Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

LEKSIK DERIVATSIYA XUSUSIDA AYRIM QAYDLAR

Karimov Ilhom TursunovichZarmed universiteti ingliz tili o‘qituvchisi2025

KonferensiyalarTILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARIJild 4Son Special Issue 1Sahifa 120–121

Annotatsiya

Maqola zamonaviy tilshunoslikdagi leksik derivatsiyaning so‘z yasalishidan farqi va o‘xshashliginin tahlil qiladi. Derivatsiya hodisasining jahon va o‘zbek lingvistikasida rivojlanishini ko‘rib chiqadi va misollar yordamida so‘zlarning yasalish jarayonini yangicha yondashuv bilan o‘rganadi.

Boshqa tillarda

ruschaНЕКОТОРЫЕ ЗАМЕТКИ О ЛЕКСИЧЕСКОЙ ДЕРИВАЦИИ

В статье анализируются различия и сходства лексической деривации и словообразования в современном языкознании. Рассматривается развитие явления деривации в мировой и узбекской лингвистике, а на примерах процесс образования слов изучается с новым подходом.

inglizchaSOME NOTES ON LEXICAL DERIVATION

The article analyses the differences and similarities between lexical derivation and word formation in modern linguistics. It considers the development of the phenomenon of derivation in world and Uzbek linguistics and, with the help of examples, studies the process of word formation from a new perspective.

Kalit so‘zlar

  • лексическая деривация
  • лексема
  • семасиологическая основа
  • словообразование
  • дериватология
  • синтаксическая связь
  • аффикс
  • операнд
  • оператор
  • дериват
  • вербализатор
  • номинализатор
  • адъективатор
  • адвербиализатор

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15073186

LEKSIK DERIVATSIYA XUSUSIDA AYRIM QAYDLAR Karimov Ilhom Tursunovich Zarmed Universiteti ingliz tili o’qituvchisi

Annotatsiya: Maqola zamonaviy tilshunoslikdagi leksik derivatsiyaning so’z yasalishidan farqi va o’xshashliginin tahlil qiladi. Derivatsiya hodisasining jahon va o’zbek lingvistikasida rivojlanishini ko’rib chiqadi va misollar yordamida so’zlarning yasalish jarayonini yangicha yondashuv bilan o’rganadi. Kalit so’zlar: Leksik derivatsiya, leksema, semasiasos, soʻz yasalishi, derivatologiya, sintaktik aloqa, affiks, operand, operator, derivat, verbalizator, nominalizator, adyektivator, adverbializator.

Asos qismdan maʼlum bir yasovchi vosita yordamida u bilan mazmuniy bogʻliq boʻlgan yangi leksema hosil qilinishi leksik derivatsiya hisoblanadi. Masalan, temir asosidan -chi yasovchi vosita yordamida temirchi leksemasi hosil qilinadi. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da temir va temirchi alohida-alohida leksemalar sifatida izohlangan [1]. Temir va temirchi leksemalari oʻrtasida motivatsiya munosabati boʻlib, yasama leksema semasiasos leksemaning markaziy semasiga asoslanadi, shu sema yasama leksemaning mazmuniy mundarijasida saqlanadi. Temirchi “temir bilan shugʻullanuvchi shaxs” maʼnosini ifodalaydi. Shu narsa eʼtiborga molikki, Mahmud Koshgʻariy soʻz yasalishi hodisasini oʻrgangan birinchi turkolog olimdir. N.Turniyozov bu xususda quyidagilarni taʼkidlaydi: “U (Mahmud Koshgʻariy – Sh.A.) oʻzining «Devonu lugʻotit turk” asarida soʻz yasalishi masalasiga qayta-qayta toʻxtalganini koʻramiz. Bu jarayonda otdan ot, feʼldan ot, feʼldan sifat yasalishi qoidalari mukammal izohlab beriladi»[2] Endi olimning oʻziga murojaat etamiz: “Otlar ikki turlidir: yasama ot va tub ot. Feʼllardan yasalgan otlar feʼl oxiriga oʻn ikki harfdan birini qoʻshish bilan yasaladi. Qilich, oq kabi otlar tub otlardir. Bu xil otlar boshqa soʻzlardan kelib chiqmagan, yasama otlar boshqa soʻzlardan kelib chiqadi” [3]. Akademik A.Hojiyev hozirgi oʻzbek tilida soʻz yasalishi hodisasi haqida qimmatli fikrlar berganligi izoh talab qilmaydi. Olim bu haqda quyidagilarni qayd etadi: “Soʻz yasalishi strukturasida ham ikki komponent ajratiladi: 1) soʻz yasalish asosi; 2) soʻz yasovchi affiks (yoki formant). Masalan, unumdorlik soʻzining soʻz yasalishi strukturasi unumdor-lik; unumdor soʻzining soʻz yasalish strukturasi unum+dor; unum soʻzining soʻz yasalish strukturasi un+um” [5]. Bu xususda soʻz yuritganida P.A.Soboleva soʻzning operator tirkaladigan qismini obyekt maʼnosidagi simvol O bilan belgilaydi. Mazkur simvolga qoʻshiladigan operatorlarni R1– verbalizator, R2– nominalizator, R3– adyektivator, R4– adverbializator vazifalarida qoʻllanadigan oʻta faol vosita sifatida izohlaydi [6]. Koʻrinadiki, har bir simvol yasama soʻzni shakllantiruvchi operator xarakterini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, R1–verbalizator feʼl yasovchi, R2– nominalizator ot yasovchi, R3– adyektivator sifat yasovchi, R4– adverbializator ravish yasovchi operatorlarni koʻrsatadi.

Koʻrinadiki, leksik derivatsiya qonuniyatlari sintaktik hamda morfologik derivatsiyanikidan farq qiladi. Morfologik derivatsiya tamoyillari esa qilinajak ishlarining alohida mavzusi boʻlib xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati, 2-jild. – M.,1981. – B. 158-159.
  2. Turniyozov N.Q. Mahmud Koshgʻariy va hozirgi tilimizda soʻz yasalishi hodisasi haqida//Xorijiy filologiya, №3, 2014. – B. 8.
  3. Koshgʻariy Mahmud. Devonu lugʻotit turk. – Toshkent, 1976. – B. 50.
  4. Oʻzbek sovet ensiklopediyasi (1-jild). – Toshkent, 1971. – B. 250.
  5. Hojiyev A. Oʻzbek tili soʻz yasalishi. –Toshkent, 1989. – B.10.
  6. Соболева П.А. Моделирование словообразования //Проблемы структурной лингвистики – 1971. –М., 1972. –С.171.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-010882
Nashr sanasi
2025-03-12
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
TILLARNI O‘QITISH METODIKASI SOHASIDAGI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI
Jild
4
Son
Special Issue 1
DOI
10.66073/refocus-conf/si1/2495
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
120–121
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-09-07