantikasida retsiproklik distantli pozitsiyasidan oʻrin oladi. Zero, ushbu vaziyatda bir necha shaxs tomonidan bajarilayotgan ishharakatda referentlar vaziyat subyekti va obyekti boʻlib, oʻzaro bogʻliq holda koreferentlik alomatiga ega emas. Boshqacha aytganda, referentlar oʻrtasida simmetriya kuzatilmaydi. Masalan, bu vaziyatda ishtirokchilar soni birdan ortiq boʻlsada, ular harakatni oʻz holicha, mustaqil amalga oshirishadi. Vositali kauzaretsiproklik kontaktli pozitsiyada turishi uchun Bizga yerni belkurak bilan tekislatishdi kabi shakllanishi kerak boʻladi. Chunki mavjud situatsiyada bir necha shaxs simmetrik munosabatda boʻladi. Bundan tashqari, kauzatorlarning soni ham birdan ortiq boʻladi.

Kauzaretsiproklikning adresiv turida bir necha shaxs kauzator maqomida turib, ma’lum bir harakatni boshqa bir referent uchun birgalikda ado etishadi. Ushbu vaziyatda birdan ortiq kauzator birdan ortiq kauzantga vazifani bajarishni buyurishadi. Bu semantik jihatdan quyida keltirilgan misollarning birinchisida -dir kauzaoperatori va -ish retsiprok operatori orqali yuzga chiqmoqda. Mavjud vaziyatning adresiv pozitsiyada turgani joʻnalish kelishigi koʻrsatkichi -ga bilan ifodalanmoqda. Ikkinchi misolda ham xuddi shunday vaziyatning amalga oshayotganini koʻramiz. Mazkur misolda ham -dir, -ish, uchun operatorlari adresiv kauzaretsiproklikni voqelantirishga xizmat qilmoqda. 1. Malika Diananing oʻgʻillari Kensington saroyining bogʻida uning sharafiga yodgorlik qurdirishdi (Elektron manba//https://aniq.uz/yangiliklar). 2. “Bir tiyinga qimmat “Minor” jamoasini Ravshan Komilov “hurmati” uchun qoldirishdi”, - deya izohlaydi voqeani jurnalist Mehribon Qurbonniyozova (Elektron manba//http://eltuz.com). Ushbu operatorlar adresivlikni, kauzativlikni hamda retsiproklikni ifodalashda bir umumiy rejada xizmat qilishadi. Bordi-yu, operatorlarning biri tushirilib qolgan taqdirda shu operator bajaradigan maqomga putur yetadi. Qiyoslang: Malika Diananing oʻgʻillari Kensington saroyining bogʻida yodgorlik qurdirishdi – kauzaretsiprok (adres noma’lum); Malika Diananing oʻgʻillari Kensington saroyining bogʻida yodgorlik qurishdi – retsiprok (adres noma’lum); Malika Diananing oʻgʻillari Kensington saroyining bogʻida yodgorlik qurdirdi – kauzativ (adres noma’lum); Malika Diananing oʻgʻillari Kensington saroyining bogʻida uning sharafiga yodgorlik qurdirishdi – kauzaretsiprok (adres ma’lum). Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, vosita yordamida amalga oshirilgan va adresiv kauzaretsiproklik tilshunoslikda keng oʻrganilayotgan fenomenlardir. Ular tilning oʻzaro ta’sir va sabab-natija munosabatlari orqali amalga oshadigan aspektlarini ifodalashda muhim rol oʻynaydi. Bu fenomenlarni oʻrganish tildagi murakkab aloqalarni tushunishga va tilni yanada mukammal tahlil qilishga imkon beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Haspelmath M. Further remarks on reciprocal constructions / M. Haspelmath // Reciprocal constructions. -Amsterdam: John Benjamins, 2007. V 4. -P. 2087-2115.
  2. Kemmer S. E. The middle voice: a typological and diachronic study. Doctoral dissertation / S. E. Kemmer. Stanford University, 1988. -363 p.
  3. Kemmer S. E. The middle voice / S. E. Kemmer. -Amsterdam/ Philadelphia: John Benjamins Publishing Company, 1993. -300 p.
  4. Knjazev Yu. P. Lexical reciprocals as a means of expressing reciprocal situations / Yu. P. Knjazev // Reciprocal constructions. -Amsterdam: John Benjamins, 2007. V 1. -P. 115-147.
  5. https://aniq.uz/yangiliklar

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010885
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2492
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
129–131
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07